Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

 
 
 
 
 
 
 
 

BURUN KASALLIKLAR
 
1.
 
TASHQI BURUN KASALLIKLARI.
 
1.1.
 
Burunni anomal rivojlanishi. 
       Anomaliya-  genom  tarkibida  patologik  mutant  gen  bo’lib,  embriogenezni  
faoliyatini buzib, organ va to’qimani nuqsonli rivojlanishidir. 
        Embriogenez  faoliyatni  buzulishi,  zararli  omillar  (alkogol  istemol  qilish,  vi-
rusli  infeksiya  va  bosh.)  ta’sirida  bo’lishi  mumkin.  Ayniqsa  embrional  rivojlan-
ishini  2  oyligida  yuz  suyaklari  rivojlanayotgan  mahal  zararli  omillar  ta’sirida 
rivojlanishi mumkin. Ko’pincha aralash tipdagi nuqsonlar ko’p uchraydi. 
Klinik amaliyotda qulay bo’lgan tavsifni B.V. Shevrigin 1996 yilda tavsiya etgan. 
Bu tansifda quyidagi burun tug’ma nuqsonlari guruhlarga bo’lingan.  

 
Ageneziya- organni to’liq rivojlanmasligi. 

 
Gipergeneziya- organni me’yoridan ortiq rivojlanishi. 

 
Gipogeneziya- organni chala rivojlanishi. 

 
Distopiya- organni normal holatda joyidan tasgqarida rivojlanishi 

 
Disgeneziya- organni noto’g;ri rivojlanishi. 

 
Persistensiya- tug’ilganida embrional strukturalarni saqlanib qolishi. 
          Burun tug’ma nuqsonlariga ikkita burun, noto’lig’ burunni bo’linishi, bitta 
yoki ikkita xartum shaklida va hak.bo’lishi mumkin (1.1, 1.2 rasmlar) 
          
                    
 
 
 
 
          Burun nuqsonlariga dermoid kista va burun usti oqmalari ham kiradi. Homi-
la  rivojlanishining  buzilishi  natijasida  embrional  tirqishlar  joyida  embrion 
qoldiqlari  saqlanib  qoladi  va  shu  maydonlarda  kistalar  xosil  bo’ladi.  Burunning 
dermoid kistasi aylana shaklda, yumshoq bo’lib, odatda burun suyaklari va burun 
tog’aylari o’zaro birikkan maydonda, teri ostida joylashadi. Kistaning ichida charvi 
moddasi  bo’lib,  u  o’sgan  sari  anrof  to’qimani  bosadi  va  burun  shaklini 
1.1 rasm. Burunnig ikkita xartum 
shaklida rivojlanishi 
1.2 rasm. O’ng burunga kirish qismining 
nuqsoni va chap tomondan ikkita burun 
teshigi. 

o’zgartiiradi.  Ba’zan  kista  tashqariga  yo’l  ochib,  oqma  xosil  qilishi  mumkin. 
Oqmalar burun ichiga ochilmay, o’z-o’zidan bitishi va qayta paydo bo’lishi mum-
kin. 
Davosi dermoid kista va burun usti oqmalarida avval fistulografiya qilinib jarrohlik 
yo’li  bilan  amalga  oshiriladi.  Agar  burun  tanasida  oqmalar  oldingi  miya  chuqur-
chasi  bilan  aloqasi  bo’lsa,  albatta  neyroxirurg  bilan  jarrohlik  amaliyotini  amalga 
oshirish kerak bo’lidi.  
 
           Burun yo’llarini atreziyasi va torayishi. 
     Burun  yo’llari  atreziyasi va torayishi  tug’ma  va  orttirilgan bo’ladi. Orttirilgani 
nospesifik va  spesefik  yiringli  kasalliklardan  so’ng,  u  yerda  chandiqlanish  paydo 
bo’lib,  u  yoki  bu  burun  kattaklarini  qisman  yoki  butunlay  nafas  olishdan  chega-
ralab  qo’yadi.  Burun  yo’llarida  sinexiya  yoki  total  chandiqli  membrana  xosil 
bo’ladi. Ko’rsatib o’tilgan patologik holatlarga qarab: oldingi, burun kattaklari va 
burun kirish qismiga oid, o’rta, burun bo’shlig’ining o’rta qismiga tegishli sohada 
va ichki, xoanalar sohasiga to’g’ri keladi. 
 
1.
 
Oldingi burun kirish qismini torayishi va atreziya. 
Burun  kattaklarini  okklyuziyasi.  Tug’ma  va  orttirilgan  bo’lishi  mumkin.Tug’ma 
okkulyuziya  kam  uchrab  asosan  teri  ko’rinishida  bo’ladi,  ko’proq-  biriktiruvchi 
membrana ko’rinishida. Buning kelib chiqishiga sabab homilaning 6 oygacha bu-
run  kattaklaridagi  epitelial  to’qima  so’rilib  ketmasligi  uchundir.  Orttirilgan  ok-
kulyuziya  asosan  chandiqlanishdan  keyin,  zaxm,  qizil  yuguriqda,  qizamiq, 
bo’g’ma, skarlatina, jarohatlar, ko’rsatilgan sohani tez-tez qayta kateterizatsiya qi-
linishidan  kelib  chiqadi.  Odatda  burun  kattaklarining  okkulyuziyasi  bir  taraflama 
va kam hollarada ikki tomonlama bo’lishi mumkin. Yopib turuvchi diafragma har 
xil qalinlikda va zichlikda bo’lishi mumkin. Tarqoq yoki perforasiyali, chegarali, 
bir teshikli va ko’p teshikli bo’lishi mumkin. 
       Davosi uzoq vaqtli va kam samarali jarrohlik usulida okkulyuziya bo’lgan bu-
run kattaklari sohasini chandiqlardan xalos qilib, tortib tikishdan iborat. Gohida bu 
qayta operasiyalarga sabab bo’ladi.  
 
Burun  qanotlarini  yyetishmasligi  (bo’shashishi,  rinomalyasiya).  Bu  anomaliya 
tashqi burunning ikki tarafdan mushaklarining atrofiyasi hisobiga kelib chiqadi. Bu 
mushaklar: burun qanotini va yuqori labni ko’taruvchi mushak (m. levator labii su-
perioris alaeque nasi), va burunning xususiy mushagi (m. nasalis). M. nasalis ikki 
tutamdan  iborat  bo’lib,  bular:  ko’ndalang,  burun  teshigini  toraytiruvchi  mushak 
(m.  compressor  naris)  va  qanot,  burun  qanotini  pastga  tortib  burun  teshgini  ken-
gaytiruvchi  mushak  (m.  dilatator  naris).  Bu  mushaklar  chuqur  nafas  olganda  bu-

runni kengaytirib, burun qanotlarini kengaytiradi, nafas chiqarganda burun qanot-
larini  bir-biriga  yaqinlashtiradi.  Mushaklarning  atrofiyasi  burun  yon  qanotlardagi 
tog’aylarning (cartilage nasi lateralis, cc.alaris major et minor, cc. nasals atscesso-
riae)  atrofiyasiga  ham  sabab  bo’ladi.  Shu  sababli  burun  qanotlari  noziklashib 
qoladi,  o’zining  qattiqligini  yoqotadi.  Yuqoridagi  o’zgarishlar  burun  kattaklarini 
fiziologiyasiga  ta’sir  etib,  burunning  klapan  faoliyatini  izdan  chiqaradi.  Havo 
oqimi  ta’sirida  burun  qanotlari  yopishib,  hafas  chiqarganda  bir-biridan 
uzoqlashadigan bo’lib qoladi (1.3 rasm). 
 
Burun qanotlarining yetishmasligi surunkali burundan nafas olish buzulishlari (ad-
enoidlar,  burun  polipozlari,  xoana  atreziyasida)  natijasida  bir  necha  yillar  (15-20 
yil) davomida rivojlanadi.  
Davosida burun to’sig’idan to’gay olinib autoto’gay implantasiya qilinadi.  
2.
 
O’rta burun yo’llarini atreziya va torayishi. 
      Bunday  buzilish  ko’rinishdagilarga  senexiyalar  misol  bo’ladi.  Senexiya  joy-
lashadigan  joyi  burun  to’sig’i  bilan  burun  chig’anoqlari orasida,  ko’proq pastkisi 
bilan fibroz tortma xosil qilib yopishib turadi (1.4 rasm).   
 
 
 
 
       Senexiyalarning  sababi  burunda  o’tkazilgan  jarrohlik  amaliyoti  hisoblanadi. 
Bu  holatda  burun  to’sig’i  va  burun  chig’anog’ining  bir-biriga  qaragan  yuzalari 
shilliq  qavati  butunligi  buzuladi.  Ikkala  tomonda  granulyatsiya  paydo  bo’ladi, 
1.3. rasm. Burun qanotlarini yetish-
masmasligi. 
1.4 rasm. Chap burun yo’lini senexiyasi. C- senexiya. 

keyinchalik bular o’sadi va bir-biriga yopishib qoladi. Shu yopishgan soha chan-
diqli to’qimaga  o’zgaradi.  Bunda burunning  lateral qismi  bilan  medial  qismi  bir-
biriga tortilib burun bo’shlig’i torayib boradi, gohida to’liq oblitiratsiyagacha bor-
ishi mumkin. 
Davosi  senaxiya  kesilib,  burun  bo’shlig’i  ikkiga  ajratilib  o’rtasiga  tompon  yoki 
maxsus plastinlar, masalan tozalangan rentgen plenkasi qo’yiladi.  
        Orta torayishni boshqa turlarda, masalan ichki burunning morfologik element-
larini  distopiyasi  bo’lishi  mumkin. Bu  turdagi  anomaliyaga  burun  chig’anog’ning 
giperplasiyasi  kiradi.  Gohida  burun  o’rta  chig’anog’ini  mediopozisiyasida  hid 
bilish yorig’ini ham to’sib turishi mumkin. 
       Orta  burun  yo’llaridan    havoni  o’tishni  buzulishini  yana  bir  sababi  burun 
bo’shlig’ini alohida anatomik bo’limlarini distopiyasi hisoblanadi. Bunga o’rta bu-
run chig’anog’ini bullyoz o’zgarishi, burun to’sig’ini distopiyasi va uning qismla-
rini distopiyasi misol bo’ladi. 
Davosi  burun  chig’anog’ining  giperplasiyasida  burun  chig’anog’ini  shilliq  osti 
rezeksiya qilinadi yoki Killian burun oynasi bilan kuch bilan dislokasiya qilinadi, 
keyin tomponada qilinadi.  
 
3.
 
Orqa burun qismini atreziyasi. 
      Bunday patologik holatga xoanalar atreziyasi misol bo’ladi. Xoanalar atreziyasi 
to’liq  yoki  qisman,  old  yoki  orqa,  bir  taraflama  yoki  ikki  taraflama,    ok-
kulyuziyadagi to’qimaga qarab fibroz, tog’ay yoki suyak, gohida aralash to’qimali 
bo’lishi mumkin. Bu to’qimani qalinligi 2mmdan 12mmgacha bo’lishi mumkin. 
       Xoana atreziyasining sababi hali oxirigacha o’rganilmagan. Bir qatar avtorlar 
buning  sababi  tug’ma  zaxm  deb  aytsalar,  boshqa toifadagilar embrional  rivojlan-
ishda yumshoq tanglaydan xosil bo’luvchi bukka-nasalis membranani rezorbsiyasi 
hisobiga  kelib  chiqadi  deb  aytishadi.  Total  xoanal  atreziya  bilan  yangi  tug’ilgan 
chaqaloqlar  erkin  burun  orqali  nafas  ololmaydilar,  ema  olmaydilar  va  vaqtdan 
oldin chaqaloqlik davrining birinchi kunlarida vaqtdan oldin nobud bo’lishi mum-
kin. Lekin  bir  tomonlama  xoana  atreziyasi  bilan  tug’ilgan  chaqaloqlar  qiyinchilik 
bilan hafas olishi ( yo’tal, hafas olish qiyinligi, stridor, sianoz)  mumkin. Tug’ma 
total xoana atresiyasi bilan tug’ilgan bolalarni birinchi kunligidayoq jarrohlik usuli 
bilan nafas oldirilsa, bola yashab ketishi mumkin. Qisman atreziya bilan tug’ilgan 
bolalarda  ogiz  orqali  nafas  olish  adaptatsiyaga  qay  darajada  moslashganligiga 
e’tibor beriladi. 
       Boshqa  simptomlariga  hid  bilishni  buzulishi,  t’am  bilishni  buzulishi,  bosh 
og’rig’i,  burun  shilliq  qavatini  o’zgarganligi,  ta’sirchanlik,  tez  charchab  qolish, 
jismoniy va aqliy orqada qolish, kraniofasialniy dismorfiya va boshqalar kiradi.  

       Oldingi  rinoskopiyada  atreziya  bo’lgan  sohaga  burun  to’sig’ini  qiyshayishi,  
burun  chig’anog’ning atrofiyasi, burun chig’anog’i ko’kimtir tusga kiradi, atreziya 
bo’lgan  sohasida  burun  yo’li  toraygan  bo’ladi.  Orqa  rinoskopiyada  bir  yoki  ikki 
tomonlama xoanani berkligi va nozik fibroz to’qima bilan qoplanganligi aniqlanadi 
(1.5 rasm). 
          
 
    Bir  taraflama  xoana  atreziyasida,  atreziya  bo’lgan  tomonda  burun  yondash 
bo’shliqlarida  yiringli  yallig’lanish  rivojlanadi.  Qisman  ikki  tomonlama  tashxis-
lanmagan xoana  atreziyasida  yuz  suyaklari  shaklini buzilishiga  olib  kelishi  mum-
kin. Bunda: 
 
Kurak tishni noto’g’ri o’sishi 
 
Yuqori tanglay va uni bir tomonlama atreziyada asimmetriya bolishi 
 
Burun tubida quyuq, cho’ziluvchan shilliq to’planishi 
 
Burundan  ajralma  kelishi  sababli,  shu  tomonda  burun  kirish  qismida  va 
burun lab sohasida dermatit rivojlanishi mumkin 
 
Faringoskopiyada-  burun-  halqumda  quruqlashish  belgilari  namoyon 
bo’ladi. 
Xoanalar atreziyasi ko’pincha qizlarda ko’p uchraydi o’g’il bolalarga nisbatan, ay-
rim hollarda boshqa anomal patologiyalar  (atreziya bo’lgan tarafda shu tomonga 
qarab  burun  to’sig’ini  qiyshayishi,  burun  pastki  chig’anog’ining  orqa  qismida 
qurish belgilari , orbitani shaklini o’zgarishi va hako) bilan birga qo’shilib kelishi 
mumkin. 
 Tashxis. Obektiv va subektiv belgilariga asoslanib olib boriladi. 
Rentgenografiya  (zarurat  tug’ilganda  kontrast  modda  bilan)  –  Yon  tomonlama 
proeksiyada kontrast moddani xoana sohasida ushlanib qolinishi kuzatiladi. 
Burun bo’shligini zondlash- rezinali kateter yoki metal zond bilan amalga oshiri-
ladi.  
Kompyuter tomografiya- xoana atreziyasi haqida to’liq anatomik informatsiya be-
radi.  Undan  tashqari  burun  ichidagi  boshqa  o’zgarishlarni  aniqlash  imkonini  be-
radi. 
Fibroendoskopiya-  burun  ichidagi  mikrostrukturalarni  anomal  o’zgarishlarini 
aniqlash imkonini beradi.  
1.5 rasm. Chap xoana atreziyasi 

Davolash. Xoana atreziyasi davolash albatta jarrohlik usulida olib boriladi. Xoana-
tomiya’ni 3xil usulu bor. 
1.
 
Transnazal  usul  (burun  bo’shligi  orqali  xoana  atreziyasini  bartaraf  etish) 
asosan  yangi  tug’ilgan  chaqaloqlarda  va  kichik  yoshqagi  bolalarda  amalga 
oshiriladi.  Boshqatsha  qilib  aytganda  atreziya’ni  intranasal  usulda  bartaraf 
etiladi.  Tug’riqxonalarda  troakarlar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Katta 
yoshdagi bolalarda burun to’sig’iga yaqin joyidan atreziya bo’lgan sohadan 
skalpel  yordamida  oval  kesilib  xoanotom  bilan  kengaytiriladi.  Shundan 
so’ng suyakni kesuvchi o’tkir qoshiqcha bilan xoana qirralari shakkillantiri-
ladi. Shakillantirilgan teshikka maxsus termoplastik nayli drenaj qo’yiladi. 
2.
 
Transmaksillyar  usul.  Bu  usul  bilan  qatshonki  yuqori  jag’  bo’sglig’ining 
empiemasi bo’lsagina amalga oshiriladi. Bu usulni yangi tug’ilgan chaqaloq-
larda va kichik yoshdagi bolalarda qo’llash mumkin emas, sababi tish kur-
taklariga tegib ketish mumkin. 
3.
 
Transpalatinar usul qattiq tanglay orgali amalga oshiriladi. Qattiq tanglayni 
shilliq-  suyak  usti  pardadan  ko’chirilganidan  so’ng  (0,5  sm  milklardan 
uzoqlikda)  qattiq  tanglayning  orqa  qirrasini  trepanasiya  qilinadi.  Burun 
bo’shlig’iga  chiqilgandan  so’ng  xoanal  atreziya  bartaraf  etiladi.  Katta 
yoshdagi bolalar uchun transpalatinar usul samarali bo’lib qolmoqda.  
 
1.2.
 
Burun chipqoni. 
    Burun chipqoni (furunculus nasi)burun terisining tukli qopchasi hamda atrof 
to’qima- yog’ bezli va to’qimasining yiringli nekrotik yallig’lanishi.    
 Etiologiyasi.  Burun  chipqonining  rivojlanishida  terining  stafilokokk  yoki  strep-
tokokk  infeksiyasiga qarshi  mahalliy  va  umumiy  immunitetning  susayishi  muhim 
ahamiyatga  ega.  Xavf  omillariga:  terini  texnik  moylar  bilan  ,  changlar  bilan 
ifloslanishi,  mikrotravmalar,  shilinishlar  va  boshqa  mexanik  travmalar  bo’lishi 
mumkin.  Moyillik  tug’driruvchi  omillarga:  terining  sekretor  faoliyatini  buzilishi 
(gipergidroz, giperbutiroz), avitaminoz,modda almashinuvini buzilishi, immunitet-
ni  pasayishi,  qandli  diabet  misol  bo’ladi.  Ba’zan  bir  vaqtning  o’zida  bir  nechta 
chipqonlar nafaqat burun balki tananing boshqa sohalariga chiqishi mumkin. Bun-
day  vaziyatda  bemorga  “furunkulyoz”  tashxisi  qo’yiladi.  Ikki  yoki  undan  oqtir 
chipqomlar  qoshilib  karbonkulni  xosil  qiladi.  Bunda  kasallikni  mahalkliy  va 
umumiy belgilari keskinlashadi (1.6. rasm). 

 
 
Patogenezi.    Tukli  qopchani  o’rab  olgan  infiltratda  kichik  vena  qon  tomirlarning 
trombozi  rivojlanib,  infiltrate  rivojlanganda  (ayniqsa,  karbonkulda)  tromboz  ja-
rayoni  vena  qon  tomirlari  bo’ylab  (v.fatsialis,  v.  angularis,  v.  ophtalmica) 
g’ovaksimon yoki kalla suyagining boshqa qon tomirlariga tarqalishi va bemorda 
sepsis va og’ir kalla ichi asoratlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 
Klinikasi. Eng ko’p uchraydigan sohasi bu burunning kirish qismi  ya’ni soch to-
lasi  joylasjgan  soha  hisoblanadi.  Kam  hollarda  burun  ushi,  burun  dahlizi,  burun 
qanotlari,  burun  lab  burmasi  sohasida  paydo  bo’ladi.  Kasallikning  boshlang’ich 
davrida  terida  chegarasi  noaniq  qizarish,  yumshoq  to’qimalarning  biroz  shishishi 
va  konussimon  infiltrat  paydo  bo’lib,  paypaslaganda  va  burun  qanotlari  hamda 
yuqori lablarning harakatida keskin og’riydi (infiltrat bosqichi). Keyinchalik yum-
shoq to’qimalarning shishi yuqori labga va lunjga tarqaladi. 3-4 kundan so’ng infil-
tratning  choqqisida  sarg’ish-oq  yiringli  o’choq,  ya’ni  chipqonning  o’zagi  paydo 
bo’ladi  (ho’ppoz  bosqichi)  va  u  4-5  kun  davomida  etiladi,  keyin  oz-ozidan  ochi-
ladi. 
Chipqon  etilatotgan paytda  bemorning tana  harorati  subfebril yoki  baland bo’lib, 
qonda  yallig’lanishga  xos  o’zgarishlar  paydo  bo’ladi.  Ba’zan  karbonkul  (rangli 
rasm  4)  xosil  bo’lib,  jarayon  lunjga,  pastki  labga,  ko’z  qovoqlariga  tarqalishi 
mumkin.  Bunday  hollarda  ko’z  kosasi  (ko’z  kosasi  to’qimasining  yallig’lanishi, 
ko’z kosasi venalarining trombozi va boshq.) va kalla ichi asoratlari (g’ovaksimon 
sinus trombozi, sepsis) rivojlanishi mumkin. Shuning uchun burun chipqoni bilan 
og’rigan bemor kasalxona sharoitida davolanishi lozim. 
Tashxis.  Bemorning  shikoyatlari  va  obektiv  ma’lumotlariga  qarab  qiyinchiliksiz 
tashxiz  qo’ysa  bo’ladi.  Burun  chipqonini  tez-tez  qaytalanib  turgan  va  uzoq  vaqt 
davom  etgan  hollarda  qonning  umumiy  tahlili,  qandli  diabetni  inkor  etish  uchun 
qondagi  glyukoza  miqdorini aniqlash lozim  bo’ladi.  Harorat  oshgan  mahal  qonni 
sterillikka tekshiriladi. Yiring choqqisidan surtma olinib, mikrofloraga va qaysi an-
tibiotikka sezgirligini aniqlanadi. 
1.6-rasm. Yuqori lab karbonkuli, yuz ve-
nasi trombozi, atrof yumshoq 
to’qimalarini shishi bilan.(I.T.Rufanov 
bo’yicha 1959) 

Davolash.  Kasallik  bosqichiga  qarab  (infiltratsiya  yoki  ho’ppozlashgan)  va 
og’irligiga qarab, konservativ yoki jarrohlik usulidan foydalaniladi. 
    Konservativ  davo    faqatgina  infiltrativ  bosqichda  amalga  oshiriladi.  Bu  bos-
qichda  bemorga  keng  doirali  antibiotiklar  (sefalosporinlar,  makrolidlar,  ftorx-
inolonlar  va  boshq),  antigistaminlar,  analgetiklar,  istma  tushiruvchilar  dori 
vositalari beriladi. Undan tashqari chipqon maydoniga Vishnevskiy mazi, sintom-
isin  emulsiyasi,  spirtli  kompresslar  qo’yilib  bog’lanadi.  Agar  chipqon  qaytalansa 
immunomodulyatorlar, bitaminlar, stafilakokkka qarshi gamma globulinlar buyuri-
ladi. Bundan tashqari yallig’lanish sohasiga UVCh,UBN, kvars muolajalari buyuri-
ladi. 
      Og’ir  holatlarida,  kabunkul  yoki  ko’z  va  kalla  ichi  asoratlari  xavfi  bo’ladigan 
bo’lsa  antibiotiklar miqdori  oshirilibgina  qolmay,  undan  tashqari  sxema  bo’yicha 
antikoagulyantlar davo rejasiga qo’shiladi.  
      Jarrohlik  davo  hoppozlashgan  bosqichda  amalga  oshiriladi.  Buning  uchun 
yiringli o’choq keng ochilib, yiringli nekrotik to’qimalar olib tashlanadi va jarohat 
maydoniga  rezina  chiqargich  o’rnatiladi.  Jarrohlik  amaliyoti  qisqa  muddatga 
umumiy yoki mahalliy og’riqsizlantirish ostida bajariladi. Jarohat maydoniga usti-
dan 10% li gipertonik etitma bilan bog’lam qoyiladi va shu eritma bilan namlanib 
turadi.  Bog’lam  o’rniga  levamekol,  levosin  malhamlaridan  foydalanish  mumkin. 
Jarrohlik  davosi  ko’p  miqdorda  antibakterial  davo,  detoksikatsion  davo  va  simp-
tomatik davo bilan birga olib boriladi. Bemorga antikoagulyatlar (asperin, geparin, 
tibbiy zuluk va hak) va immunitetni oshiruvchi dori vositalari tavsiya qilinadi.  
Chipqon maydoni siqib, yiringini chiqarish qat’iyan  man etiladi, chunki bu hola-
tlardan keyin bemorda yuz venalari flebiti, orbital va kalla ichi asoratlari rivojlan-
ish xavfi tug’iladi.   
1.3.
 
Burun saramasi. 
 Burun saramasi (erysipelas, grekchada, erythros- qizil, pella- teri.)- A guruhiga 
kiruvchi β-gemolitik streptokokkl qo’zg’atgan teri, va teri osti yog’ toq’imasining 
infeksion-  allergik  kasallik  bo’lib,  terining  yuzaki  limfa  tizimini  zararlanish  bilan 
birga kechuvchi yuqumli kasallik hisoblanadi. 
Patogenezi. Kirish darvozisi bo’lib teri va shilliq qavat hisoblanadi. Gohida teri va 
shilliq  qavatga  streptokokkli  infeksiyali  o’chog’dan  gematogen  yo’l  orqali 
qo’zg’atuvchi tarqab, kasallik chaqirichi mumkin. Streptokokk va uning toksinlari 
ta’sirida  terida  seroz  va  seroz-gemorragik  yallig’lanish    rivojlanadi.  Unga 
qo’shimcha terida limfangit, arteriit, flebit rivojlanadi.  Oyoqlarida trofik yaralari 
bo’lgan,  qandli  qiabet  bilan  kasallangan  va  immunitetni  susaygan  bemorlarda 
kasallik tez rivojlanadi. 
Patologik anatomiyasi. Sarasamning quyidagi turlari tafovut  qilinadi. 

 
Eritematoz  
 
Bullyoz (epidermis ostida seroz ekssudatni pufak ko’rinishida to’planishi) 
 
Pustulyoz (yuringli pufakni xosil bo’lishi). 
 
Krustoz  (yiringli  pufaklarni  o’z  holicha  yorilishi-  ustida  sariq  rangda  qalin 
qatqaloqlar paydo bo’ladi). 
 
Gemorragik (yiringli pufaklarda gemorragik ekssudat to’planishi)  
Yiringli  va  gemorragik  shakillarida  yallig’lanish  flegmona,  nekroz,  gangrenaga 
k’rinishlariga o’tishi mumkin (1.7-rasm). 
 
 
 
 
Klinikasi.  Inkubatsion  davri-  bir  necha  soatdan  5  kungacha.  Kasallik  o’tkir  bosh-
lanib, tanani qaltirashi, umumiy holsizlik, bosh og’rig’i, tana harorati 39°- 40° ga-
cha  ko’tarilashi,  ba’san  qusish,  bo’g’imdagi  o’griqlar  bilan  namoyon  bo’lishi 
mumkin.  Kasallikning  birinshi  sutkasida  zararlangan  teri  sohasida  shish, 
qichishish, giperemiya va og’riq paydo bo’ladi. Keyinchalik mahalliy limfa tugun-
lari  kattalashadi.  Bir  necha  soatdan  so’ng  terida  tez  kattalashadigan  pufakchalar 
o’chog’i paydo bo’ladi. Yallig’lanish jarayoni butun yuzga, boshning sochli qismi-
ga, ensa va bo’yinga tarqalishi mumkin. Yallig’lanish o’choqlarida yiringli puffak-
lar  paydo  bo’lib,  qon  talashishlar  kuzatiladi.  Gohida  terining  ostiga  seroz  yoki 
yiring  to’planishi  hisobiga  terining  epidermis  qavati  ko’chishi  mumkin.  Sochli 
qismlarda sochlarning to’kilishiga sabab bo’lishi mumkin. Mahalliy belgilar 10-15 
kun saqlanib turishi mumkin. Kasallikning og’ir hollarida pufakchalarning eritema-
toz-bullyuz  yoki  eritematoz-gemorragik  shakillari  paydo  bo’lib,  ular  teri  may-
donining  yiringli-septik  nekrozi  bilan  birga  kechadi.  O’zgargan  teri  to’qimasi 
sog’lom teridan aniq chegara chizig’i bilan ajralib turadi, paypaslaganda og’riydi, 
demorkatsion  chiziq  paydo  bo’ladi.  Saramas  jarayoni  terida  tugashi  terining 
1.7-rasm. Yuz saramasi. (I.A. Rivkin, 1962); 
1- eritematoz shakli; 2- flegmanoz-gangrenoz shakli. 
 

ko’chishi  bilan  amalga  oshib,  u  yerda  orqaga  qaytuvchi  pigmentasiya  paydo 
bo’ladi.  Abssessli,  flegmanoz  va  nekrotik  turlarida  terida  keyinchalik  chandiqli 
o’zgarish qolishi mumkin.  
       Qiyosiy tashxis. Burun saramasi dermatit (bunda kasallik asta-sekin rivojlanib
bemorda umumiy zaxarlanish belgilari kuzatilmaydi, tana harorati ko’tarilmaydi), 
skarlatina (kasallik kontakt yo’l orqali tarqaladi va yuqori nafas yo’llari kattari bi-
lan boshlanadi, terida paydo bo’lgan toshmalar lab-burun uchburchagidan tashqari 
betub tanada tarqaladi),  qizil yuguriq (bunda toshma kapalak shaklida yuz, yonoq 
sohasida joylashadi, bemorning tana harorati subfebril bo’lib, qonda kasallikka xos 
antitelolar aniqlanadi) kabi kasalliklardan farqlanadi. 
       Davolash.    Bemorga  penisillin  guruhi  antibiotiklari:  fenoksimetilpenisillin, 
penicillin 500 000- 1 000 000 TB har 4-6 soatda, yarimsintetik penisillin ampisil-
lin,  oksasillin  buyuriladi.  Bundan  tashqari  bemorga  eritromisin,  aygmentin,  se-
fazolin, zinosef tavsiya qilish mumkin. Zararlangan maydonga antiseptik malham-
lar  va  UBN  muolajasi  tavsiya  qilinadi.  Undan  tashqari  simptomatik  va  vitom-
inoterapiya davo rejasiga qo’shiladi. 
 
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin