― pul va banklar


a) Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   266
pul va banklar (2)

 a) Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi.
Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda 
yig‘ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining 
asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni 
aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab 
ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning 
jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi. 
Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar 
sabab bo‘lishi mumkin: 
–banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa
–aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan talabi to‘liq va 
o‘z vaqtida qondirilmasa; 
–mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va aylanmalari 
haqida bank siri ta‘minlanmasa; 
–mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli 
manzilga o‘tkazilmasa; 
–bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va 
boshqalar. 
b). Mamlakatda qonun ustuvorligini ta‘mmnlash va bozor mexanizmlari 
samaradorligini oshirish lozim.
 
Tijorat banklarining xo‘jalik sub‘ektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning 
naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan 
dalolat beradi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning 
sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va 
raqobatbardoshligi bevosita ta‘sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan 
ajralgan holda, alohida sub‘ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.
Banklarning mamlakat iqtisodiyotiga ta‘sirini, ya‘ni ularning rolini real 
sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Mamlakat 
real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud 
bo‘lib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz 
sharoitida iste‘mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar 
bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning 
to‘lovga layoqatsizligi korxonalarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bo‘lgan 
kuchli talabni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta, ushbu talab to‘lig‘icha 
banklarning kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq 
emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish 
uchun etarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo‘ladi. 
Bundan tashqari, eng muhimi banklar tomonidan berilgan kreditlarning to‘liq 
qaytmaslik xavfi, ya‘ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz 
sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo‘lsada, banklar kredit quyilmalari 
hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi rolini 
pasayishiga emas, balki banklar ham tijorat muassasa sifatida asosiy e‘tiborini 
iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi banklar risk asosida kredit 


sifatida beradigan mablag‘lari o‘z mablag‘lari emas, balki chetdan jalb qilingan 
boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik 
lozim. 
Xulosa o‘rnida ta‘kidlash mumkinki, banklarning iqtisodiyotdagi roli nafaqat 
banklarning o‘ziga, balki milliy iqtisodiyotning rivoji va raqobatbardoshligiga 
bevosita bog‘liq. O‘z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi 
mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita 
bog‘liqdir. Bir so‘z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir – biridan ayri 
holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri – birini to‘ldirgan holda, 
bir – biriga o‘zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy 
– moliyaviy sub‘ektlar hisoblanadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin