Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov


rasm. Surukali kistali gaymoritda yuqori jag’ning shilliq qavatida mikrokistalar. A)



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20

1.36 rasm. Surukali kistali gaymoritda yuqori jag’ning shilliq qavatida mikrokistalar. A) 
yuzaki joylashgan kista; B) chuqur joylashgan kista. 

Mahalliy obektiv simptomlar. Bemorni ko’zdan kechirganda ko’z tashqi qoplamla-
rini, ko’z yosh kanalini diffuz giperemiyasi va shishi, burun kirish qismi va yuqori 
lab  sohasida  surunkali  dermatit  belgilarini  ko’rish  mumkin.  Doimiy  burundan 
yiring  oqib  turishi,  oqib  turgan  tomonda  terini  impetigosi,  ekzemasi,  yorilishlari 
ko’zga tashlanishi mumkin, gohida bu yallig’lanishlar sikoz va furunkul bilan birga 
kechadi. Gaymor bo’shlig’i sohasining og’rishi kasallikning xuruj davrida kucha-
yadi.  N.  infraorbitalis,  it  chuqurchasi va ko’zning ichki burchagi  og’riq  nuqtalari 
bosib  ko’rilganda  og’riqli  bo’ladi.  Rinomanometr  bilan  tekshirilganda  yal-
lig’landan tomonda noto’liq yoki to’liq nafas olish qiyinchiligi belgilari namoyan 
bo’ladi.  Yallig’lanishga  g’alvirsimon  bo’shliq  qo’shilganligi  uchun  gohida  burun 
bo’shlig’ida bir taraflama poliplar bo’lishi mumkin. Kam hollarda ikki tomonlama 
gipo-  yoki  anosmiya  bo’ladi.  Burun  bo’shlig’ining  shilliq  qavatida  shish 
bo’lganligi uchun ko’z yosh qopining nasos funksiyasi buziladi.  
      Oldingi rinoskopiyada burun yo’llarida shilliq- yiring yoki quyuq kazeozli, xi-
ra-sarg’imtirli  yiring  aniqlanadi.  Gohida  o’rta  burun  yo’lida  va  umumiy  burun 
yo’lida  har  xil  kattalikdagi  polip  aniqlanadi.  O’rta  va  pastki  burun  chig’anoqlari 
shishgan,  gipertrofiyaga  uchragan  va  giperemiyalangan bo’ladi.  Gohida  o’rta  bu-
run  chig’anog’i  yolg’on  ikkilanashi  kuzatiladi,  bu  infundibulum  shilliq  qavatini 
shishi bo’lib, o’rta burun yo’lining yuqori qismidan umumiy burun yo’liga shishib 
chiqqan bo’ladi (Kaufman yostiqchasi yoki gubkasi). O’rta burun chig’anog’i gi-
peremiyalashgan va qalinlashgan bo’lib, bullyoz ko’rinishga ega bo’lib qoladi.   
      Shilliq  qavat  anemizasiya  qilinib  ko’rilganda,  o’rta  burun  yo’lida  yuqori  jag’ 
bo’shlig’idan ajrab chiquvchi quyuq yiringni ko’rish mumkin bo’ladi. Orqa rinos-
kopiyada xoanadan burun- halqumga oqib turgan yiringni ko’rish mumkin bo’ladi. 
O’rta  burun  chig’anog’i  orqa  qismlari  polipga  o’xshab  kengayganli  aniqlanishi 
mumkin.  
     Tishlar tekshirilganda ularda karies, parodontit, apikal granulyoma, milklar so-
hasida fistula aniqlanishi mumkin.  
  Umumiy  belgilari.  Bosh  og’rishi  xuruj  davrida,  boshni  oldinga  egkanda, 
yo’talganda, burun qoqqanda, aksirganda, kallani harakatga keltirganida kuchaya-
di.  Ba’san uch shoxli nerv nevralgiyasiga xos belgilar kuzatiladi. Bemorning xo-
tirasi pasayadi, fikrini jamlay olmaydi va tez toliqadi.  
Klinikasi.  Pemissiya  va  xuruj  davrlariga  bog’liq  bo’ladi.  Yilning  issiq  vaqtlarida 
bemorda tuzalganlik hissi bo’lishi mumkin, lekin sovuq davr boshlanishi bilan be-
morda  yangittan  patologik  belgilar  paydo  bo’ladi.  Bular  kuchayib  boruvchi  bosh 
og’rishi, burundan avval shilliq keyinchalik yoqimsiz hidli yiringli ajralma kelishi, 
burundan nafas olishni buzilishi, umumiy quvvatsizlik, tana haroratini ko’tarilishi, 
umumiy qon tahlilida yallig’lanish belgilari paydo bo’ladi.  

      Tashxis. Bemorni shikoyatlariga, anamnestik, obektiv va endoskopik tekshiru-
vlari, rentgenografiya, KT, yuqori jag’ bo’shlig’ini diagnostik tekshishlarga asos-
laniladi.  Yuqori  jag’ni  tekshishdan  oldin  ajralmaning  bakteriologik  tekshiruvi 
o’tkaziladi,  kasallik  qo’zg’atuvchishini  turi  va  uni  antibiotiklarga  sezuvchanligi 
aniqlanadi. Rentgenologik tekshirishda asosan 3 ta - peshona- burun, peshona- iyak 
va  yon  proeksiyalardan  foydalaniladi.  1.37.rasmda  o’ng  tomonlama  surunkali 
gaymoroetmoidit  burun  yondosh  bo’shliqlari  rentgenogrammasi  tasvirlangan. 
Rentgenogrammada  o’ng  gaymor  va  g’alvirsimon  bo’shliqlarni  total  qorayishi 
aniqlanadi.  Yuqori  jag’  bo’shlig’ida  patologik  ajralmani  borligini  qo’shimcha 
aniqlash  uchun  kontrast  rentgenografiyadan  foydalaniladi.  1.38.rasmda  chap  gay-
mor  bo’shlig’iga  kontrast  modda  yuborilib  tekshirilganda  patologik  xosilalar 
aniqlanmagan.  Lekin  rasm  chap  gaymor  bo’shlig’iga  kontrast  yuborilib  tekshiril-
ganda  surunkali  yiring-polipli  gaymorit  aniqlangan.  1.39.rasmdan  ko’rinib  turi-
bdiki, gaymor bo’shlig’ining hamma joylari to’liq yopilmayapti, polip massalarini 
atrofini aylanib o’tmoqda.   
     
                 
 
     
 
 
 
 
 
Qiyosiy  tashxis.  Surunkali  gaymoritni  oddiy  surunkali  yiringli  rinit  ,  burun  yot 
jismi , surunkali yiringli frontit , ozena bilan, odontogen kista bilan qiyosiy tashxis 
o’tkaziladi. 
1.38. rasm. Surunkali o’ng tomonlama gaymo-
roetmoiditda  burun  yondosh  bo’shliqlarini 
rentgenogrammasi.  VChP-  o’ng  yuqori  jag’ 
bo’shlig’ini  proeksiyasi;  PYa-  g’alvirsimon 
suyakning oldingi kattaklarining proeksiyasi. 
1.39.  rasm.  Chap  yuqori  jag’  bo’shlig’iga 
kontrast  modda  yuborilganidan  so’ng 
normal rentgenologik tasvir. 

 
 
 
 
      Davolash.  Surunkali  gaymoritning  har  xil  shakllari  bemorga  individual  yon-
doshishni talab etadi. 
      Konservativ  davo  mahalliy  va  umumiy  tadbirlardan  iborat.  Barcha  jarayonlar 
tabiiy  berkilib  qolgan  teshikni  ochishga  va  shilliq  qavatda  shishga  qarshi  chora 
tadbirlardan iborat. Bundan tashqari  bo’shliqdan yiringni evakuatsiya bo’lishi vax-
ilpillovchi epiteliyning funksiyasini tiklashga qaratilgan bo’lishi kerak. Shuni aytib 
o’tish  kerakki  remissiya  davrida  bemorga  antibiotiklar  berilmaydi,  xuruj  davrida 
esa boshqa dorilar bilan qo’zg’atuvchiga qarshi antibiotiklar tayinlanadi.   
    Mahalliy davoga qon tomirlarni toraytiruvchilar kiradi. Bu dori vositalari yog’da 
eruvchi (pinosol, tizin va boshq) va suvda eruvchilarga (naftizin, galozolin, sanorin 
va boshq) bo’linadi. Yog’da eruvchi qon tomir toraytiruvchilar suvda eruvchi dori 
vositalariga nisbatan uzoqroz ta’sir ko’rsatadi, lekin yog’da eruvchilarixilpillovchi 
epiteliyni  funksiyasini kamaytiradi. Qon tomir  toraytiruvchi  dori vositalarini 8-10 
kundan ortiq qo’llash taqiqlanadi. Uzoq vaqt qo’llash qon tomir tonusini buzilish-
iga,  qon  tomirlarda  qon  bilan  to’lishi  va  burundan  nafas  olish  qiyinlash-
ishi,xilpillovchi  epiteliyning  funksiyasini  pasayishiga  sabab  bo’ladi.  Konservativ 
davolash ichida  eng yaxshi samara  beradigan  usullardan,  yuqori  jag’  bo’shlig’ini 
punksiyasi hisoblanadi. Bo’shliq punksiya qilinganidan so’ng, u erni antiseptiklar 
bilan (furasillin, xlorfillipt, dioksidin) yuvish, bo’shliq ichiga antibiotiklar (sedeks, 
augmentin,  cefazolin,  seftriakson)  yuboriladi.  Antibiotiklar  bilan  bo’shliq  ichiga 
ferment  eritmalarini  (agar  yiring  quyuq  bo’lsa),  ayniqsa    proteologik  effekt 
beruvchi (tripsin, ximotripsin) yoki kortikosteroidlarni (gidrokortizon, deksameta-
1.39.rasm. Chap yuqori jag’ bo’shlig’ini surunkali yiringli-polipli gaymoritda kon-
trastli rentgenogrammasi. KV- kontrastli modda; PO- polipli xosila. 

zon, prednizolonlarni) yuborish mumkin. Punksiya bilan davolash 7-8 kundan ko’p 
bo’lishi kerak emas.  
     Oxirgi  vaqtlarda  surunkali  sinusitlarni  davolashda  elektrootsosdan  foydala-
nilmoqda. Antiseptik eritmalar bilan almashtirilib yuvish yaxshi natija bermoqda.     
 
     Hozirgi  kunda  punksyasiz  usul,  sinus-kateter  “YaMIK”  bilan  davolash  yaxshi 
samara bermoqda. 
    Davolashda  medikamentoz  davo  bilan  bir  qatorada  fizioterapevtik  muolajalar 
yaxshi  samara  beradi.  Fizioterapevtik  usullar  yallig’lanishga  qarshi,    analgezik 
ta’sirga  ega.  Fizioterapevtik  muolajalardan  UVCh,  antibiotiklar  va  allergiyaga 
qarshi dori vositalar aerozollar bilan ingalyasiyalar qilish, mikroto’lqinli terapiya, 
burun  yondosh  bo’shlig’i  sohasiga  tibbiy  loy  yoki  30  daqiqaga  ozokerit  ap-
plekasiyasi  (42-45  ºC)  10-12  muolajadan  tavsiya  qilinadi.
  Gidrokartizon  va  di-
oksidinni  elektro-  va  fonoforez  qo’llash  va  lazer  terapiyasi  yaxshi  samara  beradi. 
Barcha fizioterapevtik muolajalarga yuqori qon bosimi, o’sma kasalliklari, yuqori 
haroratli reaksiya qarshi ko’rsatma bo’lib hisoblanadi. 
     Konservativ davo bilan bemorda birlamchi o’choqlarni davolash yaxshi samara 
beradi. Masalan odontogen gaymoritlarda avval yallig’langan tishlarni sanasiya qi-
lishdan iborat bo’ladi. Bolalarda adenoidlar kasallikni rivojlanishiga sabab bo’lsa, 
avval  burun-halqumni  sanatsiya  qilib  keyinchali  gaymorotomiya  qilish  yaxshi  sa-
mara beradi. Burun to’sig’i qiyshiqliklarida yoki burun chig’anoqlarining gipertro-
fiyasida bir vaqtning o’zida burun ichi strukturalarida jarrohlik korreksiyasi amalga 
oshiriladi. 
     Jarrohlik  usulida  davolash.  Konservativ  davo  samara  bermaganda  jarrohlik 
amaliyotidan foydalaniladi. Buning uchun quyidagi ko’rsatmalarga asoslaniladi: 
-
 
Antibiotiklar,  proteolitik  fermantlar,  vaksinoterapiya,  punksiya  va  drenajlar 
allergiyaga qarshi davo muolajalari foyda bermaganda; 
-
 
Biopunksiyalarda va nur diagnostikasi orqali tasdiqlangan bo’shliq ichidagi 
proliferativ jarayonlar; 
-
 
Gaymoritni  yopiq  shakllari,  tabiiy  teshiklarini  yopilib  qolishi,  yopilib  qol-
ganlikni konservativ va punksiya usullari bilan davolashni iloji bo’lmaganda; 
-
 
Yiringli  oqmalar,  osteomielitli  sekvestrlar,  bo’shliqqa  teshib  kirgan  tishlar 
(ularni ekstraksiyasida); 
-
 
Har  xil  asoratlangan  kistalar  va  sinusitlar,  intraorbital  va  kalla  ichi  aso-
ratlarida; 
-
 
Ichki 
organlar 
tomonidan 
ikkilamchi 
asoratlar 
(burun 
yondosh 
bo’shliqliklarining surunkali jarayonlariga ta’luqli bo’lsa); 
     Qarshi  ko’rsatmalarga  esa  organizmning  umumiy  holatini  og’irligi,  jarrohlik 
amaliyotini  o’tkaza  olmasligi,  sistemali  qon  kasalliklari,  enokrin  sistema  kasalli-
klari,  umumiy  yallig’lanishli  va  infeksion  kasalliklar  va  boshqalar  asos  qilib  oli-

nadi.  Ayrim  hollarda  qarshi  ko’rsatmalar  bo’lsa  ham,  hayot  uchun  kasallik  xavf 
solayotgan bo’lsa ham jarrohlik amaliyoti o’tkaziladi. 
4.40.
 
rasm da tasvirlangan sxemada har xil avtorlar tomonidan yuqori jag’da 
bajariladigan jarrohlik amaliyotlarining bo’shliqni ochish joylari ko’rsatilgan. 
                   
 
 
 
 
 
 
    Kolduella- Lyuk jarrohlik amaliyoti. 
  Umumiy  yoki  mahalliy  og’riqsizlantirish  ostida  bajariladi.  Avval  it  chuqurchasi 
va  ko’z  osti  teshigi  sohasi,  n.  infraorbitalis  chiqadigan  soha  yumshoq  to’qimasi 
infiltratsion anesteziya qilinadi.  Or’ta va pastki burun yo’llariga 5 min.ga 10% li 
lidokain eritmasi qo’yiladi. Jarrohlik 5 ta yoki 6 ta bosqichda olib boriladi.  
1.
 
Bir vaqtning o’zida shilliq va suyak usti parda og’iz kirish qismidan, II chi 
kurak  tishdan  boshlab,  yuqori  labning  yuganchasidan  3-4  mm  uzoqlikdan  II  oziq 
tishlargacha  kesiladi.  Shilliq  qavat  bilan  suyak  ysti  parda  birgalikda  ko’chiriladi, 
yuqori jag’ning oldingi suyak devori it chuqurchasigacha ochiladi, bunda ko’z osti 
nervini jarohatlamaslikka harakat qilish kerak bo’ladi. (1.41. rasm (a)) 
2.
 
Naysimon  parma  (bor)  bilan  yuqori  jag’ning  oldingi  devori  teshiladi  va 
keyinchalik fissurali parma bilan teshiklar birlashtiriladi, oldingi devoridagi suyak 
olib tashlanadi. Keyin Chitelli qisqichlari bilan teshik qirralari qisib olinib, kerakli 
darajada teshik kengaytiriladi (1.42. rasm (b)). 
Boshliqni teshish oldingi devorning yupqa sohasidan amalga oshiriladi. Bo’shliqni 
ko’kimtirroq joydan va metall jism bilan perkussiya qilib bo’shliq ovozi eshitilgan 
sohadan  topiladi.  Gohida  bu  devor  shunchalik  nozik  bo’lib  qoladiki,  birozgina 
1.40.rasm Yuqori jag’ga kirish va yo’llarning sxematik tuzilishi. 
1- Bo’shliqni yuqori devoir orqali, transorbital; 2- dahliz-lunj orqali (Kolduell-Lyuk usuli); 3- 
noksimon teshik qirralarini tashqa qismidan qisman rezeksiyasi qilib (Krechman- Denker usuli); 4- 
odontogen gaymoritlarda transalveolyar yo’l orqali; 5- endonazal yo’l orqali (Shturman- Kanfild, I. 
Mikulich, M.F. Sitovich usuli) 

kuch  bilan  bo’shliqqa  tushish  mumkin  bo’ladi,  bunga  sabab  bo’shliq  ichidagi 
patologik  jarayon  hisoblanadi.  Bunday  holatlarda  oqma  bor  joydan  yiring 
massalari chiqishini ko’rish mumkin bo’ladi. Yiring tezda elektrootsos yordamida 
tozalaniladi,  bo’shliq  atrofida  halaqit  berayotgan  yumshoq  to’qimalar  sekin 
olinadi, qon ketishlikdan saqlanish maqsadida ehtiotlik bilan amalga oshiriladi.  
3.
 
Bo’shliqqa  jarrohlik  ishlov  berish.  Kolduell-  Lyuk  jarrohlik  amaliyoti 
klassik varianti “radikal jarrohlik” deb nom olgan, sabab bunda bo’shliq ichidagi 
shilliq  qavat  keyinchalik  qaytalanmasligi  uchun  total  qirib  tashlanadi,.  Lekin  bu 
usul o’zini oqlamadi. 
Boshliq  ichi  qiyshiq  ajratgich  va  suyak  qoshiqchasi  yoki  uchi  aylana  qisqich 
yordamida  patologik  o’zgargan  shilliq  parda,  yiring,  nekrotik  to’qima  va 
poliplardan, yallig’langan o’smalardan tozalanadi.  
4.
 
Sun’iy drenajli teshikni (kontraperturani) shakllantirish. Burun bo’shlig’i va 
pastki  burun  yo’liga  bo’shliqning  medial  devoridan  drenaj  funksiyasi  va 
ventilatsion  funksiyalarini  amalga  oshirish  maqsadida  teshik  ochiladi.  Bu 
usulning  klassik  turida,  burun  bo’shlig’idan  bu  teshikni  yulib  olishgan  va  xosil 
bo’lgan  laxtakni  pastki  burun  yo’li  lateral  devorining  shilliq  qavati  bilan  olib 
tashlangan.  Hozirgi  kunda  bunday  usul  qo’llanilmaydi.  Avval  bo’shliqning 
medial  devorining  suyak  qismi  sindiriladi,  keyin  pastki  burun  yo’lining  lateral 
devori shilliq qavat bilan suyak qavat orasidan kichik paspator bilan kirib suyak 
devori  tanga  kattaligida  olib  taslanadi  (1.42.rasm  (c)).  Bunday  holatda  teshikni 
balandroq  kattalashtirishga  xarakat  qilinadi,  lekin  unchalik  ham  pastdan  ham 
pastki  burun  chig’anog’ining  suyakka  birikkan  joyidan  ham  teshik  ochilmaydi. 
Bu keyinchalik shilliq qavatdan laxtakni kerakli uzunlikdagi shakllantirish uchun 
kerak  bo’ladi.  Keyin  burun  bo’shllig’i  lateral  devorining  qolgan  shilliq  qavati 
burun  bo’shlig’ining  tubigacha  ko’chiriladi.  Shunday  qilib  burun  bo’shlig’ining 
tubi  bilan  bo’shliq  tubining  o’rtasida  “ostonasi”  ochiladi.  Keyinchalik  shu  soha 
burun  shilliq  qavatini  bo’shliqning  tubiga  plastika  bo’lishini  ta’minlaydi. 
Keyinchalik  bu  ostona  iskana  yoki  o’tkir  qoshiqcha  yordamida  tekislanadi. 
Tekislangan mahal shilliq qavat (keyinchalik laxtak qilib ishlatish uchun) ehtiyot 
qilinadi.  Ostona  tekislangandan  keyin  va  bo’shliq  tubidagi  ostonaga  laxtakka 
yaqin maydon tayyorlanib bo’shliq tubini plastikasiga kirishiladi. Buning uchun 
pastki  burun  yolidan  shilliq  qavat  (keyinchalik  laxtak  qilib  ishlatish  uchun) 
raspator  bilan  ushlab  turilib,  o’tkir  naysimon  skalpel  bilan  shilliq  qavatdan 
maxsus  P-simon  kesma  o’tkazilib  to’g’ri  burchakli  laxtak  quyidagicha  kesiladi: 
birnchi  bo’lib  vertikal  kesmani  suyak  darchasining  orqa  qismi  sohasidan 
yuqoridan  pastga  qarab  o’tkaziladi,  ikkinchi  vertikal  kesma  darchani  oldingi 
qirrasi  sohasidan  o’tkaziladi,  uchinchi  gorizantal  kesma  darchaning  yuqori 
qismidan  o’tkaziladi.  xosil  bo’lgan  to’gri  burchakli  laxtak  raspator  yordamida 

tekislangan  ostona  orqali  bo’shliq  tubiga  yotqiziladi.  Ko’pgina  rinoxirurglar  bu 
bosqichni  amalga  oshirmaydilar,  ular  baribir  shilliq  qavat  epitelizasiya  bo’ladi 
deb  aytishadi.  Lekin  tajriba  boshqatsha  o’ylantiradi.  Yalang’och  qolgan  suyak 
vaqt  o’tishi  bilan  u  yerdagi  shilliq  qavat  chandiqli  metaplaziyaga  uchrab, 
bo’sgliqni qisman yoki butunlay obliteratsiyasiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari 
plastik  laxtak  fiziologik  jarayonlarda  reparativ  manba  bo’lib  xizmat  qiladi, 
bo’shliqna shilliq qavat shakllanib, laxtakda qolgan sekretor elementlar trofik- va 
bakteriosid  aktiv  moddalar  ishlab  chiqaradi,  keyinchalik  sinusni  morfologik  va 
funksional reabilitasiyasiga sabab bo’ladi. 
 
            
 
 
                                   
 
 
 
  
 
               
5.
 
Yuqori  jag’  boshlig’ini  tamponadasi.  Ko’p  shifokorlar  bu  bosqichga  katta 
ahamiyat  berishgan.  Jarrohlikdan  keying  qon  ketishlarni,  gemosinusni  shakillan-



1.42.rasm. Yuqori jag’ bo’shlig’ida  Kolduella- Lyuk bo’yicha jarrohlik amalini o’tkazish 
bosqichlari. 
A) jarrohlikni boshling’ich bosqichi; b) teshikni shakllantirish bosqichi; c) kontrapetrurani shakllantirish 
boqichi. 

ishini,  infisirlanmasligini  oldini  olish  maqsadida  bajariladi.  Asosan  gaymoritli 
tamponni  vazelinli  yog’ga  shimridiladi,  tamponadadan  oldin  bo’shliqqa  antibiotil 
sepiladi, keyin tamponada qilinadi.  
     Operatsiyadan keyin har xil dori vositalatini ishlatish mumkin. So’z regenerant-
lar  va  reparantlar  haqida  ketmoqda.  Bu  dori  vositalari  reparativ  regenerasiya’ni 
stimullaydi. Bu jarayon jarohatlardan, jarrohlik amaliyotidan yallig’lanish jarayon-
lari  yoki  distrofiyadan  keying  to’qima  va  organning  tiklanishiga  yordam  beradi. 
Reparasiya  natijasida  parabioz  bosqichida  yotgan  to’qima  va  organ  tiklanishni 
boshlaydi. Umumiy  regenerasiya  mexanizmining tarkibida, purin va pirimidin  bi-
osintezini, RNK, hujayrani  funksional va fermentativ  elementlarini, shu  jumladan 
membrana  fosfolipidlarini,  DNKni  reduplikasini,  hijayralarni  bo’linishini 
kuchaytirib beradi. Xoh fiziologik yoki reparative (travmadan keyingi) regenerasi-
ya  bo’lsin  substratlarga  (almashtirib  bo’lmaydigan  aminokislotalar  va  yog’ 
kislotalar,  mikroelementlar,  vitaminlar)  muhtoj  bo’ladi.  Bundan  tashqari  oqsil  va 
fosfolipidlar biosintez jarayoni ko’p miqdorda energiya talab qiladi, shunga binoan 
energetik  materiallar  ham  mos  bo’lishi kerak.  Shunday  moddalarga,  energetik va 
reparativ  jarayonini  substratini  ta’minlovchi  moddalarga  aktovegin,  solkoseril  va 
boshqalar kiradi. 
     Regenerasiya va reparasiya’ni stimullovchi mahalliy ta’sir etuvchi dori vositala-
rini ikki guruhga bo’lib o’rganiladi: 1) hujayraviy (universal)- barcha regenerasiya 
bo’ladigan  to’qimaga  ta’sir  etadi,  bularga  anabolik  steroidlar,  nostreroid  anaboli-
klar-  natriy  dezoksiribonukleat  (derinat),  metilurasil,  inozin  va  vitaminlar  kiradi. 
Turli sababli kelib chiqqan jarohat bo’shliqlaridan tamponlar chiqarib olinganidan 
so’ng, infeksiyalardan profilaktika maqsadida mahalliy qo’llash va terapevtik  re-
jasida,  yuqorida  aytib  o’tilgan  reparant  vositalarni  ishlatish  maqsadga  muvofiq 
bo’ladi.  2)  to’qima  maxsus  stimulyatorlari-  regenerasiya  jarayonlarini  turli  xil 
mexanizmga  ega  bo’lgan  dori  vositalari  bilan  keltirib  chiqariladi.  U  yoki  bu 
to’qimaga  tanlab  ta’sir  qilishiga  qarab  turli  guruhlarga  bo’linadi.  Bunday  vosita-
larga  plastik  ta’sirga  ega  vitaminlar  (alfakalsidol,  askorbin  kislota,  beta  karotin, 
vitamin E, retinol va boshq) misol bo’ladi.  Ularni qo’llash (mahalliy va umumiy)  
reparative jarayonlarga ta’sir etib, jarrohlik amaliyotidan keyin 10-14 kun davom-
ida albatta berish kerak bo’ladi.  
     Tamponadadan  oldin  bo’shliq  ichida  yakunlovchi  gemostaz  (suyak  emissari-
yasini  plombirovka  qilish,  qonayotgan  patologik  to’qimalardan  tozalash,  qon  to-
mirni lazerakoagulyasiyasi va boshq) amali bajariladi. Adrenalinli sohaga surtilga-
nidan keyin vaqtinchalik qon tomir torayib turadi, keyinchalik qon tomirlarni ken-
gayadigan bosqichi keladi. Tamponada qilishdan oldin bo’shliqni ichiga antibioti-
klarni  gidrokartizon  bilan  aralashtirilib  sepish  tavsiya  qilinadi.  Shundan  so’ng 
bo’shliq  ichiga bir nechta  kichik  hajmda  kesilgan gemostatik gubkalar  joylanadi. 

Gubka tiqilganidan so’ng tamponada qilinadi. Tampon 48 soatdan keyin olib tash-
lanadi.  Tampon  bemalol  chiqishi  uchun  sun’iy  yasalgan  drenaj  teshikni  qirralari 
silliqlangan bo’lishi kerak. 
6.
 
Jarohatga  chok  qo’yish.  Bu  bosqichda  chok  qo’yish  yoki  qo’ymaslik  jar-
rohga  bog’liq  hisoblanadi.  3-4  soatdan  keyin  jarohat  chetlarini  to’g’ri  qo’yish, 
ularni  zich  yopishishiga  sabab  bo’ladi.  Ayrim  avtorlar  jarohat  yuzasiga  jarohat 
chetlarini yopishtirish maqsadida dokali valik qo’yishni tavsiya qiladilar va uni 2-3 
saotdan keyin olib tashlaydilar.  
      Jarrhlik  amliyotidan  keying  bemorni  kuzatish.  Jarrohlik  amalini  boshidan 
kechirgan  kuni  bemorga  ovqatlanish  tavsiya  qilinmaydi.  Ertangi  kunida  bemorga 
0,2-0,3  litr  suyuqlik  (biroz  shirin  yoki  limonli  choy)  ichish  tavsiya  qilinadi. 
Bemorga  antibiotiklar,  sedativ  dori  vositalari,  antigistaminlar  ko’rsatmaga  qarab 
buyuriladi.  Tartib-  ertasi  kunigacha  yotoq  tartib  belgilanadi.  Tampon  olib  tash-
langanidan  so’ng  bo’shliq  ichi  bemorning  holatiga  qarab  izotonik  yoki  furasillin 
eritmasi bilan yuviladi. Bu muolajani o’zida reparantlar saqlagan moddalar, antibi-
otiklar, yog’da eruvchi vitaminlar bilan yuvib bir necha kun davom etiladi. Shu in-
tensiv davolashda bemorni  tuzalishi  2 haftagacha  cho’zilishi mumkin,  bemor  esa 
tampon olib tashlanganidan so’ng 3-5 kundan keyin ambulator sharoitda kuzatilib 
turishi uchun kasalxonadan chiqarilib yuborilishi mumkin. 
       
 Krichman- Denker jarrohlik amaliyoti. 
    Bu  usulni  birinchi  bor  1903-yilda  Denker  tavsiya  qilgan,  shundan  so’ng  bu 
usulni  Krechman  takomillashtirib  yuqori  labning  yuganchasigacha  kesishni  taklif 
qilgan. 
      Jarrohlik  amaliga  ko’rsatma  ,  qarshi  ko’rsatma,  jarrohlik  amaliyotidan  oldin 
tayyorlash,  og’riqsizlantirish  Kolduella-  Lyuk  jarrohlik  amaliyoti  bilan  birxil.  Bu 
usul  bilan  burn-  halqumgacha  borish  mumkin,  masalan:  miya  asosi  fibromasini 
olib tashlashda. 
   Bu usul ham bir nechta bosqichlardan iborat: 
1-
 
Bosqich. Kesish yuqori labning yuganchasigacha olib boriladi. 
2-
 
Bosqich.  Burun  bo’shlig’ining  lateral  devorining  oldingi  qismlaridan  va 
yuqori jag’ bo’shlig’ining oldingi devoridan yumshoq to’qima suyakusti parda bi-
lan birga ko’chiriladi va noksimon teshik ochiladi. 
3-
 
Bosqich.  Yuqori  jag’  bo’shlig’ining  oldingi  devorini  bir  qismi  va  burun 
bo’shlig’ining  lateral  devorining  bir  qismi,  noksimon  teshikning  atroflari  iskana 
yoki qisqichlar bilan kengaytiriladi. Yuqori jag’ uning oldingi medial burchagi or-
qali keragicha ochilganidan so’ng, qolgan boshqa bosqichlari Kolduella- Lyuk jar-
rohlik  amaliyoti  bo’yicha  olib  boriladi.  Bu  usulda  yuqori  jag’dagi  ko’rfazlarni 

peshona  reflektori  bilan  ko’rish  qiyin  bo’ladi.  Buning  uchun  bo’shliqni  reviziya 
qilish uchun endoskopik usullardan foydalansa bo’ladi. 
                                  
 
 
 
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin