Ba’zi bir bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni ergash gaplar bilan almashtirish mumkin
bo‘lsa-da, ularni ergash gapning biror aniq turiga kiritish mumkin emas: Yurt tinch - sen tinch.
(Maqol)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning ayrim turlari ko‘p ma’noli bo‘lib, bog‘langan qo‘shma
gapning ham, ergash gapli qo‘shma gapning ham xususiyatlarini o‘zida ifodalashi mumkin:
Kanal qazigan edik, suv chiqmadi. (A.Q.) Kanal qazigan edik, lekin suv chiqmadi (bog‘lovchisiz
qo‘shma gap).
Har qanday bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar o‘zaro ma’lum bir
vositalar yordami bilan birlashadi va qo‘shma gapni hosil qiladi. Bu vositalar quyidagilardan
iborat:
1.
Lekink elementlar: shundan buyon, shundan keyin, unda, shunda, shu paytda
,
olmoshlar, sinonim va antonim so‘lar, kirish so‘zlar, yuklamalar.
2.
Ayrim gap bo‘laklarining takrorlanishi
. Bir xil so‘zning ikki gapda takrorlanishi har ikki
gapni bir-biriga yaqinlashtiradi, qo‘shma gapni hosil qiladi. Umumiy gap bo‘laklari
har ikki
gapda bir xil vazifada bo‘lishi yoki turli vazifada bo‘lishi mumkin: Mening domlam yo‘q,
domlam- ikki ko‘zim. (A.Q.)
3.
Umumiy ikkinchi darajali bo‘laklar.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning tarkibidagi ikkinchi
darajali bo‘lak qo‘shma gap tarkibidagi gaplar uchun umumiy bo‘ladi. Umumiy ikkinchi darajali
bo‘lak faqat birinchi gap tarkibida qo‘llanib, ikkinchi gapda ifodalanmaydi. Ammo umumiy
kontektdan sezilib turadi: Boyvachchaning rangi biroz oqardi, ko‘zlari asabiy ravishda qisildi.
(O.)
4
. Struktura.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning bir struktura
jihatidan
shunday tuziladiki, uni qo‘shma gapning boshqa gapidan tashqari tushunish mumkin
emas. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar struktura jihatidan bir-birlariga bog‘liq bo‘lib
qoladilar: Qaysi Inomjon bo‘lar edi, tog‘angizni o‘g‘li! (A.Q.)
5.
Intonatsiya va o‘rin
. Intonatsiya sodda gaplarni biriktirib, bog‘lovchisiz qo‘shma gap
hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Jodi yo‘q-sigirlarga poya bugun tashlanadi. (A.Q.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning o‘z o‘rni bor, shu o‘ringa
ko‘ra boshqa sodda gap bilan birikadi, ma’lum
maqsadni, fikrni ifodalaydi. Gap o‘rinlarining
o‘zgarishi bilan mazmun buziladi va kuzatilgan fikrni bildirmaydi: Sen kelding – yasandi dunyo.
(U.)
6.
Zamon munosabati.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi bir sodda gap kesimining bir
xil zamon shakli va mazmunida bo‘lishi shu qo‘shma gap tarkibidagi ikkinchi gap kesimining
unga muvofiq bo‘lishini talab etadi: Va’daga vafo mardning ishi, va’dasiz- subutsiz kishi.
(Maqol)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning o‘zaro ma’no munosabati va
utslarning intonatsiyasi ham turlicha bo‘ladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma
gapni tashkil etgan sodda
gaplarning o‘zaro ma’no va intonatsion munosabatlariga ko‘ra, qo‘shma gapning ifodalagan
umumiy mazmuniga ko‘ra, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ikki turga bo‘linadi:
1. Bir gapli tiplardan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
2. Turli tipli gaplardan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Bir
tipli
gaplardan tashkil topgan qo‘shma gaplarning tarkibidagi sodda gaplarning tipi ham, ularning
ohangi ham bir xil bo‘ladi. Ularda ma’lum bir vaqtda yoki ketma-ket ro‘y
beradigan voqea,
hodisalar ifodalanadi yoki voqea, hodisalar bir-biriga qiyoslanadi.
Bir turdagi gaplardan tashkil topib, umumiy bir fikrni ifodalovchi qo‘shma gaplar bir tipli
gaplardan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar hisoblanadi: Jismimiz yo‘qolur, o‘chmas
nomimiz (H.O.)
Turli tipli gaplardan tarkib topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar odatda ikki sodda
gapning birikuvidan tuziladi. Ammo ayrim hollarda bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning tarkibi
murakkab bo‘lishi, ikkidan ortiq sodda gaplardan tuzilishi mumkin. Bu holat qo‘shma gapning
birinchi qismini turli tomondan, keng izohlashi zarur topilgan o‘rinlarda ro‘y beradi:
Halqqa ayting men aslo o‘lganim yo‘q,