Ўзбекистон республикаси o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix03.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#151651
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
hozirgi ozbek tili-4

Savol va topshiriqlar 
 

1. Qo‘shma gap nima? 


2. Qo‘shma gaplar qanday tasnif qilingan? 
3. Qo‘shma gap qismlarining birikish usullari qanday? 
4. Qo‘shma gap komponentlarini bog‘lovchi vositalar qaysilar? 
5. Qo‘shma gapning sodda gaplardan farqi qanday? 


 
8-Mavzu: Bog‘langan qo‘shma gap 
 
R e j a: 
 
1. Bog‘langan qo‘shma gaplarning xususiyatlari va bog‘lanish vositalari. 
2. Bog‘langan qo‘shma gaplarning ergash gapli qo‘shma gaplardan farqi. 
3. Qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar. 
4. Biriktiruv munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar. 
5. Ayiruv munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar. 
Teng bog‘lovchilar orqali birikkan biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe bo‘lmagan, 
teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan shaklan mustaqil mazmunan o‘zaro 
bog‘langan gaplardan shakllangan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap sanaladi. Bunday 
qo‘shma gap qismlarining bir-biriga bog‘liqligi ularning tuzilishida, kesimlarining semantik va 
grammatik munosabatda, umumiy gap bo‘laklarining mavjudligida ham ko‘rinadi. Shuning 
uchun ham bog‘langan qo‘shma gap, qancha gaplardan tashkil topmasin, yaxlit yagona bir 
qurilmani tashkil qiladi. 
Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga biriktiruv, chog‘ishtiruv, ayiruv, 
zidlov munosabatlarini ifodalovchi teng bog‘lovchilar va bog‘lovchi vazifasida keluvchi 
–da, -u
(-yu)
yuklamalari orqali birikadi. 
Bog‘langan qo‘shma gaplarda birinchi gap, odatda, erkin holda tuzilgan bo‘ladi, keyingi 
gap esa bog‘langan qo‘shma gap komponentlari orasidagi munosabatga bog‘liq holda 
shakllanadi. Shuning uchun ham bog‘langan qo‘shma gap bilan ergash gapli qo‘shma gaplar 
orasida grammatik, intonatsion farqlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 
1. Bog‘langan qo‘shma gaplarda sodda gaplarni biriktirish uchun teng bog‘lovchilar 
qo‘llanadi. Ergash gapli qo‘shma gaplarda esa tobe bog‘lovchi va nisbiy so‘zlar (kim, nima, 
qanday, shunday) qo‘llanadi. 
2. Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning kesimlari har vaqt ma’lum 
shaxs, zamon ko‘rsatuvchi mustaqil shaklda bo‘ladi. Ergash gapli qo‘shma gap kesimlari esa 
ravishdosh, sifatdosh, shart fe’li orqali ifodalangan tobe shaklda bo‘ladi. 
3. Bog‘langan qo‘shma gapda sanash, qiyoslash intonatsiyasi bo‘lsa, ergash gapli 
qo‘shma gaplarda tobelantiruvchi yoki izoh intonatsiyasi bo‘ladi. Bog‘langan qo‘shma gap 
qismlarining o‘zaro aloqasi quyidagi mazmun munosabatlari ifodalanadi: 
1. Qiyolash munosabati. 2. Biriktiruv munosabati. 3. Ayiruv munosabati. 4. Sabab va 
natija munosabati. 5. Izohlash munosabati. 
Har qanday grammatik shakl, shu jumladan bog‘langan qo‘shma gaplarning grammatik 
shakli ikki xil ma’noga – umumiy va xususiy grammatik ma’noga ega. 
Biriktiruvchi bog‘lovchilar umumiylik vazifasini, ergashtiruvchi bog‘lovchilar xususiylik 
vazifasini bajaradi. 
Biriktiruvchi, ayiruvchi bog‘lovchilari orqali shakllangan bog‘langan qo‘shma gaplarda 
ochiq strukturali qo‘shma gaplardir. 
Zidlov bog‘lovchilar, 
bo‘lsa, esa
so‘zlari, 
faqat
bog‘lovchisi, 
-u(-yu)
yuklamalari 
yordamida shakllangan bog‘langan qo‘shma gaplar yopiq strukturali qo‘shma gaplardir. 
Ba’zan bog‘langan qo‘shma gaplarda 
–b (-ib)
ravishdosh va 
–sa
shart fe’li shakli 
grammatik shakl sifatida ishtirok etadi. Bunday qo‘shma gaplarning ham strukturasi yopiq 
struktura hisoblanadi. 
Qiyoslash munosabatini ifodalagan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning 
intonatsiyasi bir xil bo‘lmaydi. Bunda qo‘shma gapning birinchi qismi ko‘tarilgan intonatsiya 
bilan, ikkinchi qismi esa pasaygan intonatsiya bilan talaffuz etiladi; har ikki qism o‘rtasida ancha 
sezilarli pauza bo‘ladi. Qo‘shma gap tarkibidagi qiyoslanayotgan bo‘laklarga kuchli mantiqiy 


urg‘u tushadi. Bu urg‘u bo‘lsa, esa fe’llari yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda kuchli bo‘ladi:

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin