Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Mustaqillik prinsipi



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
O

8-modda. Mustaqillik prinsipi 
Milliy gvardiya o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, boshqa 
tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga 
bo‘ysungan holda amalga oshiradi. 
Milliy gvardiya faoliyatiga davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning 
va mansabdor shaxslarning aralashuvi taqiqlanadi. 



9-modda. Milliy gvardiyaning davlat organlari va boshqa 
tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan 
hamkorligi 
Milliy gvardiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat 
organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda 
fuqarolar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamkorlik qiladi. 
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Milliy gvardiyaga uning 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda o‘z vakolatlari doirasida 
ko‘maklashishi shart. 
10-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) 
qonuniy talablarini bajarish majburiyligi 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) o‘z vakolatlari 
doirasida qo‘yilgan qonuniy talablari, shu jumladan qonunga rioya etish, 
hujjatlarni, tekshiruv materiallarini va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, 
mutaxassis ajratish, Milliy gvardiyaga kelish hamda aniqlangan 
qonunbuzarliklar 
xususida 
tushuntirishlar 
berish 
to‘g‘risidagi, 
qoidabuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon 
bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi qonuniy talablari barcha 
davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar 
tomonidan bajarilishi majburiydir. 
Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun 
zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar uning qonuniy talabi 
bo‘yicha bepul taqdim etiladi. 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablari 
ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini to‘xtatib turmaydi. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin