― pul va banklar


Banklar va boshqa moliyaviy muassasalar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
pul va banklar (2)

 Banklar va boshqa moliyaviy muassasalar 
O‘zbekiston Respublikasining 25 aprel 1996 yilda qabul qilingan ―Banklar va 
bank faoliyati to‘g‘risida‖gi qonunga asosan Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank 
faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan 
yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda 
qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash 
uchun foydalanish;to‘lovlarni amalga oshirish.
Xorijiy mamlakatlarda Banklar
 
- o‘zida qo‘yilmalar (depozitlar)ni 
jamlaydigan va ssudalar (kreditlar) taqdim etadigan moliyaviy muassasalardir. Bu 
erda banklar tushunchasiga tijorat banklari, ssuda va jamg‘arma assotsiatsiyalari
o‘zaro jamg‘arma banklari, kredit uyushmalari kiritilgan. Banklar-moliyaviy 
vositachilar bo‘lib, oddiy aholi ular bilan doimo ish olib boradilar. Yashash joyi 
yoki avtomobil sotib olish uchun kreditni sizga maxalliy bank taqdim etadi. 
Ko‘pchilik amerikaliklar o‘z jamg‘armalarining aksariyatini joriy va jamg‘arma 
hisob raqamlarida, yoki boshqa ko‘rinishdagi bank jamg‘armalarida saqlaydilar. 
Banklar – yirik moliyaviy vositachilar bo‘lganligi sababli ularning faoliyati chuqur 
o‘rganilishi kerak. Ammo, AQShda banklardan tashqari yana bir qator moliyaviy 
muassasalar mavjud. So‘nggi yillarda sug‘urta va moliyaviy kompaniyalar, pensiya 
va o‘zaro fondlar, investitsion banklarning roli ortib bormoqda. Bu moliyaviy 
muassasalarning faoliyati ham chuqur o‘rganishni talab etadi.
Siz fanni o‘rganish davomida daromad olish maqsadida banklar aktivlar va 
passivlarni qanday qilib boshqarishlarini bilib olasiz. Ba‘zi faoliyat turlarini, 
ko‘rsatkichlarni iqtisodiy tahlil qilib, nima sababdan moliyaviy tartibga solish 
aynan shu ko‘rinishni olganligi hamda tartibga solish tizimida qanday xatoliklar 
sodir bo‘lishi mumkinligini ko‘ramiz. Shuningdek, bank sanoatini ko‘rib chiqamiz, 
bank sanoatini raqobatbardosh muhit qanchalik darajada o‘zgartirganligini 
tekshiramiz va nima sababdan ba‘zi moliyaviy institutlar boshqalarning hisobidan 
rivojlanayotganligini o‘rganamiz. 
Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan 
biri, bu ularning xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar, aholi va davlat tashkilotlari 
o‘rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan 
tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida xo‘jalik sub‘ektlari o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul 
o‘tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga 
oshiriladi va tartibga solib turiladi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta‘sir 
qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 



Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin