Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20

     Obektiv simptomlari: zararlangan tomonda ko’z yumshoq toqimasini shishi va 
giperemiyasi aniqlanadi, bundan tashqari ko’z yosh sohasi shishi, ko’z yoshni bu-
runlab  burmagidan  oqib  turishi,  burun  shilliq  qavati  shishgan  va  giperemiyalash-
gan,  dermatit,  impetigo, burun  kirish  sohasi  va  yuqori  lab  sohasini  ekzemasi,  bu-
rundan  doimiy  shilliq-  yiringli  ajralma  kelib  turishi,  gohida  burun  kirish  qismida 
furunkul bo’lishi mumkin. 
    Peshona  do’ngini  yoki  ko’z  usti  teshigi  sohasi  (n.  supraorbitalis)  chiqadigan 
teshik)  bosib  ko’rilganda  og’riqni  bemorlar  his  qiladilar.  Barmoq  bilan  orbitani 
tashqi  ichki  burchagi  bosib  ko’rilganda  og’riq  his  qiladi-  Yuingni  og’riq  nuqtasi
Endoskop  bilan  tekshirilganda  zararlangan  peshona  sohasida  burun  bo’shlig’ini 
o’rta  1/3  qismida  shish  va  giperemiya  aniqlanadi,  o’rta  burun  chig’anog’i  katta-
lashgan, ko’p miqdorda yiringli ajralma, ayniqsa bu burun chig’anoqlarini qon to-
mir  toraytiruvchi  dori  vositalari  bilan  surtilganda  miqdori  yana  oshadi.  Ajralma 
o’rta  burun  yo’lini  oldingi  sohasida  paydo  bo’ladi  va  pastki  burun  chig’anog’ini 

oldidan  oqib  turadi.  Bundan  tashqari  yuqorida  aytib  o’tilgan  o’rta  burun 
chig’anog’i ikkilanishi bo’ladi- Kaufman fenomeni. 
    Surunkali  frontitni  samarasiz  davolanilsa  bemorni  ahvoli  asta  sekinlik  bilan 
yomonlasha boradi. Peshona bo’shlig’ida granulyasiya, polip, mukosele, bo’shliqni 
suyak  devoir  kazeoz  va  xolesteatomli  bo’lib  o’zgaradi,  oqmalar  paydo  bo’ladi, 
oqma  ko’pincha  ko’z  sohasiga  ochiladi.  Bo’shliqni  orqa  devori  buzilsa,  bemorda 
kalla ichi asoratlari kuzatiladi. 
      Tashxis. Surunkali frontitni bemorni anamnezi (kasallikni kechishi 3 oydan or-
tiq  bo’lishi),  subektiv  va  obektiv  belgilariga  hamda  yordamchi  burun  yo’llarini 
anemizatsiya qilishdan keying ko’rinishlar, rentgenoskopiya va asoratli shakllarida 
KT  va  MRT  tekshiruvlariga  asoslaniladi.  Eng  “qimmatli”  tekshirish  usullaridan 
to’g’ridan  va  yon  tomondan  tushurilgan  proeksiyalardagi  rentgenografiyalar 
hisoblanadi. Bunda ekssudat sathi, bo’shliqni total soyalanishi, poliplar, kazeoz va 
xolesteatomli massalar bilan fragmentar soyalanish aniqlanishi mumkin.  
     Qiyosiy  tashxis.  O’tkir  frontit  va  surunkali  frontitni  xurujini  latent  kechuvchi 
shakli bilan o’tkaziladi. Bundan tashqari surunkali etmoidit va surunkali gaymorit 
bilan qiyosiy tashxis o’tkaziladi. Surunkali frontitni uch shoxli nervni nevralgiyasi, 
peshona bo’shlig’ini o’smasimon kasalliklari bilan qiyosiy tashxislanadi. 
     Davolash. Konservativ va “yarim jarrohlik” usulida davolash bemor uchun mu-
nim  hisoblanadi.  Davolash  natijasi  yaxshi  bo’lmasa  ham  lekin  bemorda  klinik 
kechishini yengillashtiradi va chuqur patomorfologik o’zgarishlarga olib kelmaydi. 
Surunkali  frontitni  davolash  chora  tadbirlari  o’tkir  frontitni  davolashdagi  shora 
tadbirlarga o’xshash kechadi.  
    Bunning  uchun  surunkali  o’choqli  infeksiyalarni  sanatsiya  ya’ni  ichki  burun 
kasalliklari  bilan  hamroh  kechishida:  burun-  peshona  kanalini  va  boshqa 
bo’shliqlarning kanallarini drenaj  funksiyasini  yaxshilashga qaratilgan  muolajalar 
(septum- jarrohlik, burun poliplarini olib tashlash, medial yo’nalishda o’rta burun 
chig’anog’ini  oldingi  qismini  lyuksasiyasi,  g’alvirsimon  labirintni  periinfundib-
ulyar hujayralarni olib tashlash va bosh). Lekin barcha ko’rsatilgan konservativ va 
“yarim  jarrhlik”  usullari  har  doim  ham  ayniqsa  bemorda  allergiya  yiki  patologik 
jarayonni  keltirib  chiqaruvchi  ma’lum  bir  omil  shakllangan  bo’lsa  bemorni  tu-
zalishiga  olib  kelmaydi.  Bemorda  periost  va  suyak  to’qimasi  yallig’lanishi, 
mukosele  yoki  xolesteatoma  va  surunkali  yallig’lanishning  asoratlari    bilan 
kechgan    bo’lsa  konservativ  davo  samara  bermaydi.  Bunday  holatda  faqatgina 
bemorga jarrohlik amaliyoti naf berishi mumkin.  
     Jarrohlik  dovasi.  Surunkali  frontitni  jarrohlik  usulida  davolashdan  maqsad: 
peshona bo’shlig’ini ochish, shilliq qavatdan patologik o’zgarishlarni va patomor-
fologik  o’zgarishlarni  (  granulyatsiyali  to’qima,  poliplar,  suyak  to’qimasini  ne-
krozga  uchragan  qismi)  olib  tashlash,  bo’shliqni  drenaj  va  ventilatsion  funksiya-

larini tiklash maqsadida burun- peshona kanalini shakllantirish. Agar bir vaqtning 
o’zida  boshqa  bo’shliqlarda  o’zgarish  bo’ladigan  bo’lsa,  bir  vaqtning  o’zida 
boshqa  bo’shliqlarni  xirurgik  sanasiya  qilishdan  iborat  bo’ladi.  Barcha  burun- 
peshona  kanalini  shakllantirish  uchun  o’rta  burun  chig’anog’ini  oldingi  qismini 
medial  lyuksasiyasi  va  barcha  g’alvirsimon  labirintning  periinfundibulyar  hujay-
ralarini olib tashlab, burun-peshona kanalisni shakllantirishdan iborat bo’ladi. 
Peshona bo’shlig’idagi barcha jarrohlik amaliyotlari 3 ga bo’linadi: 
1.
 
Tashqi  peshona  orqali  (Ogston-  lyuk,  Kuntu  bo’yicha  peshona  bo’shlig’ini 
oldingi devorini trepanatsiyasi, bunda peshona bo’shlig’ini oldingi devori, qosh us-
ti  ravog’ini  va  peshona  bo’shlig’ini  pastki  devorini  total  rezeksiyasi,  peshona 
bo’shlig’ini orqa devorini teri parchasidan invaginatsiya qilib yotqizish). 
2.
 
Tashqi ko’z orqali (Yansen– Jaku bo’yicha peshona bo’shlig’ini pastki devo-
rini trepanatsiyasi).  
3.
 
Burun orqali (Galle-Vake-Deni bo’yicha qiyshaygan  tugmali  zondni taxmi-
nan  yuborish  bilan  peshona-  burun  kanali    oldidan  suyak  massasini  olib  tash-
lashdan iborat). 
    Ko’pgina  peshona  bo’shlig’ini  ochish  qo’llanmalari  (Killian-  Taptas,  Tilley, 
Mouret,  N.V.  Belogolova  va  boshqalar)  yuqoridagi  usullarni  modifikasiyasi 
hisoblanadi.  Shuni  aytib  o’tish  kerakki  Kunta  jarrohlik  amaliyoti  hozirgi  kunda 
jarohatli va bundan keyin katta nuqson qolganligi uchun qo’llanilmaydi.    
      Tashqi  peshona  orqali  Ogston-  Lyuk  usuli.  Bu  jarrohlik  usulida  peshona 
bo’shlig’ini ochish yuqori jag’ bo’shlig’ini ochishda bajariladigan Kolduella- Lyuk 
jarrohlik amaliyotini analogi hisoblanadi. Bu usul g’arb davlatlarida kam travmat-
ik,  bo’shliqqa  yaxshi  kirish,  jarrohlik  amaliyotidan  keyin  parvarish  yyengil  va 
qulay bo’lganligi uchun ko’p bajariladi. 
Ko’rsatma:  samarasiz  konservativ  davo  (trepanopunksiya,  antibiotikoterapiya, 
dekongestantlar); tabiiy burun- peshona kanali orqali peshona bo’shlig’ini endona-
zal drenajlash bajarila olinmasa; peshona bo’shlig’ini ko’p kamerali turida surunk-
ali  frontit  bo’lishi;  polipozli  frontit;  jarohatdan  keying  frontit;  jarohat  natijasida 
peshona bo’shlig’ida yot jism va suyak to’qimasini joylashib qolishi; orbital aso-
ratlar; surunkali frontit natijasida o’tkir meningoensifalit bilan asoratlanishi. 
Qarshi ko’rsatma: o’tkir asoratlanmagan frontit; 14 yoshgacha; umumiy sistemali 
kasalliklar;  barcha  jarrohlik  amaliyotiga  vaqtincha  yoki  doimiy  qarshi 
ko’rsatmalar. Peshona bo’shig’ida jarrohlik amaliyoti qarshi ko’rsatma bo’lsa ham, 
hayot uchun xavfli holatlarda amalga oshiriladi. 
Og’riqsizlantirish:  Mahalliy  yoki  umumiy  og’riqsizlantirish  ostida  olib  boriladi. 
Mahalliy og’riqsizlantirish qosh usti sohasiga teri orasiga va  teri ostiga 1% li no-
vokainni  infiltrasiya  qilib  yuboriladi.  xosil  qilingan  infiltrasiya  maydoni  kesma 
kesiladigan jarohatdan katta bo’lishi kerak, bundan tashqari burun ildizidan 3-4 sm 

pastdan  ushlab  olinadi.  Og’riqsizlantirish  jarayoni  infundubulyum,  o’rta  burun 
chig’anog’i, burun to’sig’ini yuqori qismi va hid bilish sohasini og’riqsizlantirishi 
bilan tugatiladi. 
Jarrohlik amaliyoti texnikasi. Peshona bo’shlig’ini “oddiy trepanasiya” si 5 ta bos-
qichdan iborat. 
1.
 
Qosh usti ravog’i bo’ylab teri va suyak usti parda birga kesiladi; qon tomir 
bog’lanib yoki elerktokaugulyatsiya yo’li bilan gemostaz; dokali prokladka ko’zga 
yopiladi; peshona do’ngini va peshona bo’shlig’ini oldingi devori to’g’ri keng is-
kana  bilan  yumshoq  to’qima  ko’chiriladi;  suyak  maydonini  ilmoq  bilan  ken-
gaytirish. 
2.
 
Peshona  bo’shlig’ini  tarnovsimon  iskana  yoki  Voyatshekning  tarnovsimon 
(1.48 rasm) iskanasi bilan trepanatsiyasi bajariladi; o’rta chiziqdan 1 sm tashqari-
dan  uzoqlashib  suyak  qisqichlari  yordamida  suyak  jarohatining  qirralari  tekisla-
nadi.  
                               
 
 
 
 
 
3.
 
Bo’shliq  ichini  ko’zdan  kechirish,  patologik  o’zgargan  shilliq  qavatni  yoki 
patologik to’qima maydonini aniqlash, bo’shliqlar o’rtasini ehtiyotkorlik bilan ky-
uretaji, gohida shu devor shilliq qavatni dublekaturasi bo’lib infeksiya’ni qarama- 
qarshi  tomonga  o’tmasligi  uchun.  Kyuretajni  bo’shliq  miya  devori  tomonda  olib 
borish  ehtiyotkorlik  bilan  amalga  oshiriladi.  Bo’shliq  ko’zdan  kechirilib 
bo’lgandan keyin G. Laurens bo’shliqni yuqori tashqi sohasini tamponada qilishni 
tavsiya qiladi. 
1.48  rasm.  LOR-  a’zolarida  suyak  bosqichida  jarrohlik  amaliyotini  o’tkazish  uchun 
qo’llaniladigan jarrohlik asboblari. a) V.I. Voyatshek iskanalari: 1- tarnovsimon iskana, 2- huddi 
shu 4mm, 3- 8 mm, 4- 10 mm; b) suyak qisqichlari: 1- Yansenning suyak qisqichi; 2- suyak uchun 
to’g’ri qisqich- ombir, 3- suyak uchun qiyshaygan qisqich- ombir. 

4.
 
Peshona-  burun  drenaj  kanalini  shakllantirish.  Bo’shliqni  pastki-ichki  bur-
chagidan  peshona-burun  kanalini  yuqori  teshigi  qidiriladi  va  uyerga  dastali  dia-
metrik 5mm dan katta bo’lmagan o’tkir qoshiqcha kirgaziladi va ehtiyotkorlik bi-
lan kanal kyuretaji o’tkaziladi.  
                             
 
 
 
 
 
Asbobning  harakati  peshona-burun  kanali  va  o’rab  turuvchi  g’alvirsimon  labirint 
to’qimasini  buzgan  holatda  ichkariga,  yuqoriga,  orqaga,  pastga,  oldinga  hara-
katlantiriladi,  taxminan  jimjaloq  barmog’ini  uchi  kiradigan  darajada  teshik 
shakllantiriladi.  Sun’iy  burun-peshona  kanali  shakllantirilganidan  so'ng,  peshona 
bo’shlig’ini  Mikulich  bo’yicha  tamponada  qilinadi.  Tamponada  oxirida tamponni 
bir uchini kanalning peshona teshigidan tiqilib burun teshigidan chiqariladi. 
5.
 
Ligaturani ostidan dokali valik qo’yib teri jarohatini atravmatik igna bilan 3-
4 ta chok qo’yib tikiladi. Choklarni jarrohlik amaliyotidan 6 sutka o’tgandan so’ng 
olib tashlanadi. 
   Killian bo’yicha peshona bo’shlig’ini fronto-orbital trepanasiyasi. 
    Bu usul XX asrga kelib keng tarqadi, bunda ijobiy taraflari ko’p bo’lib, jarrohlik 
amaliyoti maydonini keng ko’rinishi, g’alvirsimon hujayralarini deyarli barcha hu-
jayralarini va hamda asosiy bo’shliqni ochish, patologik o’zgargan to’qimani toza-
lash  qoidalariga  rioya  qilish  va  yaxshi  kosmetik  natijani  kutish,  sun’iy  burun-
peshona kanalini optimal shakllantirishni amalga oshirsa bo’ladi. Bunda bir vaqtni 
o’zida  ikkinchi  peshona  bo’slig’ini  reviziya  qilish  imkonini  berib,  ikkinchi 
peshonani frontotomiyasi amalga oshirilmaydi.  
Ko’rsatma va qarshi ko’rsatma Ogston- Lyuk usulidagi ko’rsatmalar bilan birxil. 
V.V.  Shapurov  peshona  bo’shlig’inida  bajariladigan  Killian  jarrohlik amaliyotiga 
quyidagi ko’rsatmalarni sanab o’tgan: 
1.
 
Peshona bo’shlig’ini surunkali empiemasi, suyak devorini yemirilishi bilan, 
ayniqsa serebral devori
1.49  rasm.  Peshona-  burun  kanalini  zondlash  va  peshona  bo’shlig’ini  bilan  burun  bo’shlig’i 
sun’iy drenaj kanalini shakllantirish uchun asboblar: a) pashona- burun kanalini zondlash uchun 
Ritterning peshona zondlari; b) g’alvirsimon labirint hujayralarini va peshona- bo’shlig’ini kanalini 
kryutaj va teshishi uchun egiluvchan peshona qoshiqlari. 

2.
 
Peshona bo’shlig’idagi ko’p qaytalaniuvchi yoki jarrohlik amaliyotidan key-
ing tuzalmagan sinusitlar; 
3.
 
Peshona bo’shlig’i o’smalari; 
4.
 
Peshona bo’shlig’i jarohatlanishidan keying yot jismlar; 
5.
 
O’tkir va surunkali yiringli frontitlarda kalla ichi asoratlari. 
Og’riqsizlantirish. Umumiy va mahalliy o’griqsizlantish ostida olib boriladi. 
Jarrohli  texnikasi.  Jarrohlik  amaliyotini  nomlanishi  (peshona  bo’shlig’ini  fronto- 
orbital  trepanasiyasi  yoki  ko’z-  yuz  frontitomiysi)  bejiz  emas,  sababi  bunda  jar-
rohlik amaliyoti peshona bo’shlig’ini yuz devori bilan ko’z devorida olib boriladi, 
lekin  ularni  orasidagi  to’siq  saqlangan  holatda  olib  boriladi.  Pesjona  bo’shlig’ini 
Killian bo’yicha jarrohlik amaliyoti bir necha bosqichdan iboratdir: 
1.
 
Bir  vaqtni  o’zida  1.50,  1  da  ko’rsatilgan  qosh  bo’yicha  tashqi  qirrasidan 
chiziq bo’yicha teri va suyak usti pardasini yumshoq to’qimasini bir vaqtni o’zida 
kesiladi. Kesma  tashqi burunning  yon sohasidan  va burun  lab  burmasigacha  yoy-
simon o’tkaziladi. A. S. Kiselyov (2000) ko’zning yuqori medial qirrasi sohasidan 
suyak usti pardasi kesmaslikni tavsiya qiladi. V. V. Shapurov keyinchalik kesilishi 
uchun kerak bo’ladigan sohasidan perpendikulyar chiziq o’tkazishni tavsiya qilgan. 
Keyinchalik jarohat qirralarini kosmetik tikish uchun kerak bo’ladi. Gemostaz.  
2.
 
Kesma o’tkazilgan sohadan yumshoq to’qimalarni ko’chirish, faqar ko’zning 
tashqi  medial  sohasida  1-1,5  sm  ko’chirilmaydi.  Maqsad  keyinchlik  bo’ladigan 
suyak- suyak usti pardani loskut oziqlanishini saqlash maqsadida (1. 50, 8 rasm). 
3.
 
Suyak usti parda (a, 3) birinchi kesmadan 0,5- 1 sm yuqoridan parallel rav-
ishda kesiladi (a, 2). Bu keyinchalik killian ko’prigini ( c, 7, 8) chegaralarini angla-
tadi. 
4.
 
Suyak  usti  parda kesmadan  yuqoriga qarab ko’chriladi  va peshona suyagi ( 
b, 4) yuz sohasi kortikal qavati ochiladi. 
5.
 
Peshona o’shlig’ining oldingi devori trepanasiyasi (c, 6) tarnovsimon iskana 
yordamida  olib  boriladi  va  Voyatshekni  tarnovsimon  iskanasi  bilan  gubkasimon 
suyakdan  qirib  olinadi.  Teshik  boshida  kichik  bo’lib,  keyinchalik  ko’prik  uchun 
bo’shliqni kattaligini va bo’sgliq ichidagi bor narsa va yuqori qirrasiga (c, 7) nis-
batan chamalash uchun kerak bo’ladi. 
6.
 
Peshona  bo’shlig’ini  yuz  devorini  trepanasiya’ni  teshigini  kengaytirish 
uchun,  teshikni  kengaytiradigan  maxsus  qulay  asboblardan  foydalaniladi  (Gaek 
qisqichi,  Voyatshekni  suyak  qisqichlari,  iskanalari  va  boshq).  Teshik  kattaligini 
bo’shliqni  hajmiga  va  uning  ichidagilariga  (poliplar,  xolesteatoma,  granulyasiya, 
o’sma),  devorni  patologik  holatiga  (osteomielit,  sekvestr  va  oqmalar  bo’lishi), 
patologik  jarayonni  xarakteriga  bog’liq  bo’ladi.  Gohida  ko’rsatmaga  muvofiq 
peshona bo’shlig’ini oldingi devorini butunlay olishga to’g’ri keladi.  

    7.  Killian  bo’yicha  keyingi  bosqich,  bo’shliq  ichidagi  barcha  narsalardan 
tozalashga qaratilgan. Hozirda bundan holat qo’llanilmaydi. Kalla ichi asoratlarida 
(ekstra- va subdural abssesslarda, peshona bo’lagini abssessi, meningoensefalit va 
boshq)  jarrohlik  amaliyoti  kengaytirilgan  tartibda  o’tkaziladi  va  kalla  ichi 
patologik jarayonini ko’rinishi aniqlanadi. 
     8.  Suyak  usti  pardasi  kesilgan  joydan  pastroqdan  a,2,  chiziq  bo’yicha 
ko’chiriladi,  tegilmagan  suyak  usti  pardasi  esa  saqlaniladi.  Suyak  usti  pasrdasini 
ko’chirish  peshona  bo’shlig’ini  pastki  (ko’z)  devorida  va  tashqi  burunning  yon 
sohasida  (1.50  rasm,  b,  c,  d,  va  e  da  suyak  usti  loskuti  oq  chiziq  shaklida 
ko’rsatilgan)  olib boriladi. Korsatilgan ko’chirish faqat ko’z devorini 1/3 sohasida 
olib  boriladi,  ko’zning  yuqori  qiyshiq  mushagi  payini  jarohatlamaslik  uchun 
bajariladi. Tashqi burunni yon yuzasini suyak usti pardasini ko’chirish ko’z yosh 
chuqurchasini tashqi qirrasidan olib boriladi. 8- bosqichga kelgandan keyin ko’zni 
dokali  salfetka  bilan  yopiladi.  Suyak  trepanisiyasi  bajarilayotganda  qog’oz 
plastinkaga nisbatan ehtiyot bo’linadi.  
    9.  Peshona  bo’shlig’ini  pastki  devorini  trepanasiyasi  suyak  usti  pardasini 
pastdan shunday hisob kitob bilan kesiladiki, ko’prikni pastki qirasini aniqlash va 
yuqori jag’ni peshona o’sig’ini yo’li bo’ylab  burun bo’shlig’iga kiriladi. Suyakni 
tarnovsimon  iskana  bilan  olish  uchun  mo’ljal  bo’lib  tugmali  zond  hisoblanadi, 
zondni  bo’shliq  tomonidan  ko’prik  ostidan  otkazib  peshona-  burun  kanali  orqali 
burun bo’shlig’iga  kiritiladi.  
    10. Burunda suyak va shilliq qavat teshilgandan so’ng, g’alvirsimon hujayralarni 
ochish  maqsadida    teshikni  yuqori  medial  tomonga  qarab  kengaytirish  mumkin. 
Shu yo’l bilan asosiy bo’shliqni ham ochish mumkin. 
    11. Peshona bo’shlig’idan patologik tuzulmalarni olib tashlash. 
    12.  Jarohatni  qavatma-  qavat  tikish,  pastki  qavatni  ketgut  bilan,  terini- 
atravmavmatik igna bilan tikiladi. 
    13.  Oxirgi  bosqich  bo’lib  kauchukdan  yoki  polimer  materialdan  drenaj  nay 
qoyish  bilan  tugatiadi  (  1.50  rasm,  d,  10).  Kateterni  yuqori  uchi  peshona 
bo’shlig’ini  tubida  joylashishi  kerak.  Rasmda  ko’rsatilganidek,  agar  kateter 
yuqoriroq  o’rnatiladigan  bo’lsa  bo’shliqda  yotgan  kateterni  uchi  biroz  qirqiladi, 
sababi  bo’shliq  ichidagi  to’planadigan  shilliq  yoki  qonli  ekssudat  kateterning 
pastki  uchi  sohasdan  chiqib  ketishi  kerak  bo’ladi.  Kateterni  pastki  uchi  burun 
kattaklaridan 1 sm chiqib turishi kerak bo’ladi. Kateter shunday mahkamlanishi  
kerakki,  jarrohlik  amaliyotidan  keyin  kateter  chiqib  ketishi  kerak  emas. 
Proshevidniy bog’lam. Ikkinchi kuni bo’shliqni antiseptik moddalar, antibiotik dori 
vositalari, bilan bo’shliq ichi yuviladi. Kateterni 3 haftadan keyin olib tashlanadi. 

 
                  
 
 
                     
  
  
 
                                   
 
 
 
 
 
 














10 

 
      
 
 
 
 
 
 
 
        Jarrohlik  amaliyotidan  keyingi  davo.  Jarrohlik  amaliyotidan  keyingi  davo 
xarakterini  jarrohlik  amaliyotiga  ko’rsatma  bo’lgan  bo’shliq  ichidagi  patologik 
jarayon,  jarrohlik  amaliyotidan  keyingi  bo’shliq  holati,  asoratlar  bormi  yoki 
yo’g’ligi, shu jumladan ko’z va kalla ichi asoratlari borligi, hamda shi klinikadagi 
jarrohlarning  amaliy  ko’nikmalari  belgilaydi.  Suyak  to’qimasini  zararlanishsiz 
kechgan  asoratsiz  yiringli  frontitlarda  qisman  bo’shliq  shilliq  qavati  saqlanib 
qolganligi uchun parenteral antibiotiklarni yuborish tavsiya qilinmaydi va bo’shliq 
ichi har kuni yuqorida aytib o’tilgan dori vositalari bilan yuvilib turiladi. Asoratli 
kechgan  holatlarda  (peshona  suyagini  osteomieliti,  orqa  devorini  buzilishlarida, 
orbita  flegmonasida  va  boshq)  jarohat  yarasi  ochiq  qoldiriladi  va  birlamchi 
to’qimani  tiklanish  belgilari  paydo  bo’lgunga  qadar  har  kuni  antibiotik  eritmalari 
bilan  bo’shliq  yuvib  tuirladi  va  yengil  tamponada  qilinadi.  Bunday  holatda 
kesilgan jarohatning chetlarida chandiqlanish belgilari paydo bo’ladi. 
      Agar  bu  jarayon  spontan  bitadigan  bo’lsa,  gohida  xunuk  kosmetik 
chandiqlanish bo’lishi mumkin. Shuning uchun to’qima granulyasiya bilan bitishi 
uchun,  to’qim  atshekkalari  kesib  turiladi,  chandiqli  to’qima  kesib  olib  tashlanadi 
va  qaytadan  jarohat  ikkilamchi  tikiladi,  jarohatning  lateral  chetlariga  rezinali 
chiqargichlar tiqib qo’yiladi. Peshona- burujn kanali nay olib tashlangandan keyin 
obliteratsiya bo’lmasligi uchun, o’sgan granulyasiya to’qimalari o’tkir qoshiq bilan 
olib  tashlanadi  yoki  lyapis  bilan  kuydiriladi  yoki  Ritter  peshona  zondi  bilan 
bujlanadi  (1.49  rasm).  Bu bosqich eng  mehnat ta’lab qiladigan va  javobgarlik his 
qiladigan bosqich hisoblanadi.  
 
N.V. Belogolovov bo’yicha peshona bo’shlig’ini ko’z orqali ochish. 
Jarrohlik texnikasi quyidagi bosqichlardan iborat: 
1.
 
Jarohatni aniq qirralarini aniqlash uchun va chok qo’yish uchun qosh ustidan 
chiziladi. Killian bo’yicha yoysimon kesish. Gemostaz.  
2.
 
Yumshoq to’qimalarni va suyak usti pardani ko’chirish. 
3.
 
Peshona bo’shlig’ini ko’z devorini trepanasiyasi. 
1.50  rasm.  Killian  bo’yicha  peshona  bo’shlig’ida  jarrohlik  amaliyoti  bosqichlari  (V.V. 
Shapurovdan,  1946  y).  a-  terini  va  suyak  usti  pardasini  kesish  yo’li;  b-  peshona  bo’shlig’ini  pastki 
(ko’z)  devorini  trepanasiyasi;  c-  peshona  bo’shlig’ini  yuz  devorini  trepanasiya  teshigi;  d-  jarrohlik 
maydonini  yakunlangan  holati;  e-  rezinali  nay  orqali  peshona  bo’shlig’ini  drenajlash;  1-  Killian 
bo’yicha teri va suyak usti pardasini bir vaqtni o’zida kesish; 2- suyak usti pardani kesish chizig’i, terini 
ko’cchirgandan  ketingi  ko’rinishi;  3-  suyak  suyak  usti  pardani  ko’prik  uchun  suyak  usti  pardani 
qo’shimcha kesish; 4- peshona suyagini yuz qevorini kortikal qavatini ochish, teri loskuti bilan birga 
ko’chirish;  5-  peshona  bo’shlig’ini  pastki  devorini  trepanasiya  qilinadigan  sohasi;  6-  peshona 
bo’shlig’ini  yuz  devorini  trepanatsion  teshigi;  7-  shakllantirilgan  suyak-  suyak  usti  parda  ko’prigini 
yuqori qirrqasi; 8- suyak- suyak usti parda ko’prigi; 9- sun’iy peshona- burun kanalini burun ichi qismi; 
10- drenaj nay. 

4.
 
Bo’shliqni kengaytirilgan pastki devori orqali peshona bo’shlig’ini ko’zcdan 
kechirish  (ayniqsa  videojarrohlik  uchun  qulay  hisoblanadi).  Bo’shliqni  patologik 
tuzulmalardan tozalash. Uni vaqtinchalik tamponadasi. 
    Belogolovovning  usulining  o’ziga  xosligi  peshona-  burun  kanalini  ochish 
noksimon  teshik  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Suyakni  burun  shilliq  qavatini 
suyak yorig’i xosil bo’lguncha olinadi, bunda shilliq qavatga tegmaslikka harakat 
qilinadi. 
5.
 
Aytib o’tilgan shilliq qavatdan burun bo’shlig’i bilan suyak yorig’i orasiga 
to’siq  xosil  qilinadi,  suyak  jarohatini  qirrasiga  maxsus  loskut  bichiladi.  Buning 
uchun  ariqchani  oldingi  va  orqa  qirralari  bo’ylab  shilliq  qavat  kesiladi  va 
qoshimcha  pastga  ko’ndalang  kesiladi.  xosil  qilingan  loskutni  yengilsuyak 
jarohatini qirralariga tashlanadi. 
6.
 
Jarohatga chok qo’yish. Bog’lam. 
     Burun orqali peshona bo’shlig’iga rezinali yoki boshqa materialli nay qo’yiladi, 
bunda  yasalgan  loskutni  surib  yuborish  kerak  emas  va  nay  mustahkamlanadi. 
Jarrohlik amaliyotidan keyin natija ko’pincha yaxshi. Yuzda hech qanday nuqson 
qolmaydi.  
 
       Peshona bo’shlig’ini Ritter- Yansen usuli bo’yicha orbita orqali ochish. 
     Mahalliy  va  mahalliy  og’riqsizlantirish  ostida  teri  ko’z  kosasining  yuqori 
chetlari  bo’ylab  qoshning  o’rtasidan  ichkariga, burun yon devori tomon kesiladi. 
Yumshoq  to’qima  suyak  usti  to’qimasi  bilan  birga  ko’z    kosasining    yuqori    de-
vora,  qosh    usti  yoyi  va  burun  yon  devoridan  ajratiladi.  Iskana  va  qisqichlar 
yordamida ko’z kosasi yuqori devorining bir qismi qosh usti yoyigacha olib tash-
lanadi  va  bo’shliq  ichiga  ochiluvchi  oval  teshik  (2x1  sm)  xosil  qilinadi.  Burun 
bo’shlig’iga  keng    yo’l  ochish  maqsadida  ba’zan  suyakdagi  jarohat  pastga  qarab 
kengaytiriladi,  yuqori  jag’  peshona  o’sig’ining  yuqori  qismi,  burun  va  ko’z  yosh 
suyaklari qisman olib tashlanadi. Peshona bo’shlig’i va g’alvirsimon bo’shliqning 
yuqori qismidan polip, patologik o’zgargan to’qima aylana uchli iqsqich va suyak 
qoshiqchalari yordamida chiqarib olinadi va gistologik tekshiruvga yuboriladi. B.S. 
Preobrajenskiy  bo’yicha sun’iy teshik yo’l xosil qilish uchun peshona bo’shlig’iga 
burun bo’shlig’i orqali uzunligi 3 sm, diametric 6-8 mm teng rezina naycha kiri-
tiladi.  Naycha  teriga  yopishtirilib  qo’yiladi.  Jarohat  maydoniga  chok  qo’yiladi. 
Kanaldagi  drenaj  3-4  haftaga  qoldiriladi  va  peshona  bo’shlig’i  vaqti-  vaqti  bilan 
ushbu drenaj naycha orqali yuviladi (1.51 rasm).
 

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin