Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-bob. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) tomonidan



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
O

5-bob. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) tomonidan 
jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, o‘qotar qurolni qo‘llash, 
tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish 
28-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda 
o‘qotar qurolni qo‘llash shartlari va chegaralari 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) o‘ziga biriktirilgan 
o‘qotar qurol va maxsus vositalarni xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida 
olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda o‘qotar 
qurolni qo‘llash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va 
tartibda ega bo‘ladi. 
Milliy 
gvardiyaning 
harbiylashtirilgan 
soqchilik 
bo‘linmalari 
xizmatchilari Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) uchun nazarda 
tutilgan hollarda va tartibda jismoniy kuch, maxsus vositalar va o‘qotar qurol 
qo‘llashga haqli. 


15 
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol 
qo‘llanilishidan avval ularni qo‘llash niyati to‘g‘risida aniq ifodalangan 
ogohlantirish bo‘lishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni 
bo‘lmagan yoki ularning qo‘llanilishidagi sustkashlik fuqarolarning, Milliy 
gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti hamda sog‘lig‘iga 
bevosita xavf soladigan va boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin 
bo‘lgan hollar mustasno. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) maxsus tayyorgarlikdan, 
shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol 
qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini 
aniqlash uchun davriy tekshiruvdan o‘tishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan 
o‘tgan harbiy xizmatchiga (xodimga) tegishli sertifikat beriladi. 
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi 
bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash bo‘yicha 
tekshiruvdan o‘ta olmagan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) egallab 
turgan lavozimga loyiqligini aniqlash uchun attestatsiyadan o‘tadi. 
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol 
qo‘llanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining 
xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda Milliy 
gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) har qanday zararning imkon qadar kam 
bo‘lishiga intilishi shart. 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi), agar yuzaga kelgan 
vaziyatda maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash uchun mazkur 
moddada hamda ushbu Qonunning 30 va 31-moddalarida nazarda tutilgan 
asoslar yuzaga kelishi mumkin deb hisoblasa, ularni qo‘llash uchun tayyorlash 
va jangovar holatga keltirish huquqiga ega. 
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol 
qo‘llanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga shoshilinch tibbiy 
yordam ko‘rsatilishi yoki tashkil etilishi kerak va bu haqda ularning 
qarindoshlari yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilinishi kerak. 
Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilgan 
har bir holat to‘g‘risida Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) 
bevosita komandiriga (boshlig‘iga) darhol axborot berishi shart. 
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi 
natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-
mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek o‘qotar qurol 
qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida Milliy gvardiya tegishli prokurorga darhol 
xabar beradi. 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) jismoniy kuch 
ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida o‘z vakolatlari 
doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni 
qo‘llash qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda amalga oshirilgan 
bo‘lsa, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) jismoniy kuch ishlatish, 
maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik 
shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi. 


16 
Agar Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) tomonidan 
jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilganligi 
natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u xaloq bo‘lsa, Milliy 
gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) hodisa joyini o‘zgarishsiz saqlash 
bo‘yicha choralarni ko‘rishi shart. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin