Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
O

11-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va 
axborot tizimlaridan foydalanish 
Milliy gvardiya o‘z faoliyatida fan yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, 
texnologiyalar va ishlanmalar, shuningdek axborot tizimlaridan foydalanadi. 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) o‘z zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘ida texnik vositalardan, shu jumladan 
audio-, foto- va video qayd etish, kriptografiya vositalaridan hamda boshqa 
maxsus vositalardan foydalanishi mumkin. 
2-bob. Milliy gvardiyaning faoliyatini tashkil etish 
12-modda. Milliy gvardiyaning tizimi 
Milliy gvardiyaning tizimi Milliy gvardiyaning markaziy devoni, Milliy 
gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
bo‘yicha boshqarmalari, harbiy tuzilmalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, 
shuningdek Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish 
uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linmalar va tashkilotlardan (bundan 
buyon matnda Milliy gvardiya organlari deb yuritiladi) iborat bo‘ladi. 
13-modda. Milliy gvardiyaning bo‘ysunishi va hisobdorligi
shuningdek Milliy gvardiyaning mansabdor shaxslarini lavozimga 
tayinlash va lavozimidan ozod etish 
Milliy gvardiya bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 
bo‘ysunadi va unga hisobdordir. 



Milliy gvardiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Milliy gvardiya 
qo‘mondoni rahbarlik qiladi. Milliy gvardiya qo‘mondoni maqomiga ko‘ra 
vazirga tenglashtiriladi. 
Milliy gvardiya qo‘mondonining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 
o‘rinbosarlari bo‘ladi. 
14-modda. Milliy gvardiya hay’ati 
Milliy gvardiyada Milliy gvardiya qo‘mondoni, uning o‘rinbosarlari, 
markaziy devoni bo‘linmalarining boshliqlari va Milliy gvardiya organlarining 
rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
Milliy gvardiya hay’ati maslahat organi bo‘lib, u qonun hujjatlarining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining, Milliy gvardiya 
qo‘mondoni buyruqlari va ko‘rsatmalarining ijro etilishi holatiga, kadrlarni 
tanlash, joy-joyiga qo‘yishga taalluqli masalalarni hamda Milliy gvardiya 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi bilan bog‘liq boshqa 
masalalarni ko‘rib chiqadi. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin