Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari gapning nominativ
minimumi uzvlarining leksik
ma’nolariga asoslanadi. Bunga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi tuzilish tarxlari doirasida
emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari va mazmuniy
tuzilishi bir-biri bilan
kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi. Bundan qarash O.I.Moskalskaya ishlarida
namoyon bo‘ladi.
Mazmuniy sintaksisning keyingi yutuqlari gapga nominativ vazifa
bajaruvchi birlik deb
qarashga olib keldi. N.D.Arutyunova gapga ob’ektiv borliqdagi voqeaning nomini ifodalovchi
birlik sifatida yondashadi. Voqea propozitsiya atamasi bilan nomlanadi. Demak, gap
propozitsiya nomi hisoblanadi va u predmet nomi bo‘lgan so‘zga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Predikat va voqea ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat gapning mazmunini tashkil etadi.
T
Dostları ilə paylaş: