Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov


rasm. Lixatshov bo’yicha oldingi tamponada



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

1.15 rasm. Lixatshov bo’yicha oldingi tamponada. 

                 
 
 
 
 
    Oldingi  tamponada  48-72  soat  burunda  turadi.  Agar  tampon  olingandan  keyin 
yana burundan qon kelsa, oldingi tamponada yana qaytib qo’yiladi. Agar shundan 
keyin ham qon to’xtamasa orqa tamponada qilinadi. 
     Orqa  tamponada  gemostatik  terapiya  va 
burun  old  tamponadasi  samarasiz  bo’lgan 
hollarda  burun  orqa  tamponadasi  bajariladi. 
Buning 
uchun 
dastlab 
bemor 
burun-
halqumning  hajmi  aniqlanadi,  odatda  bir-
biriga 
yonma-yon 
qo’yilgan 
katta 
barmoqlarning 
 
tirnoq 
falangalarining 
o’lchami  burun-halqumning  hajmiga  teng 
bo’ladi.  Hamshira  turli  hajmdagi  kubsimon 
doka tugunchalar tayyorlanydi, buning uchun  
 
eni 1,5-2,0 sm, bo’yi 40-50 sm teng bo’lgan bir nechta doka salfetkalar ustma-ust 
qo’yiladi va uzunligi 60-70 sm ikki yo’g’on ipak ip bilan zich bog’lanadi (tampon 
yumshoq  bo’lsa  qon  oqishini  to’xtatmaydi).  Bog’langandan  so’ng  iplar  soni  4  ta 
bo’lib, ularning biri kesib tashlanadi, 3 tasi qoldiriladi (1.17 rasm). 
       Burunning qonayotgan tomonida 15-18 raqamli rezina kateter kiritiladi, keyin 
tilning  old  2/3  qismi  shpatel  bilan  bosilib,  kateter  uchi  xoanalardan  o’tkaziladi 
(1.18 rasm). Shunda u halqumda, yumshoq tanglay chodirining orqasida ko’rinishi 
lozim.  Keteter  uchilari  og’iz-halqumda  ko’ringandan  so’ng,  ularning  har  biri 
korsang yoki qisqich yordamida og’iz orqali 4-5 sm tashqariga chiqariladi. Keteter 
 
1.16.rasm.  Voyatshek  bo’yicha  oldingi  tamponada:  1-  Xalqali  tampon;  2-  kalta 
tamponchalar;  3-  xalqali  tamponni  yon  tomoni;  ПН-  burun  to’sig’i;  БСН-  burunni 
yon devori; ОНХ- umumiy burun yo’li. 
1.17. Burun-halqumning hajmini 
aniqlash 

uchlariga  tugunchaning  ikki  ipi  bog’lanadi  (iplar  uzunligi  20  sm  dan  kam 
bo’lmasligi  kerak)(1.18  rasm  (a)).  Shifokor  chap  qo’li  bilan  kateterni  va  ularga 
bog’langan iplarning  uchini  burun  orqali chiqarib oladi,  bir vaqtning o’zida  o’ng 
qo’lning ko’rsatkich barmog’i bilan doka tugunchani yumshoq tanglayning tilchasi 
orqasiga  o’tkazilib  burun-halqumga,  xoanalarga  zich  joylaydi  (1.18  rasm(b)). 
Shunga e’tibor berish kerakki tilsha burun-halqum sohasiga buralib qolishi kerak 
emas, bo’lmasa tilchani nekroziga sabab bo’lishi mumkin.  
  
  
    
 
 
 
Orqa  tamponadani  burun-halqumda  ushlab  turuvchi  bir  juft  ipak  iplari  chap  qo’l 
bilan  ushanadi,  o’ng  qo’l  bilan  zigzagsimon  oldingi  tamponada  bajariladi  (1.18 
rasm(c)).  Burun  orqali  chiqarilgan  ikki  ipning  uchi  burunga  kirish  joyida 
o’rnatilgan doka yostiqchaga aylana qilib bog’lanadi. Tamponadani olib tashlashga 
mo’ljallangan ip esa og’iz orqali chiqarilib, plaster bilan lunjga yopishtiriladi yoki 
bo’yin sohasiga bog’lanadi. Bu iplar keyinchalik tamponni olib tashlashga xizmay 
qiladi. Tampon burun- halqumda 24-72 soatgacha saqlanishi mumkin. Ayrim hol-
larda  tamponada  qoshimcha  2-3  kun  antibiotiklar,  aminokapronat  kislota,  disinon 
yordamida  namlanib  saqlanib  turishi  mumkin.  Bo’lmasa  eshituv  nayi  va  o’rta 
quloqqa asorat berishi mumkin. 
      Burunning orqa tiqmasini chiqarib olishda avval oldingi tiqma olinadi. Buning 
uchun iplarning uchi kesiladi va oldingi tamponada 3% li vodorod peroksidi bilan 
namlanadi.  Bir  necha  daqiqa  kutiladi,  sababi  qondan  qotgan  oldingi  tamponlar 
bo’shaydi  va  tampon  burun  shilliq  qavatidan  bo’shaydi.  Oldingi  tampon  olin-
gandan so’ng burun bo’shlig’i yaxshilab rinoskopiya qilinadi, agar qonash belgilari 
bo’lmasa  orqa  tamponadani  olishga  kirishiladi.  Bunda  og’izdan  chiqqan  iplarni 
kuch  bilan  tortib  chiqarib  bo’lmaydi,  yumshoq  tanglayni  jarohatlashi  mumkin. 
Qisqich bilan uchinchi ip halqumdan ushlanadi, avval pastga tortiladi va tezlik bi-
lan og’izdan chiqariladi.  
      Burundan qon oqishini to’xtatish uchun qo’llangan barcha usullar yordam ber-
magan  hollarda  jarrohlik  amali  bajariladi.  Qonayotgan  maydonni  kuydirish  natija 
bermaganda  burun  shilliq  parda  qavati  ostiga  5-10  ml  1%  li  novokain  yuborilib, 
1.18 rasm. Burun orqa tamponadani bajarilish bosqichlari 




qonayotgan maydonning shilliq pardasi suyakdan ajratiladi. Burun to’sig’i gidroa-
separovka qilinadi. 
     Hayot  uchun xavfli bo’lgan  arterial  qon  ketishlarda, ya’ni  orqa burun tampon-
adasi va umumiy gemostatik terapiya yordam bermagan hollarda tashqi uyqu arter-
iyasi  ikki  tomondan  bog’lanadi.  Buning  uchun  bemor  elkalari  ostiga  yostiqcha 
qo’yilib,  boshini  sog’lom  tomonga  burgan  holda    cxalqancha  yotadi.  To’sh-
o’mrov-so’rg’ichsimon  mushakning  old  cheti  sohasida  pastki  jag’  burchagidan 
boshlab 8-10 sm uzunlikda navbatma-navbat teri, teri osti yog’ qavati, bo’yin teri 
osti  mushagi  (m.  platysma)  va  fassiya  kesiladi.  Mushak  to’qimasi  yon  tomonga 
siljitladi. Jarohat maydonining yuqoti qismida bo’yin yeri osti mushagining ostida 
yotgan  tashqi  bo’yintiriq  vena  yon  tomonga  siljitiladi  yoki  bog’lanadi.  To’sh-
o’mrov-so’rg’ichsimon  mushagi  ostida  asab-qon  tomir  to’plami  yotadi.  Uning 
tashqi tomonida ichki bo’yintiriq vena, ichki va old tomonida umumiy uyqu arteri-
yasi,  orqasida  yoki  ularning  orasida  n.  vagus  tolasi  joylashgan.  O’tmas  usulda 
dastlab umumiy, keyin tashqi uyqu arteriyasining yuzi ochiladi (1.19 rasm). 
 
 
      Tashqi uyqu arteriya’ni ichki uyqu arteriyasidan farqlashda ichki uyqu arteriya-
si bo’yin sohasida shoxlanmasligini, tashqi uyqu arteriyasi esa umumiy uyqu arter-
iyasi bifurkasiyasi sohasida yuqori qalqonsimon va til arteriyalariga shoxlanishini 
esda tutish lozim bo’ladi.  
      Tashqi uyqu arteriyasi yuqori qalqonsimon arteriyaga shoxlangan joydan yuqo-
riroqda ikki ligatura orasida bog’lanadi. Arteriya’ni to’g’ri bog’lashdan oldin bar-
moq bilan bosish kerak bo’ladi. Arteriya to’g’ri tanlansa yuz va yuzaki chakka qon 
tomirlarning urishi to’xtaydi. 
      G’alvirsimon  labirint  qon  tomirlari  va  ponasimon-  tanglay  arteriyasi  jarohati 
sabab bo’lgan qon oqishlar endoskopiya usuli  va bipolyar koagulyator  yordamida 
to’xtatiladi. 
1.19 rasm. Bo’yin sohasini topografik anato-
miyasi: 
 1-  To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon  mushak;  2-
adashgan  nerv;  3-  ichki  bo’yintiriq  vena;  4- 
tashqi  uyqu  arteaiyasi;  5-  ichki  uyqu  arteriyasi; 
6-  ensa  arteriyasi;  7-  jag’  orti  venasi;  8-  yuz  ar-
teriyasi;  9-yuz  venasi;  10-  yuqori  qalqonsimon 
arteriya;  11-  umumiy  uyqu  arteriyasi;  12-  til  ar-
teriyasi; 13- hiqildoqning yuqori arteriyasi. 

      Og’ir qon oqishlarda g’alvirsimon labirintda bajariladigan transmaksillyar jar-
rohlik amali yaxshi natija beradi. Bunda g’alvirsimon labirint kattakchalari  yuqori 
jag’ bo’shlig’i orqali olib tashlanadi. Keyin g’alvirsimon bo’shliqlar sohasi va bu-
run bo’shlig’iga yuqori jag’ bo’shlig’i orqali yodoform shimdirilgan doka tampon  
tiqiladi. Tamponning uchi kontapertura orqali pastki burun yo’liga chiqariladi. 
     Qon  yirik  qon  tomirlardan  oqayotgan  hollarda  angiohrafiya  tekshiruvi 
o’tkazilib, elektron optik asboblar nazorati ostida kalla suyagi ichi qonayotgan qon 
tomirning emboliyasi bajariladi. Ammo bunday jarrohlik amalidan so’ng bosh mi-
ya to’qimalarining qonsizlanishi tufayli bemorda falaj kasalligi rivojlanishi mum-
kin. 
     Burundan  qon  to’ztatish  maqsadida  mahalliy  chora-tadbirlar  bilan  bir  qatorda 
umumiy gemostatik terapiya o’tkaziladi. Bemorga ichishga yoki ineksiyalarda vit-
amin K (vikasol), C, P, rutin, aminokapron kislota, kalsiy glukonat, disinon, etam-
zilat, androkson,pamba va boshqalar buyuriladi. Tomir ichiga 10% li kalsiy xlorid 
tayinlanadi. Qon yoqotish kuchli bo’lgan bo’lsa (1000 ml va undan ko’p), bemorga 
eritrositar  massa,  100-150  ml  qon  zardobi,  qon  o’rnini  bosish  uchun  bir  guruhga 
mos  donor  qoni  100-150  ml  quyiladi.  Qon  quyish  payti  bemorga  og’ir  yuqumli 
kasalliklar, gepatit, OITS ni yuqtirish xavfi borlig’ini esda tutish lozim.    
  
2.6.
 
Otkir rinit. 
     O’tkir  rinit  (rhinitis  atsuta)-  burun  bo’shlig’i  shilliq  qavatini  o’tkir  yal-
lig’lanishi.  Kasallik  kechishi  bolalarda  8  haftagacha,  kattalarda  12  haftagacha 
davom etsa o’tkir jarayon deb yuritiladi.   
Kasallik ko’rinishi bo’yicha spesifik ( turli yuqumli kasalliklar bo’yivha) va nospe-
sifik turlari farqlanadi. 
    Etiologiyasi. O’tkir rinitlarning rivojlanishida, organizmda mahalliy va umumiy 
immun  tizimini  faoliyati  susayishi  tufayli  burun  bo’shlig’i  soprafit  mikroflorasi-
ning  faollashishi  sabab  bo’ladi.  Odatda  kasallik  shamollashdan  so’ng  boshlanadi 
(ayniqsa surunkali kasalliklar bilan og’rigan bemorlarda) Bundan tashqari adenovi-
rus,  qizamiq,  gripp,  paragripp  viruslari,  meningokokk  infeksiyasida,  skarlatinada, 
difteriyada  va  gonoreyaga  kuzatiladi.  O’tkir  rinitni  rivojlanishiga  shilliq  parda 
jarohatlari, yot jismlar, burun bo’shlig’ida o’tkazilgan jarrohlik amallari, noqulay 
mehnat sharoiti, atrof-muhitning ekologik omillari sabab bo’ladi (chang, ko’mir va 
metal parchalari, tutun, gaz va turli aerozollar ta’siri) 
      Patomorfologiya. Burun shilliq qavatida yallig’lanish uchun xarakterli bo’lgan 
bosqichlarni  otadi:  oldin  giperemiya  bo’lgan  sohadan  seroz  ajrab  chiqishni 
boshlaydi,  keyinchalik  to’qima  shishsadi.  Shundan  so’ng  burun  shilliq  qavati 
xilpillovchi  epiteliyning  kiprikchalari  avval  sekinlashadi,  keyinchalik  to’xtaydi. 

Harakatsiz  shilliq  qavatga  patogen  mikrob  o’tiradi.  Epiteliy  va  shilliq  osti  qavat 
sekin  asta  yallig’lanish  mahsulotlari  bilan  zaxarlanib  boradi.  Natijada  shilliq 
qavatni deskvamatsiyasi va shilliq qavatni eroziyasi rivojlanadi.  
     Klinikasi. Kasallik 3 xil shakl bilan namoyon bo’ladi. 
1.
 
O’tkir kattaral rinit- kasallik o’tkir boshlanadi. Bunda burunning har ikkala 
tomoni  ham  zararlanadi.  Bemorning  umumiy  ahvoli  yomonlashadi,  burundan 
suyuqlik oqadi, burun orqali nafas olishi qiyinlashadi. Kasallik 3 bosqichda  ketadi 
(1.20 rasm). 
 
 
I-
 
Quruq  bosqich  (ta’sirlanish)-  1-2  kun  davom  etadi.  Bemor  burni  va  bu-
run-halqumda  quruqlik,  atshishishi  tiqnalishni  his  etadi,  o’zini  noxush  sezadi, 
boshi og’riydi, ba’zan tana harorati 37°C gacha ko’tariladi. Old rinoskopiyada shil-
liq  qavatning qizarishi, shishishi, quruqligi, ajralma yo’qligi aniqlanadi. Bemoqda 
aksa urish va yo’tal belgilari namoyon bo’ladi. 
II-
 
Seroz  ajralmalar  bosqichi-  bemor  burnida  ko’p  miqdorda  tiniq,  rangsiz, 
suvga  o’xshagan suyuqlik  (transsudat) oqadi. N.P.  Simanovskiy  2  chi-  3chi  davr-
larni farqlash uchun quyidagicha aytgan: “birinchi bosqichda ajralgan suyuqlik ti-
niq, suvga o’xshash bo’lsa, namlangan dastrumol quritilsa unda hech qanday belgi 
qolmaydi,  keyinchalik  sekrat  shilliq  yoki  shilliq-yiringli  bo’lsa  dasyrumolda  yal-
tiroq  yoki  sarg’imtir  dog’  qoladi”.  Qadoqsimon  hujayra  va  bezlar  foaliyatining 
kuchayishi  tufayli  suyuqlik  seroz-  shilimshiq  ajralmaga  aylanadi.  Transsudat  tar-
kibida natriy xlorid va ammiak borligi sababli burun dahlizining terisi qizarib, bi-
roz shishadi, yoriladi. Bu bosqichda burun ichida quruqlik va atshishish kamayadi, 
ammo  burunning  bitishi  kuchayib,  burun  orqali  nafas  olish  qiyinlashadi,  Jarayon 
ko’z  yosh  yo’llariga  va  eshituv  nayiga  tarqalganda  bemor  ko’zidan  yosh  oqadi, 
qulog’i  bitadi.  Bemorga  yorug’lik  nuri  yoqmay  qoladi.  Aksa  urish  belgilari 
saqlanib turadi, hid bilish faolyati yo’qoladi. Rinoskopiyada burun yo’llari toray-
gan,  burun  bo’shlig’ida  ko’p  miqdorda  seroz-shilliq  yoki  yiringli  ajralma  borligi 
1.20- rasm. O’tkir kattaral 
rinit. ( B.S. Preobrajenskiy 
bo’yicha 1963.) 

ko’riladi.  Burun  chig’anoqlarining  shilliq  pardasi  qizarib  va  shishib  burun 
to’sig’iga tegib turadi, natijada burun yo’llari yopilib qoladi. 
III-
 
Seroz-yiringli ajralmalar bosqichi- kasallikning 4-5 kunidan boshlanadi. 
Burundan  qalin  seroz-yiringli,  sarg’ish  yashil  ajralma  oqadi  (uning  tarkibida  ley-
kositlar, limfositlar, ko’chgan epiteliy bo’ladi). Burun orqali nafas olish biroz yen-
gillashadi.  Rinoskopiyada  burun  bo’shlig’i  shilliq  pardasining  shishishi,  qizarishi 
kamayib,  ajralmani  pastki  burun  yo’lida  to’planishi  va  yiringli  xarakterga  ega 
bo’lishi  kuzatiladi.  Kasallik  boshlanishi bilan,  8-12 kundan  keyin    o’tkir  rinit to-
moman  to’xtaydi.  Burunda  ajralmalar  kamayadi,  shilliq  pardani  shishi  asta  sekin 
kamaya  boradi,  burundan  nafas  olish  tiklanib  boradi,  bemorni  umumiy  ahvoli 
yaxshilanib boradi. Immun holati kuchli bo’lgan va to’g’ri davolangan bemorlarda 
kasallik  2-3  kun  davom  etadi,  immun  holati  sust  bemorda  esa  3-4  hafta  davom 
etadi va surunkali shaklga o’tishi mumkin. 
      O’tkir  rinitninig  asoratlari  bo’lishi  mumkin:  infeksiya  pastki  a’zolarga  tarqab 
faringolaringotraxeobronxit  larni,  burun  yondosh  kasalliklarni,  eshitish  nayiga, 
o’rta quloqqa va ko’z yosh yo’llariga, burun kirish qismi terisini dermatitiga sabab 
bo’lishi mumkin. 
2.
 
O’tkir kattaral rinofaringit- bolalarda yallig’lanish jarayoni faqatgina bu-
runda bo’lmasdan, balki halqum shilliq qavatini yallig’lanishi bilan birga kechadi. 
Yosh bolalarda o’tkir rinit kattalarga nisbatan ko’proq uchraydi va og’ir kechadi. 
Burun yo’llarining torligi, immun mexanizmlarining to’liq rivojlanmaganligi, ade-
noidlar, burun qoqish ko’nikmasining yo’qligi tufayli bolaning burni bitib, burun 
orqali  nafas  olish  qiyinlashadi.  Bemor  bolaning  tana  harorati  39-40°C  gacha 
ko’tarilib, unda talvasa holati kuzatilishi, ba’zan meningeal belgilar paydo bo’lishi 
mumkin.  Burni  bitganligi  tufayli  go’dak  ko’krakni  emolmaydi,  bir  necha  qиltum 
sut emgandan so’ng ko’krakmi tashlaydi. Natijada sutga to’ymagan go’dak vaznini 
yo’qotadi, uyqusi buziladi, oshqozon-ichak faoliyatining buzilish belgilari (qusish, 
metiorizm, ich ketish) rivojlanadi. Og’iz orqali nafas olganligi tufayli bolada aero-
fagiya holati (havoni yutish) kuzatilib, bunda bolaning qorni dam bo’ladi; bu esa 
o’z navbatida kalta va keng bo’lishi yallig’lanish jarayonining o’rta quloqqa tarqal-
ishiga yordam beradi. 
3.
 
O’tkir  travmatik  rinit- burun shilliq  qavatini travmalarida,  yot jismlarida, 
qo’pol  burun  ichidagi  amaliyotlardan  keyin  va  jarrohlik  amaliyotidan  keyin 
rivojlanadi.  Bundan  tashqari  kimyoviy  moddalar  bilan  kuydirilgandan  keyin,  gal-
vanokaustikadan ham rivojlanishi mumkin. Travmatik rinitga ishlab chiqarish sha-
roitida  ishlaydiganlarda,  aniqrog’i    qaytib  ishga  olingan  yoki  uzoq  vaqt  tanaffus 
qilgan  insonlarda  kasbga  oid  travma  kuzatiladi,  bu  esa  burun  shilliq  qavatini  yal-
lig’lanishiga  sabab  bo’ladi.  Buning  kelib  chiqishi  mexanik,  fizik,  kimyoviy 
ta’sirlovchilar-  tutun  changlari,  ko’mir  changlari,  metal  zarratshalari,  bundan 

tashqari  azot,  oltingugurt,  ammiak,  xlor  va  boshqalarning  gazlari  sabab  bo’lishi 
mumkin. 
     Tashxis va qiyosiy tashxis. Tashxis bemorning shikoyatlari, anamnezi va rinos-
kopik ma’lumotlarga asoslanib qo’yiladi. Shuni esda tutish kerakki, turli yuqumli 
kasalliklar  o’tkir  rinit  belgilari  bilan  boshlanadi.  O’tkir  nospesifik  rinit  yuqumli 
kasalliklarning belgisi bo’lgan o’tkir spesifik rinitdan va surunkali rinitdan farqlan-
ishi lozim. Bundan tashqari o’tkir rinitni surunkali rinitdan farqlash kerak bo’ladi. 
Kasallikni anamaezi va uni kechishi aniq tashxisga sabab bo’ladi. 
Qiyosiy  tashxislashni  aniqroq o’tkir  rinit maxsus  kasalliklarda  kechuvida  batafsil 
bayon qilinadi. 
      Davolash.  Davolash  ambulatorya  sharoitda  olib  boriladi.  Ayrim  hollarda 
yuqori harorat va kasallikni og’ir kechuvlarida yotoq rejim tayinlanadi. Kasallikni 
boshlanishida potogon va chalg’ituvchi davo usullaridan foydalansa bo’ladi. Masa-
lan: 10-15 daqiqali oyoqqa issiq vannalar, oyoq tagiga va bolder mushaklariga xan-
tal qo’yiladi.  Issiq  vannadan so’ng bemor  malinali  yoki limonli  choy  qabul  qilsa 
bo’ladi. 0,5-1,0 g parasetamol yoki asperin qabul qilsa bo’ladi. Ehtiyot bo’ling !!! 
(Reya  sindromi;  Rey-  bu  kasallikni  birinchi  bor  yozgan  shifokor.)  Ayrim 
shifokorlar  asperinga  xavfsirab  qarashadilar.  Buning  sababi  bor  albatta. 
Qiziqarli  hodisa:  virusli  infeksiya  tarqagan  mahal  bolalar  orasida  o’lim  soni 
oshishi kuzatiladi. Jahon statistikasi bo’yicha 100 000 ta verusli infeksiya bilan 
og’rigan  bolalardan  2-4%  da  Reya  sindromi  uchraydi.  Kasallik  3  bosqichda 
kechadi. I-bosqich- shamollashdan tuzalgan bola  to’satdan kasallikning  7  kuni 
to’xtovsiz qusa boshlaydi, bola savollarga javob beradi. II-bosqich- bola zo’rg’a 
yurib,  zo’rg’a  gapiradi.  III-bosqich-  bolada  koma,  talvasa  nafas  to’xtashi  bel-
gilari  namoyon  bo’ladi.  Shifokorlar  ko’p  bosh  qotiradilar.  Keyin  ma’lum 
bo’lishicha  asetilsalisilat  kislota,  salisilatlar,  tetrasiklinlarni  virusli  infeksiya 
tarqagan  davrda  qollanilganida  bolalarda  o’lim  soni  oshgan.  Qarangki,  gripp 
virusi o’lat qo’zg’atuvchisiga o’xshab qon tomirlarning devorini noziklashtirar-
kan,  devorni  lizisi  va  teshilishiga  sabab  bo’larkan.  Agar  shu  mahal  asperin 
qollanilsa,  jarayon  tezlashib,  qaltis  holatga  sabab  bo’lishi  mumkin  ekan.  Bun-
dan tashqari asperin oshqozonga ham nojo’ya ta’sir ko’rsatadi.  
O’tkir  rinitning  I-bosqichida  bemorga  mahalliy  sinptomatik  ta’sirga  ega  dori 
vositalari:  interferon,  lizosim,  IRS-19  aerozoli  tavsiya  qilinadi.  IRS-19  2-5  kun 
davomida kattalarga 5 mahal, bolalarda 3 mahal ingalyasiya shaklida qo’llaniladi.  
Bosh  og’riganda  panadol,  taylenol,  solpadein,  analgin,  sitramon–P  buyuriladi. 
Bemorga antigistamin dori vositalari (diazolin, dimedrol, tavegil) tavsiya qilinadi. 
Bemorning oyoqlari ultrabinafsha nur bilan isitiladi, burunga UVCh yoki diyater-
miya kabi fizioterapiya muolajalari o’tkaziladi. 

      Kasallikni II- bosqichda burun ichiga kumush preparatlarini (1-2% li kollargol, 
yoki protorgol) 3-5 tomchidan 3 mahal tomiziladi. Nafas faoliyatini tiklash maqsa-
dida  qon  tomirlarni  toraytiruvchi  preparatlar-  sanorin,  galazolin,  tizin,  otrivin  va 
hakazo.  Burunni fiziologik eritma bilan chayish, burun ichiga sulfanilamide va an-
tibiotiklar  aralashmasini  (bioporoks,  ingakamf,  kameton,  kamfomin)  purkash 
tavsiya qilinadi. Burun sohasiga UVCh, burun ichiga UBN, mikroto’lqinli terapiya 
(tana harorati 37°C dan oshmagan hollarda) qo’llaniladi. 
      Kasallikni III bosqichida burun ichiga 3-5% li protolgol yoki kollagol, 20% li 
albusid tomizish va fizioterapiya muolajalari davom ettiriladi. Burun ichiga tomiz-
iladigan yoki purkaladigan dorilarni 8-10 kundan ortiq qo’llash man etiladi, chunki 
bundaxilpillovchi epiteliy faoliyati, shilliq pardaning vasomotor faoliyati buziladi. 
 
     I
nfeksion kasalliklarda rivojlanadigan o’tkir rinit (sprsifik rinit). Asosiy 
kasallikni ikkilamchi belgilari hisoblanadi va simptomatik xarakterga ega. 
 
Grippdagi o’tkir spesefik rinit. 
Grippozli rinit epidemik xarakterga ega bo’lib, umumiy gripp infeksiyasida yuzaga 
keladi. Simptomlari, xuddi o’tkir nospesefik rinitning belgilari xos. Faqat kuchlir-
oq  namoyon  boladi, lekin burundan keladigan  ajralma  gemorragik  xarakterga  ega 
bo’ladi. Klinik kechishida yuqori harorat, kuchli bosh og’riqlari, umumiy holsizlik, 
gohida umumiy miya simptomatikasi (asteniya, depressiya) bilan o’tkir nospesefik 
rinitdan farqlanadi. 
Grippozli rinitda ko’pincha o’tkir otit, sinusitlar, laringotraxeitlar ko’rinishida aso-
rat qolishi mumkin. Ayrim vaqtlarda pastki nafas kasalliklariga (pnevmoniya) ham 
sabab  bo’lishi  mumkin.  Asorat  ko’rinishida  kechki  simptomlar  paydo  bo’lihsi 
mumkin. Bu  neyroganglioz  apparatni  jarohatlanishi bilan  birga  kechadi, belgilari: 
anosmiya,  yuzdagi  og’riq  simptomlari,  burun-halqum  parastesiyalari,  umumiy  va 
mahalliy vazomotor krizlar. 
Davolash. Grippning davosi ummiy va mahalliy olib boriladi. Umumiy davo gripp 
infeksiyasini    og’irlik  darajasiga  qarab  tayinlanadi.  O’gir  hollardagi  bemorlarga 
mushak  orasiga  donorlik  grippga  qarshi  globulin  (gamma-  globulin)  yoki  qi-
zamiqqa qarshi immunoglobulin yuborish kerak bo’ladi. Dezintoksikasiya  maqsa-
dida  reopoliglyukin  tavsiya  qilinadi.  Agar  grippning  A  turi  bo’ladigan  bo’lsa 
yaxshi  foyda  bo’ladigan  dori  vositalaridan  remontadin,  arbidol,  anaferon,  viferon 
va boshqalar hisoblanadi. Mahalliy burunga interferon 5 tonchidan har 1-2 soatda 
2-3 kun tomiziladi. Bundan tashqari burun shilliq qavatini 4-5 kun 0,25% li oksolin 
mazi  bilan  surtiladi  hamda  qon  tomir  toraytiruvchi  tomchilar  (naftizin,  sanorin, 
nazivin,  galazolin,  va  boshq)  tavsiya  qilinadi.  Qon  tomir  o’tkazuvchanligini  ka-
maytirish  maqsadida  kalsiy  preparatlari,  askorbin  kislotasi,  ruitn  va  boshqalar 

tavsiya qilinadi. Antibaktetial davo faqatgina kasallikka ikkilamchi bakterial flora 
va uzoq vaqt saqlanib turuvchi bronxit, zotiljam, otit qo’shilganida tavsiya qilinadi. 
 
Qizamiqdagi o’tkir spesefik rinit
Qizamiqni  infeksiyasini  prodromal  boshlang’ich  belgilaridan  hisoblanuvchi,  qi-
zamiq  sindromining   eskicha nomlanishi “rino- okulayar  kattar”  deb hisoblanadi. 
Bu kasallikka kattaral tumov xos bo’lib, pastki burun chig’anoqlarida oqish dog’lar 
paydo bo’ladi. Bu oqish dog’lar  epiteliyning ko’chishidan xosil bo’lgan (Belskiy- 
Filatov-  Koplik  simptomi).  Burun  shilliq  qavatilar  to’satdan  shishadi  va  umumiy 
burun  yo’llari  torayadi,  natijada  nafas  olish  qiyinlashadi.  Bunday  shishlarga  qon 
tomirni  toraytiruvchi  dorilar  ham  ta’sir  ko’rsatmaydi.  Avval  seroz  keyinchalik 
yiringli  ajralma  (mahalliy  soprofit  florani  aktivizasiyasi  hisobiga)  kelishni 
boshlaydi. Rinitning kattaral bosqichi (2-3 kun) eroziya bosqichiga keyinchalik esa 
yaralar paydo bo’lish bosqichiga o’tib burun shilliq qavatga, yuqori labga, burun-
halqumga,  og’iz  bo’shlig’iga  (enantema),  halqumga,  hiqildoqqa  yarali  toshmalar 
toshadi.  Terining  yallig’lanishlarida  yaraning ustida qatqaloqlar  paydo bo’ladi  va 
bu o’zidan keyin pigmentli dog’lar qoldiradi. 
Qizamiq  rinitidagi  asoratlar  mahalliy  va  masofada  paydo  bo’lgan  turlarga 
bo’linadi. Mahalliy asoratlariga otitning har xil shakillari va otomastoiditlar, sinus-
itlar misol bo’lsa, masofada paydo bo’lgan turlariga laringit, laringotraxeit, bronxit, 
zotiljam misol bo’ladi. Qizamiqli laringitning eng xavfli asoratlaridan hiqildoqning 
obstruksiyasi va asfiksiyasi hisoblanadi. Kechki asoratlariga esa,  ayrim olimlarn-
ing fikricha qizamiqning toksini neyrotrofik ta’sirga ega bo’lganligi uchun burun 
shilliq  qavatini  har  xil  darajadagi  atrofiyasiga  sabab  bo’ladi  va  ozenaga  sabab 
bo’ladi. 
Tashxis. Yuqorida ko’rastilgan belgilar va klinik belgilarga (qizamiq toshmasining 
xarakteriga),  epidemiologik  ma’lumotlariga  asoslaniladi.  Enantema  va  konyunk-
tivaga e’tibor beriladi.  
Davolash.  Umumiy  va  mahalliy  davolashga  bo’linadi.  Umumiy  davo  pediatr  va 
infeksionist  tomonidan  tavsiya  qilinadi.  Mahalliy  davo  esa  burun  va  og’iz  shilliq 
qavatini  parvarishiga  qaratilgan.  Agar  burun  shilliq  qavatida  shilliq  yoki  yiring 
to’planib qolgan bo’lsa, u yerni proteolitik ferment bilan yumshatiladi, ehtiyotkor-
lik bilan mexanik tozalash bajariladi. Ko’z konyunktivasiga va burun bo’shlig’iga  
10-20%  li  natriy  sulfasil  eritmasi  1-2  tomchidan  2-3  mahal  kuniga  tomizilib  turi-
ladi. 
      Bemorni  tuzalishi  esa  sekin  kechadi.  2-8  hafta  mobaynida  va  undan  ko’p 
rekonvolissentlarda astenik sindrom rivojlanishi mumkin. O’lim hollari bemorlarda 
kam uchraydi, ko’pincha ensefalit bilan asoratlanganlarda o’lim hollarri kuzatiladi. 
 
 
Bo’g’madagi o’tkir spesefik rinit. 

Bo’g’mali tumov yoki burun bo’g’masi bola tug’ilganidan boshlab bir necha kun-
dan  keyin  yoki  bola  3-8  oyligida,  ko’pincha  sovuq  oylarda  rivojlanadi.  Kasallik 
boshlanishida  xuddi  o’tkir  banal  rinitning  boshlanishiga  o’xshaydi:  burun  bitishi,   
nafas  olish  qiyinligi  (bola  ko’krak  bilan  o’ziqlanishi  buziladi),  burundan  shilliq-
yiringli  ajralma  keladi,  gohida  kulrang  yoki  qon  aralash,  badbo’y  hidli  kelishi 
mumkin.  Burundan  ajralma  kelishi  bilan  burun  kattaklari  atrofi  qurub  yorilishni 
boshlaydi.  Burun  shlliq qavatida plyonka aniqlanadi.  Bo’g’maning  bu turi kuchli 
intoksikasiya bilan kechmaydi, lekin cho’ziluvchan uzoq vaqt davom etishi mum-
kin. Bo’g’maning bir nechta klinik shakllari tafovut qilinadi. 
-
 
“Oddiy  shakli”-  burun  shilliq  qavati  zararlanishi  patognomik  belgilari 
bo’g’maga xos bo’lmaydi. 
-
 
Psevdomembranoz  shakli-  burun  shilliq  qavatini  va  burun-halqumni  shilliq 
qavatida  psevdomembranoz  karash  bilan  qoplangan  bo’ladi.  Bu  shakli  fibrinoz 
shakli bilan birga kechishi mumkin. Bu infeksiyalar majmuasi Lyofler batsillasi va 
pnevmokokk, stafilokokk bilan aralash bo’ladi.  
-
 
Eroziv  shakli-  burun  shilliq  qavatida  psevdomembranoz  plyonkalar  ostida 
ko’p miqdorda eroziyalar va yaralar bo’lishi bilan farqlanadi. Gohida bo’g’maning 
bu  shakli  yuqorida  aytib  o’tilgan  belgilarsiz,  “quruq”  rinit  fonida  shakillanishi 
mumkin. 
-
 
Yashirin yoki “okkultli” shakli- burun shilliq qavatida bo’g’maga xos bo’lgan 
belgilar  topilmaydi,  lekin  bakteriologik  Lyofler  batsillasi  topiladi.  Oddiy  batsilla 
tashuvchilardan farqi, bu bemorlarning klinik kechuvida OIT vabosifat kasalliklari 
va og’ir bronxopnevmoniya sindromi bilan namoyon bo’ladi. 
-
 
Falajli  (polinevrotik)  shakli-  bo’g’mani  lokal  belgilaridan  tashqari  bemorda 
bosh  niya  va  orqa  miya  nervlarini  falaji  bilan  birga  kechadi.  Gohida  til-yutqun 
nervini  (IX-  juft  nerv)  falafi  bilan  kechsa,  til  orqa  1/3  qismida  ta’m  bilish 
yo’qoladi, yumshoq tanglay bir taraflama falaj bo’ladi, manqalanish, yutush faoli-
yatini buzulishi bilan birga kechadi. Gohida Sikar sindromi- IX juft nervning nev-
ralgiyasi  bilan  birga  kechadi.  Adashgan  (X  juft)  nervni  zararlanishi  bilan  birga 
kechsa,  halqum  va  hiqildoqni  ko’p  harakat  funksiyalarini  parez  va  paralichiga, 
hayot  uchun  muhim  bo’lgan  a’zolarni  faoliyatiga  salbiy  ta’siriga  sabab  bo’lishi 
mumkin.  Ikki  taraflama  adashgan  nervni  zararlanishi  yoki  uning  yadrolarini 
zararlanishi, nafas va yurak qon-tomir faoliyatiga ta’sir etib vagus o’limi deb nom-
lanuvchi holatga sabab bo’ladi. 
-
 
Qaytalanuvchi  yoki  surunkali  shakli  asosan  batsillatashuvchi  toifalarda 
uchraydi. Ularni umumiy holati sekin, lekin doimiy sustlashib boradi, ma’lum bir 
holatda bemorlar ozib ketgandan keyin olim holati yuz beradi. 
Asoratlari  qizamiqdagi  o’tkir  spesefik  rinitning  asoratlariga  o’xshash  bo’ladi. 
Kechgi  asoratlariga  burun  yo’llarini  va  burun  kattaklarini  torayishlari  misol 

bo’ladi. Bo’g’mali tumov bronxopnevmoniya, bo’g’mali laringit va nafas siqishiga 
hamda  ichki  a’zolarni  va  bo’g’mali  polinevritiga  sabab  bo’lishi  mumkin. 
 
Tashxis va qiyosiy tashxis. Yuqorida aytib o’tilgan belgilar va burundan halqum-
dan  olingan  bakteriologik  tekshiruvlarga  asoslanadi.  Bo’g’mali  rinit,  o’tkir  banal 
rinit  bilan  va  tug’ma  zaxmdagi  o’tkir  rinit  bilan  qiyosiy  tashxis  qilinadi.  Bunda 
bemorda oyoq va qo’l terisida pemfigus, teri sifilidlari, splenomegaliya kuzatiladi. 
Bunday  holatda  umumiy  qabul  qilingan  serologik  va  bakteriologik  tekshiruv 
o’tkaziladi.  
Davolash.  Mahalliy  va  umumiy  chora  tadbirlar  ko’riladi.  Umumiy  chora  tad-
birlarga Bezredko usulida bo’g’maga qarshi antitoksinli zardob  yuborishdan iborat 
(jnlnlkn). Bundan tashqari desintoksikatsion davo muolajalari olib boriladi. Mahal-
liy davo muolajalariga burundan nafas olishni tiklash va burun ichidagi yiringli in-
feksiyaga  qarshi  kurashishdan  iboratdir.  Buning  uchun  jibrinolitik  dori  vositalari, 
qon tomirlarni toraytiruvchi dori vositalari qo’llaniladi. Shundan so’ng burun ichi 
tozalanadi va 1% li kumush nitrat, protargol, kollargol tomiziladi va fiziologik er-
itmada bo’g’maga qarshi zardob yoki antibiotik bilan yuviladi.   
 
-
 
Skarlatinadagi o’tkir spesefik rinit 
Skarlatina  (italiyanchadan  scarlatum-  tiniq-  qizil  rang)-  β-  gemolitik  strep-
tokokkning A guruhiga kiruvchi qo’zg’atuvchi tomonidan qo’zg’atilib, siklik inti-
osikasiya,  angina,  teridagi  mayda  nuqtali  toshma  toshishi  bilan  xarakterlanuvchi 
o’tkir  yuqumli  kasallik  hisoblanadi.  Klassik  ta’surotlarga  monand  “skarlatina 
yuqori  nafas  yo’llarini  yoqtirmaydi,  hazm  a’zolarini  yoqtiradi,  lekin  qisman 
halqumni  ham  yaxshi  ko’radi”.  Lekin  burun  sohasini  yallig’lanishi  bu  kasallikda 
nisbatan ko’p uchraydi. Asosan o’smirlarda kop’roq uchraydi. Og’ir holatlarda bu-
running yarali- membranali yoki gangrenozli rinit  shakillariga o’tadi. 
Simptomlari va klinik shakllari. 
Burun skarlatinasini bir nechta shakllari farqlanadi. 

-
 
Erta  skarlatinali  yiringli  rinit-  ko’p  miqdorda  rinoreya  bilan  kechadi.  Avval 
kasallikning  boshida  ajralma  seroz  xarakterga  ega  bo’ladi,  keyinchalik  qolansa 
hidli  va  gemorragik  yiringli  xarakterga  ega  bo’ladi.  Vaqt  o’tishi  bilan  o’tkir 
yiringli rinitga qo’shimcha ravishda burun kirish qismi , burun kattaklar va yuqori 
lab terisini dermatitis qo’shiladi. Bu esa burunning obstruksiyasiga sabab boladi va 
konyunktivani yallig’lanishi bilan birga kechadi. Bir vaqtning o’zida yoki 1-2 kun 
o’tib halqum va tanglay murtaklarini yallig’lanishi qo’shiladi. Yuqoridagi holatlar 
og’ir hollarda, yuqori harorat, toksik genezli yurak- o’pka yetishmasligi, organiz-
mni  umumiy  holati  og’ir  kechishi,  komatoz  yoki  soporoz  holatlar  bilan  birga 
kechishi va 4-5 kundan keyin letal holat bilan tugashi mumkin. Agar yuqorida ho-
latlar kuzatilmasa, yiringli rinit cho’ziluvchan xarakterga ega bo’lib, shilliq qavat-
ning atrofiyasi (endonazal qon tomir va limfa sistemasini, vegetativ nerv tolalarini 
atrofiyasi hisobiga) bilan tugaydi.  
-
 
Kechki skarlatinali yiringli rinit- asosan toshma o’rnida teri ko’chadigan ma-
hal,  umumiy  klinik  belgilari  kamayib  boradigan  mahal  rivojlanadi.  Mahalliy  bel-
gilariga burundan ko’p miqdorda shilliq- yiringli ajralma kelishi, burun yo’llarini 
obstruksiyasi, yallig’lanish infiltratlari burun kirish qismi uning piramida sohasida 
va yuqori labga taqashi bilan namoyon bo’ladi. 
-
 
Psevdomembranoz  skarlatinali yiringli rinit-  klinik kechishi  oldingi shakliga 
o’xshash,  faqat  uning  rivojlanishida  burun  shlliq  qavatlarida  oqish-  sarg’imtir 
nozik plyonkaga o’xshash psevdomembranalar xosil bo’ladi. Bu plyonkalar burun 
yo’llarini to’ldirib turadi. Yengil olinadi va tezda burun yo’llarini yana to’ldiradi. 
Asorati.  Skarlatinadagi  asoratlar  xuddi  qizamiq  va  bo’g’ma  kasalligidagi  aso-
ratlarga o’xshash bo’ladi. Jarayonning tarqalishi asosan hiqildoqda bo’lib, stridor, 
ovoz boylami osti qavatini shishiga, hiqildoq stenozi va asfiksiyaga sabab bo’lishi 
mumkin.  Parenximatoz  a’zolardan  buyrakda  skarlatinali  nefrit  kasalligiga  sabab 
bo’lishi mumkin. Jarayon o’rta quloqqa tarqab og’ir kasalliklariga sabab bolishi va 
aralash tipdagi eshitish pastligiga sabab bo’lishi mumkin. 
Tashxis.. Agar tipik belgilariga va yuqorida ko’rsatilgan simptomlariga asoslanilsa 
qiyinchilik tug’dirmaydi.   
Davosi.  Mahalliy  va  umumiy  olib  boriladi.  Umumiy  olib  boorish  antibiotikotera-
piyaga asoslangan. Mahalliy davo esa burun bo’shlig’ining yiringli kasalliklari bi-
lan o’xshash. 
 
-
 
Gonokokk kasalligidagi o’tkir spesifik rinit. 
Gonokokkli  rinit  bolaga  onaning  tug’riq  yo’llari  oqrali  yuqadi.  Buning 
qo’zg’atuvchisi  Neysner  diplokokki  hisoblanadi.  Gohida  gonokokkli  konjyuktivit   
bilan birga kechadi. Ma’lum bo’lishicha avval ko’zning konyunktivasi zararlanadi, 

so’ng  ko’z  yosh  qopi  va  burun-  ko’z  yosh  kanali  orqali  burun  shlliq  qavati 
zararlanadi. Gohida retrograd yo’l orqali infeksiya tarqalishi mumkin. 
Mahalliy  va  umumiy  belgilari  farqlanadi.  Mahalliy  belgilariga  burundan  quyuq, 
cho’ziluvchan, yashil rangga o’xshagan qon aralash yiring aniqlanadi. Burun uchi, 
qanotlari  va  yuqori  lab  qizaradi  va  shishadi.  Yiringli  ajralmalar  qotib,  burun 
yo’llarida  qotadi.  Bular burun kirish  qismida  va  yuqori labda  terining  yorilishiga 
va yara xosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Burun shilliq qavatida giperemiya, infiltra-
siya  va  yaralanish  o’choqlarini  ko’rish  mumkin.  Umumiy  belgilariga  harorat 
ko’tarilishi,  nafas  va  oziqlanish  (bola  tana  vazni  kamayishi)faoliyatini  buzilishi. 
Kasallikni kechishi bola hayotining birinchi kunlaridan namoyon bo’lishi mumkin. 
Asorati. Ko’krak yoshidagi bolalarda gonokokkli yiringli oftalmit  kuzatiladi 
Davosi.  Mahalliy  va  umumiy  davo  turlariga  bo’linadi.  Mahalliy  davoga  burun 
bo’shlig’ini  penisillin  guruhidagi  va  antiseptik  moddalar  bilan  yuvishdan  iborat. 
Umumiy  davoga  amfenikolaminlar  (xloromfenikol),  makrolid,  azalidlar  (azitri-
misin,  eritromisin)  va  pensillin  guruhi  (amoksosillin,  oksamp,  flemoksin)  dori 
vositalari 
hamda 
immunomodulyatorlar 
(N-metilglyukomin, 
sikloferon) 
qo’llaniladi. 
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin