Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining)



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
O

23-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) 
harbiy xizmat (xizmat) muddatlari va ularni uzaytirish uchun asoslar 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining harbiy xizmat muddatlari va 
ularni uzaytirish tartibi ushbu moddaning uchinchi qismini hisobga olgan 


10 
holda umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida belgilanadi. 
Milliy gvardiyada xizmatda bo‘lishning cheklangan yoshi safdorlar va 
serjantlar tarkibi xodimlari uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun — ellik 
besh yoshni (generallar uchun — oltmish yoshni), ayollar uchun esa (mavjud 
maxsus unvonidan qat’i nazar) — ellik yoshni tashkil etadi. 
Milliy gvardiyaning yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan 
lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lgan va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy 
xizmatni (xizmatni) o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) 
xizmat muddati Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan ushbu xodimlarning 
roziligi bilan besh yilgacha, Milliy gvardiyaning ta’lim muassasalarida 
professor-o‘qituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga yoki 
ilmiy unvonga ega bo‘lgan shaxslarga esa o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga 
uzaytirilishi mumkin. 
Xizmat muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror xodimni ushbu 
Qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha Milliy gvardiyadan bo‘shatish 
ehtimolini istisno etmaydi. 
24-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) 
harbiy xizmatga (xizmatga) tiklash tartibi 
Harbiy xizmatchilarni Milliy gvardiyadagi harbiy xizmatga tiklash tartibi 
umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida 
belgilanadi. 
Shaxslar g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoki 
xizmatdan asossiz bo‘shatilganligi e’tirof etilgan hollarda, ularni Milliy 
gvardiyadagi xizmatga tiklash sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoxud 
Milliy gvardiya qo‘mondonining qarori asosida amalga oshiriladi. 
Xizmatga tiklanishi lozim bo‘lgan shaxslarni shaxsiy tarkib ro‘yxatlariga 
kiritish va lavozimga tayinlash Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan 
amalga oshiriladi. 
Xizmatga tiklanishni xohlovchi shaxslar bo‘shatilgan kundan yoki 
sudning xizmatga tiklash to‘g‘risidagi qarori chiqarilgan kundan e’tiboran 
uch oy muddatda xizmatga tiklash haqidagi iltimosnoma bilan Milliy 
gvardiyaga murojaat qilishi kerak. 
Shaxsni Milliy gvardiyadagi xizmatga tiklash bo‘shatilgan kundan 
tiklangan kunga qadar bo‘lgan davrni hisobga kiritish sharti bilan avvalgi 
maxsus unvonni berish, ustamalarni va xizmat yillarini hisoblab chiqarish
avvalgi lavozimga tayinlash yoxud buning imkoni bo‘lmasa, unga teng yoki 
boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi. 
Agar shaxs xizmatdan bo‘shatilgan kundan yoki sudning xizmatga 
tiklash to‘g‘risidagi qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy muddat 
o‘tganidan keyin Milliy gvardiyaga murojaat qilsa, uch oylik muddat o‘tgan 
paytdan e’tiboran to xizmatga tiklanguniga qadar bo‘lgan davr navbatdagi 
maxsus unvonni olish, ustamalarni hisoblash va pensiya tayinlash uchun 
xizmat yillarini hisoblash bo‘yicha uzluksiz stajga qo‘shib hisoblanmaydi. Uch 
oylik muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu davr 
Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tiklanishi mumkin. 



Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin