― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
pul va banklar (2)



O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
 

PUL VA BANKLAR
‖ 
fanidan 
2017/2018 o‗quv yili 
uchun mo‗ljallangan
 
 
MA‘RUZALAR 
MATNI 
Ma‘ruzaсhilar: 
Yadgarova M. 
Ahmedova D. 
Amaliy mashg‘ulot oqituvchisi: Eshmurodov S. 
Toshkent-2017 


 
1-Mavzu. ―Pul va banklar‖ faniga kirish 
 
REJA: 
1.1. Pul va banklar fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. 
1.2. Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning o‘zviy bog‘liqligi. 
1.3. Moliya bozorlari faoliyati mazmuni.
 
 
1.1. Pul va banklar fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. 
ozor munosabatlarining yuqori sur‘atlarda rivojlanib borishi har bir 
sub‘ektning pul, banklar, kredit va moliyaviy bozorlarning dastagi bo‘lgan 
moliyaviy instrumentlar hamda ularda yuzaga keladigan o‘zgarishlarga munosabati 
va qiziqishlarini kuchaytirib boradi. Chunki, bozor mexanizmi iqtisodiyot 
talablaridan kelib chiqib tez o‘zgarib, yangilanib turadi va shular asosida u 
mamlakat iqtisodiyotining har tomonlama rivojlanib borishi yo‘nalishlarini 
belgilab beruvchi doimiy harakatda bo‘lgan dastak hisoblanadi. Bizni doimo 
pulning to‘lov yoki sotib olish qobiliyati yildan yilga oshadimi yoki pasayadimi? 
Ehtiyojimizdan ortiq pulimizni bankga omonotga qo‘ysak u bizga har oyda yoki 
yilda necha foiz daromad beradi, mabodo ularni qimmatli qog‘ozlarga qo‘ysak – 
qaysi turdagi va qaysi emitentning qimmatli qog‘ozlari bizga yuqori daromad 
berishi mumkin? 
Bank kreditlarining foizi qancha, inflyatsiya yoki pulning qadrsizlanish 
darajasi qanaqa, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursi qanaqa va 
uning tez orada o‘zgarishi bo‘yicha qanday prognozlar mavjud kabi savollar 
qiziqtiradi hamda biz o‘z – o‘zidan bozor munosabatlarining faol ishtirokchilariga 
aylanamiz. Bu masalalar bozor munosabatlarining sub‘ekti bo‘lgan yuridik 
shaxslar 
faoliyatida 
har 
kuni 
echimini 
talab 
qiladigan 
vazifalardan 
hisoblanadi.Jahon iqtisodiy fanida o‘z asarlari bilan mashg‘ur bo‘lgan iqtisodchi – 
olim Frederik S. Mishkin ―Pul, bank ishi va moliyaviy bozorlarning iqtisodiy 
nazariyasi‖ kitobida shunday misol keltiradi
1
.
Faraz qiling siz hozirgi yangiliklarda Federal zaxira tizimi (AQSh markaziy 
banki) qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizlarni 0,5 punktga oshirganidan 
xabardor bo‘ldingiz. Bunday xolat siz olgan avtokredit bo‘yicha to‘layotgan 
summangizga qanday ta‘sir ko‘rsatadi? Ko‘chmas mulkning narxi ortadimi? 
Keyingi yilda yangi ish topish imkoniyati ortadimi yoki kamayadimi? degan 
savollarni qo‘yadi va aynan ―Pul va banklar‖ fani shu kabi savollarga javob 
topishga imkon berishini ta‘kidlaydi, chunki bu fan moliyaviy bozorning roli va 
funktsiyalarini o‘rganishga, moliyaviy muassasalar (banklar, sug‘urta tashkilotlari 
o‘zaro fondlar va boshqa muassasalar), hamda pullarning iqtisodiyotdagi rolini 
o‘rganishga imkon beradi. Moliyaviy bozorlar va institutlar nafaqat aholining 
kundalik hayotiga ta‘sir ko‘rsatadi balki bizning iqtisodiyotimizga trillionlab dollar 
1
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 2013. 
pp. 44-56



qiymatga ega fondlarni jalb qiladi. Bu holat o‘z navbatida korxonalarning 
daromadi, mamlakatda tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarilishiga, hattoki 
AQShdan tashqari boshqa davlatlarning farovonligiga ham ta‘sir ko‘rsatadi.
D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e‘tiroz bildirib, ―Pul bu – 
savdo – sotiqning g‘ildiragi emas, balki u yog‘, shu savdo – sotiq g‘ildiragini erkin 
va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir‖ degan fikrni bildiradi. 
Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida 
e‘tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov 
pulning mohiyatiga ―pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu 
jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‘lovlarni amalga oshirish ishlarini 
engillashtiradi‖ deya ta‘kidlaydi 
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati tsivilizatsiyasining buyuk 
kashfiyotlaridan hisoblanadi. ‖Pul‖ deb nomlangan maxsus tovarning paydo 
bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va 
«ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. 
Pulning vujudga kelishi, uning evolyutsion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati 
va funktsiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, 
mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. 
Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning 
vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona yondashuv 
mavjud emas.
Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y 
bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e‘tibor qaratish 
lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan 
biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga 
kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar 
asos bo‘lib xizmat qiladi: 
* qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste‘mol mahsulotlari 
turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga 
yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o‘z – o‘zidan odamlar o‘rtasida stixiyali 
ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab 
bo‘lgan; 
* keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi 
rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga 
kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga 
nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin