― pul va banklar


 Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning o‘zviy bog‘liqligi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
pul va banklar (2)

1.2. Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning o‘zviy bog‘liqligi. 
amiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi 
iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga 
e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish 
yoki xizmat turini ko‘rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish 
maqsadida bir necha xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan iqtisodiy aloqalarni 
o‘rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan 
xodimlarning mehnati uchun haq to‘laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. 
Bularning barchasi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va 
manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va 
manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning 
asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki 
firma yaratayotgan tovar yoki xizmatlarni shaxsiy iste‘moli uchun emas, balki 
bozorda sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda ko‘rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu 
ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‘rtasida tovar – pul munosabatlarini vujudga 
keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‘ratasida 
ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi. 
Bu erda ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‘rtasida ayirboshlanadigan tovar 
yoki mahsulotning bahosi muhim rol o‘ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va 
taklif asosida pulda ifodalanadi. Pulning rolini amal qilishida baho muhim 
iqtisodiy mexanizm hisoblanadi, tovar va xizmatlar bahosiga qator omillar ta‘sir 
qiladi. Xususan, tovar va xizmatlarning sifati, unga bo‘lgan talab darajasi, sotib 
oluvchining to‘lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir.
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning 
ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, pulning tovar xo‘jaligi 
sharoitida amal qilishining samaradorligini oshishiga qator omillar ta‘sir qiladi. 
Xususan ular quyidagilardan iborat:
1. 
Iqtisodiyotning 
barqarorligi 
va 
raqobatbardoshligi. 
Mamlakat 
iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste‘mol tovarlar va 
xizmatlarga bo‘lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish 
imkoniyatini beradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim hisoblanadi. 
Birinchidan, import hajmini qisqartirish asosida xorijiy valyutalarni chetga chiqib 



ketishining oldini oladi. Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga 
nisbatan barqarorligini oshiradi.
2. Markaziy bankning mustaqilligini ta‘minlanganligi. Ma‘lumki, Markaziy 
bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan, 
ushbu maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat 
boshqaruv organlari bosimidan holi bo‘lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning 
barqarorligi zaiflashadi va uning xalq xo‘jaligidagi roli pasayadi.
3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi. 
Mamlakat aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi 
pulning roliga bevosita va bilvosita ta‘sir qiladi. Chunki aholi va mijozlarning 
banklarga nisbatan ishonchining yuqoriligi ularning vaqtinchalik bo‘sh pul 
mablag‘larini banklarga muddatli omonat sifatida qo‘yishga undaydi. Bu esa 
pulning jamg‘arma vositasi va to‘lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga, 
birinchidan, pul egalariga qo‘shimcha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning 
real sektorni kreditlash imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar xo‘jaligi 
sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
4. Inflyatsiya darajasining tegishli me‘yorlarda saqlab turilishi. Milliy 
valyutaning inflyatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me‘yorlardan 
ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Inflyatsiya 
darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda aholining real daromadlari pasayadi, kredit 
muassasalarida uzoq muddatli omonatlar hajmi qisqaradi, korxona va tashkilotlar 
ishlab chiqarish hisobidan emas, balki o‘zaro olib sotish yo‘li bilan daromad izlash 
payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste‘mol tovarlarga bo‘lgan talabi mahalliy 
ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan qondiriladi. Bularning 
barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga olib keladi. 
Jamiyatda tovar – pul munosabatlaridan keyingi vujudga kelgan muhim 
ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlardan biri kredit munosabatlari hisoblanadi. Kredit, 
pul kabi iqtisodiy kategoriya bo‘lib, pul mablag‘larining samarali ishlashiga, 
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va jismoniy shaxslarning ortiqcha vaqt va mablag‘ 
sarf qilmasdan qo‘shimcha pul mablag‘lariga bo‘lgan talabini qondirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning barcha bo‘g‘inlarida bevosita yoki 
bilvosita alohida ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida o‘rganiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda ―kredit‖ so‘zi lotincha ―creditum‖ – ssuda, qarz 
so‘zidan paydo bo‘lganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi olimlar ―credo‖, ya‘ni 
―ishonaman‖ degan ma‘noni anglatishini qayd etadi2. Albatta, kredit 
munosabatlarida ishtirok etayotgan sub‘ektlarning bir – biriga bo‘lgan ishonchi 
asosiy omil hisoblanadi. Bu erda kreditor, kreditni berishda asosiy masala kredit 
oluvchiga nisbatan ―ishonchi‖ muhim ahamiyat kasb etadi. 
Biroq, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi uchun birgina 
ishonchning o‘zi etarli bo‘lmaydi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga 
kelishida ishonch bilan birgalikda shunday bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va 
Деньги, кредит, банки: Учеб. – 2 – е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК 
Велби, изд – во Проспект, 2008. –С.410. 


kredit oluvchi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga undaydi. 
Buni kreditor va qarz oluvchi nuqtai nazardan ko‘radigan bo‘lsak, kreditorni ushbu 
munosabatlarni rivojlantirishiga asosiy omil bu iqtisodiy manfaatdorlik, ya‘ni 
kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish jarayonini 
uzluksizligini ta‘minlash orqali tegishli iqtisodiy manfaatdorlikka erishishdir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, kredit va kredit munosabatlarini vujudga kelishi 
va rivojlanishida har ikkala tomonning ham iqtisodiy manfaatdorligi kuchli 
moliyaviy mexanizm hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning zarurligi quyidagi omillar bilan 
belgilanadi: 
-
kredit 
munosabatlarida 
ishtirok 
etuvchi 
tomonlarning 
iqtisodiy 
manfaatdorligini ta‘minlanishi. Xususan, kreditor kredit hisobidan foiz to‘lovlari 
sifatida foyda olsa, qarz oluvchi ishlab chiqarishning uzluksizligini ta‘minlash 
orqali tegishli foydani shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi; 
-
iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lar ssuda kapitali sifatida 
jamg‘arilib, tegishli maqsadlarga yo‘naltiriladi; 
-
iqtisodiyotda ishlab chiqarish tsiklining davriyligi. Bunda ayrim 
tarmoqlarda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari vujudga kelsa, boshqalarida 
qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug‘iladi, ushbu jarayon kredit orqali 
tartibga solinadi; 
-
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida qo‘shimcha moliyaviy 
resurslarga bo‘lgan ehtiyojning asosiy qismi kreditlar orqali qondiriladi. 
Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Kredit va kredit 
munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlashining asosida tovar ishlab chiqarish, 
yanayam aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak – kapital muomalasi va aylanishi yotadi. 
Jamiyatda kapital muomalasi va aylanishi doimo ham bir maromda amal qilmaydi, 
bular yuqorida ta‘kidlanganidek qator omillar bilan izohlanadi.
Kreditning mohiyatiga qator iqtisodchi olimlar tegishli ta‘riflarni 
shakllantirgan. Xususan, Shchegortsova V.A. tahriri ostida tayyorlangan darslikda, 
―Kredit – qaytarish va to‘lov sharti bilan qarzdorga vaqtinchalik foydalanish 
maqsadida pul mablag‘i yoki moddiy buyum ko‘rinishida berish jarayonida 
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir‖ tarzidagi ta‘rifi 
shakllantirilgan.
Professor O.I.Lavrushin tahriri ostida nashr etilgan darslikda kreditning 
mohiyatiga aniq ta‘rif berilmagan. Biroq, ularning fikricha, kredit ijtimoiy 
munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, iqtisodiy kategoriyadir. Shu bilan birga, 
kredit turlicha ijtimoiy munosabatlarda emas, balki iqtisodiy munosabatlarni aks 
ettiruvchi qiymatning harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Darslikda, kreditning 
mohiyatini aniq aks ettirish uchun uning tarkibi, harakat qilish jarayoni va vujudga 
kelish asosiga e‘tibor qaratish lozimligi ta‘kidlanadi3. 
3
Деньги, кредит, банки: учебник/кол. авт.: под ред.засл.деят. науки РФ, д.э.н. проф. О.И.Лавшурина. – 5 – е 
изд., стер. –М.: КНОРУС, 2007. –С. 237 – 238. 


Boshqa rossiyalik iqtisodchi olimlar ―Pulli (tovarli) kredit to‘lov asosida 
amalga oshiriladigan bir toifadagi ekvivalentning turli vaqtdagi o‘zaro harakatining 
yig‘indisir.‖, degan ta‘rifni berishgan 4.
Kreditning iqtisodiy mohiyatiga berilgan ta‘riflardan ko‘rinib turibdiki, bu 
borada iqtisodchi olimlarning fikrlari bir – biridan sezilarli darajada farq qiladi. 
Shu bois, ―Kredit – tegishli tamoyillar asosida (qaytarishlik, to‘lovlilik, 
ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik) qiymat va moddiy buyum 
ko‘rinishida, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan iqtisodiy 
kategoriyalarning bir shaklidir‖ tarzidagi ta‘rifni shakllantirishga jazm etdik. 
Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va to‘liqroq ochib berishda uning 
sub‘ektiv va ob‘ektiv mohiyatiga e‘tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining 
vujudga kelishida, shuningdek, uning mohiyatini ochib berishda kreditning 
sub‘ektiv mohiyati ham alohida o‘rin tutadi. Kreditning sub‘ektiv mohiyati bir – 
biriga bog‘liq bo‘lgan ―kreditor‖ va ―kredit oluvchi‖ning munosabatlarida 
namoyon bo‘ladi.
-
―Kreditor‖ 
va 
―kredit 
oluvchi‖ 
o‘rtasida 
vujudga 
keladigan 
munosabatlarning asosida tovar – pul aylanmasi yotadi. Jamiyatda vaqtinchalik 
bo‘sh mablag‘larning mavjudligi va tovar aylanmasining mavjudligi kredit va qarz 
oluvchining manfaatlarini bir – biriga to‘qnashishiga xizmat qiladi. Agar, ushbu 
manfaatlar bir – biriga mos kelsa ular o‘rtasida kredit munosabatlari vujudga 
keladi. 
-
Kreditor – kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida 
maydonga chiqadi. Kreditor pul mablag‘larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi 
sub‘ektlar hisoblanadi. Bunday sub‘ektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit 
tashkilotlar, lombardlar, davlat va boshqa moliyaviy tashkilotlar bo‘lishi mumkin. 
Kreditor ssuda sifatida beradigan pul mablag‘lari ularning o‘z mablag‘lari va jalb 
qilingan mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi. Kreditor sub‘ektlar ichida, banklar 
va kredit uyushmalari nafaqat o‘z mablag‘lari hisobidan, balki chetdan jalb 
qilingan mablag‘lar hisobidan kreditlar beradi. Mablag‘larni jalb qilishning turli 
yo‘llari mavjud bo‘lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida aktsiyalar va obligatsiyalarni 
muomalaga chiqarish asosiy va samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi.
-
Kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar 
asosida jalb qilib, ushbu mablag‘larni kreditning qayta taqsimlash funktsiyasi 
orqali real sektorning zarur bo‘lgan bo‘g‘inlariga joylashtiradi. Bu jarayon 
iqtisodiyotdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini samarali ishlashini, ya‘ni 
kapital aylanmasini to‘xtovsizligini ta‘minlash bilan birga, kreditor jamlangan 
mablag‘larni zarur maqsadlarga joylashtirish asosida ushbu mablag‘larni o‘z 
maqsadi va kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlari yo‘lida xizmat 
qilishiga erishadi. 
-
Kredit oluvchi – kredit munosabatlarida kredit oluvchi sifatida ishtirok 
etadi. Kredit oluvchi sub‘ektlar sifatida xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar, aholi, davlat, 
banklar va boshqa shaxslar maydonga chiqadi. Iqtisodiy adabiyotlarda kredit 
4
Деньги, кредит, банки: Учеб. – 2 – е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК 
Велби, изд – во Проспект, 2008. –С.428. 


oluvchini qarzdor sifatida talqin etish holatlari uchraydi, shuningdek, kredit va 
qarzning bir – biridan iqtisodiy jihatdan farqlanishi xususida ham tortishuvlar 
ko‘zga tashlanadi. Albatta, ―kredit‖ va ―qarz‖ o‘rtasida o‘zaro bog‘liklik bo‘lishi 
mumkin, lekin iqtisodiy mohiyatan bu ikki tushuncha o‘rtasida bir – biridan jiddiy 
farq qiladigan jihatlari mavjud. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida tegishli ijtimoiy 
– iqtisodiy qonunlar va tamoyillar asosida amal qiladi. Kredit munosabatlarida 
ishtirok etuvchi har ikkala tomonning iqtisodiy manfaatlari mavjud bo‘lib, ushbu 
manfaatlar o‘zaro mujassamlashganda kredit munosabatlari ro‘y beradi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin