Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Milliy gvardiyaning majburiyatlari



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
O

27-modda. Milliy gvardiyaning majburiyatlari 
Milliy gvardiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘ida: 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy 
va yuridik shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya 
qilish bo‘yicha choralar ko‘rishi; 
jamoat joylarida, shu jumladan ko‘chalarda, maydonlarda, istirohat 
bog‘larida, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda, shuningdek 
ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashi; 
g‘ayrihuquqiy qilmishlarga chek qo‘yishi, fuqarolarning xavfsizligiga 
tahdidlarni bartaraf etishi, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi 
holatlarini, 
hodisa 
holatlarini 
hujjatlashtirishi, 
jinoyat, 
ma’muriy 
huquqbuzarlik, hodisa izlari saqlanishini ta’minlashi; 
jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga hamda boshqa 
obyektlariga mulkdorlarning yoki ular vakillarining xohishiga xilof tarzda yoki 
ular yo‘qligida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) kirganligining 
barcha hollari to‘g‘risida yigirma to‘rt soat ichida prokurorni yozma shaklda 
xabardor qilishi; 
jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida 
jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga 
birinchi tibbiy yordam yoki boshqa yordam ko‘rsatilishini tashkil etishi; 


14 
jinoyatlar faktlari bo‘yicha jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishi, ma’muriy 
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishi; 
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish va ularni 
fosh etish, shuningdek ularga tayyorgarlik ko‘rishga hamda ularni sodir 
etishga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash va topish choralarini ko‘rishi; 
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishi, ularning sodir 
etilishi sabablarini va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi hamda 
ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishi; 
o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni, chet davlatlarning diplomatik 
vakolatxonalarini, konsullik muassasalarini hamda boshqa vakolatxonalarini, 
xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini, shuningdek Milliy gvardiya 
qo‘riqlashi lozim bo‘lgan boshqa obyektlarni qo‘riqlashni amalga oshirishi; 
xizmatga doir axborotning, shuningdek xizmat majburiyatlarini 
bajarishi chog‘ida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan 
qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning maxfiyligini va 
saqlanishini ta’minlashi; 
qo‘riqlash faoliyati, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini 
ta’minlash sohasida ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga 
oshirishi; 
ma’lumot-axborot fondlarini shakllantirishi, hisob-axborot tizimini 
yaratishi, hisobni, davlat statistika hisobotini va boshqa statistika hisobotini 
yuritishi; 
qo‘riqlanayotgan shaxslarning harakatlanish yo‘nalishlarida va bo‘lish 
joylarida huquqbuzarliklarning oldini olishi hamda ularga chek qo‘yishi; 
terrorchilikka qarshi va boshqa maxsus tezkor-jangovar operatsiyalar 
o‘tkaziladigan obyekt bo‘sag‘alarida ruxsatsiz kirishlarga chek qo‘yishi, 
nazorat-o‘tkazish rejimini o‘rnatishi; 
Milliy gvardiya organlarida maxfiylik rejimi ta’minlanishi ustidan 
nazoratni tashkil etishi shart. 
Milliy gvardiyaning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin