Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


  25-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining)



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
O

11 
25-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) 
harbiy va maxsus unvonlari 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga harbiy unvonlar umumiy harbiy 
majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda beriladi. 
Milliy gvardiya xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi: 
safdorlar tarkibi — “safdor”; 
serjantlar tarkibi — “kichik serjant”, “serjant”, “katta serjant”; 
kichik ofitserlar tarkibi — “leytenant”, “katta leytenant”, “kapitan”; 
katta ofitserlar tarkibi — “mayor”, “podpolkovnik”, “polkovnik”; 
generallar tarkibi — “general-mayor”, “general-leytenant”, “general-
polkovnik”. 
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum etish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. 
Mardlik va qahramonlik, yuqori professionallik va vatanparvarlik 
sifatlarini ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) navbatdagi harbiy 
(maxsus) unvon, mavjud unvonidagi xizmat muddatidan qat’i nazar, 
muddatidan oldin berilishi, shuningdek shtat bo‘yicha egallab turgan 
lavozimidagi harbiy (maxsus) unvonidan bir pog‘ona yuqori unvon berilishi 
mumkin. 
Milliy gvardiya qo‘mondoniga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga 
(xodimlariga) “polkovnik” unvonigacha bo‘lgan, shu jumladan “polkovnik” 
harbiy (maxsus) unvonlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish 
huquqiga ega. 
4-bob. Milliy gvardiyaning huquq va majburiyatlari 
26-modda. Milliy gvardiyaning huquqlari 
Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda o‘z 
vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: 
mansabdor shaxslar va fuqarolarning hujjatlarini, shu jumladan 
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ularni shaxsiy ko‘rikdan 
(tintuvdan) o‘tkazishni amalga oshirish, ashyolarni, transport vositalarini 
hamda olib o‘tilayotgan yuklarni ko‘zdan kechirish, shu jumladan 
nazoratning texnik va boshqa vositalari qo‘llanilgan holda ko‘zdan kechirish; 
fuqarolardan jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, 
hodisa joyini tark etishini talab qilish; 
turar joylarga va boshqa obyektlarga to‘sqinliksiz, zarurat bo‘lganda 
qulflash moslamalari va boshqa ashyolarni buzgan holda kirish, bu joylarni 
jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar ta’qib qilinayotganda 
yoxud u erda jinoyat sodir etilmoqda yoki sodir etilgan yoxud huquqni 
muhofaza qiluvchi organlardan yashirinayotgan shaxs bor deb hisoblash 
uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, agar kechiktirish fuqarolarning hayoti va 
sog‘lig‘ini xavf ostida qoldiradigan bo‘lsa, yigirma to‘rt soat ichida prokurorga 
bu haqda xabar bergan holda, shuningdek yetkazilgan zararning o‘rnini 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplagan holda ko‘zdan kechirish; 


12 
jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda bo‘lgan 
shaxslarni topish va ushlash maqsadida jismoniy hamda yuridik shaxslarning 
turar joylarida va boshqa obyektlarida ularning roziligi bilan vaqtincha bo‘lish; 
davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga borish, zarur bo‘lgan 
hujjatlar hamda materiallar bilan tanishish, davlat organlaridan va boshqa 
tashkilotlardan, fuqarolardan ma’lumotlarni va boshqa zarur hujjatlarni 
hamda materiallarni so‘rash va olish; 
Milliy gvardiyaning ish yurituvida bo‘lgan ishlar va materiallar 
yuzasidan fuqarolarni, mansabdor shaxslarni chaqirish, zarur hujjatlarni, 
ma’lumotlarni hamda ularning ko‘chirma nusxalarini bepul olish; 
fuqarolarni o‘z roziligi bilan Milliy gvardiyaga ko‘maklashishga jalb 
etish, ko‘maklashgan fuqarolarni taqdirlash; 
davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga 
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan 
shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan 
taqdimnomalar kiritish; 
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan 
ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan jinoyatlar holatlarini 
aniqlash va surishtiruv organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni qidirish, 
shuningdek jinoyatlarning oldini olish uchun bepul foydalanish; 
qo‘riqlanadigan obyektlarning xodimlaridan, mansabdor shaxslaridan 
va boshqa fuqarolardan obyektga ruxsatnoma bilan kirish hamda uning ichki 
rejimlariga rioya etishini talab qilish; 
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etishda gumon 
qilinayotgan shaxslarni ushlab turish va Milliy gvardiya organlariga yoki 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda olib borishni amalga oshirish
qo‘riqlanadigan obyektlarga qonunga xilof ravishda kirib olgan 
shaxslar ta’qib qilinayotganda qo‘riqlanadigan obyektlar binolariga 
moneliksiz kirish hamda ularni ko‘zdan kechirish; 
qo‘riqlanayotgan 
obyektlarda 
jinoyatlar 
yoki 
ma’muriy 
huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib qilish va 
ularni Milliy gvardiya organlariga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 
olib borish uchun tashkilotlarning hamda qo‘riqlanadigan obyektlar 
mulkdorlarining transport vositalaridan foydalanish; 
Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun 
ichki ishlar organlarining, shuningdek boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish; 
fuqarolardan qonun hujjatlariga rioya etishni, g‘ayrihuquqiy 
harakatlarni to‘xtatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda esa 
majburlov choralarini qo‘llash; 
joy uchastkalarini, turar joylarni, imoratlarni va boshqa obyektlarni 
o‘rab olish (to‘sib qo‘yish); 
Milliy gvardiyaning vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha 
normativ-huquqiy 
hujjatlar 
qabul 
qilish, 
qonun 
hujjatlarini 
takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish; 


13 
Milliy gvardiya organlarida davlat sanitariya va yong‘in nazoratini, 
shuningdek transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni amalga 
oshirish; 
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil 
etuvchi axborotdan foydalanish; 
Milliy gvardiyada axborotni kriptografik himoya qilish, maxsus aloqa, 
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni himoya qilish, 
shu jumladan hisoblash texnika vositalarida (axborotlashtirish vositalarida) 
ishlov berish chog‘ida, axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan 
o‘tkazish, davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil 
etuvchi axborotni texnik jihatdan himoya qilish, axborot xavfsizligi, maxfiy 
axborot xavfsizligi sohasida faoliyatni va nazoratni amalga oshirish, 
shuningdek Milliy gvardiya organlari faoliyatining mazkur sohalarida 
tekshiruvlarni amalga oshirish; 
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil 
etuvchi axborotga ishlov berish va uni texnik jihatdan himoya qilish chog‘ida 
foydalaniladigan axborotlashtirish texnika vositalarini hamda axborotni 
texnik jihatdan himoya qilish vositalarini sertifikatlashtirishga, shuningdek 
axborotlashtirish obyektlarining Milliy gvardiya organlaridagi axborot 
xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan attestatsiya o‘tkazishga doir 
faoliyatni amalga oshirish; 
Milliy gvardiya tizimida o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyatni 
amalga oshiruvchi bo‘linma va boshqa tuzilmalar (jangovar bo‘linma va 
tuzilmalar bundan mustasno) tashkil etish. 
Milliy gvardiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham 
ega bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin