Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Milliy gvardiya faoliyatining asosiy prinsiplari



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
O

4-modda. Milliy gvardiya faoliyatining asosiy prinsiplari 
Milliy gvardiya faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolarning 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni 
hurmat qilish, yagonalik, mustaqillikdan iboratdir. 
5-modda. Qonuniylik prinsipi 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) o‘z faoliyatida 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa 
qonun hujjatlari talablariga og‘ishmay rioya etishi hamda ularni bajarishi 
shart. 
Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chetga 
chiqish, ularning sabablari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qonuniylikni 
buzishdir va u belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
6-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish prinsipi 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) o‘z faoliyatini 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish 
hamda ularni hurmat qilish asosida amalga oshiradi. 
Milliy gvardiya fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib 
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, ularning 
huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini 
ta’minlaydi. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) fuqaroning shaxsiy 
hayotiga taalluqli bo‘lgan, uning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik 
obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarni, agar qonunda boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, oshkor qilish huquqiga ega emas. 
7-modda. Yagonalik prinsipi 
Milliy gvardiya Milliy gvardiyaning qo‘mondoni rahbarlik qiladigan 
yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil qiladi. 
Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘z faoliyatini amalga oshirishda bevosita 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin