Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining)



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
O

36-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) 
ta’minoti 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda hamda miqdorlarda pul, oziq-ovqat va kiyim-kechak 
ta’minoti bilan ta’minlanadi. 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini (xodimlarini), bundan jismoniy va 
yuridik shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan 
bo‘linmalar mustasno, ko‘rsatilgan ta’minot turlari bilan ta’minlash 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga 
oshiriladi. 
37-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) 
uy-joy maydoni bilan ta’minlash 
Oldingi tahrirga qarang. 
Milliy gvardiyaning uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga 
muhtoj deb topilgan harbiy xizmatchilari (xodimlari) belgilangan tartibda uy-
joy maydoni olish huquqiga ega. 
(37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-
iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son) 
Milliy gvardiya xizmat uy-joy fondiga ega bo‘lishi mumkin. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) turar joylarni 
ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 


22 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) qonunchilikda 
belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan 
foydalangan holda kvartiralar olish, shuningdek yer uchastkalarini 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
tartibda elektron-onlayn auksionlar vositasida sotib olish bilan bog‘liq 
xarajatlarning o‘rni qoplanishi huquqi beriladi. 
(37-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-
iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son) 
Milliy gvardiyaning jangovar va maxsus vazifalarni bajarishda bevosita 
ishtirok etgan hamda buning oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan harbiy 
xizmatchilariga (xodimlariga), shuningdek Milliy gvardiyaning jangovar 
vazifalarni bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari (xodimlari) oila 
a’zolariga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar beriladi, bunda harbiy 
xizmatni (xizmatni) o‘tash joyi bo‘yicha haloq bo‘lgan harbiy xizmatchilarga 
(xodimlarga) ajratilgan uy-joy maydoni mulk huquqi asosida ularning oila 
a’zolarida qoladi. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin