― pul va banklar


Monetar va fiskal siyosatning bog‘liqligi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
pul va banklar (2)

Monetar va fiskal siyosatning bog‘liqligi. 
Fiskal siyosat soliqqa tortish va 
davlat xarajatlariga doir masalalarni hal etishni o‘z ichiga oladi. Byudjet defitsiti
-
bir yil ichida davlat xarajatlarining uning daromadlaridan ortishini. Byudjetning 
ijobiy saldosi (profitsit)-byudjet daromadlarining xarajatlardan ortishini bildiradi. 
Byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida xukumat qarz olishiga to‘g‘ri keladi; 
ijobiy saldo esa davlat qarzlarini kamaytirishga imkon beradi. 7-rasmdagi 
grafikdan ko‘rinib turibdiki, 1983 yilda AQShda YaIMga nisbatan byudjet defitsiti 


o‘zining maksimal miqdoriga (6%) etdi. Bundan keyin byudjet defitsiti dastlab 
YaIMga nisbatan 3%gacha kamaydi, so‘ngra 1989 yilda 5%gacha ortdi, bundan 
keyingi yillarda esa kamayib bordi va 1999-2001 yillarga kelib ijobiy saldoga 
o‘zgardi. 11 sentyabr 2001 yildagi terroristik hujum, 2003 yil martda Iroqdagi 
urush hamda 2007-2009 yillardagi moliyaviy inqiroz AQSh davlat byudjetida 
defitsit yuzaga keltirdi va defitsit YaIMga nisbatan 10%dan oshib ketdi. 
Byudjetning defitsiti yoki profitsitiga tegishli bo‘lgan masalalar xukumatning 
qonunchilik va ijroiya organlari o‘rtasidagi doimiy munozaralar mavzusi bo‘lib 
kelmoqda.
Televidenie yoki gazetalarda byudjetning ijobiy saldosi – yaxshi, salbiy 
saldosi – zaralar ekanligi to‘g‘risida eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Ushbu fikrlar 
qanchalik haqiqatga yaqinligini biz 2001 yilda Argentinada yuzaga kelgan byudjet 
taqchilligi moliyaviy inqirozning sababi sifatida to‘hrisida ham ko‘rib chiqilgan. 
Shuningdek, biz byudjet taqchilligining pul massasi o‘sishiga, inflyatsiya sur‘atlari 
va foiz stavkalariga ta‘sirini ham taxliliy jihatdan o‘rganamiz.
Xalqaro moliyani nima sababdan o‘rganamiz? 
So‘nggi yillarda moliyaviy bozorlarning globallashuvi yanada tezlashib 
ketdi. Dunyo bo‘ylab moliyaviy bozorlar juda yuqori suratlarda integrattsiyalashdi. 
Amerika kompaniyalari tez-tez xorijiy moliyaviy bozorlardan qarz olishadi va 
xorijiy kompaniyalar AQSh moliya bozorlariga qarz berishadi. Banklar va boshqa 
moliyaviy institutlar, jumladan, JP Morgan Chase, Citigroup, UBS, Doychebank 
jahon bo‘ylab ko‘plab mamlakatlarda operatsiyalarni amalga oshirish orqali 
xalqaro darajaga chiqdi. Ushbu fan xorijiy valyuta bozorlari va xalqaro moliyaviy 
tizimni ham o‘zida aks ettiradi.
Banklarning mohiyatiga iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud. 
―Bank‖ etimologiyasiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, ―bank‖ so‘zi qadimgi 
frantsuzcha ―banque‖ va italiyancha ―bansa‖ so‘zlaridan paydo bo‘lib, 
―almashtirish stoli‖ ma‘nosini anglatishining guvohi bo‘lamiz.
Bank – bu moliyaviy muassasa bo‘lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul 
mablag‘larini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji mavjud 
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, to‘lovlilik va 
ta‘minlanganlik asosida beradigan tijorat tashkilotdir.
Boshqa bir adabiyotda, bank – tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos turi 
bo‘lib, uning faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya‘ni ularni jalb qilish va 
joylashtirilishi bilan bevosita bog‘liqdir, degan fikr ilgari suriladi.
Bankir ssuda kapitalistidan farqli o‘laroq, turli ko‘rinishdagi xizmatlarni taklif 
etadi va pul aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda kapitalisti ishlab chiqarishni o‘z 
kapitali hisobidan moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan 
begona shaxslarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchun ayrim metodologik 
masalalarga e‘tibor qaratish lozim. Ularning ayrimlari quyida keltiriladi: 
– banklarning mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi faoliyatiga 
e‘tibor qaratish lozim; 


 – banklarning mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va maqsadda tashkil 
etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga e‘tibor 
qilish lozim; 
– banklarning mohiyatini ajralmas qismi sifatida ularning tashkil topish 
asoslari, ya‘ni tashkiliy – huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi; 
– banklarning mohiyati – bu o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan ob‘ektning 
tarkibini anglatadi; 
– banklarning mohiyatiga qator ta‘riflar shakllantirilgan bo‘lib, muammoni 
o‘rganayotgan paytda uning qanday jihatiga e‘tibor qaratilayotganligi muhim 
hisoblanadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin