― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   266
pul va banklar (2)

 Xalqaro moliyaviy tizim. 
Mamlakatlar o‘rtasida kapital oqimining keskin oshishi xalqaro moliyaviy 
tizimning milliy iqtisodiyotga ta‘sirini yanada kuchaytirdi. Ushbu fanda quyidagi 
muammolarni hal qilamiz: 


-
Mamlakatning milliy valyuta kursini boshqa davlat valyuta kursiga 
fiksirlash qarori monetar siyosatni amalga oshirishga qanday ta‘sri ko‘rsatadi? 
-
Kapitalni nazorat qilish, ya‘ni kapital harakatini mamlakat chegarasidan 
tashqariga erkin harakatini chegaralash milliy moliyaviy tizim va iqtisodiyotning 
holatiga qanday ta‘sir ko‘rsatadi? 
-
Xalqaro moliyaviy tizimda moliyaviy institutlar, jumladan, Xalqaro valyuta 
fondi qanday rolni bajarishi lozim.
5
Yuqorida keltirib o‘tilgan yo‘nalishlar va 
mavzular yuksak taraqqiy qilgan davlatlar, jumladan, AQSh iqtisodiyoti va 
mamlakatimiz iqtisodiyoti, iqtisodiyot va uni taraqqiy qildirishning asosi bo‘lgan 
huquqiy – me‘yoriy asoslar va amaliy materialllar asosida sizning e‘tiboringizga 
o‘rganish uchun havolda etiladi.
―Pul va banklar‖ fanini chuqur o‘rganish maqsadida talablarga shuningdek, 
mustaqil ta‘lim topshiriqlari ham beriladi. 
2-Mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari
 
REJA: 
2.1.Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi. 
2.2. Qiymat shakllarining evolyusiyasi. 
2.3. Oltin pul sifatida.
2.4.Pulning mohiyati. Pulning o‗ziga xos xususiyatlari. 
2.5.Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi.
2.6.Pulning funksiyalari.
2.7. Pulning funksiyalari bo‗yicha Yevropa va Amerika maktablari 
tarafdorlari qarashlari 
2.1.Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi.
ulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining 
buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi. ‖Pul‖ deb nomlangan maxsus tovarning paydo 
bo‗lishi natijasida odamlar o‗rtasida ayirboshlash bilan bog‗liq ziddiyatlar va 
«ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. 
Pulning vujudga kelishi, uning evolyusion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va 
funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, 
mutaxassislar juda ko‗p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. 
Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning 
vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‗rinishi haqida yagona yondashuv 
mavjud emas.
Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‗rtasida ro‗y 
bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e‘tibor qaratish 
lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan 
biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga 
5
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 
2013. pp. 44-56 



kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar 
asos bo‗lib xizmat qiladi: 
qadimgi davrda odamlar o‗z ehtiyojidan ortib qolgan
iste‘mol mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashning 
imkoniyati bo‗lmaganligi bois ularni o‗zlariga yaqin yoki 
tanish odamlarga bergan, bu o‗z – o‗zidan odamlar o‗rtasida
stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari
vujudga kelishiga sabab bo‗lgan; 
Keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi 
rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga 
kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‗ziga zarur bo‗lmagan buyumning o‗rniga 
nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. 
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning 
kundalik uchun zarur bo‗lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar va 
boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‗y bergan. Bu davr ishlab chiqarish 
usulining natural xo‗jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Ma‘lumki, natural xo‗jalik 
tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‗lgan 
mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‗rtasida 
ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‗lmagan.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‗rtasida ayirboshlash 
munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi 
ortiqcha mahsulotni o‗zi uchun zarur bo‗lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga 
ehtiyoj seza boshladi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin