Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining)



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
O

18-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) 
xizmat guvohnomasi va jetoni 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) Milliy gvardiya 
qo‘mondoni tomonidan tasdiqlanadigan, belgilangan namunalardagi xizmat 
guvohnomasi va shaxsiy raqamli jeton beriladi. 
Xizmat guvohnomasidan va jetondan foydalanish tartibi Milliy 
gvardiyaning ichki idoraviy hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
19-modda. Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilish 
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) tegishli ma’lumotga ega 
bo‘lgan, sog‘lig‘ining holatiga va jismoniy tayyorgarligiga ko‘ra Milliy gvardiya 
harbiy xizmatchisining (xodimining) xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir 
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. 
Harbiy xizmatga fuqarolar umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi. 
Xizmatga o‘n sakkiz yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan va o‘ttiz yoshdagi 
fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan 
Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 
muvofiq qabul qilinadi. 
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilish tartibi Milliy 
gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 
Zarur bo‘lgan hollarda, Milliy gvardiyaning ayrim bo‘linmalariga, Milliy 
gvardiya xodimlari lavozimiga o‘ttiz yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar, agar ular 
xizmatda bo‘lishning eng yuqori yoshiga to‘lgan paytida ko‘p yillik xizmati 
uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lsa, qabul qilinishi mumkin. 
Milliy gvardiyaning o‘ttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinadigan 
ayrim bo‘linmalari va lavozimlarining ro‘yxati Milliy gvardiya qo‘mondoni 
tomonidan belgilanadi. 
Erkaklar Milliy gvardiyaga xizmatga kirguniga, Milliy gvardiya xodimi 
lavozimiga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi 
harbiy xizmatni o‘tashi yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan 
o‘tishi kerak. 
Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlardan 
xodimlar Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) ushbu moddaning 
uchinchi va beshinchi qismlarida belgilangan talablarga rioya etilmagan 
holda, Milliy gvardiya qo‘mondonining qaroriga ko‘ra qabul qilinishi mumkin. 



Siyosiy partiyalarning a’zolari bo‘lgan, Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga 
(xizmatga) qabul qilingan fuqarolar xizmatni o‘tash davrida siyosiy 
Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin