Mavzu: vatan ishonchi



Yüklə 1,11 Mb.
tarix03.10.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#151618
1-sinf Tarbiya fanidan Vatan ishonchi mavzuda dars ishlanma



Sana:____________________________
MAVZU: VATAN ISHONCHI
Maqsad: Ta’limiy: O`quchilarga bugungi mavzuga oid bilim va tushunchalar berish. Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo’lish bilimini shakllantirish
TK2: axborot manbalari (televizor, telefon)dan to‘g‘ri foydalana olish
FK1 suhbatdoshni tinglash, sukut saqlash va o‘z fikrini to‘g‘ri bayon qilish ;
Tarbiyaviy: Odob-inson ko’rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o’g’itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o’zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlarni farqlash va amalga oshirish usullarini o’rgatish .
TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish. FK1: O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Men birinchi sinfga borganimda dadam menga G‘afur G‘ulomning she’rini o‘qib bergandilar:
Sen bu kun sinfda shod yurak bilan
Sinov navbatini kutib turasan.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo‘yki, sen Vatan kutadi!

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Bugun qanday bayram?
2. Sizni yana kimlar birinchi sinfga qadam qo‘yganingiz bilan tabriklandi?
3. Prezidentimiz sizga qanday tilak bildirdilar?
4. Maktabga nima uchun kelganingizni bilasizmi?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi. Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.


O‘TIBDO‘:
Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin