― pul va banklar


Obligatsiyalar bozori va foiz stavkalari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   266
pul va banklar (2)

Obligatsiyalar bozori va foiz stavkalari.
 Frederik S. Mishkinning ―Pul, bank ishi va moliyaviy bozorlarning iqtisodiy 
nazariyasi‖ kitobida u tomondan xalqaro amaliyotda qimmatli qog‘ozlar, aktsiya, 
obligatsiya, foiz, fond bozori kabi tushunchalarning talqini kelitirilib o‘tilgan. 
Masalan, mazkur asarda qimmatli qog‘oz (moliyaviy instrument) bu kelajakdagi 
daromadlarga yoki aktivlarga (har qanday moliyaviy talab yoki egalik qilinadigan 
mol mulk) talab hisoblanadi. Obligatsiya egasi tomonidan ma‘lum bir pul 
mablag‘ini kiritganligi va unda ko‘rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda 



qo‘shimcha foiz to‘lab berish majburiyatini guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir 
deyiladi. Obligatsiyalar korxonalar va xukumatga o‘z faoliyatini moliyalashtirish 
maqsadida pul mablag‘larini jalb etishga imkon yaratganligi sababli iqtisodiyot 
uchun o‘ta muxim axamiyatga ega. Aynan mana shu bozorda foiz stavkalari 
belgilanadi. Foiz stavka- ssuda taqdim etilganligi uchun xaq, pul mablag‘larining 
―ijara‖ haqi (odatda 100 dollar yillik ijara narxi sifatida aks ettiriladi). 
Iqtisodiyotda turli xildagi foiz stavkalari mavjud: avtomobil sotib olish uchun 
ssuda foizi, turar joyni sotib olish uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavka, 
turli xildagi obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalar va boshqalar.
Foiz stavkalari barcha soha va darajalarda muhim hisoblanadi. Foiz 
stavkalari nafaqat jismoniy shaxslar uchun, balki korxona tashkilotlar va umuman 
iqtisodiyot uchun ham muximdir. Yakka tartibda foiz stavkalarining oshishi siz 
olmoqchi bo‘lgan uy yoki avtomobil kreditlarining foiz stavkasining oshishiga, 
oqibatda esa ushbu kredit turlaridan vaqtincha foydalanmaslikka olib kelishi 
mumkin. Aksincha, foiz stavkalarining oshirilishi jamg‘arishni rag‘batlantiradi va 
ba‘zi daromadingizni jamg‘arma sifatida shakllantirishingiz ko‘proq foizli 
daromad olishingizga sabab bo‘ladi.Umumiy darajada foiz stavkalar nafaqat 
ist‘emolchilarning xarajat qilish yoki jamg‘arish xoxishiga, balki investitsion 
qarorlarga ta‘sir ko‘rsatish orqali iqtisodiyotning umumiy holatini belgilaydi. 
Yuqori foiz stavkalar, misol uchun, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratishi mumkin 
bo‘lgan yangi korxonalar qurilishining to‘xtab qolishiga olib keladi. 
 Foiz stavkalar har bir inson hayotida, moliya muassasalari faoliyatida, 
firmalar va umuman iqtisodiyotda muxum o‘rin egallagani sababli foiz 
stavkalarini tabranishi so‘nggi 30 yilligi muhim ahamiyatga ega. Masalan, 1981 
yilda 3 yilga xazina veksellari foiz stavkalari o‘zining maksimal nuqtasi (16 % dan 
yuqori) ga etdi. 1992-1993 yillarda u 3% gacha tushgan, 1990 yillarning 
o‘rtalarida 5% ga oshdi, 2004 yilda 1% dan pastga tushgan bo‘lsa, 2007 yilgacha 
5%dan ko‘tarilgan va faqatgina 2008 yildan 2011 yilgacha 0% gacha tushdi. Turli 
foiz stavkalarning bir-biriga bog‘liq ravishda va birgalikda o‘zgarish tendentsiyasi 
mavjudligi sababli, tez-tez foiz stavkalar iqtisodchilar tomonidan yagona abstrakt 
foiz stavka sifatida ko‘riladi. 1-rasmda ko‘rsatilganidek, turli xil 
obligatsiyalarning foiz stavkalari xar xil turlari bo‘yicha farqlanadi. Masalan, 3 
oylik xazina veksellari bo‘yicha foiz stavkalari, barchasidan past (o‘rtacha) 
bo‘lgani, shu orqali ularning tebranish amplitudasini ham eng yuqori darajasini 
ko‘rsatadi. Va reytingli korporativ obligatsiyalarining o‘rtacha foiz stavkalari 
boshqa foiz stavkalarga nisbatan o‘sgan bo‘lib, boshqa foiz stavkalar va 
korporativ obligatsiyalar foiz stavkasi spredi 1970 yilda yuqoriroq bo‘lgan bo‘lsa, 
1990 yillarda qisqargan, 2000 yillarda qisqa ko‘rinishda o‘sgan, keyinchalik yana 
qisqargan va 2007 yilning yozida keskin o‘sgan va 2009 yilning oxirida yana 
pasayish boshlangan.
 O‘zbekiston Respublikasining 3 iyun 2015 yilda yangi tahrirda qabul 
qilingan ―Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida‖ gi qonuniga asosan bizni ng 
amaliyotimizda 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin