Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix28.01.2017
ölçüsü3,35 Mb.
#6604
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

5.
 
RINOSINUSOGEN KO’Z KOSASI ASORATLARI. 
    Tibbiyot  rivojlanishining  hozirgi  zamonaviy  bosqichida  rinosinusogen  ko’z 
kosasi asoratlari qo’rqinchli asoratlardan biri bo’lib qolmoqda. Bu kasalliklarning 

qiyosiy  tashxisida  va  shu  kasalliklarga  birinchi  yordam  ko’rsatishda  ko’pincha 
kechikiladi.  Natijada  ko’rish  analizatorida  qaytmas  jarayonlar  keltirib  chiqaradi, 
ayrim hollarda o’lim holati bilan tugashi mumkin.  
    Adabiyotlardagi 10 yillik ma’lumotlarda ko’z kosasi asoratlari oshganligiga dalil 
bo’lmoqda  (Blagoveshanskiy  N.S.,  1992;  Ribak  A.A.,  Matveeba  T.V.,  1994; 
Mashkova T.A., Bakulina L.S., 1996; Arifeva N.A., Kuramishin A.F., Siglin A.A 
va boshq., 1998; Deryugina O.V., Chumakov F.I., 2001; Quahes O., Kalamaridws 
M., Redondo A. et  al., 1995). Sinusitlar bilan kasallangan bolalarda rinogen ko’z 
kosasi asoratlari 0,5-14,7 % , kattalarda -0,5 - 8,5%  hollarda uchrashi qayd etilgan. 
      Har  yili  bo’lib  o’tadigan  gripp  epidemiyasi  surunkali  sinusitlarni  xurujini 
keltirib chiqaradi, shu navbatida ko’z kosasi va kalla ichi asoratlariga ham sabab 
bo’ladi. Bemorlar orasida samarasiz davo kurslari o’tkazilganligi uchun, shu guruh 
bemorlarda  9-40%  hollarda  o’lim  kuzatilgan  (Arifeva  N.A.,  Kuramishin  A.F., 
Siglin  A.A  va  boshq.,  1998;  Deryugina  O.V.,  Chumakov  F.I.,  2001;  Quahes  O., 
Kalamaridws M., Redondo A. et  al., 1995).  
      Burun  yondosh  bo’shliqlari  va  burun  bo’shlig’i  kasalliklari  natijasida  ko’z 
kosasi  asoratlari  ko’paymoqda.  Bunga  sabab  mikrob  florasini  virulentliligini 
oshishi,  bakteriya  va  viruslar  assotsiatsiyasi,  shartli  patogen  florani  aktivlanishi, 
immun  sistemani  reaktivliligini  pasayishi  hisoblanadi.  Bundan  tashqari  shifokor 
tavsiyasiz  bemorlarning  o’z  boshimchalik  bilan  antibiotiklar  qabul  qilishi  ko’z 
kosasi asoratlarini oshishiga sabab bo’ladi. 
     Infeksiya’ni tarqalish yo’llari. 
    Ko’pincha  infeksiya  burun  yondosh  bo’shliqlaridan  kontakt  yo’l  orqali  ko’z 
kosasiga  o’tadi.  Yiringli  sinusitlarda  yiring  bo’shliqlardan  burun  bo’shliqg’iga 
chiqa  olmasligi  natijasida,  yiring  evakuatsiyasi  buziladi.  Natijada  bo’shliq  ichida 
bosim  oshdadi,  keyinchalik  bo’shliq  devorida  o’zgarishlar  kelib  chiqadi.  Birinchi 
navbatda bo’shliq shilliq qavati o’zgaradi. Shilliq osti qavatida hujayralar atrofida 
infiltrasiya rivojlanadi, unga qo’shimcha bo’shliq ichida yuzaki va chegaralangan 
yarali  o’zgarishlar  kelib  chiqadi.  Keyinchalik  bu  o’zgarishlar  chuqurroq 
o’zgarishlarni  keltirib  chiqaradi.  Natijada  butun  shilliq  qavatning  barcha 
qavatlarida  yallig’lanishli  o’zgarishlari  kelib  chiqadi.  Agar  jarayon  shu  davrda 
to’xtamasa,  keyingi  bosqich  bo’lib  suyak  usti  pardasi  hisoblanadi  va  nihoyat 
suyakkatsha yetib boradi.  
     Jarayon  uzoq  davom  etishi  natijasida  ko’z  kosasining  periost  qavatigacha 
davom  etadi.  Ko’z  kosasining  devori  juda  nozik,  suyak  usti  pardasi  bilan 
tarzoorbital  fastsiya  yengil  bir-  biridan  ajraladi,  faqat  devorning  suyak  qirralari 
bilan    juda  mustahkam  bog’langanligi  uchun,  shu  joyda  subperiostal  abssess 
rivojlanishiga  sabab bo’ladi.  Bundan tashqari ko’z kosasini suyak  devorida  yoriq 
va teshiklar joylashgan. Shu teshiklar orqali nerv va qon tomirlar o’tadi, hamda shu 

anatomik  yoriqlar  orqali  infeksiya  ko’zga  tarqalishi  mumkin  bo’ladi.  Ayrim 
hollarda infeksiya ko’z kosasiga degissentsiyalar orqali tarqaladi. Ko’z atrofidagi 
yumshoq to’qimalar- qovoq va konyunktiva yallig’lanish jarayoniga sezgir bo’lib, 
sinusitlarda ko’z kosasi yumshoq to’qimasi reaktiv shish bilan namoyon bo’ladi.  
     Yallig’lanish  jarayoni  ko’z  kosasiga  mayda  venoz  qon  tomirlari  (vv. 
perforante),  yuqori  vena  qon  tomiriga  quyuluvchi  venoz  tolalari  orqali  o’tishi 
mumkin. Bolalarda limfogen yo’l orqali infeksiya’ni tarqalishi ko’proq uchraydi.  
     Rinosinusogen ko’z kosasi asoratlarini kelib chiqishida bir necha xil nazariyalar 
mavjud bo’lib, ularning ichida P.R. Morgan va W.V. Morison (1980) nazariyalari 
mashhurroq  hisoblanadi.  Bu  olimlarning  fikricha  ko’z  kosasi  asoratlari  bir  necha 
bosqichlarini  bosib  o’tadi:  ko’z  kosasini  shishi,  sellyulit,  subperiostal  abssess, 
orbita  abssessi.  Davolash  natijasida  ma’lum  bir  bosqichida  jarayon  tugashi 
mumkin.  
     Adabiyotlarda  bir  necha  xil  tavsiflar  taklif  qilingan  bo’lib,  bularning  ichida 
klinitsistlar  ko’proq  F.I.  Dobromilskiy  va  I.I.  Sherbatova  (1961)  ko’z  kosasi 
asoratlarini tavsifidan foydalanadi.  
1)
 
Orbita periostiti- oddiy va murakkab
2)
 
Subperiostal abssess. 
3)
 
Ko’z  kosasini  yumshoq  to’qimasini  yallig’lanishi-  qovoqlarni  yiringsiz 
shishi va retrobulbar kletchatkani yiringsiz shishi. 
4)
 
Ko’z kosasini yumshoq to’qimasini yiringli yallig’lanishi- qovoq abssessi, 
retrobulbar abssess, ko’z kosasi flegmonasi. 
5)
 
Ko’z kosasini yolg’on xolesteatomasi.  
Rinogen ko’z kosasi asoratlarida bemorlarni tekshirish  tartibi: 
1) tashqi tekshiruv va palpatsiya; burun funksiyalarini tekshirish; 
2) old va orqa  rinoskopiya; 
3)  burun  yondosh  bo’shliqlari  rentgenografiyasi,  kalla  suyagining  yon  va  old 
tomonlama rentgenografiyasi; KT va MRT; 
4) oftalmolog ko’rigi; 
5) qon va siydikning umumiy tahlili; bakteriologik tekshiruv; 
6)  yuqori  jag’  bo’shlig’i  diagnostik  punksiyasi  va  peshona  bo’shlig’i 
trepanopunksiyasi. 
    Tekshiruvda  infeksiya  manbai,  burun  yondosh  bo’shliqlarining  yiringli 
jarayonda rivojlangan ko’z kosasi asoratining shakli aniqlanadi. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. Ko’z  kosasi asoratida  infeksiya  manbaini aniqlash. 
-  Infeksiya  manbai  yuqori  jag’  bo’shlig’ida  joylashganda  bemorda  gaymoritning 
klinik va rentgenologik belgilaridan tashqari, pastki qovoqlar shishi, ko’z olmasini 
yuqoriga siljishi, pastga harakatini cheklanishi kuzatiladi; gaymorit tashxisi yuqori 
jag’ bo’shlig’i punksiyasida tasdiqlanadi
-  peshona  bo’shlig’ida  joylashganda  bemorda  frontitning  klinik  va  rentgenologik 
belgilaridan  tashqari,  yuqori  qovoqlar  shishi,  ko’z  olmasini  pastka  siljishi, 
yuqoriga  harakatini  cheklanishi  kuzatiladi;  frontit  tashxisi  peshona  bo’shlig’ining 
trepanopunksiyasi yoki zondlashda  tasdiqlanadi; 
1.63 rasm. Sinusitlarda ko’z kosasi va kalla ichi asoratlarini rivojlanishi:  
1.Peshona suyagi osteomielitni rivojlanishi;  
2.Peshona sohasida suyak usti abssessini xosil bo’lishi;  
3.Yuqori qovoq abssessini xosil bo’lishi; 
1.Suyak usti abssessi yorilib, kalla bo’shlig’i abssessini xosil bo’lishi;  
5.Kalla suyagining peshona bo’lagida qattiq bosh miya parda usti abssessini xosil bo’lishi;  
6.Suyak usti abssessini ko’z kosasida xosil bo’lishi; 
7.Suyak usti abssessini ko’z kosasida flegmona xosil bo’lishi;  
8.Yallig’lanish jarayonini ponasimon bo’shliqdan ko’z kosasining tubida joylashgan a'zolarga tarqal-
ishi: "yuqori  ko’z kosasi tirqishi"  belgisi, ko’rish asab tolasini atrofiyasi va nevriti; 
9. Yallig’lanish jarayoni turk egari va kavernoz sinusga tarqalishi;  
10.Ponasimon bo’shliq osteomielitini rivojlanishi;  
11.Yiringli o’choqni yuqori jag’ bo’shlig’idan ko’z kosasiga ochilishi;  
12. Yiringli o’choqni orqa g’alvirsimon kattaklardan ko’z kosasiga va ko’rish asab tolasiga ochilishi. 
 

-  g’alvirsimon  bo’shliq  kattaklarida  joylashganda  bemorda  etmoiditning  klinik  va 
rentgenologik  belgilaridan  tashqari,  yuqori  qovoqlar  shishi,  ko’z  olmasini  pastga 
va  tashqi  tomonga  siljishi,  ichkariga  harakatini  cheklanishi  kuzatiladi.  Tashxis 
qo’yishda rinoskopiya manzarasi e'tiborga olinadi. 
-  ponasimon  bo’shliqda  joylashganda  bemorda  sfenoiditning  klinik  va 
rentgenologik  belgilaridan  tashqari,  ekzoftal'm,  ko’z  olmasi  harakatini  barcha 
yo’nalishlarda  cheklanishi  kuzatiladi.  Tashxis  qo’yishda  rinoskopiya  va  
faringoskopiya manzararlari e'tiborga olinadi. 
 
2. Burun yondosh bo’shliqdagi yiringli  jarayon shaklini  aniqlash: 
- O’tkir sinuitlarda  anamnezda bemor ilgari burun yondosh bo’shliqlari kasalligini 
boshdan kechirmaganligi ma'lum bo’ladi. U davomli tumov va burun orqali nafas 
olishi  qiyinligiga  shikoyat  qiladi.  Rinoskopiyada  o’rta  burun  yo’li  va  burun-
halqumda  polip  aniqlanmaydi,  yuqori  jag’    bo’shlig’i  punksiyasida  va  peshona 
bo’shlig’i  trepanopunksiyasida hidsiz yiringli ekssudat aniqlanadi; 
-  Surunkali  sinuitlarda  -  bemor  davomli  tumov  va  burni  orqali  nafas  olishi 
qiyinligiga shikoyat qiladi, anamnezda ilgari burun yondosh bo’shliqlari kasalligini 
boshdan  kechirganligi  ma'lum  bo’ladi. Rinoskopiyada  o’rta  burun  yo’lida  yiringli 
ajralma,  to’qima  giperplaziyasi  va  poliplar  ko’rinadi.  Yuqori  jag’  bo’shlig’i 
punksiyasi va peshona bo’shlig’i trepanopunksiyasida badbo’y yiring aniqlanadi. 
 
3. Ko’z  kosasi atrofi  asoratlarining  shaklini aniqlash: 
Ko’z  kosasi  atrofi  asoratlari  yiringsiz  va    yiringli  asoratlarga  bo’linib,  ular  
quyidagi klinik shakllarga bo’linadi: 
1) qovoqlar va ko’z kosasi kletchatkasining reaktiv shishi; 
2) sellyulit - qovoqlar  va  ko’z  kosasining  tarqoq yiringsiz   yallig’lanishi; 
3) ko’z kosasi devorining yiringli va yiringsiz osteoperiostiti; 
4) subperiostal abssess
5) ko’z qovog’i abssess; 
6) ko’z qovog’i va ko’z kosasi devorining oqmasi; 
7) ko’z  kosasi  flegmonasi
8) retrobul'bar abssess; 
9) ko’z kosasi vena qon tomirlarining trombozi. 
 
5.1.
 
Ko’z kosasi yumshoq to’qomasini reaktiv shishi. 
     Ko’proq  uchraydi,  lekin  ko’z  kosasi  asoratlari  ichida  eng  yengili  hisoblanadi. 
Ko’p hollarda yuqori qovoq zararlanadi, kamroq pastki qo’voq zararlanadi. Yuqori 
qovoq  hajm  jixatidan  kattalashgani  uchun  qovoq  osilib  qolganga  o’xshaydi 

(psevdoptoz).  Teri  giperemiyasi  yoq  va  kletchatkani  infiltrasiyasi  aniqlanmaydi, 
shish  bor  soha  elastikligini  yo’qotmaydi.  Ko’z  olmasini  harakati  qovoq  shishida 
saqlangan bo’ladi. Agar shish ko’z olmasini orqa tomonidan egallagan bo’lsa ko’z 
olmasi biroz oldinga surilib qoladi. 
    Bu  bosqichda  tashxis  qo’yish  qiyinchilik  tug’dirmaydi.  Agar  shish  no’ma’lum 
etiologiyali  bo’lib  va  oddiy  yo’l  bilan  sinusogen  yo’l  aniqlana  olish  qiyin 
bo’layotgandagina KT va MRT tavsiya etiladi. 
 
5.2. Retrobulbar kletchatkani yallig’lanishli shishi. 
     R.  Roller  bu  bosqichni  yolg’on  flegmona  bosqichi  deb  nomlaydi.  Ayniqsa 
boshqa  adabiyotlarda  “sellyulit”  yoki  “qovoq  va  orbita  kletchatkasini  yiringsiz 
diffuz  yallig’lanishi”  deb  nomlanadi.  Bu  nomlanishlar  faqatgina  bir  jarayonga 
tegishli hisoblanadi.   
    
 
 
 
      
 
 
 
  
Retrobulbar  kletchatkani  shishi  g’alvirsimon  labirintni  orqa  kattaklarini  yiringli 
yallig’lanishida  yuzaga  keladi.  Bunda  bo’shliq  ichida  sekret  to’planadi,  orbitada 
yallig’lanish  ya’ni  shish  rivojlanadi.  Agar  shu  bosqichda  bo’shliq  ichidan  yiring 
chiqarilsa shish ham tez tarqaladi. 
     Katta odamda mahalliy klinik belgilar quyidagilardan iborat: har xil darajadagi 
ekzaftal`m, qovoq shishi teri gioeremiyasi bilan, ko’rish o’tkirligini pasayishi, ko’z 
mushaklarini falaji aniqlanadi. Bolalarda quyidagicha: tana haroratini ko’tarilishi, 
bosh og’rig’i, qusish bezovta qiladi. Ko’rish bolalarda o’zgarmaydi. 
     Retrobulbar  klechatkali  shishda  KT  da  zichligi  diffuz  oshgan  bo’lib  kattakli 
tuzilish  shakllanishi  xarakterli  hisoblanadi,  ko’ruv  nervi  va  ko’z  mushaklarining 
1.64  rasm.  Ko’z  kosasini  KT  si  (aksial 
proeksiya).  Chap  ko’z  kosasini  va  qovoqni 
rinosinusogen  retrobulbar kletchatkani shishi. 
Kichik  o'ch’qli  yallig’lanish  infiltrasiyalari 
(qora strelka), Ko’z olmasini oldinga surilishi 
(oq  strelka),  ikkala  tomondan  g’alvirsimon 
suyakni  hujayralarini  shilliq  qavatini  qalin-
lashishi. (G.Z. Piskunov 2006 y) 
1.65 rasm. Ko’z kosasini KT si (aksial 
proeksiya).  Chap  tomonlama  o’tkir  kat-
taral  gaymoritda  ko’z  kosasini  kletchat-
kasini rinosinusogen shishi va retrobulb-
ar kletchatkalarini (strelka) qalinlashishi. 
(G.Z. Piskunov 2006 y) 

chegaralari  aniq  ko’rinmaydi  (1.64  rasm).  Gohida  kattakli  o’zgarish  hisobiga 
mayda kichik yallig’lanishli o’choqlarni ko’rish mumkin bo’ladi (1.65 rasm). 
5.3. Ko’z kosasi periostiti. 
     Yallig’lanish jarayoni burun yondosh bo’shliqlarida avval ichki suyak devorini 
zararlaganidan  so’ng,  keyin  tashqi  suyak  usti  parda  devorini  zararlaydi.  Kontakt 
zararlanishdan  yana  bo’shliq  ichidan  gematogen  yo’l  orqali  infeksiya  tarqalishi 
mumkin bo’ladi.  
      Ko’z  kosasini  oddiy  va  yiringli  periostitlari  tafovut  qilinadi.  Oddiy  periostit 
ko’pincha  bo’shliqning  o’tkir  empiemasida  kuzatilib,  orqaga  qaytar  jarayon 
hisoblanadi. Bunda morfologik substrati bo’lib- suya usti pardani giperemiyasi va 
seroz-hujayrali 
infiltratsiyasi 
hisoblanadi. 
Makroskopik 
periost 
biroz 
qalinlashganligini  ko’rish  mumkin  bo’ladi.  Uzoq  vaqt  davom  etuvchi  periostit 
natijasida periost bilan suyak orasida biriktiruvchi to’qima o’sa boshlaydi. Oddiy 
periostitda  ko’z  kosasining  ma’lum  joylarida  mahalliy  jarayonlar  kuchayadi  va 
davolashdan so’ng o’zgarishsiz tuzaladi.  
      Yiringli periostitda oddiy periostitda yiringli infeksiya o’tirishi natijasida yoki 
bo’shliq ichki suyak devorini birlamchi yiringlashdan kelib chiqadi.  
      Mahalliy  o’zgarishlar  paydo  bo’lganidan  so’ng  suyak  uzti  parda  bilan  suyak 
parda orasiga yiring to’planadi, bular bir- biridan uzoqlashishni boshliydi, natijada 
subperiostal abssess rivojlanishiga sabab bo’ladi. 
     Ko’pincha  o’tkir  va  surunkali  frontitda  rivojlanadi.  Bemorning  tana  harorati 
ko’tariladi,  boshi  og’riydi,  yuqori  qovog’i  shishadi,  kon'yuktiva  qon  tomirlari 
qonga  to’lganligi  ko’rinadi,  ekzoftal'm,  ba'zan  xemoz  kuzatiladi;  ko’z  olmasi 
ko’pincha  pastga  siljiydi,  yuqoriga  harakati  cheklanadi;  yallig’langan  maydon 
paypaslanganda og’riydi; ko’z olmasi bosilganda va siljiganda biroz og’riydi. 
    Etmoidit sabab bo’lgan osteoperiostitda ko’z qovoqlarining asosan medial qismi 
shishadi. Gaymoritda osteoperiostit asorati kam kuzatiladi; bemorda pastki qovog’i 
va  kon'yuktivaning  pastki  qismi  shishadi,  xemoz  kuzatiladi.  Chuqur 
osteoperiostitda  ko’z  olmasi  yuqoriga  siljib,  oldinga  bo’rtib  chiqadi.  Jarayon 
rivojlangan  sari  bemorda  ko’z  kosasida  subperiostal  abssessi  xosil  bo’ladi. 
Qovoqlar keskin  qizaradi, terisi  qalinlashib,  qattiqlashadi, xemoz  kuchayadi, ko’z 
olmasi  oldinga  siljiydi,  harakatlari  cheklanadi,  ko’z  olmasi  bosilganda  yoki  faol 
harakatlantirilganda  og’riydi.  Shish  va  og’riq  flyuktuatsiya  aniqlanishini 
qiyinlashtiradi.  Chuqur  subperiostal  abssesslarda  keskin  ekzoftal'm,  yuzaki 
abssesslarda  -  birozgina    ekzoftal'm  kuzatiladi.  Chuqur  subperiostal  abssessda 
bemorda  uzoqlashtiruvchi  va  ko’z  olmasini  harakatlantiruvchi  nerv  tolalari  falaji 
va ko’rish o’tkirliginining  pasayishi kuzatiladi. 

   
   
 
   KT  o’tkir  davrda  paraorbital  soha  va  retrobulbar  kletchatka  sohasida  bir  oz 
yumshoq to’qimani shishi aniqlanadi, biroz ekzoftalm; ayrim sohalarda suyakning 
chekkalari  notekis  va  zichligi  biroz  pasaygan  bo’ladi.  O’tkir  periostitda 
periferiyada suyaklar shakllanadi (osteofitlar), tomografiyada suyak pastki qismida 
o’sishi kuzatiladi (1.66 rasm). Agar shu davrda davolanilsa hech qanday asoratsiz 
orqaga  qaytib  ketadi.  Agar  davo  choralari  samarali  bo’lmasa  jarayon  suyak  usti 
pardasini surunkali yallig’lanishiga o’tishi mumkin, bunday holatda KT da suyak 
to’qimasini periostal sohasida o’zgarish aniqlanadi- suyakni diffus ko’chishiga olib 
keladi (giperostoz)(1.67 rasm).  
 
        
                   
 
 
 
 
 
 
5.4.Subperiostal  abssess. 
    Yiring  periorbita  bilan  bo’shliqni  suyak  devori  orasida  joylashadi,  yiringli 
periostit  rivojlanishini  keyingi  bosqichi  hisoblanadi.  Subperiostal  abssessni 
rivojlanish  mexanizmi  turlicha.  Shulardan  birida  suyak  osteomieliti  natijasida 
periost ostiga yiring to’planadi va suyak usti parda ostiga bo’shliqdan yiring kelib 
turadi.  Shu  holatni  gistologik  o’zgarishida,  avval  u  yyerda  shilliq  qavatning 
1.66 rasm. Ko’z kosasini KT si (aksial 
proeksiya).  Ko’z  kosasini  rinosinus-
ogen  periostiti,  chap  tomonlama  o’tkir 
yiringli  frontitda  chap  ko’z  kosasini 
medial  devorini  infiltrasiyasi,  kichik 
o’choqli suyak usti pardani ossifikasiya-
lari (strelka). (G.Z. Piskunov 2006 y) 
1.67 rasm. Burun yondosh bo’shliqlarini aksial (a) va koronar (b) proeksiyalari. Rinosinus-
ogen ossifisirlangan periostit, o’ng tomonlama surunkali giperplastik frontitda  o’ng o’z kosasini 
yuqori devorini suyak usti pardasini ko’chishi. (G.Z. Piskunov 2006 y). 

ma’lum  joylarida  yirik  hujayrali  infiltrasiya  aniqlanadi,  infiltrasiya  sohasida 
keyinchalik  nuqson  shakllanadi  va  nihoyat  shu  sohada  nekroz  boshlanib  suyak 
teshiladi va bo’shliqdan yiring orbitani periost qatlamigacha yetib oladi. 
     Gohida  subperiostal  abssess  suyak  usti  pardani  oddiy  yallig’lanishi  natijasida 
kelib  chiqishi  mumkin.  Yiringsiz  periostitni  xurujida  seroz  va  seroz-  fibrozli 
ekssudat  ajrab  chiqadi,  shundan  so’ng  suyak  usti  pardada  yiringli  infiltrasiya 
yumshiq  to’qimani  shishli  bo’kishi  aniqlanadi.  Bu  bo’kish  suyak  usti  pardani 
kochishiga  sabab  bo’lib,  subperiostal  abssessni  rivojlanishiga  sabab  bo’ladi.  Shu 
sohada makroskopik nuqson aniqlanadi.  
     Bemorlarda ekzoftalm, qovoqlarni kuchli shishi aniqlanadi, ayrim hollarda ko’z 
harakati  cheklanadi  va  ko’rish  qobiliyati  pasayadi.  Bemorda  qovoq  va 
konyunktivani yallig’lanishi aniqlanadi, shish tezlik bilan rivojlanadi, konyunktiva 
qizaradi va xemoz rivojlanadi.  
     KT da subperiostal abssess xosilali ko’rinishga ega bo’lib, zishligi 25±7 Hu ga 
teng  bo’ladi.  Ko’pincha  orbita  devorini  yuqorimedial  sohasida  joylashadi. 
Kapsulaga  ega,  kontrast  modda  to’planib  qoplanadi,  va  ko’z  olmasini  u  yoki  bu 
tomonga ma’lum bir darajada suradi (1.68 rasm).   
   
     Subperiostal  abssessni  birlamchi  manbaasiga  qarab  turli  xil  klinik  belgilari  va 
kechishi tafovutlanadi. 
     G’alvirsimon 
suyakni  hujayralarini  yallig’lanishidan  kelib  chiqqan 
subperiostal  abssess.  G’alvirsimon  suyakning  oldingi  hujayralarini  yallig’lanishi 
natijasida abssess sekin rivojlanadi va ko’pincha orbitani kirish qismida joylashadi. 
Orbitani yuqoriichki sohasida yoki ichki chandiq ustida joylashadi. Ko’ruvda shu 
sohada shish aniqlanadi, bosib ko’rilganda og’riqli bo’ladi; gohida qovoqning ichki 
burchagida  yoki  ko’z  yosh  qopi  sohasida  fistula  aniqlanadi.  Bunday  holatlarda 
dakriosistit  rivojlanishi  kuzatiladi.  Subperiostal  abssessda  shishdan  tashqari 
bemorda  ko’z  olmasi  konyunktivasini  ichki  qismida  giperemiya  aniqlanadi  (1.69 
rasm). 
1.68 rasm. Ko’z kosasini KT si (aksial 
proeksiya).  Subperiostal  abssess.  O’ng 
koz  kosasi  medial  qismlarida  yumoloq 
xosila  ko’zning  to’g’ri  medial  mushagi 
(strelka)  tomon  surilgan  va  ko’z  olmasi 
esa  lateral  tomonga  surilgan,  o’ng 
tomonlama  g’alvirsimon  hujayralarda 
soyalanish  aniqlanadi.  (G.Z.  Piskunov 
2006 y). 

              
     G’alvirsimon 
suyakning  orqa  hujayralari  va  ponasimon  bo’shliqni 
yallig’anishida subperiostal abssess rivojlanishi ko’proq uchraydi. Bunda xarakterli 
belgi bo’lib markaziy skototma, ko’r dog’ni kattalashishi, olib ketuvchi va ko’zni 
harakatlantiruvchi nervlarini paralichi hisoblanadi. KT da infiltrasiya zonasi orbital 
voronkadan to ko’rish nerini kanaligacha davom etgan bo’ladi. 
   Agar  yallig’lanish  g’alvirsimon  suyakning  hamma  hujayralarida  bo’lsa 
subperiostal abssess orbitani xohlagan sohasida rivojlanishi mumkin. Bunda ko’z 
kosasini ikkita yoki undan ko’p devori zararlanadi (1.70 rasm). 
    
    Peshona    bo’shlig’ini  yallig’lanishidan  kelib  chiqqan  subperiostal  abssess.Bu 
jarayonlarni siptomatikasi bir nechta omillarga bog’liq bo’ladi: bo’shliqning o’zida 
og’ir  jarayon  bo’lishi,  bo’shliq  kattaligi,  orbitani  yuqori  devorini  destruksiya 
bo’lgan joyi, va nihoyat abssess kattaligiga. Klinik ko’rinishi bo’shqa bo’shliqlarni 
yallig’lanishiga  qaraganda  peshona  bo’shlig’idan  rivojlangan  abssess  kuchliroq 
namoyan bo’ladi. Bemorlar ko’zdan kechirilganda ko’z kosasini ichki burchagida, 
gohida ko’z kosasini yuqori qirrasida, peshona bo’shlig’ini katta hajmli shakllarida 
ko’z kosasini tashqi qirrasi flyuktuasiya bilan yumshoq to’qima osilib qoladi. Teri 
shu  sohada  qizargan  va  taranglashgan  bo’ladi.  Peshona  bo’shlig’ini  orbital 
devorida  fistula  vena  qon  tomirlari  suyakdan  ko’z  kosasiga  kiradigan  joyida 
uchraydi. Suyak devorini ko’pincha teshiladigan sohasi ko’z kosasini yuqoriichki 
burchagi  hisoblanadi.  Ayrim  hollarda  subperiostal  abssessni  teshhib  chiqadigan 
sohasiyuqori qovoq hisoblanadi.  
1.69 rasm. Ko’z kosasini  va burun yondosh 
bo’shliqlarini  KT  si  (aksial  proeksiya). 
Rinosinusogen 
subperiostal 
abssess. 
G’alvirsimon  suyakning  oldingi  hujayralarida 
qorayish 
aniqlanadi, 
retrobulbar 
sohani 
kletchatkasini infiltrsiyasi (strelka) yaqin ko’z 
kosasinin  medial  devorida destruksiya  aniqla-
nadi,  asosiy  bo’shliqni  shilliq  qavati  qalin-
lashgan. (G.Z. Piskunov 2006 y). 
Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin