Ўзбекистон республикаси o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix03.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#151651
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
hozirgi ozbek tili-4

Grammatik vositalar
. Qo‘shma gapni hosil qiluvchi grammatik vositalarga 
bog‘lovchilar, ko‘makchilar, yuklamalar. Kelishik shakllari kiradi. 
2. 
Leksik-grammatik vositalar
. Qo‘shma gapni tuzishda xizmat qiluvchi leksik-grammatik 
vositalarga sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, shart fe’li, buyruq fe’li shakllari kiradi. 
3.
 Leksik vositalar
. Maxsus leksik vositalarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 
1. Qo‘shma gaplarni hosil qilishda kirish va kiritma konstruksiyalar ishtirok etadi. Ular 
izohlash, qiyoslash munosabatini ifodalaydi: Lekin bu narsa Qalandarovning taftini bosolmadi, 
aksincha, yuragiga o‘t yoqildi. (A.Q.) 
2. Payt munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda
 shundan buyon, shundan keyin, shu 
paytda, shunda, unda 
so‘zlari qo‘llanadi.
3. Qo‘shma gapni tuzishda olmoshlarning, asosan, ko‘rsatish va nisbiy olmoshlarning 
roli bor. Shunday ayollar bo‘ladi: ular ishqni e’tiqod kabi muqaddas tutadi.(O.)
4. Qo‘shma gapning har ikki qismida bir xil vazifa yoki har xil vazifadagi so‘z 
takrorlanadi: Mening domlam yo‘q, domlam ikki ko‘zim .(A.Q.)
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ayrim olingan sodda gaplar bilan o‘xshashlik va 
farqli tomonlarga ega. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik quyidagilardan iborat: gap bo‘laklarining 
ishtirok etishi, so‘z birikmalarining mavjudligi, ega-kesim munosabatlarining bo‘lishi. Farqli 
tomonlari shundaki, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ayrim olingan sodda gaplarga 
nisbatan mustaqilligini yo‘qotgan bo‘ladi, fikriy, intonatsion tugallikni to‘liq ifodalamaydi. 
Demak, gapni tashkil etgan sodda gaplar mazmuni, grammatik qurilishi va intonatsiyasi 
bilan alohida qo‘llanuvchi mustaqil sodda gaplardan farq qiladi.
 
Tayach tushunchalar 
 
 
Qo‘shma gap, birikish usullari, parataksis, gipotaksis, sintaktik aloqa, tenglashish aloqasi, 
tobelanish aloqasi, yopiq qatorli tenglashish, ochiq qatorli tenglashish, koordinativ aloqa
subordinativ aloqa monopredikativ, polipredikativ, leksik-grammatik vositalar. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin