Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


partiyalarga a’zolikni to‘xtatib turadi



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
O


partiyalarga a’zolikni to‘xtatib turadi. 
Milliy gvardiyaning ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun 
tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
shuningdek harbiy xizmatchilar (xodimlar) qabul qilinadi. 
Milliy gvardiyaning ta’lim muassasalarida chet ellik fuqarolar qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘qishi mumkin. 
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati 
cheklangan deb topilgan, xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki 
jismoniy nuqsonlari bo‘lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga 
ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar, shuningdek sodir etgan jinoyati uchun 
qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib 
tashlanganligidan yoxud amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar 
muqaddam sudlangan fuqarolar Milliy gvardiya xodimi lavozimiga qabul 
qilinishi mumkin emas. 
Milliy gvardiya xodimi lavozimiga qabul qilingan shaxslar uchun 
dastlabki sinov muddati uch oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 
Milliy gvardiyaga xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan Milliy gvardiya oliy harbiy 
ta’lim muassasalarining harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan tinglovchilari 
va kursantlari harbiy hisobdan chiqariladi hamda Milliy gvardiyaning maxsus 
hisobida turadi. 
Milliy gvardiyaning oliy harbiy ta’lim muassasalari tinglovchilari va 
kursantlari birinchi bosqichdagi o‘quv muddatini tugallaganidan keyin 
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi va ular ta’lim muassasasi 
joylashgan erdagi mudofaa ishlari bo‘yicha hududiy bo‘lim tomonidan harbiy 
guvohnoma beriladi. 
20-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) 
qasamyodi 
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) kirayotganda harbiy 
xizmatchilar (xodimlar) quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi: 
“Men (familiyasi, ismi, otasining ismi) O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
gvardiyasiga harbiy xizmatga (xizmatga) kirar ekanman, O‘zbekiston xalqi va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga sadoqatli bo‘lishga, Vatanga 
qasamyodga, Jangovar Bayroqqa sodiq qolishga, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi talablarini, o‘z xizmat burchimni so‘zsiz hamda vijdonan 
bajarishga, har qanday sharoitda xiyonat va sotqinlik qilmaslikka, o‘zimning 
jangovar shayligim uchun shaxsan javobgar bo‘lishga, mardlik va fidokorlik 
bilan, o‘z hayotimni ayamasdan xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga 
qasamyod qilaman”. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin