I.A.Batmanov
2
o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarni uchga bo‘lib tekshiradi: shart ergash
gap, o‘zgalar gapi, bog‘langan qo‘shma gaplar.
A.K.Borovkov
3
qo‘shma gapning ikki asosiy turi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Xuddi
shu xildagi fikr A.N.Kononov
4
ishida ham ta’kidlangan.
M.Asqarova
5
qo‘shma gaplarni ikki guruhga bo‘lib qrganadi. G‘.A.Abdurahmonov
6
esa
qo‘shma gaplarni uch turga ( bog‘lovchisiz qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan
qo‘shma gaplarga) bo‘lib tekshirali.
N.A.Baskakov
7
qo‘shma gaplarni uch guruhga bo‘lib tekshiradi: bog‘langan qo‘shma
gaplar, (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) ergashgan qo‘shma gaplar (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) va
ko‘chirma gaplar ergashgan qo‘shma gap.
Keyingi yillarda qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning qurilish qolipiga ko‘ra
tasniflash tavsiya etiladi.
Qo‘shma gaplarni tasniflaganda ularning tarkibidagi sintaktik aloqa va munosabatlarni
ham hisorbga olish lozim bo‘ladi.
Sintaktik aloqaning tenglashish aloqasi, tobelanish aloqa kabi
oppozitsiyalarini hosil
qiluvchi qutblari mavjud.
Tenglashish aloqasining xarakteri uning birinchi bosqich paradigmasini belgilashda
oppozitsiya asosi vazifasini bajaradi. Tenglashish aloqa tarkibida ikki ko‘rinishni farqlash
mumkin: a) yopiq qatorli tenglashish; b) ochiq qatorli tenglashish.
Yopiq qatorli tenglashishda ma’nosiga ko‘ra biriktiruv, zidlov aloqasi o‘z aksini topadi,
vazifaga ko‘ra qo‘shma gap hosil qiladi.
Ochiq qatorli tenglashishda ma’nosiga ko‘ra ayiruv-chegaralov, inkor aloqa o‘z
aksini
topadi, vazifasiga ko‘ra qo‘shma gap hosil bo‘ladi. Qo‘shma gapni hosil qiluvchi ayiruv, inkor
bog‘lovchilari ishtirok etadi.
Tobelanish aloqasi tobelikning yo‘nalish xususiyatiga ikki xil aloqa hosil qiladi: a)
koordinativ aloqa; b) subordinativ aloqa.
Koordinativ aloqa vazifasiga ko‘ra nominativ va kommunikativ birlik hosil qiladi.
Tuzilishiga ko‘ra qo‘shma gaplar hosil qiladi.
Subordinativ aloqa qo‘shma gaplarni hosil qiladi, bu qo‘shma gaplar tarkibidagi aloqa
sodda gaplar tarkibidagi boshqaruv aloqasini eslatadi.
Qo‘shma gap tasnifida sntaktik aloqa mezonlarinigina emas, balki sintaktik munosabat
mezonlarini ham hisobga olish kerak. Sodda gaplar tarkibida
monopredikativ sintaktik
munosabat mavjud bo‘lsa, qo‘shma gaplarda polipredikativ sintaktik munosabatlar mavjud.
Polipredikativ sathda sintaktik munosabatlarning to‘rt xili vujudga keladi: predikativ
munosabat, atributiv munosabat, posessiv munosabat, situativ munosabat.
Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma gaplar ma’lum mazmun munosabatlarini ifodalashi,
grammatik belgilari, tuzilishi, qurilish qolipi va intonatsiyasiga ko‘ra bir necha ko‘rinishga ega.
Ular quyidagilardan iborat:
1.Bog‘langan qo‘shma gaplar.
2. Ergash qo‘shma gaplar.
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
4. Ko‘chirma qurilmali qo‘shma gaplar.
Qo‘shma gap qismlarining birikish usullari mavjud bo‘lib, ular parataksis va gipotaksis
sanaladi.
Parataksis so‘zi grekcha so‘z bo‘lib, bog‘lanish, qator tuzish degan mazmunni ifodalaydi.
2
Батманов И.А. Вильнер А.Н. Ўзбек тили ларслиги. Наҳв.-Т., 1933, 65-бет.
3
Боровков А.К. Краткий очерк грамматики узбекского языка // Узбекско-русский словарь. -М., 1959. –С.714.
4
Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного языка . –М.,Л. 1960. –С. 406.
52
Асқарова М. Ҳозирги замон ўзбек тилида қўшма гаплар. –Т., 1960, 6-7-бетлар.
76
Абдураҳмонов Ғ.А. Основы синтаксиса сложного предложения современного узбекского литературного
языка. АДД. -Т., 1960. –С.6
7
Баскаков Н.А. Сложные предложения в каракалпакском языке // Исследования по сравнительной
грамматики тюркских языков. Ч.3. –М., 1961. -222.
Parataktik qurilmalar qismlari orasida turli mazmun munosabatlarining ifodalanishida shu
qislar tarkibidagi gap bo‘laklarining ma’nosi va o‘rinlashishi, ularning
semantik va grammatik
o‘zaro munosabati, ayrim leksik elementlarning qo‘llanishi, gaplarning intonatsiyasi kabi omillar
asosiy rol o‘ynaydi: Urushdan faqat boylar manfaat topdi, ammo kambag‘allar xonavayron
bo‘ldi. (Jurn.)
Gipotaksis so‘zi ham grekcha so‘z bo‘lib, gaplarning o‘zaro ergashtiruvchi vositalar
yordamida tobelashishini anglatadi.
Ergash gap bosh gapni izohlaydigan va mazmunan unga tobe bo‘lgan qismdir. Ergash
gap turli tobelashtiruvchi vositalar yordami bilan bosh gapga bog‘lanadi:
Shundan bilamizki,
mushtumzo‘rlar tipirchilab qoldi. (A.Q.)
Qo‘shma gapning tarkibidagi qismlar o‘zaro bir-biriga intonatsiya va yordamchi vositalar
bilan bog‘lanadi.
Intonatsiya qo‘shma gapning hamma turida ishtirok qiladigan universal vosita sanaladi.
Qo‘shma gapning shakllanishidagi ishtirokiga ko‘ra, intonatsiya bosh va yordamchi rolni
o‘ynaydi. Intonatsiya bosh rolni o‘ynaganda sintaktik aloqa faqat intonatsiya orqali ifodalangan
bo‘ladi. Yordamchi rol o‘ynaganda boshqa vositalar ishtirok etadi.
Yordamchi vositalar o‘z xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Dostları ilə paylaş: