Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov


 rasm. Infiltratsion anestesiya uchun anestetikni yuborish nuqtala-



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

1.10 rasm. Infiltratsion anestesiya uchun anestetikni yuborish nuqtala-
ri. 

                    
 
 
                        
 
 
 
 
Tampon 24-48 soatdan so’ng olib tashlanadi. Tog’ay olib tashlanayotganda burun 
qirrasiga  yaqin  olish  kerak  bo’lmaydi,  burun  qirrasi  bilan  tog’ay  olinishi  kerak 
bo’ladigan masofa 6-8 mm dan kam bo’lishi kerak emas, keyinchalik burun qirrasi 
cho’kib qolishi mumkin. Undan tashqari burun to’sig’i oldingi qirrasini ham kirish 
qismidan 3-4 mm tashlab olish kerak bo’ladi, jarrohlik amaliyotidan keyin burunni 
uchini his qilish maqsadida. 
2)
 
Voyatshek  bo’yicha  rezeksiya  jarrohlik  amalida  burun  to’sig’ining  faqat  
qiyshaygan maydoni olib tashlanadi, shuning uchun bunday jarrohlik amallari kon-
servativ septoplastika deb ataladi.  
 
 
 




1.11. rasm. Burun to’sig’idagi jarrohlik amaliyotining bosqichlari: a) burun kirish qismini yoysimon 
kesish;  b)  burun  shilliq  qavatini  tog’ay  usti  pardadan  ko’chirish;  c)  burun  to’sig’ini  qarama-qarshi 
tomonidagi shilliq qavatini kesish va ko’chirish; d) burun to’sig’ini qiyshaygan sohasini olib tashlash.  
1.12  rasm.  Voyatshek  bo’yicha  retrograde  pichoq  bilan  burun  to’sig’ini 
taroqsimon  qiyshiqligi  joyidan  kesish  va  pichoq  harakati:  1-  taroqsimon 
qiyshiqlik; 2- asbobni aktiv harakat bilan harakatlanishi ko’rsatilgan. 

 
Ko’pincha  burun  to’sig’i  qiyshiqligi  kompensator  gipertrofik  rinit  bilan  birga 
kechadi.  Bunday  hollarda  pastki  konxotomiya-  pastki  burun  chiganag’ini  kesib 
olish,  vazotomiya-  burun  chig’anoqlari  shilliq  qavatini  suyakdan  ajratish,  shilliq 
osti  konxotomiya-  pastki  burun  chig’anog’ining  suyak  chetidan  shilliq  pardadan 
ajratib olib tashlash, laterokonxopeksiya- pastki burun chig’anig’ini asosi sohasida 
sindirib, lateral devorga bosish kabi jarrohlik amallari bajariladi. 
2.2.
 
Burun to’sig’i gematomasi va ho’ppozi.
 
    Burun  to’sig’i  gematomasi-  travma  ta’sirida  yoki  spontan    qon  ketishi  na-
tijasida,    burun  to’sig’ining  to’gayining  tog’ay  usti  va  suyakning  suyak  usti 
qavatlari  orasida  qon  to’planishiga  bo’lib,  burun  yo’llarini  torayishi  va  nafas 
olishni qiyinchiligiga olib keladi. 
Gematomaning 
sababi, 
travmatik 
jarohatlanish 
(maishiy,  jarrohlik  amaliyatidan  keyin  va  bosh) 
hisoblanadi.  Bunda  burun  shilliq  qavatini  butunligini 
buzmasdan to’gayining tog’ay usti va suyakning suyak 
usti qavatlari orasida qon to’planadi. Gematoma bir va 
ikki taraflama bo’lishi mumkin. Odatda gematoma bu-
run  to’sig’ining  tog’ay  qismida  joylashgan  bo’lib, 
ba’zan esa suyak qismiga tarqalishi  mumkin. (1.13  
                                            rasm) 
 
 
Belgilari.  Bemor  burun orqali  nafas  olishi  qiyinligiga, burni  biroz og’rishiga, un-
dan  shilimshiq  yoki  qon  aralash  oqishiga,  hid  bilish  qoboliyatini  pasayganligiga 
shikoyat  qiladi.  Bir  tomonlama  gematomada  burun  orqali  nafas  olish  faoliyati 
buzilmaydi, bemorning umumiy holati o’zgarmaydi. Shuning uchun u kasalligiga 
e’tibor bermaydi. 
     Old  rinoskopiyada  bir  yoki  ikki  tomonda  burun  to’sig’ining  old  qismlarida 
umumiy  burun  yo’lini  toraytiruvchi  to’q  jigarrang  yumshoq  shish  va  infiltrasiya 
ko’rinadi. 
     Klinik  belgilar  unchalik  namoyon  bo’lmagan  bemorlarda  shifokorga  kech 
murojat  qilishi  natijasida,  gematoma  burun    to’sig’ining  yiringli  hoppoziga  ayla-
nadi.  Yiringli  hoppozda  (jarohatdan  4-7  kun  o’tgandan  so’ng)  burun  to’sig’ining 
shilliq  qavati  keskin  shishadi,  paypaslaganda  og’riydi.  Yiringli  jarayon  burun 
to’sig’i  tog’ayiga  o’tadi.  Rivojlangan  xondroperixondrit  keyinchalik  burun 
to’sig’ini  teshilishi  bilan  tugashi  mumkin.  Ba’san  yiring  burunning  yuqori 
1.13 rasm. Burun to’sig’i 
gematomasi. 

bo’limlariga  tarqalib,  ko’z  atrofi  va  kalla  ichi  asoratlari  rivojlanishiga  sabab 
bo’ladi. 
Tashxis.  Burun to’sig’ini gematomasi va hoppozi bemorni shikoyatlari, anamnezi 
va  rinoskopik  belgilariga  asoslanib  qo’yiladi.  Burun  to’sig’i  zond  yordamida  tek-
shiriladi, shishgan maydonga teshib ko’riladi va aniqlangan yiringli ajralma bakte-
riologik tekshiruvdan o’tkaziladi, mikroflorani antibiotikka sezgirligi aniqlanadi. 
Davolash.  1-2  kun  bo’lgan  yangi  gematomani  sterilxonada  punksiya  qilib,  qon 
to’plami  so’rib  olinadi  va  shu  tomondan  oldingi  tamponada  qilinadi.  Sababi  bu 
yangi jarohat bo’lganligi uchun, hali uyerga infeksiya tushmagan bo’ladi. Tampon 
48-72 soatdan so’ng olib tashlanadi va burun bo’shlig’i shilliq qavatiga ishlov beri-
ladi.  Yallig’lanish  jarayonini  oldini  olish  maqsadida  desensibilizatsiya,  antibi-
otikaterapiya, simptomatikterapiya tadbirlari o’tkaziladi. 
   Burun to’sig’i hoppozi shoshilinch ravishda ochilishi kerak. Agar ikki tomonla-
ma  bo’ladigan bo’lsa,  har ikki tomoni  alohida-alohida,  ayniqsa  har  xil  joydan va 
har xil yo’nalishda kesilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Tomonlardan bir xil  kesi-
ladigan  bo’lsa,  perforasiya  bo’lish  ehtimolligi  oshadi.  Kesilgan  hoppoz  maydoni 
3%  li  vodorod  peroksidi  yoki  furasillin  eritmasi  bilan  yuvilib,  yiringdan  toza-
langandan  so’ng  bo’shliq  ichida  rezina  chiqargich  o’rnatiladi  va  gipertonik  erit-
maga shimdirilgan pilikcha kiritiladi. Bemorning yoshi, tana vazni va kasallikning 
kechishini e’tiborga olgan holda antibiotiklar, desensibilizatsiya, dezintoksikatsion 
vositalar, immunomodulyatorlar tavsiya etiladi. 
2.3.
 
Burun to’sig’ni teshilishi (perforasiyasi). 
     Ko’pincha  burun  to’sig’ining  oldingi  pastki  sohasida,  qon  tomir  chigali  joy-
lashgan sohada (kisselbax zonasi) burun to’sig’ining teshilishi kuzatilishi mumkin. 
Perforaiya’ning sabablari burun to’sig’ida o’tkazilgan jarrohlik amaliyotlari, burun 
travmalari, atrofik rinit, burun to’sig’i abssessi hisoblanadi. Kam hollarda maxsus 
kasalliklardan - zaxm, sil va boshqalardan keyin burun to’sig’i teshilishi mumkin. 
     Jarrohlik  amaliyoti  vaqtida  shilliq  qavatni  qo’pol  ko’chirilsa,  shilliq  qavatni 
teshilishiga olib kelishi mumkin, bu esa o’z navbatida turg’un teshik shakillanishi-
ga sabab bo’ladi. Atrofik rinitlarda burun to’sig’ining oldingi qismi shilliq qavati 
qurishni  boshlaydi,  qatqaloq  bilan  qoplanadi,  ishemik  zona  ortib  boradi,  u  yerda 
trofika buziladi va burun to’sig’i teshiladi. Bu jarayonni chang, issiq va quruq havo 
tezlashtiradi. 
Klinika. Bemorni burundan nafas olish qiyinchiligi bezovta qilishi mumkin, ba’zan 
teshilgan sohadan nafas olib chiqarganda xushtak ovozi eshitilishi mumkin. Rinos-
kopiyada- burun to’sig’ida teshik va teshik atrofida qatqaloqlar aniqlanadi. 
Davosi.  Burun  shilliq  qavatini  qurishiga  va  atrofiyalanishiga  sabab  bo’ladigan 
omillardan xalos qilishdan boshlanadi. Bemorga yumshatuvchi mazlar, 200 ml izo-

tanik  eritmaga  5%  li  spirtli  yoddan  4-5  tomchi  qo’shilib  kuniga  1-2  marta  burun 
ichi yuvilib turadi. 
     Ayrim  hollarda  jarrohlik  usulidan  foydalaniladi,  buning  uchun  mikroendos-
kopik jarrohlik usuli qo’llaniladi. Endoskop ostida teshilgan burun to’sig’ini burun 
shilliq  qavatlaridan  kesib  olib  plastika  qilishdan  iboratdir.  Ishemiya  bor  sohani 
plastika  qilinsa  operasiyadan  keyin  teshik  yanada  kattalashishiga  sabab  bo’lishi 
mumkin. 
2.4.
 
Burun bo’shlig’ida yot jismlar. 
     Burun yot jismlari shifokorning ish faoliyatida ko’p uchraydi. Ayniqsa bolalar-
da burun bo’shlig’i yot jismlari ko’p uchraydi. Chunki ular burunga har xil mayda 
narsalar  (tugmatshalar,  zoldirlar,  qog’oz,  plastirin,  meva  danaklari,  pista  va  b)  ni 
tiqadilar. Ayrim hollarda, yot jismlar qusganda xoana orqali tushishi mumkin. Jar-
rohlik vaqtida yot jismlardan doka, paxta burun bo’shlig’iga qolib ketishi mumkin. 
Ba’zan burunga tushgan yot jism uzoq muddat burunda bo’lganda, uning atrofiga 
tuzlar cho’kib, uni o’rab oladi, natijada xuddi toshga o’xshash qattiq xosila- rinolit 
xosil  bo’ladi.  Ular  turli  xil  ko’rinishda  va  kattalikda  bo’ladi.  Ular  turli  xil 
ko’rinishda  va  kattalikda  bo’ladi.  Yot  jismlar,  aksariyat  burunning  pastki  yo’lida 
joylashadi. 
     Rinolit  va  tekis  yot  jismlar  hech  qanday  og’riq  bermaydi.  Qirrali  yot  jismlar 
shilliq  pardani  jarohatlantiradi  va  oqibatda  surunkali  yiringli  yallig’lanish  kelib 
chiqib,  burundan  qo’lansa  hidli  ajralma  chiqa  boshlaydi.  Ayrim  hollarda,  shilliq 
qavat  shikastlanishi  natijasida  yot  jism  atrofida  yangi  to’qima-  granulyasiyalar 
o’sadi. Bunday holatlarda burun tez-tez qonab turadi. 
     Kasallikni  aniqlashda  bemorning  shikoyati,  rinoskopiya,  ba’zan  rentgen  qilish 
katta ahamiyatga ega. Bemorda bir tomonlama yiringli tumov bilan og’riganda bu-
running  shu  tomonidan  sassiq  yiring  oqsa,  yot  jism  yo’qmikan,  degan  shubha 
tug’iladi. Ba’zan yot jism atrofida granulyatsiyalar bo’lsa, yot jismni aniqlash bir-
muncha qiyin bo’ladi. 
    Davolash.  Ko’pincha  yot  jismni  burun  qoqish  y’li  bilan  chiqarish  mumkin. 
Dumaloq, silliq yot jismlar turli ilmoqli asboblar yordamida olinadi, qisqich ishlat-
ish  butunlay  man  etiladi.  Yassi  narsalarni  ilmoq  yoki  pinsent  yordamida  olish 
mumkin.  Yot  jismni  olishdan  oldin  shilliq  parda  sezuvchanligini  pasaytirish  yoki 
vaqtinchalik  yo’q  qilish  zarur.  Buning  uchun  shilliq  qavatga  2%  li  lidokain  erit-
masi  surtiladi. Yot  jismni  olishda  bemorni  qimirlatmay  ushlab  turish  lozim. Agar 
rinolit katta bo’lsa va bola muolajadan qo’rqsa, umumiy og’riqsizlantirish bilan yot 
jism burundan olib tashlanadi. 
Burun bo’shlig’ida askarida yoki zulukni chiqarib olish uchun maxsus qisqich ish-
latiladi. Ostrisa qurtini chiqarib olish uchun burun bo’shlig’iga avval mentol, zu-

lukni  chiqarish  uchun  10%  li  natriy  xlorid  eritmasi  tomchilari  tomiziladi.  Burun 
ichiga kirib qolgan yirik hasharot ilgak yordamida chiqariladi. 
2.5.
 
Burundan qon ketishi. 
     Burunda  qon  ketish  (epitaxis)-  qon  tomiri  devorining  buzilishi  yoki 
o’tkazuvchanligi oshishi natijasida qon tomirlardan qonni oqib chiqishi. 
Burundan qon oqishi shifokorlarni amaliyotida ko’p uchraydigan hodisalardan biri 
hisoblanadi. 
    Burunning  qon  tomirlari  va  vegetativ  nerv  sistemasi,  butun  organizmdagi 
umumiy qon tomirlarning tonusi, ayniqsa bosh miya qon tomirlarining tonuslariga 
juda ham sezgir hisoblanadi. Burun shilliq qavatining nozikligi va qon tomitrlarn-
ing  yuzaki  joylashganligi  gipertonik  krizlarda,  qonning  ivish  sistemasi  faoli-
yatining  buzulishlarida  yoki  shunga  o’xshash  kasalliklarda  burunning  qonashiga 
sabab  bo’ladi.  Bundan  tashqari,  trigeminal-vegitativ  innervasiya  ta’sirlanishi 
hisobiga  burunning  endonazal  qon  tomir  chigallarni  vazokonstruksiya  va  di-
latasiyasi hisobiga, burun qon tomirlarining faoliyati buziladi. Burun ichidagi qon 
tomirlar reaksiyasi mexanik va fizik omillar (burun to’sig’ini ta’sirlovchi tikansi-
mon quyshialik, sovuq havo va bosh) ga, bundan tashqari ichki adrenergik omillar-
ga  ham  bog’liq,  bular  emotsiolnal  holatlar  yoki  buyrak  usti  bezining  adrenergik 
sistemasini  kasalliklari  bo’lishi  mumkin.  Yuqorida  aytib  o’tilgan  holatlarda  avval 
qon tomirlarni torayishi, so’ng kengashi bilan boshlanadi. Shundan so’ng qon to-
mirlarning  devori  parezga  uchraydi,  qon  tomir  devori  o’tkazuvchanligi  oshadi. 
So’ng  to’qimalar  aro  shish  rivojlanib  to’qimani  sklerotik  o’zgarishiga  sabab 
bo’ladi. 
      Burunda  qon  ketish  ayrim  kasalliklarning  simptomatik  belgilari  (85%)  va  bu-
run  bo’shlig’i,  burun  yondosh  bo’shliqlarining  kasalliklari  (15%)  hisobiga  kelib 
chiqadi.  Burundan  qon  ketish  sabablariga  ko’ra  simptomatik    (mahalliy  va 
umumiy) va travmatik bo’ladi.  
      Mahalliy  xarakterga  ega  bo’lgan  qon  ketishlar,  burun  to’sig’ining  oldingi 
pastki  qismida  joylashgan,  tanglay-ponasimon  arteriyasi,  burun  tanglay  arteriyasi 
va  burunning  ko’tariluvchi  arteriyalarining  oxirgi  tarmoqlari  bo’lgan,  anatomik 
xususiyatga  ega  qon  tomirlar  chigaliga  (Kisselbax  chigaliga)    bog’liq  bo’ladi. 
Anatomik xususiyatlariga, kisselbax chigalining nozik shilliq qavati bo’lishi, ma-
halliy qon bosimi bir nechta arteriyalarning qo’shilishidan xosil bo’lganligi hisobi-
ga nisbatan baland bo’lishi misol bo’ladi. Mahalliy xarakterga ega bo’lgan qon ket-
ishlarga sabablardan, burun shilliq qavatini mikrotravmalari (nafas olayotgan mu-
hitda  agressiv  gazlar,  chang  zarratshalari  ),  burun  shilliq  qavatining  atrofiyasi  va 
yoshga xos shilliq qavatning o’zgarishlari ham misol bo’ladi. Mahalliy xarakterga 
ega bo’lgan spontan qon ketishlarga  jismoniy  zo’riqishlardan so’ng va  menstrual 

sikl sabab bo’lishi mumkin. Qon ketishni bir necha marotaba takrorlanishi burun 
to’sig’i  shilliq  qavatini  yarali o’zgarishi  bilan  bog’liq  bo’ladi. Keyinchalik  burun 
to’sig’ini  harakatlanuvchi  yarasi  (ulcus  serpens  septi  nasi)  rivojlanishiga  olib 
kelishi  mumkin.  Gohida  esa  burun  to’sig’ining  oldingi  qismlarida  qonaydigan 
polip  rivojlanishi  mumkin.  Uning  tuzilishi  arteriyavenoz  anastomozlaridan  va  an-
giomatoz  to’qimadan  (gistologik tuzulishi  bo’yicha-  angioma  yoki  angiofibroma) 
iboratdir. Qonaydigan polipda bemorda aksa urganda va o’z-o’zidan burundan qon 
kelib turishi mumkin. 
     Umumiy xarakterga ega bo’lgan simptomatik qon ketish: 
 
Yurak-qon tomir kasalliklarida (arterial gipertoniya, ateroskleroz) 
 
O’pka kasalliklarida (o’pka emfezemasi) 
 
Jigar kasalliklari (jigar sirrozi) 
 
Buyrak kasalliklarida (nefroskleroz, buyrakka ta’luqli gipertoniya) 
 
Qon va qon tomir devorini kasalliklarida (gemofiliya, gemorragik trombas-
teniya,  Verlgof    kasalligi,  gemorragik  vaskulit,  gemorragik  telean-
giektaziya 
 
Qon ishlab chiqaruvchi organlar kasalliklarida (leykoz, retikulyoz, gemosi-
toblastoz va bosh) 
     Umumiy  xarakterga  ega  bo’lgan  simptomatik  qon  ketishlarga  burun  bo’shlig’i 
va    burun  yondosh  bo’shliqlaridagi  o’smasimon  kasalliklari  keltirib  chiqaradigan 
gemorragiyalar, yaxshi sifatli o’sma kasalliklari (angioma, papilloma),  yomon si-
fatli o’sma kasalliklari (rak, sarkoma), burun- halqumni o’smirlar angiofibromasi, 
zaxm va sildagi yaralar va boshqalar misol bo’ladi. 
    Undan  tashqari  umumiy  sabablariga  gipo  va  avitaminozlar  (vitamin  C  yetish-
masligi- singa kasalligi),  kasbiy intoksikasiyalar, nur kasalliklari, septik va zaxar-
lanishlar kiradi. 
      Travmatik xarakterga ega bo’lgan qon ketishlarda har xil maishiy travmalardan 
keyin,  burun  bo’shlig’idagi  jarrohlik  amaliyotlari,  o’q  otish  jarohatlaridan  keyin 
kelib chiqadi. Ozgina qon ketish burun shilliq qavatini travmasi bo’lishi mumkin, 
ko’p  miqdorda  qon  ketishi  g’alvirsimon  suyakning  travmasi  bilan  qo’shilgan 
bo’lishi mumkin. 
    Travmatik  xarakterga  ega  bo’lgan  qon  ketishlarda  shifokor  quyidagicha 
aniqlashi kerak bo’ladi. Avvalambor travmani xarakterini (lat yeyishi, jarohatlan-
ish,  bosh  miya  travmasi  borligi  yoki  yo’qligi,  jarohatlanganni  umumiy  holatini), 
qon  ketish  intinsivligiga  (sekin,  o’rtatsha,  tez)  baholash  kerak  bo’ladi.  Shundan 
so’ng  bemorga  shoshilinch  ravishda  yordam  ko’rsatiladi.  Avval  qon    to’xtatilib, 
travmatik  shokka  qarshi  chora-tadbirlarni  amalga  oshiradi.  Burun  jarohatlanish-
larida  yuz-jag’  jarrohlik  bo’limida  yoki  LOR  bo’limida  jarohatga  birlamchi  rino-
plastika  bilan  birlamchi  jarrohlik  ishlovi  beriladi  va  tamponada  qilinadi.  Antibi-

otikaterapiya va qon to’xtatuvchi dori vositalari bilan birga, qoqsholga qarshi em-
lanadi.  
      Belgilari. Burunda qon ketishning belgilarini, burunning kirish qismidan tiniq 
ko’piksiz va boshni orqaga tashlaganda halqum orqa devorida tiniq qonni ko’rish 
mumkin.  Oldingi  rinoskopiyada  gohida  qayerdan  qon  kelayotganligini  aniqlash 
imkoni bo’ladi. Ko’pinch burun to’sig’ining oldingi 1/3 qismidan keladi, agar qon 
kelayotgan  manbaa  burun  bo’shlig’ining  chuqur  qismlarida  bo’lsa  uni  aniqlashni 
imkoni  bo’lmaydi.  Burundan  qon  oqishi  to’satdan  yoki  prodromal  belgilardan 
so’ng  boshlanadi  (bosh  og’rig’i,  quloq  shang’illashi,  bosh  aylanishi,  burun 
qichishishi). 
      Yo’qotilgan  qon  miqdoriga  qarab  yengil,  o’rta  va  og’ir  qon  o’qishlariga 
bo’lanadi. 
 
Yengil qon oqishlar- odatda, qon Kisselbax maydonidan oqadi, qisqa vaqt 
davoimida  qon bir necha milliliter miqdorda qon tomchilab, o’z-o’zidan yoki 
burun qanotlarini burun to’sig’iga siqish bilan toxtaydi. 
 
O’rtatsha qon oqishlar- odatda, qon oqishida katta kishi 200 ml gacha qon 
yo’qotadi. Bunday holatda gemodinamik o’zgarishlar,  fiziologik normal ho-
latga mos keladi. 
 
Og’ir qon oqishlari- yp’qotilgan qonning miqdori 200 ml dan 1000 ml ga 
etadi. Bunday qon  yo’qotishlar bemor hayotiga xavf solishi mumkin. 
    Burundan qon ketishi ko’pincha og’ir yuz jaroxotlarida, a.maxillarisdan (tashqi 
basseyn)  va  a.ophtalmika  (  ichki  basseyn)  dan  chiquvchi  a.sphenopalatina  va 
a.ethmoidalis  tarmoqlari  jarohatlansa  juda  kuchli  qon  ketadi.  Travmadan  keying 
qon ketishlarni o’ziga xosligi bir necha kunlardan keyin , hatto bir necha haftalar-
dan keyin ham qon ketishi mumkin. Ko’p miqdordagi qon yo’qoygan bemorlarda 
arteriyal qon bosimi pasayadi, puls noziklashadi, holsizlik va miya’ni gipoksiyaga 
javob  reaksiyalaridan,  ruhiyatni  buzilishi,  vahima  bosishi  holatlari  kuzatiladi.  Or-
ganizmning qon yoqolishiga reaksiyasini bemorning shikoyatlari, umumiy ahvoli, 
yuz terisining rangparligi, qon bosimi, pulsi, qon tahlillaridan bilsa bo’ladi. 
     Qon yo’qotganlik ko’rsatkichi quyidagicha baholanadi: 
 
Qon  yo’qotishni  I-  darajasi  (500  ml  gacha)-  gemoglobin  yuqoriligicha 
qoladi- 120 g/l dan yuqori, gematokrit 40% dan yuqori; 
 
Qon yo’qotishni II- darajasi (500 ml dan 1000 ml gacha)- gemoglobin pa-
sayadi- 100-120 g/l gacha, gematokrit -30-40% gacha; 
 
Qon  yo’qotishni  III-  darajasi  (1000  ml  dan  1500  ml  gacha)-  gemoglobin 
miqdori -80-100 g/l gacha, gematokrit- 20-30% gacha; 
 
Qon yo’qotishni IV- darajasi (1500 ml dan yuqori)- gemoglobin miqdori -
80g/l dan past, gematokrit- 20% dan past; 

     Ko’p  miqdorda  yoki  oz  miqdorda  uzoq  davom  etgan  qon  ketishi,  qon  ishlab 
chiqaradigan sistemaga ta’sir etib, qon ko’rsatkichlarini o’zgartiradi. Juda tez, ko’p 
miqdorda qon ketishi inson hayotini tugashi bilan yukun topishi mumkin.  
    Davolash.  Avval  bemor  tinchlantiriladi  va  bo’yin  va  tanasidagi  siqib  turuvchi 
predmetlar (galstuk, belbog’, tor kiyim) dan xalos qilinadi. Bemorga yarim o’tirish 
holati  beriladi. Buyinnig orqa qismiga  muz  yoki  muzdek suv qoyiladi, oyoq kafti 
ostlariga isitgich qoyiladi. Shundan so’ng burun ichiga 3% li vodorod peroksidga 
shimdirilga  paxta  burunning  oldingi  qismiga  kiritilib,  burun  qanotlari  barmoqlar 
bilan burun to’sig’iga qisiladi. Agar burun qonashining sababi, ya’ni qon qayerdan 
kelayotganligi ma’lum bo’lsa, qonayotgan maydondagi qon tomir kuydiriladi: 2% 
li  dikain  bilan  burun  to’sig’i  shilliq  qavati  og’riqsizlantiriladi.  So’ng  qonayotgan 
maydonga  ultratovush  applikatsiyasi,  uglerodli  lazer  va  krioaplikator  yordamida 
ta’sir ko’rsatadi. Boshqa usullardan kumush nitrat “marvarid” usuli. Kumush nitrat 
kristalchalari olovda qizdirilgan tugmali zond uchiga olinadi va qonayotgan may-
donga  surtladi.  Qon  to’xtatish  endoskop  ostida  qon  tomirni  elektrokoagulyasiya 
qilishi eng samarali usullardan hisoblanadi.  
     Agar yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan usullar foyda bermasa unda oldingi tampon-
ada  muolajasi  bajariladi.  Hozirda  oldingi  tamponadaning  Mikulich  bo’yicha, 
Voyatshek bo’yicha, Lixatshov bo’yicha usullari mavjud. 
 
Mikulich bo’yicha oldingi tamponada qilish usuli- buning uchun 60-70 sm 
uzunlikdagi va eniga 1-1,5 sm bu’lgan uzunlikdagi doka tasma kerak bo’ladi. Pin-
sent yordamida levamikol yoki boshqa bir mazga shimdirilgan doka tasma xoana-
gacha tiqiladi va zigzaksimon shaklda qat- qat qilib zich joylashtiriladi.  
Tasma tiqilayotganda tasmaning uchidan 6-7 sm uzoqlikdan ushlanadi, sababi agar 
tampon halqum shilliq qavatiga tegib ketadigan bo’lsa, qusish refleksi yuzaga ke-
ladi (1.14 rasm). 
                  
 
 
 
Lixatshov  bo’yicha  oldingi  tamponada  qilish  usuli-  bu  Mikulich  usulini 
takomillashtirilgan turi hisoblanadi. Bunda tamponni uchiga ip bog’lanadi va bu ip 
1.14 rasm. Mikulich bo’yicha oldingi tamponada. 

burundan  tashqarida  qoldirib  tamponada  qilinadi.  Shu  bilan  tampon  burun- 
halqumga tushmasligi kafolatlanishi oshadi (1.15 rasm). 
 
 
 
 
 
Voyatshek  bo’yicha  oldingi  tamponada  qilish  usuli-  buning  uchun  burun-
ning  tubiga  xalqali  tampon  tiqiladi,  tampon  oxirlari  esa  tashqarida  qoladi.  xosil 
bo’lgan  xalqa  ichiga  kichik  tamponchalar  tiqiladi.  Burun  boshlig’ini  ichida  tam-
ponchalar  qavatma-qavat  qilib  taxlanmaydi.  Shunday  qilib  burunni  ichiga  xalqali 
tampon  tiqiladi  va  shu  tamponni  ichiga  kichik  tamponchalar  tiqiladi.  Shu  bilan 
tampon burun bo’shlig’i shilliq qavatini bosim bilan siqadi. Bu usul boshqa usul-
larga nisbatan ayovchi usul hisoblanadi. Tamponchalarni chiqarib olayotganga bu-
run  shilliq  qavatini  jarohatlanmasdan  chiqarsa  bo’ladi.  Xalqali  tamponni 
chiqarayotga,  tamponning  burun  qismida  turgan  yuzasiga  ma’lum  bitta 
og’riqsizlantiruvchi  vorivositani  yuboriladi  va  3%  li  vodorod  peroksidini  yubori-
ladi. Shunda tampon chiqayotganda og’riqsiz chiqadi (1.16 rasm). 
 
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin