― pul va banklar


o‘rganamiz.   Pul va inflyatsiya



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
pul va banklar (2)

 
o‘rganamiz. 
 Pul va inflyatsiya.
Pul va inflyatsiyaning mohiyatini tushunish uchun 
Frederik S. Mishkin ―Pul, bank ishi va moliyaviy bozorlarning iqtisodiy 
nazariyasi‖ kitobida
 
shunday misol keltiradi, ya‘ni, o‘ttiz yil oldin siz kechagina 
o‘n dollar to‘lagan, kino chiptangiz bir yoki ikki dollardan ortiq turmas edi. O‘n 
dollar esa kinoga chipta olish bilan birga, yana nafaqat popkorn xarid qilishga 
balki, tushlik qilishga ham etar edi.
Iqtisodiyotda tovar va xizmatlarning o‘rtacha narxi, sodda qilib aytganda, 
narxlarning umumiy darajasi
 
deyiladi. 1950 yildan 2011 yilga qadar AQSh 
iqtisodiyotidagi narxlar darajasi qariyib olti barobar o‘sgan. Inflyatsiya
 
narxlar 
umumiy darajasining tinimsiz o‘sishi bo‘lib, har bir xaridorga, ishlab 
chiqaruvchiga va xukumatga ta‘sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy strategiyani ishlab 
chiquvchilar va iqtisodchilar inflyatsiyani jilovlashga xarakat qiladilar, shuning 
uchun ushbu maqsadga erishish yo‘lida narxlar darajasini tebranishini aniqlovchi 
omillarini bilish zarur.
Inflyatsiyani nima bilan tushuntirish mumkin? Ushbu savolga mumkin 
bo‘lgan javoblardan birini 4-rasmdagi grafikda (BU YO‘Q) aks ettirilgan pul 
massasi va narxlar darajasining sinxron o‘sishida ko‘rishimiz mumkin. Inflyatsiya 
deb nomlanuvchi iqtisodiyotda narxlar darajasining doimiy o‘sishida o‘zini 
namoyon qiluvchi asosiy omil - pul massasining doimiy o‘sishini ko‘rsatadi.


 Inflyatsiya bilan pul massasining yaqindan aloqasining keyingi isboti 5-
rasmda ifodalangan garfik hisoblanadi. Bir nechta mamlakatlarda, o‘rtacha 
inflyatsiya darajasi (odatda har bir yilda foizli o‘zgarishda o‘lchanadigan narxlar 
darajasining o‘zgarish surati) ni aks ettirib, har bir nuqtani koordinatlari aniq bir 
mamlakatni aks ettirib, 2000-2010 yillar oralig‘ida pul massasining o‘rtacha o‘sishi 
va ushbu davrda inflyatsiyaning o‘rtacha sura‘tini ifodalaydi. Ko‘rganingizdek, 
keltirilgan ma‘lumotlar inflyatsiya bilan pul massasining o‘sishi o‘rtasidagi to‘g‘ri 
bog‘liqlikning mavjudligini ifodalaydi. Inflyatsiya darajasi eng katta bo‘lgan 
mamlakatlarda o‘z navbatida pul massasining o‘sish darajasi ham yuqoridir. Misol 
uchun, Turkiya, Ukraina va Zambiya kabi davlatlar ushbu davrda inflyatsiya 
darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ushbu davlatlarda pul massasining 
o‘sishi ham yuqoriligi kuzatilgan. Aksincha, Shvetsiya va AQShda ushbu davrda 
inflyatsiyaning sura‘ti juda past bo‘lgan (pul massasining o‘sishi singari). Ushbu 
faktlar Nobel mukofoti sovrindari Milton Fridmenning taniqli xulosasiga asos 
bo‘lgan: ― Inflyatsiya- bu hamisha va har erda monetar hodisadir‖. Aynan shu 
mavzularda pul massasi miqdori va monetar siyosatning inflyatsiya sura‘tlariga 
ta‘sirini ko‘rib chiqamiz.
Pul va foiz stavkalari 
Boshqa omillar bilan bir qatorda, pullar ishlab chiqaruvchilar va 
iste‘molchilarning doimiy diqqat e‘tiborida bo‘lgan foiz stavkalarining 
tebranishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. 6-rasmdagi grafikda AQShning uzoq muddatli 
g‘aznachilik obligatsiyalari bo‘yicha foiz stavkasi bilan pul massasidagi o‘sish 
tenglashtirilganligi ko‘rsatilgan. 1960 va 1970 yillarda uzoq muddatli 
obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasi pul massasi bilan birgalikda o‘sib bordi. Lekin 
1980 yildan boshlab foiz stavkasining o‘sishi bilan pul massasining o‘sishi 
o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik yo‘qola bordi. Biz foizlarga oid mavzularda foiz 
stavkalarning xarakterini tadqiq qilganimizda pul va foiz stavkalar o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ham tahlil qilamiz.
 
Monetar siyosatni amalga oshirish 
Pullar mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlovchi ko‘pgina iqtisodiy 
o‘zgarishlarga ta‘sir ko‘rsatganligi sababli, monetar siyosat ya‘ni, pullar va foiz 
stavkalarini boshqarish – butun dunyoda iqtisodiy strategiyani ishlab chiquvchilar 
va siyosatchilarning diqqat e‘tiboridagi ob‘ektlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda 
monetar siyosatni amalga oshirishga Markaziy bank javobgar (AQShda bu Federal 
Zaxira Tizimi (FZT)) hisoblanadi. Shu bois, mazkur fanda AQSh va boshqa 
davlatlarda amalga oshirilayotgan monetar siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari va 
iqtisodiyotda pullarning miqdorini boshqarishda Markaziy banklarning rolini tahlil 
qilishga ham ba‘zi mavzular bag‘ishlangan.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin