― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   266
pul va banklar (2)

 Fond bozori 
 Oddiy aktsiya (
yoki 
aktsiya)-
korxonaning aktivlari va daromadlariga
 
da‘vogarlik munosabatini bildiruvchi qimmatli qog‘oz - korxona mulkining bir 
qismini o‘zida mujassamlashtiradi. Aktsiyalarni chiqarish va sotish – korxonalar 
faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag‘larni jalb etish usulidir.
 Fond bozori- 
korxona aktivlari va daromadlari (aktsiyalar paketi)ga 
da‘vogarlikni sotishga mo‘ljallangan bozor bo‘lib, AQShda keng tarqalgan va 
rivojlangan.(Ko‘pincha 
―bozor‖ 
deb 
yuritiladi) 
AQShda 
aktsiyalar 
kotirovkalarining (narxlarining) keskin tebranishi kechki yangiliklarda albatta 
sharxlanib boriladi. Bu davlatda ko‘pchilik aktsiyalar narxining tebranishida 
spekulyatsiya (chayqovchilik) qiladilar. Bu kabi operatsiyalarni muvaffaqiyatli 
amalga oshirilganligidan ba‘zilar cheksiz quvonchga, ayrim hollarda bunday 
operatsiyalar boshqalar uchun mumkin bo‘lgan yo‘qatishlardan qayg‘uga ham 
aylanishi mumkin. Frederik S. Mishkin Fond bozoriga nisbatan ulkan e‘tiborni 
oddiygina tushuntirishda ifodalaydi, ya‘ni, uning fikricha, bu shunday joyki bu 
erda odamlar juda tez boy ( yoki qashshoq) bo‘lishlari mumkin.
 2000 yildagi qator yuqori texnologik katta korporatsiyalar faoliyatining 
sinishi fond bozori uchun qattiq silkinish bo‘ldi va 2002 yilga kelib aktsiyalarning 
narxi 30 % ga kamaydi. 2007 yilda esa narxlar barcha davrlardagidanda yuqori 
bo‘lgan va 14000 darajadan yuqoriga o‘sdi, faqatgina 2009 yilda 8000 dan pastga 
tushdi, ammo 2011 yilgacha 12000 dan oshib tiklandi. Aktsiyalar narxining keskin 


tebranishi odamlarning boylik darajasiga ta‘sir ko‘rsatadi va oqibatda ularning 
iste‘molga moyilligiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, fond bozorining ko‘rsatkichlari investitsion qarorlarni 
qabul qilishga xam ta‘sir ko‘rsatadi, sababi chiqarilgan aktsiyalar paketini 
sotishdan kelib tushishi mumkin bo‘lgan tushum summasi so‘ngilarining narxi 
bilan aniqlanadi. Korxona aktsiyalari narxining yuqoriligi katta hajmdagi pul 
mablag‘larini ishlab-chiqarish kuchlari va asbob – uskunalarni sotib olishga 
sarflashi mumkin.
 O‘zbekiston Respublikasida 
aktsiya 
— o‘z egasining aktsiyadorlik jamiyati 
foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aktsiyadorlik jamiyatini 
boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning 
bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, 
egasining 
nomi 
yozilgan 
emissiyaviy 
qimmatli 
qog‘oz 
hisoblanadi. 
Mamlakatimizda fond birjasi ham faoliyat yuritib 
fond birjasi
— ommaviy va 
oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan joyda va belgilangan vaqtda 
o‘rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli 
qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratib beruvchi yuridik shaxs bo‘lib unda 
fond birjasi ishtirokchilari o‘z faoliyatini olib boradi va savdolarda faol ishtirok 
etishadi.
Shuningdek, ushbu kursda fond bozorining moliyaviy tizimdagi roli tahlil 
qilinadi, aktsiyalar narxining tebranishini belgilovchi omillar ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin