Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20

1.29.rasm. Ozena. ( B.S. Preobra-
jenskiy bo’yicha 1963.) 

c)
 
Qatqaloqsiz ozena-  bu turi uchun burundan ajralma kelishi va qatqaloqlar 
xosil  bo’lishi  xarakterli  emas.  Shunga  monand  kakosmiya  aniqlanmaydi.  Lekin 
boshqa belgilari u yoki bu darajada shakillangan bo’ladi. 
     Tashxis  va  qiyosiy  tashxis.  Boshlang’ich  davrida  tashxis  qo’yish  birmuncha 
qiyin  bo’ladi.  Ayniqsa  bolalarda  “banal  surunkali  tumov”  uzoq,  sababsiz 
cho’zilganligi uchun aniqlash qiyin bo’ladi. Shundan so’ng ozenani birlamchi bel-
gilari paydo bo’ladi, tashxislash shu paytda aniqroq bo’lishni boshlaydi. Avj dav-
rida ozenani tashxislash qiyinchilik tug’dirmaydi.  
Qiyosiy tashxisni ozenani boshlang’ich davrida o’tkazish qiyin bo’ladi, ko’pincha 
boshlang’ich davrini gipertrofik rinit bilan adashtiriladi. Ozenani yana uchlamchi 
zaxm bilan qiyosiy tashxislanadi. Bundan tashqari rinoskleroma, surunkali yiringli 
sinusit, rinolit, posttravmatik osteomielit, o’sma kasalligini parchalanish davri bi-
lan qiyosiy tashxislanadi.  
Asoratlari. 2 ga bo’linadi. 
1.
 
Mahalliy asoratlar. 
a)
 
Ozenali faringit (shilliq qavat atrofiyasi, qatqaloqlar, og’izda qurush belgila-
ri, disfagiya aniqlanadi.) 
b)
 
Ozenali  laringit  (hiqildoq  shilliq  qavatini  subatrofiyasi,  ovoz  xiralashishi, 
hiqildoqda shish va doimiy yo’tal aniqlanadi.) 
c)
 
Surunkali yiringli sinusit (gaymorit, etmoidit, frontit, sfenoidit) 
d)
 
Ko’z  va  uning  xosilalarini  yallig’lanish  kasalliklari  (blefarit,  konyuktivit, 
keratit, dakriosistit) 
e)
 
O’rta  quloq  va  eshituv  nayining  yallig’lanish  kasalliklari. Bemorda  aralash 
tipda eshitish pastligi aniqlanadi. 
2.
 
Alohida asoratlar. 
a)
 
OIT  tomonidan  kasalliklar  (piofagya,  surunkali  gastrit,  dispeptik 
o’zgarishlar,  ko’ngil  aynishi,  gohida  qusish,  ishtaha  yo’qligi,  qorin  dam 
bo’lishi, qo’lansa hidli axlat.) 
b)
 
Bronx-o’pka  asoratlari  (surunkali  va  mavsumiy  kattaral  traxeobronxitlar, 
bronxopnevmoniya, ikkilamchi bronxoektazlar) 
c)
 
Nevrologik  asoratlar  (uch  shoxli  nervning  nevralgiyasi,  kraniofasial  og’riq 
sindromlari) 
d)
 
Psixastenik buzulishlar (intellektual apatiya, xotirani pasayshi, depressiv ho-
lat) 
      Davolash.  Etiologik  davolash  ozenada  asosiy  davolash  usuli  hisoblanadi. 
Hamma  davolash  usullari  nazariyalarga  asoslanadi.  Shuning  uchun  zamonaviy 
davolash burun shilliq qavatini trofikasini yaxshilashga, burun bo’shlig’ininormal 
hajmini tiklashga, ozenani tipik qo’zg’atuvchishi kliebsiella ozenaga qarshi kurash-
ishdan iborat. Davolash ikkiga bo’linadi. 

1.
 
Konservativ  davolash.  Bunga:  fiziologik  va  ishqoriy  eritma  bilan  burun 
bo’shlig’ini yuvish, qatqaloqlarni proteologik ferment bilan yuvib ularni yumshati-
ladi va ko’chiraladi, har xil vitaminsimon, Lyugol eritmasi bilan, salkoseril bilan 
burun bo’shlig’i chayiladi. 
Burunni dezinfeksiyali eritmalar bilan yuvishdan oldin burunni ichiga proteologik 
fermantli dori vositalarini 15-20 minut yoki na’matak yog’ini 1,5-2 soatga tampon-
cha shaklida burniga tiqiladi. So’ng burun bo’shlig’i 2% li bikarbonat  natriy erit-
masini gliserin aralashmasi bilan yuviladi. Bemorni eshitish naylariga suyuqlik kir-
ib ketmasligi uchun, bemor burnini yuvayotganda boshi biroz ko’tarilgan holatda 
bo’lishi kerak. A.S. Kiselyov (2000), N.P. Simanovskiy tavsiya qilgan dori vositasi 
xushbo’y hidga va bakteriosid ta’sirga ega bo’ladi (Thymoli 0,1 + Spiritus aethyli-
ci  95%-  20,0;  2-3  tomchi  1  stakan  suvga  qo’shiladi).  Yuvish  shpris  bilan  amalga 
oshiriladi. Yaxshi kompleks davoda dezodorirlovchi, bakteriosidli va stimullovchi 
xususiyatlarni xlorofilkaratin pasta amalga oshiradi (Passtae chlorophyllo- carotini 
0,2+ Butyri Catsao 0,5, shamchada) yoki ixtiol malhamini ishlatish mumkin (Ung. 
Ixthyoli  2%-  30,0+  Ol.  Jecoris  Aselli+  Ol.  Persicorum  5,0  ml).  Bundan  tashqari  
A,E vitaminlarini yog’li eritmalari, zaytun yog’ilari yaxshi samara beradi.  
Fizioterapevtik davo ham  yaxshi  foyda  beradi, masalan  endonazal elaktroforez 1-
2%  -KY  eritmasi  bilan  (20  ta  muolajaga),  0,5-1%  nikotin  kislota  eritmasi  (15 
muolajaga), 0,1-0,2% li ximotripsin eritmasi (15 ta muolajaga) tavsiya qilinadi. 
Ozenani  davolashda  medikamentoz  usul  qo’llanadi.  Ayniqsa  kliebsiella  ozenaga 
sezgir antibiotiklar tavsiya qilinadi. Bularni ichida aktivligi bo’yicha sterptomisin 
sulfat hisoblanadi. 
2.
 
Jarrohlik  usulida  davolash.  Etiopetogenetik  nazariyalardan  anatomik  va 
neyrogen turlarida qo’laniladi. 
A)
 
Burun yo’llarini toraytirishga asoslangan usullar. 
a)
 
Burun  to’sig’iga  burunning  lateral  devorini  surish  usuli.  Ikkala  yuqori 
jag’ning oldingi devoridan  kesib ochiladi.  Medial devoridan shilliq  qavati  ajartib 
olinadi. Shundan so’ng ajratib olingan shilliq qavat pastki burun chig’anog’i bilan 
birga  burun  to’sig’i  tomon  suruladi.  Ikkala  qiyqim  (loskut)    shunday  holatda 
bo’shliq ichiga to’mtoq tampon tiqilib va ipak tola bilan tikib qo’pladi. 
b)
 
Burun  to’sig’i  osti  shilliq  qavati  va  uning  laterial  devorini  alloplast  im-
plantasiyasi usuli.  
-
 
Burun pastki chig’anog’i shilliq qavati ostiga 1:1 nisbatda parafin yoki sul-
fat bariy aralashmasi yuborish; 
-
 
Burun to’sig’i shilliq qavati ostiga xuddi shu moddalari yuborish; 
-
 
Shilliq osti va suyak usti pardaga ikkita xosil bo’lgan akril tayoqchalarini 
yuborish. Ulardan biri tub sohani va og’iz dahlizi orqali kesilib burun to’sig’ining 

pastki  sohasini  shakllantirsa,  ikkinchisi  pastki  burun  chig’anog’ini  shakllantiradi. 
Akril tayoqchalarining diametri gugurt cho’pidan katta bo’lishi kerak emas. 
B)
 
 Burun shilliq qavatini oziqlanish jarayonini stimulasiyasiga qaratilgan usul-
lar. 
Alloplast implantli  materiallar burun shilliq  qavatini  oziqlanish  jarayonini  stimul-
lab beradi. Shu maqsadda K.L. Xilov (1962) vegetativ nerv chigalini stimulyasiya 
qilish  qo’llanmasini  ishlab  chiqqan.  Burun  to’sig’ini  orqa  qismiga  sintetik 
mahsulot-  ivalonni  ko’chirib  o’tkazgan. Bu  mahsulot  ko’p  miqdorda  biriktiruvchi 
to’qimaga o’xshash va simpatik nerv tolalarini stimullash xususiyatiga egadir. 
C)
 
Burun shilliq qavatini namlashga qaratilgan usullar. 
-
 
Almeyd  usuli-  ko’z  yosh  qopidan  o’rta  burun  yo’liga  ko’z  yosh  oqishi 
uchun  drenaj  shakillantirish.  Burun  shilliq  qavatini  nisbatan  namlanishiga  sabab 
bo’ladi. 
-
 
Vitmaak  usuli-  bunda  quloq  oldi  bezining  chiqaruv  kanali  yuqori  jag’ga 
implantasiya qilinadi. Burun o’rta chig’anog’ini yuvulib turishiga sabab bo’ladi. 
-
 
Uyqu  arteriyasining  simpatik  nerv  chigalini  olib  tashlash-  burun  shilliq 
qavatini giperemiyasuga sabab bo’lib, bezlarning funksiyasini aktivlashishiga sab-
ab bo’ladi.   
3.
 
BURUN YONDOSH BO’SHLIQLARINI KASALLIKLARI. 
Sinusit- bu burun yondosh bo’shliqlarini shilliq qavatini, shilliq osti qavatini, goh-
iga  suyak  usti  parda  va  suyak  qismini  yallig’lanishi  bilan  birga  kechuvchi  kasal-
likdir.  
     Burun  yondosh  bo’shliqlarini  yallig’lanishi  LOR  kasalliklarini  ichida  birinchi 
o’rinda turadi.  Pediatriyada barcha yuqori nafas yo’llari kasalliklari ichida burun 
yondosh bo’shliqlari kasalliklari 28-30% tashkil etadi. Shu kasallik bilan og’rigan 
bolalarning 50% keksalikkatsha kasallanishda davom etadi. Jarayon burunning bir 
nechta  bo’shliqlariga  bir  vaqtda  tarqalsa-  polisinusit,  bir  tomonlama  hamma 
bo’shliqlarni yallig’lanishi- semisinusit, hamma bo’shliqlarni yallig’lanishi- pansi-
nusit deb ataladi. Yuqori jag’ bo’shlig’ini o’tkir yallig’lanishi (gaymorit)- 12,9 %, 
surunkali yallig’lanishi 7,1% ni tashkil etib, boshqa sinusitlar ichida ko’p uchraydi. 
Keyin g’alvirsimon bo’shlig’ining yallig’lanishi (ethmoidit)- 1,6% ni tashkil etsa, 
keying  o’sinda  peshona  bo’shlig’ini  yallig’lanishi  (frontit)-  0,3%  va  asosiy 
bo’shliqni yallig’lanishi (sphenoidit) egallaydi. Yoshi 7 yoshdan oshgan bolalarda  
va  kattalarda  gaymorit,  3  yoshgacha  etmoidit  (80-92%),  3  yoshdan  7  yoshgacha 
bolalarda ko’proq etmoidit va gaymorit qayd etiladi. Ko’pincha gaymoroetmoidit 
(70%  gacha)kombinasiyasi  tashkil  etsa,  eng  kamini  frontoetmoidit  (14%)  kom-
binasiyasi tashkil etadi. 

    Tasnifi.  Shu  paytgacha  bir  nechta  olimlar  o’zlarining  turli  tavsiflarini  tavsiya 
etganlar. Shulardan bir nechtasini ko’rib chiqamiz. 
I)  B.S.  Preobrajenskiy  (V.T.  Palchun  1974  yilda)ning  takomillashgan  tavsifi 
quyidagicha.  
A.
 
Ekssudativ shakli: 1) kattaral; 2) serozli; 3) yiringli (davolash asosan kon-
servativ  va  ayovchi  jarrohlik  usullari  (zondlash,  punksiya,  drenajlash,  burun  yon-
dosh bo’shliqlarini endoskopik ochish, infundibulotomiya va boshq) 
B.
 
Produktiv  shakllari:  1)  devor  oldi  giperplastik  turi;  2)  polipozli  (davolash 
jarrohlik usulida, giposensibilizatsiyali dori vositalari bilan birga qo’llab) 
C.
 
Alterativ  shakllari:  1)  atrofik;  2)  nekrotik;  3)xolesteatomali;  4)  kazeozli 
(jarrohlik usulida davolash) 
D.
 
Aralash shakllari (yiringli-polipoz, kistozli-polipoz) 
E.
 
Vazomotor va allergik sinusit  
 
II)  1997 yilda Z.S. Piskunov va G.S. Piskunovlar tavsifini tavsiya qiladilar. 
1.
 
Kechishi va jarohatlanish shakli bo’yicha 
A)
 
O’tkir; 
-
 
Kataral; 
-
 
Yiringli; 
-
 
Nekrotik; 
B)
 
Surunkali; 
-
 
Kataral; 
-
 
Yiringli; 
-
 
Divor oldi- giperplastik
-
 
Polipoz; 
-
 
Fibroz; 
-
 
Kistali  (aralash  shaklli  bo’lishi  mumkin,  masalan:  yiringli-polipoz,  kistali-
polipoz) 
-
 
Asoratlangan  (osteomielit,  xolesteatoma,  pio-mukasele,  ko’z  orbitasi 
klechatkasiga yallig’lanishni tarqalishi) 
-
 
Allergik; 
2.
 
Kelib chiqish sababiga ko’ra: 
-
 
Rinogen; 
-
 
Odontogen; 
-
 
Travmatik; 
3.
 
Qo’zg’atuvchining xarakteriga ko’ra: 
-
 
Virusli; 
-
 
Aerob bakteriyali; 
-
 
Anaerob bakteriyali; 

-
 
Zamburug’li; 
-
 
Aralash; 
4.
 
Jarayonni tarqalishiga ko’ra: 
-
 
Etmoidit; 
-
 
Gaymorit; 
-
 
Frontit; 
-
 
Sfenoidit; 
-
 
Etmoidogaymorit; 
-
 
Etmoidofrontit; 
-
 
Etmoidogaymorofrontit; 
-
 
Etmoidogaymorosfenoidit; 
-
 
Etmoidofrontosfenoidit; 
-
 
Gemisinusit (o’ng tomonlama, chap tomonlama) 
-
 
Pansinusit. 
 
III)  Kechishi bo’yicha 1997 yilda Klement P.A quyidagicha taklif  bergan. 
1.
 
O’tkir- yallig’lanish jarayoni bolalarda 12 haftagacha, kattalarda 8 haftaga-
cha davom etgan bo’lsa. 
2.
 
Qaytalanuvchi- yil davomida 2-4 marta simptomsiz davrlar bilan kechsa 
3.
 
O’tkir osti- o’tkir respirator virusisiz boshlansa va xurujsiz kechsa. 
4.
 
Surunkali- bolalarda yallig’lanish jarayoni 8 haftadan ko’p bo’lsa, kattalar-
da    12  haftadan  oshgan  bo’lsa  yoki  medikamentoz  davolashdan  keyin  4  haftadan 
keyin tashxis qo’yilsa. 
5.
 
Surunkali sinusitning xuruji- to’satdan odatdagi simptomlarni og’irlashishi 
yoki yangilarini paydo bo’lishidir. 
Nazokomial yoki postintubatsion sinusit- bu sinusitni alohida shakli bo’lib, 24 soat 
ichida reanimatsiya bo’limida davolanuvchi bemorlar orasida shakllanadi. 
                          Jarayonni og’irlik dajasiga qarab. 
-
 
Yengil  kechishi-  tana  harorati  subfebril,  umumiy  intoksikasiya  belgilarini 
(bosh aylanishi, holsizlik, bosh og’rig’i) sekin asta namoyon bo’lishni boshlaydi. 
Hid  bilish  faoliyati  nisbatan  pasaygan,  mahalliy-  burun  biroz  bitgan  va  burundan 
shilliq yoki shilliq- yiringli ajralma aniqlanadi. Rentgenogrammada va kompyuter 
tomografiyada burun shilliq qavatini shilliq oldi shishi tipida qorayish aniqlanadi, 
shilliq qavatning qalinligi 6 mmgacha (norma- 0,1- 0,5 mm) bo’ladi. 
-
 
O’rtatsha  og’rlikda  kechishi-  tana  harorati  37,5°C  dan  baland  bo’ladi, 
umumiy intoksikatsiya belgilari kuchliroq namoyon bo’lishni boshlaydi. Bemorlar 
bosh og’rig’iga, hid bilish pastligiga, og’riqni quloqqa va tishlarga uzatilishiga shi-
koyat  qiladi.  Mahalliy:  burunda  quyuq  shilliq-  yiringli  ajralma  aniqlanadi,  burun 
bitishi,  uchlamchi  nerv  tolasi  chiqadigan  teshiklar  bosib  ko’rilganda  og’riqli 

bo’lishi,  periferik  qondagi  patologik  o’zgarishlar  (leykositlarni  chapga  siljishi) 
aniqlanadi. Rentgenogrammada va kompyuter tomografiyada burun shilliq qavatini 
total qorayishi aniqlanadi, shilliq qavatning qalinligi 6 mmdan ko’p bo’ladi. 
-
 
Og’ir kechuvi- tana harorati 38°C dan yuqori bo’ladi, umumiy belgidan ju-
da kuchli namoyon bo’ladi. Kuchli bosh og’rig’i, uchlamchi nerv tolasi chiqadigan 
teshiklar bosib ko’rilganda og’riqli bo’lishi, halqumni yoki burundan  orqa devori-
dan  ko’p  miqdorda  yiring  oqishi.  Periferik  qonda  leykositar  formula  chapga 
siljigan.    Rentgenogrammada  va  kompyuter  tomografiyada  burun  shilliq  qavatini 
total qorayishi bitta yoki bir nechta bo’shliqlarda aniqlanadi, shilliq qavatning qal-
inligi 6 mmdan ko’p bo’ladi  
-
 
Juda o’gir kechishi- asosiy belgilari- rinogen kalla ichi yoki ko’z asoratlari 
aniqlanadi. 
     Etiologiyasi.  
1)
 
O’tkir sinusitning etiologiyasi. 
-
 
Rinosinusitlar,  har  xil  virislar  keltirib  chiqaradi:  respirator-  sinsitial  vi-
ruslar, paragripp va gripp virusi, adenovirus, rinovirus, koronavirus va boshq. 
-
 
Bakterial  rinosinusitlar,  Streptococcus  pneumonia,  Moraxella  catarrhalis, 
Haemophilus  influenza,  Streptococcus  pyogenes,  Staphilococcus  aureus,  hujayra 
ichi parazitlari (xlamidiyalar va mikoplasmalar) 
-
 
Noma’lum  genezli  o’tkir  rinosinusit  (  shilliq  qavatni  termik  va  kimyoviy 
kuyushlari, atmosfera omillarini ta’siri- past harorat, yuqori namlik) (rasm) 
2)
 
Surunkali sinusitlarni etiologiyasi. 
Burun yondosh bo’shliqlarini surunkali yallig’lanishiga infeksiyalar sabab bo’ladi. 
Asosiylari bakterial flora hisoblanadi. Asosiylari: spora xosil qilmaydigan anaero-
blar  (Peptostreptococcus,  Batsteroides,  Prevotella,  Veillonella,  Fusobecterium  av-
lodidagi  bakteriyalar)  Streptococcus  pneumonia,  Moraxella  catarrhalis,  Staphilo-
coccus aureus. Surunkali zamburug’li rinosinusitlarni: atshitqisimon zamburug’lar 
Candida  va  Geotrichum,  Aspergillus,  Penicillium,  Scopulariopsis,  Mucor    avlodi 
zamburug’lari misol bo’ladi.  
Surunkali rinosinusitning yana bir sababi- allergiya hisoblanadi.  
Surunkali  yallig’lanishga  tashqi  omillar  (havoda  har  xil  zaxarli  moddalar  bor 
joyda, aktiv kimyoviy moddalr bor joylarda ishlab chiqarish korxonalarida ishlash, 
ekologik  muhiti  zaxarli  tumanlarda  yashash,  doimiy  suv  sportlarida  ishtirok  etish 
va doimiy burun travmali) ta’sir qilishi mumkin.     
Burun yondosh bo’shliqlarini surunkali yalliglanishiga burun to’sig’ini qiyshiqligi 
(8-  simon  qiyshayish,  C-simon  qiyshayish,  tikanaksimon  va  taroqsimon  burun 
to’sig’i  qiyshiqligi,  burun  to’sig’ini  yuqori-orqa  qismlarini  pnevmatizasiyasi), 
pastki  burun  chig’anog’ining  gipertrofiyasi,  o’rta  burun  chig’anog’ining  anomal 

joylashishi  yoki  tuzilishi  (bullyoz  gipertrofiya,  suyak  gipertrofiyasi,  asosiy 
plastinkani  pnevmatizasiyasi),  ilgaksimon  o’simtani  anomal  tuzilishi,  agger  nasi 
hujayralarini  gipertrofiyasi,  g’alvirsimon  bullani  anomaliasi,  yuqori  jag’ 
bo’shlig’ida  qo’shimcha  teshigi  bo’lishi,  yuqori  va  pastki  burun  chig’anog’ining 
bullyo  gipertrofiyasi,  halqum  murtagini  gipertrofiyasi,  yuqori  jag’  bo’shlig’ini 
odontogen o’zgarishi sabab bo’lishi mumkin. 
3)
 
Nazokomial  rinosinusitni  kasalxona  ichi  infeksiyasi  qo’zg’atadi.  Bularning 
asosiylari Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Staphylococcus aureus, Can-
dida va Aspergillus zamburug’lari hisoblanadi. 
    Patogenezi. 
   O’tkir sinusitda virusli infeksiya’ni patogenez. 
Asosan  bolalarda  sinusitlarni  sababi  (70-  80%)  virus  hisoblanadi.  Virusli  infeksi-
ya’ni kelib chiqishiga sabab bo’luvchi omillar: umumiy va mahalliy sovuq qotish-
lar,  ob-havoli  sharoit,  atrof-muhitni  haroratini  yoki  namligini  tezlik  bilan 
o’zgarishi, , charchash, stress holatlar, burun sekretini ishqoriy bo’lishi, gipogam-
maglobulinemiya,  zardobdagi  IgG  va  sekretor  IgA  faoliyatini  pasayishi  misol 
bo’ladi.  Virus  epiteliyning  hujayrasi  tarkibiga  kirgandan  keyin  o’zining  rep-
likasiyasini boshlaydi, bunga organizmning yallig’lanish va immun javob reaksiya-
lari 
shakllanadi. 
Buning 
asosiy 
belgilari: 
vazodilatasiya, 
qon 
tomir 
o’tkazuvchanligini  oshishi,  hujayra  infiltrasiyasi,  har  xil  yallig’lanish  mediatorlar 
mahsulatlari  ishlab  chiqariladi.  Bundan  tashqari  seroz  va  shilliq  bezlardan  shilliq 
ajrashni  boshlaydi,  epitelial  va  subepitelial  sohada  nerv  reseptorlarini 
qo’zg’aluvchanligi oshadi, bemorni qonida va burun sekretida neytrofillar miqdori 
oshadi. Eksprimental va klinik tekshiruvlarda bradikinnin, sitokinin, xemokin  mi-
qdori oshganligi aniqlanadi. Epitelial qavatda qo’pol morfologik oz’garishlar kelib 
chiqadi: epitelial hujayrani deskvamatsiyasi,xilpillovchi kiprikchalarni yuzasida va 
o’zida ultrastruktur o’zgarishlar kelib chiqadi. O’tkir rinit boshlangandan keyin bu-
run  shilliq  qavatining  xilpillovchi  epiteliy  faoliyati  to’xtaydi.  Hujayralar 
deskvamasiyasi  bo’lgandan  so’ng  bazal  qavat  ochilib  qoladi.  Bu  o’zgarish  esa 
to’qimani transsudasiyasiga olib keladi. O’tkir yallig’lanish fonida epitalial sohada 
destruksiya  kuzatiladi,  qadoqsimon  hujayralar  soni  kamayadi,  alveolyar-nayli  hu-
jayralar  cho’ziluvchan  shilliq  ishlab  chiqarishni  boshlaydilar.  Bez  hujayralaridan 
shilliq ishlab chiqarilgandan keyin, shilliq qavat ustida shilliq to’planadi. Shuning 
uchun  ham  rinitning  ikkinchi  bosqichida  shilliq  zichligi  pasayadi.  Bu  esa  o’z 
navbatida shilliq qavatni birinchi himoya qavatini buzilishiga sabab bo’ladi. Shun-
dan  so’ng  ko’p  miqdordagi  mikroblar  va  agentlar  sinusitni  keltirib  chiqarishni 
boshlaydi. 
        O’tkir sinusitda bakterial infeksiya’ni patogenez. 

Burun shilliq qavatiga bakteriyalarni o’tirishi asosanxilpollpvchi kiprikchalari yo’q 
epiteliy hujayralarida amalga oshadi. Epiteliy qatlamini butunligi- normal himoya 
funksiyalari  uchun  yaxshi  sharoit  hisoblanadi.  Ayrim  mikroorganizmlar  (Pseudo-
monas  aeruginosa,  Haemophilus  influenza)  epiteliy  hujayralarini  butunlay 
buzulishiga sabab bo’ladi.  
       Respirator  traktini  epiteliy  qatlamining  ustki  qatlamida  shilliq  gel  bo’lib, 
kipriksiz hujayralarga bakteriyalarni o’tirishdan saqlaydi va himoya qiladi. Sekre-
tor  antitelalar  bakteriyalarni  samarali  agglyutinasiya  qilib,  eruvchan  antigen  bilan 
bog’laydi.  Sekretor  IgA  va  IgM  larning  funksiyasi  shilliq  qavatda  infeksiyalarni 
kolonizasiyaga  olib  kelmaslik  va  eruvchan  antigenlarni  ishlashiga  yo’l  berishdan 
iborat.  Gel  qatlamini  chuqurligi  kiprikli  epiteliy  hujayralaridagi  bakteriyalarni 
harakatlanish tezligiga ta’sir ko’rsatadi. Agar gel tarkibi quyuq va kiprikchalar us-
tidan chiqib tursa, shilliq harakati sekinlashadi, natijada mikroorganizm va yot jism 
zarralari  kam  harakatlanadi  yoki  harakati  to’xtatiladi.  Ko’p  mikroorganizmlar 
(Haemophilus  influenza,  Staphilococcus  aureus,  Streptococcus  pneemoniya) 
o’zidan substansiya ishlab chiqaradi, bu o’z navbatida shilliq sekretini oshiradi, na-
tijada uning himoya funksiyalari ham pasayadi. 
       Ayrim  mikroorganizmlar  o’zidan  silioingibirlovchi  omil  ishlab  chiqaradi.  Bu 
omil  kiprikchalar  harakatini  pasaytiradi,  shilliq  qavatda  ustidagi  shilliqni 
yo’qotadi.  Bu  xususiyatga,  masalan,  Pseudomonas  aeruginosa  piosianin  va 
gidroksifenazin 
moddalarini 
ishlab 
chiqaradi. 
Streptococcuc 
pneumonia 
pnevmolizin  degan  modda  ishlab  chiqarib  nafaqat  kiprikchalarni  harakatini 
yo’qotibgina  qolmasdan,  balki  kiprikli  epitelial  hujayra  bilan  bazal  membrana 
orasidagi  bog’liqlikni  ham  buzadi.  Kiprikchalar harakat funkziyasi  kiprikchalarn-
ing harakat koordinasiyasini buzilishi hisobiga kelib chiqishi mumkin. 
      Ko’p bakteriyalarning mahsuloti normal kiprikli epiteliyni jarohatlaydi va shil-
liq qavatda mikroorganizmlarni adgeziyasiga sabab bo’ladi. Epiteliy jarohatlanish 
natijasida bakteriyal, mexanik, kimyoviy va boshqa yallig’lanish omillari ta’sirida 
hujayrani  deskvamasiyasi  bo’ladi.  Shundan  keyin  yallig’lanishning  ikkinchi  bos-
qichi, mahalliy va umumiy yallig’lanish reaksiyalari kelib chiqadi. Vazodilatasiya 
kuzatilib,  barcha  arteriovenoz  anastamozlar  ochilib,  barcha  prekapillyar  va  kapil-
lyalarning sfinktelari bo’shashadi. Mahalliy giperemiya kichik arteriyalarda, arteri-
olalarda,  kapillyarlarda  va  venulalarda  bosim  oshishi  hisobiga  kelib  chiqadi.  U 
yerdagi  bosim  plazmadagi  osmotik  bosimdan  yuqori  bo’ladi,  natijada  mikro  qon 
tomir ichida suyuqlik to’qumaga sizib chiqadi va yallig’lanish shishiga olib keladi. 
Mahalliy  jarohatlangan  joylardan  fiziologik  aktiv  moddalar  (semiz  hujayralardan 
va bazofillardan ishlab chiqariluvchi gistamin) ajrab chiqib farayon yana kuchaya-
di. 
           Surunkali sinusitda zamburug’li  infeksiya’ni patogenez. 

   Shilliq  qavatni  zararlanishi  virusli  va  bakterial  infeksiyalardan  keyin  kelib 
chiqadi.  Shilliq  qavatga  zamburug’lar  joylashib  olgandan  keyin  shilliq  qavatdan 
eozinofillar chiqishi aktivlasadi. Eozinofillar o’zidan kationli oqsil ishlab chiqarib 
shilliq qavat epitelysini jarohatlab, yallig’lanishli ta’sir ko’rsatadi. Shundan so’ng 
zamburug’li allergik rinit kuzatiladi. Lekin ko’p hollarda zamburug’-bakterial as-
sosiasiyasi kuzatiladi.  
     Burunning ichki strukturasini anomaliyasi vs halqum murtagini gipertrofiyasi. 
Burunda  har  xil  to’siqlar  bo’ladigan  bo’lsa,  havoni  turbulentligi  va  yo’nalishi 
o’zgaradi. Shilliq qavatni reseptorlari mexanik va kimyoviy ta’sirlanishi kuchaya-
di.  Reseptorlarni  qitiqlanishi,  ayniqsa  tikanaksimon  va  taroqsimon  qiyshiqliklar 
burun  lateral  devoriga  tegib  turgan  soha  kuchli  qitiqlanadi.  Yopiq  xalqa  paydo 
bo’ladi,  ya’ni  burun  to’sig’ida  qiyshaygan  soha  kuchli  qitiqlansa,  uning  qarama- 
qarshi tomonida burun chig’anoqlarining shilliq qavati shishadi va yanada ko’proq 
burun  to’sig’iga  bosim  uyushtiradi,  natijada  burun  to’sig’ining  reseptor  oxirlari 
yanada qitiqlanadi. Reflektor o’zgarishlar paydo bo’lib, nafaqat shilliq qavat balki 
qoshni  va  uzoqroq  organlarda 
ham 
vasomotor  o’zgarishlar  kelib 
chiqadi.Vazomotor  o’zgarishlar  burun  chig’anog’ining  ma’lum  bir  qismini  yoki 
hammasini  egallashi  mumkin.  Bundan  tashqari  osteomeatal  kompleksni  ahamiati 
juda  katta:  anatomik  tuzilishlar  burun  bo’shlig’ini  stenoziga  va  qaytuvchi  in-
feksiyaga sabab bo’lishi mumkin. 
      Tashxisot.    Tashxis  asosan  kompleks  tekshirishlardan  keyin  qo’yiladi.  Faqat-
gina rentgenogrammaga asoslanish bu xatodir, sababi bo’shliqdagi o’zgarish eski 
kasallikning  qoldig’i  va  yillab  saqlanishi  mumkin.  Bundan  tashqari  rentgeno-
grammadagi  o’zgarish  12%  hollarda  o’zgarishsiz  bo’lishi  mumkin.  Tekshirish 
quyidagicha olib boriladi: 
1.
 
Shikoyat va anamnezini baholash
2.
 
Umumklinik va otorinolaaringologik tekshiruv; 
3.
 
Burundan ajralmani bakteriologik tekshiruvi; 
4.
 
Endoskopik tekshiruv (endo foto suratlash), sinusoskopiya (kerak bo’lganda) 
5.
 
Biopsiya va sitologik tekshiruv; 
6.
 
Burun yondosh bo’kshliqlarini rentgenologik tekshirish va ko’rsatmaga aso-
san kontrast usulda tekshirish. 
7.
 
Kompyuter  tomogramma  (KT),  magnit  rezonans  tomografiya(MRT)  (kerak 
bo’lganda) 
8.
 
Diegnostik maqsatda bo’shliqlarni punksiyasi (ko’rsatmaga asosan)  
3.1.
 
 Yuqori jag’ bo’shlig’ini o’tkir yallig’lanishi.
 
   O’tkir gaymorit (highmoritis acuta)- yuqori jag’ bo’shlig’i shilliq qavatini o’tkir 
yallig’lanishi.  

   Etiologiya  va  patogenezi.  Gaymoritni  asosiy  qo’zg’atuvchilari  3.3  bo’limda 
ko’rsatilgan.  Lekin  yuqori  jag’ni  yallig’lanishi  ko’pincha  asorat  ko’rinishida 
kechadi.  Bunga  misol  qilib  o’tkir  rinit,  gripp,  qizamiq,  skarlatina  va  boshqa  in-
feksion  kasalliklar,  hamda  yallig’langan  tishlar  (odontogen  gaymorit)  bo’lishi 
mumkin.  Yallag’lanishda  infeksiya’ni  kiradigan  darvozalari  rinogen,  odontogen, 
travmatik  va gematogen bo’lishi mumkin. Gohida birlamchi yallig’lanish o’chog’i 
bo’lib g’alvirsimon bo’shliqning yallig’lanishi hisoblanadi.  
O’tkir  gaymorit  kattaral  (seroz)  va  yiringli  bo’ladi.  Lekin  g’arb  davlatlarida 
boshqatsha  tavsifni  taklif  qilishgan.  Ular  o’tkir  gaymoritni  kattaral  noekssudativ, 
kattaral  ekssudativ,  seroz-yiringli,  allergik,  suyak  to’qimasini  nekrotik 
o’zgarishiga bo’ladi. kattaral shaklida boshliq ichidagi shilliq qavatda giperemiya 
va  shish  kuzatiladi.  Qon  tomirlar  va  bezlarda  hujayra  atrofida  infiltrasiya  aniqla-
nadi.  Bu  esa  shilliq  qavatni  qalinlashishiga  sabab  bo’lsa,  u  yerda  ekssudat 
ko’payadi va havo bo’shlig’i kamayadi. U yerda havo aylanish faoliyati buziladi va 
“vakuum” shakllanadi, natijada ekssudat yanada ko’payadi. 
 Shunday  qilib,  o’tkir  gaymoritni  kelib  chiqishi,  avval  yuqori  jag’  bo’shlig’ini  ta-
biiy chiqaruv teshigi torayadi yoki butunlay okklyuziya bo’ladi, natijada bo’shliqni 
drenaj  faoliyati  buziladi  va  mukasiliar  klirens  pasayishi  natijasida  infeksiya 
bo’shliqlarda qolib yallig’lanish jarayonini keltirib chiqaradi. 
      Klinikasi. O’tkir gaymorit mahalliy va umumiy belgilarga bo’lish mumkin. 
Mahalliy belgilariga yallig’langan bo’shliq tomonda burun bitishi yoki ikkala bu-
run  bitishi,  yallig’lanagan  bo’shliq  tomonda  boshning,  yuzning  yarmiga  yoki  
chakka  qismlarga  o’griq  har  xil  irridiasiya  va  intensivlikda  tarqalishi,  burundan 
yiringli yoki shilliq yiringli ajralmalarni kelishi, hid bilish faoliyati har xil darajada 
buzilganligi kiradi. Boshni oldinga egiltirilganda og’riqni kuchayishi yoki og’iqlik 
hissini oshishi xarakterli hisoblanadi. Yuqori jag’ bo’shlig’ini oldingi devorini pal-
pasiya qilinganda bemor og’riqni his qiladi. Bo’shliq proeksiyasida va paraorbital 
sohada  yumshoq  toqimalarda  shishi  va  infiltrasiya  paydo  bo’lishi  yiringli  gay-
motirdan  (orbita  flegmonasi,  subperiostal  hoppo’z)  dalolat  beradi.  Shuni  aytib 
o’tish kerakki, o’tkir yiringli gaymorit ko’pincha o’tkir yiringli etmoidit bilan birga 
kechib, gaymoritning kechishini og’irlashtiradi. 
Oldingi  rinoskopiyada  o’rta  burun  yo’lida  shilliq-  yiringli  ajralma  aniqlanadi  va 
burun- halqumga oqib turadi. Shuning uchun ham orqa rinoskopiyada va faringos-
kopiyada  burun-halqum  sohasida  va  halqumning  orqa  devorida  shilliq-  yiringli 
ajralma  aniqlanadi.  Ayrim  hollarda  tajriba  o’tkaziladi,  buning  uchun  o’rta  burun 
yo’lining  barcha  qismlariga  adrenalin  eritmasi  surtib  chiqiladi.  Ma’lum  vaqt 
o’tgandan  keyin  boshni  oldingi  pastga  va  yon  tomonga  yallig’langan  bo’shliq 
tomonga egib o’tiriladi. Agar bo’shliqda yiring bo’ladigan bo’lsa, kengaygan yo’l 
orqali  yiring  ajraladi  (P.P.  Zabloskiy-  Desyatovskiy  simptomi).  Burun  boshlig’i 

ko’zdan  kechirilganda  o’rta  burun  chig’anog’ini  va  pastki  burun  chig’anog’ini 
shishganligini va giperemiyasini ko’rish mumkin. Agar ikki tomonlama gaymorit 
bo’ladigan bo’lsa hid bilish yo’qoladi.  
Umumiy  belgilariga  tana  haroratini  subfebril  yoki  febril  darajagacha  ko’tarilishi, 
umumiy  holatini  yomon  his  qilish,  ishtaha  pastligi,  bosh  og’riq  bezovta  qiladi. 
Umumiy qon tahlilida yallig’lanishga xos belgilar paydo bo’ladi: formulani chapga 
siljishi, yuqori darajada leykositoz, EChT ni yuqori bo’lishi. Kasallikni kechishi 2 
haftagacha bormasligi mumkin. Notog’ri davolanish oqibatida kasallik cho’zilishi 
va surunkali shaklga o’tishi mumkin. 
     Tashxis. Kasallikni shikoyatlari, anamnestik ma’lumatlariga asoslanib va obek-
tiv  ko’ruvga  qarab  tashxis  qo’yish  har  doim  ham  to’g’ri  bo’lavermaydi.  O’tkir 
gaymoritni, etmoidit va frontitdan hamda bo’shliq qay darajada patologik jarayon 
ketayotganini aniqlash uchun bir necha xil tekshiruvlar bajariladi.  
1.
 
Endoskopik  tekshiruv  (1.30  rasm).  Hozirgi  kuda  turlixil  endoskoplar  ish-
latilib  kelinmoqda.  Ularni  ichida,  burun  bo’shlig’ini  egiluvchan  hicham  endos-
koplardan  foydalaniladi.  Har  xil  burchak  ostidagi  optik  qurulmalari  orqali    burun 
bo’shlig’ini barcha struktual qismlarini ko’rish mumkin.  
O’tkir  gaymoritda  osteomeatal  kompleksga  baho  beriladi,  o’rta  burun  yo’lidan 
aniqrog’i  gaymor  bo’shlig’ini  tabiiy  chiqaruv  teshigidan  yiring  chiqayotgani 
ko’tiladi. 
2.
 
Rentgenologik tekshiruv. Deyarli patologik jarayon qay darajada bo’shliqni 
yallig’lantirganligini ko’rib baho berish mumkin. Boshliq yallig’langan bo’lsa tas-
virning tiniqligi o’zgaradi.  
 
 
 
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin