Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-bob. Milliy gvardiyada harbiy xizmatchilar (xodimlar) tomonidan harbiy



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
O

3-bob. Milliy gvardiyada harbiy xizmatchilar (xodimlar) tomonidan harbiy 
xizmatni (xizmatni) o‘tash tartibi va shartlari 
15-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari 
Milliy gvardiya organlarida haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
fuqarolari 
Milliy 
gvardiyaning 
harbiy 
xizmatchilaridir. 
Harbiy xizmatchilar maxsus unvonlar berilgan va harbiy xizmatni o‘tash 
to‘g‘risidagi kontraktning amal qilishi tugatilgan holda Milliy gvardiya 
xodimlari lavozimlariga tayinlanishi mumkin. 
Milliy gvardiya oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari maxsus 
unvonlar berilgan holda xodimlar lavozimlariga tayinlanishi mumkin. 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan Milliy gvardiya 
organlarida harbiy xizmatni o‘tash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 
16-modda. Milliy gvardiya xodimlari 
Milliy gvardiyada xizmatda bo‘lgan, maxsus unvonlar berilgan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Milliy gvardiya xodimlaridir. 
Milliy gvardiya xodimlari harbiy unvonlar berilgan va harbiy xizmatni 
o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzilgan holda harbiy lavozimlarga tayinlanishi 
mumkin. 
17-modda. Milliy gvardiya xodimlari tomonidan xizmatni o‘tash 
tartibi 
Milliy gvardiya xodimlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarining amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tasdiqlanadigan Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi 
to‘g‘risidagi nizomda hamda ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga 
nisbatan tatbiq etiladi. 
Milliy gvardiya xodimlari uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq 
soatdan oshmasligi kerak. 



Zarur bo‘lgan hollarda, Milliy gvardiya xodimlari xizmatni o‘tashga 
kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin. 
Kuchaytirilgan rejim Milliy gvardiya xodimlari uchun kuniga ish 
vaqtidan tashqari davomiyligi to‘rt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini 
nazarda tutadi. 
Sutkalik rejim Milliy gvardiya xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga umumqo‘shin payogi normalari 
doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogini kompensatsiya qilish o‘rniga 
xizmatni o‘tash joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda xizmatni sutkalik 
o‘tash belgilanishini nazarda tutadi. 
Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish Milliy 
gvardiya qo‘mondonining buyruqlari asosida amalga oshiriladi. 
Milliy gvardiya xodimlariga ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish 
uchun zarur bo‘lgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qo‘shilgan holda 
davomiyligi o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi ta’til 
beriladi. 
Milliy gvardiya xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi xizmat davri 
uchun: 
o‘n yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi besh kun; 
o‘n besh yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n kun; 
yigirma yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n besh kun bo‘lgan, haq 
to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. 
Milliy gvardiya xodimlariga boshqa turdagi ta’tillar ham berilishi 
mumkin. 
Milliy gvardiya xodimlariga ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq 
to‘lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. 
Xizmat 
faoliyatida 
yuqori 
natijalarga 
erishganlik, 
xizmat 
majburiyatlarini namunali tarzda bajarganlik, benuqson xizmat qilganlik va 
Milliy gvardiya tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirishga hissa 
qo‘shganlik, xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik va jasorat 
ko‘rsatganlik, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirganlik hamda boshqa 
alohida 
xizmatlari 
uchun 
Milliy 
gvardiya 
xodimlari 
O‘zbekiston 
Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlanishga taqdim etilishi, 
shuningdek Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan ta’sis etiladigan 
farqlovchi idoraviy belgilar bilan mukofotlanishi mumkin. 
Milliy gvardiya xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi deganda 
quyidagilar tushuniladi: 
lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok 
etish; 
xizmatni (jangovar xizmatni) o‘tash; 
xizmat safarida yoki davolanishda bo‘lish; 
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki agar xizmat 
zarurati shuni taqozo etsa, Milliy gvardiya organlari hududida bo‘lish; 
xizmat, davolanish joyiga borish yoki u yerlardan qaytish; 
yig‘inlarda ishtirok etish; 



asirlikda bo‘lish (bundan o‘z ixtiyori bilan asirga tushish hollari 
mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda bo‘lish; 
bedarak ketish — xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak 
yo‘qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar; 
shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga 
doir harakatlar; 
qonuniylikni va huquq-tartibotni ta’minlashda boshqa shaxslarga yoki 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam ko‘rsatish; 
sud tomonidan Milliy gvardiya xodimining shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlari. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin