Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
O




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 
QONUNI 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI TO‘G‘RISIDA 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
gvardiyasining faoliyatini tartibga solishdan iborat. 
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining huquqiy 
maqomi va asosiy vazifalari 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan buyon matnda 
Milliy gvardiya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
qo‘shinlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar 
profilaktikasi sohasida huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega 
bo‘lgan maxsus turidir. 
Milliy gvardiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish; 
terrorizmga 
qarshi 
kurashishda, 
shuningdek 
terrorchilik 
harakatlarining hamda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar 
oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish; 
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish, surishtiruv o‘tkazish, 
jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni 
yuritish; 
davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan obyektlarni hamda boshqa 
obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash; 
qo‘riqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish; 
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan 
mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon 
berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish
jamoat tartibini saqlash, shu jumladan ommaviy tadbirlar, mitinglar, 
yig‘ilishlar, namoyishlar o‘tkazilayotganda hamda fuqarolar gavjum 
bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash; 
favqulodda holat, alohida davr va terrorchilikka qarshi operatsiyalarni 
o‘tkazish sharoitlarida huquqiy rejimni ta’minlash; 
qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish; 
chet davlatlarning rasmiy vakillarini, oliy darajadagi xorijiy 
delegatsiyalarni kutib olishda va kuzatib qo‘yishda, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti ishtirokidagi tantanali tadbirlar chog‘ida rasmiy marosimlarni 
o‘tkazish; 



huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek 
qo‘yish maqsadida aholi punktlaridagi jamoat joylarida patrullik qilish; 
O‘zbekiston Respublikasining hududiy mudofaasi tizimida O‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlarini jangovar qo‘llash rejalari bo‘yicha maxsus 
vazifalarni hal etish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 
Chegara qo‘shinlariga O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini 
qo‘riqlash hamda himoya qilishda ko‘maklashish. 
Milliy gvardiya O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq boshqa 
vazifalarni ham bajarishi mumkin. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin