darajada, qancha miqdorda bajarilishini bildiradi:
Qiladigan ishingiz qanchalik ulug‘vor bo‘lsa,
g‘ayratingiz shuncha qaynay beradi
. (R.F.)
Ergash gapning kesimi sifatdoshdan so‘ng
sari, sayin
ko‘makchilarini keltirish orqali
ifodalanadi. Bunda ergash gapda
qanchalik,
bosh gapda
shunchalik
nisbiy so‘zlari ishtirok etadi:
Yoshing ulg‘aygan sari, tajribang ham orta borar ekan. (Jurn.)
Chog‘ishtirish va o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gaplar.
Chog‘ishtirish ergash gapi bir
harakat bilan ikkinchi harakatni, bir voqea bilan ikkinchi voqeani, bir shaxs bilan ikkinchi
shaxsni chog‘ishtiradi.
Chog‘ishtirish ergash gapi bosh gapga shart fe’l shakli, sifatdosh va ravishdosh shakllari
hamda
–ki
bog‘lovchisi orqali bog‘lanadi.
Ergash
gapning tarkibida
–guncha, -gandan ko‘ra, -ishdan ko‘ra, qanday, qanday qilib,
shunday, o‘shanday, shunday qilib, o‘shanday qilib
kabi nisbiy so‘zlar ishtirok qiladi: Qul bo‘lib
yashaguncha, mard bo‘lib o‘lgan yaxshi. (Maqol)
Ergash gapning kesimi sifatdoshdan so‘ng
–day. –gani. –ganiday
qo‘shimchalarini yoki
kabi, singari, sari, go‘yo
yordamchilaridan birini keltirish bilan ifodalanib, ergash gap bosh
gapdagi harakatning bajarilishini boshqa predmet harakatiga o‘xshashtish orqali bildiradi: U
qimir etmadi, go‘yo asabi ham, sezgilari ham o‘lgan edi. (A.M.)
Sabab ergash gapli qo‘shma gaplar
. Sabab ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisaning
yuzaga kelish sababini bildiradi.
Sabab ergash gap bosh gapga
chunki, shu sababli, shu tufayli, sababki, negaki, shekilli,
shuning uchun, -gani uchun, -gani tufayli, -ganidan, -i(b). –may
kabi
yordamchilar orqali
birikadi: G‘ulomjon uzoq o‘y surib ketgani sababli, suhbat uzilib qoldi. (M.Is.)
Maqsad ergash gapli qo‘shma gaplar
. Maqsad ergash gap bosh gapdagi harakat yoki
voqeaning qanday maqsad bilan yuzaga kelishini bildiradi. Bunday qo‘shma gapning qismlari
o‘zaro
deb (deya), uchun
yordamchilari vositasida birikadi.
Maqsad mazmunini yanada bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ergash gap oldida
zora, shoyad
kabi so‘zlar ishlatiladi. Maqsad ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin keladi: Zora,
xo‘jayinning ko‘ngli bir oz yozilsa deb, mehmon gaplashadi, hasratlashadi. (A.M.)
Payt ergash gapli qo‘shma gaplar.
Payt ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning yuzaga
kelish vaqtini bildiradi.
Payt ergash gap bosh gapga
–ganidan keyin (so‘ng, avval), -ganda, -gan vaqtda (paytda),
-masdan, -masdan oldin (burun, keyin), -mas, -i(b), -gach, -guncha, -may, -(i) shi, bilan
yordamchilari birikadi.
Payt ergash gap, asosan, bosh gapdan oldin keladi. Oradan ko‘p vaqt
o‘tmay, idoraga chollar kirishdi. (A.Q.)
O‘rin ergash gapli qo‘shma gaplar
. O‘rin ergash gapli qo‘shma gapdagi voqea-
hodisaning yuzaga kelish, bajarilish o‘rnini bildiradi. Ko‘z qaerda bo‘lsa, mehr ham o‘sha yerda
bo‘ladi. (Maqol)
O‘rin ergash gap bosh gapga ko‘pincha fe’lning shart mayli shakli orqali birikadi. Bundan
tashqari, o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh va ergash gap tarkibida
qaerda-shu yerda,
qaerdan-shu yerdan, qaerga-shu yerga
kabi so‘zlar qo‘llanadi. Katta kema qayoqqa yursa,
kichik kema ham shu yoqqa yuradi.(Maqol)
Shart ergash gapli qo‘shma gaplar
. Shart ergash gap bosh gapdagi voqeaning qanday
shart bilan yuzaga chiqishini bildiradi.
Shart ergash gap bosh gapga fe’lning
shart mayli shakli yoki
–ganda, -ganda edi
yordamchisi, shuningdek,
-(a)r+ekan
shakllari orqali bog‘lanadi: Ilg‘orlarni har ishda yetakchi
qila bilsangiz, mara sizniki.(O.)
Ba’zan shart mazmunini yanada kuchliroq ifodalash uchun ergash gapning boshida
agar,
bordi-yu, mabodo, basharti
kabi so‘zlar keladi: Agar mamlakatda jabr-zulm benihoyat avj
olmasa edi, ishqingiz qora kiymas edi. (O.)
To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar
. To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap
va ergash gapdagi mazmun bir-biriga zid bo‘lsa ham,
shu zidlikka, to‘siqqa qaramay, bosh
gapdagi voqea-hodisaning yuzaga kelishi ifodalanadi.
To‘siqsiz ergash gap bosh gapga
–sa ham. –sa-da, -ganda ham, qaramay
kabi
yordamchilar orqali bog‘lanadi: Quyosh yashiriningan bo‘lsa ham, kunduzning yorug‘ligi hali
tamom so‘nmagan edi. (O.)
Natija ergash gapli qo‘shma gaplar.
Natija ergash gapli qo‘shma gap bosh gapdagi voqea-
hodisaning yuzaga kelishidagi natijani bildiradi.
Natija ergash gap
–ki
yordamchisi orqali birikadi. Bunday ergash gaplar ko‘pincha bosh
gapdagi harakat belgisini ko‘rsatadigan
shunday (shunaqangi), chunon(chunonam
) kabi
so‘zlarning ma’nosini konkretlashtirib keladi: Asrorqul chilimni shunday qattiq tortdiki,
sarxonasidan alanga ko‘tarildi. (A.Q.)
Dostları ilə paylaş: