― pul va banklar


Moliya bozorlari faoliyati mazmuni



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   266
pul va banklar (2)

1.3. Moliya bozorlari faoliyati mazmuni. 
oliyaviy bozorlar, moliya institutlari va pulga doir munosabatlarda 
chigalliklarning yuzaga kelishi mamlakat iqtisodiyoti uchun katta xavf hisoblanib, 
uning iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishiga, siyosiy va saylovlar jarayonlariga katta 
ta‘sir ko‘rsatadi. Pul, banklar va moliyaviy bozorlarni o‘rganish ko‘plab mavjud 
muammolarni 
tushunishga 
yordam 
beradi. 
Avvolo 
bu 
fanda 
bozor 
munosabatlarining muhim instrumenti sifatida pulning mohiyati, uning paydo 
bo‘lishi, pulning zarurligi, pul bajaradigan funktsiyalar, bozor munosabatlarini 
samarali qaror toptirishda pulning roli va ahamiyati kabi masalalarga e‘tibor 
qaratiladi. Shuningdek, ushbu fanda mavjud muammolarni ochib berish va ularni 
o‘rganish qanchalik darajada ahamiyatli ekanligi ham ko‘rsatib beriladi.
Nima sababdan biz moliya bozorlarini o‟rganamiz?
 Mazkur fanda shuningdek, ba‘zi bozor sub‘ektlari oborotida yuzaga kelgan, 
ular ehtiyojidan ortiqcha bo‘lgan bo‘sh moliyaviy resurslarni, ularga extiyoj 
sezayotgan boshqa bozor sub‘ektlariga o‘tkazishni amalga oshirayotgan moliyaviy 
bozorlarga e‘tibor qaratiladi va biz moliyaviy bozorlar, ularning funktsiyalari, roli 
to‘g‘risida ham ma‘lum bilimlarga ega bo‘lamiz. Frederik S. Mishkin ham 
ta‘kidlaganidek, qimmatli qog‘ozlar (aktsiyalar va obligatsiyalar) bozori pul 
oqimlaridan oqilona daromad olish maqsadida ularni tezkorlik bilan 
foydalanuvchilarga etkazib berishni ta‘minlab turadilar. Xaqiqatdan ham, moliya 
bozorlarining muvaffaqiyatli ishlashi iqtisodiy o‘sishning asosiy me‘zonlaridan 
biri bo‘lib hisoblanadi. Moliya bozorlarining samarasiz faoliyat ko‘rsatishi 
jahonning ko‘plab mamlakatlarida ularning kambag‘allikka yuz tutishiga sabab 
bo‘lmoqda. Moliya bozoridagi hodisalar aholining turmush tarzi, ishlab 
chiqaruvchi va iste‘molchilar o‘rtasidagi munosabatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir 
ko‘rsatadi va iqtisodiy o‘sishni ta‘minlaydi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin