Gapning denotativ ( nominativ) aspektini ifodalash uchun ko‘p hollarda “propozitsiya”
terminidan foydalaniladi. Bu termin tilshunoslikka mantiqdan – falsafiy tadqiqotlar ta’sirida
kirib keldi. Propozitsiyaga qiziqishning o‘sishi bilan uning talqinida ham xilma-xillik orta bordi.
Simvolik mantiq klassik mantiqdan farqli ravishda, o‘zining tushunchalarini inson ongida
aks etishini chetlab o‘tgan holda bevosita ob’ektiv reallik kategoriyalari bilan munosabatini
belgilashga intiladi. Propozitsiya tushunchaisning bu umumiy tendensiyasi natijasida keyinchalik
u tafakkurdan ob’ektiv reallikka, sub’ektiv omildan ob’ektiv omilga «berildi».Natijada u
tafakkur
shakliga emas, balki uning mazmuniga, u orqali ifodalanadigan ob’ektiv reallikka
nisbatan qo‘llanila boshladi. Sub’ektiv modallik kategoriyasida ozod bo‘lib, situatsiyani
ifodalashga o‘tdi. Propozitsiya xuddi shu ma’nosi bilan tilshunoslikka kirib keldi.
Hozirgi kunda ko‘pchilik tilshunoslar propozitsiya termini ostida gapning semantik yadrosi
hisoblangan, ya’ni gapning semantikasida o‘z ifodasini topgan ob’ektiv reallik, ob’ektiv
mazmunni tushunadilar.
Propozitsiya faqat gaplar orqali ifodalanishi shart emas. U so‘z birikmasi va so‘zlar orqali
ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi / darsning boshlanishi. Demak, ma’lum bir
sintaktik tuzilma gap bo‘lishi uchun ma’lum propozitsiyani ifodalashdan tashqari, yana boshqa
belgilarga – kommunikativ avtonomlik va modallik belgilariga ega bo‘lishi kerak. Shuning
uchun ham har qanday gap ot propozitsiyasida
transpozitsiya qilinganda, uning kommunikativ
bo‘linishi (tema-rematik bo‘linish) va modal xususiyati yo‘qoladi, ammo nominativ mazmuni
eskicha saqlanib qoladi. Masalan:
O‘quvchilar darsga tayyorlanishdi – o‘quvchilarning darsga tayyorlanishi.
Ko‘p yurish foydali – ko‘p yurishning foydaliligi.
Har qanday gap semantikasida propozitiv mazmundan tashqari, so‘zlovchining
kommunikativ niyati va mumkin bo‘lgan modallikdan biri ishtirok etishi kerak bo‘ladi.
Boshqacha aytganda, propozitsiyadan real gap mazmuniga o‘tish uchun propozitiv ramkadan
tashqari, yana ikki ramkani – modallik va kommunikativ ramkani qilish zarur bo‘ladi. Modallik
va kommunikativlik har qanday gap semantik tuzilishning zaruriy komponenti hisoblanadi.
1
Shunday qilib, har qanday semantik qurilishi murakkab, ko‘p qirrali xarakterga ega bo‘lib,
unda eng kamida uch komponent: propozitiv, modal, kommunikativ komponentlar ishtirok etadi.
Gapning semantik qurilishini tashkil etgan yuqoridagi komponentlardan eng asosiysi ob’ektiv
borliqdagi ayrim situatsiya yoki voqealarni aks ettiruvchi propozitiv strukturadir.
Demak, har qanday gap mazmunida uch aspekt ishtirok etadi: propozitiv, modal,
kommunikativ (tema-rematik) aspektlar. Bulardan til birligi sifatidagi
gap semantikasida faqat
propozitsiya va ob’ektiv modallik mavjud bo‘lsa, nutq birligi sifatida gap semantikasida ulardan
tashqari, albatta, kommunikativ aspekt va ba’zan sub’ektiv modallik ham ishtirok etadi.
Ayrim tilshunoslar esa gap mazmunida ekstralingvistik faktorlarni rad etmagan holda, til
ifodasining ob’ektiv borliq, situatsiya bilan bevosita emas, balki inson ongida mavjud bo‘lgan
“ob’ektiv borliq obrazlari” orqali bog‘lanishiga asoslanib, “situatsiya” termini psixik makon va
psixik zamonda joylashgan psixik situatsiyaga nisbatan qo‘llaydilar. Hozirgi sintaktik
semantikasida denotativ aspekt ko‘proq o‘rin olmoqda. Bunga ko‘ra situatsiya elementlari
hisobga olinadi. Ammo tilshunoslar ham shu situatsiya elementlari masalasi ham bir xil emas.
Semantik strukturaning original konsepsiyasi I.P.Susov tomonidan ilgari surildi. Uning
qarashicha, real haqidagi bir necha situatsiyalardan tashkil topadi.
Inson ongi konkret
situatsiyalarni aks ettiradi, umumlashtiradi. Inson ongida abstarkt situatsiyaga ichki til shakllari
mos qo‘yiladi. Uni hosil qilish uch bosqichda bo‘ladi: abstrakt situatsiyaga izomorf bo‘lgan
strukturani hosil qiluvchi relyatsion bosqich; relyatsion strukturaga sub’ekt – predikat
munosabatni qo‘shadigan predikatsion bosqich; predikatsion strukturaga temporollik,
modallik
va boshqalarni yuklaydigan modifikatsion bosqich.
Ko‘rinib turibdiki, semantik tuzilish haqida hozirgi kunda tilshunoslar o‘rtasida bir xillik
yo‘q. Bu esa gapning semantik qurilishining nihoyatda murakkabligi natijasidir.
1
Маҳмудов Н. Ўзбек тилидаги содда гапларда семантик- синтактик асимметрия. Т.: Fan, 1984. 10-бет
Har bir gap anglatadigan fikrni, shu gapdan kuzatilgan maqsadni so‘zlovchi va tinglovchi
bir xil tushunadi. So‘zlovchining so‘zda tutgan maqsadiga, emotsionalikka qarab. Gapning
tuzilishi ham shunga mos shaklda bo‘ladi. Masalan, so‘rashni bildiradigan gaplarning tarkibida
kim, qaysi kabi olmoshlar ishtirok etadi: Kim keldi? Bu – so‘roq gapning shunga moslangan
tipik shakllaridan biri. Demak. gap qurilishining so‘zlovchi tomonidan ko‘zda tutilgan maqsadga
(darak, so‘roq, buyruq mazmunlariga), emotsionallikka mos keladigan tipik shakllari bor. Lekin,
birinchidan, bir turning tipik shakli nutqda boshqa tur uchun qo‘llanishi ham mumkin (masalan,
so‘roq gapning muayyan o‘rinlarda darak yoki buyruq mazmunini berish uchun qo‘llanishi),
ikkinchidan,
gap nutq ichida, situatsiyaga qarab turlicha tushunilishi mumkin. Masalan, Kim
gapirdi? gapi ishlatilish o‘rniga, intonatsiyaga qarab, “Gapirgan odam kim?” mazmuniga ham,
“Hech kim gapirgani yo‘q-ku” mazmunida ham qo‘llana oladi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqadi: gap shakliy - grammatika intonatsion
jihatlaridan ham, mundarija jihatidan ham tugallikka ega. Ammo uning fikriy tugalligi nisbiydir.
Gap nutq ichida yashaydi. Nutqda uning mazmuni boshqa gaplar bilan munosabatda bo‘lish
orqali yana ham oydinlashadi.
Predikativlik gapning grammatik ma’nosi. U gapning shakllar tizimidagi qismlarga
ajralmaydigan grammatik ma’nodir.
Predikativlik shaxs (son), zamon, mayl, tasdiq-inkor ma’nolari va bu ma’nolarni
ifodalovchi shakllar yig‘indisidan iborat. Grammatik ma’noga va uni ifodalovchi shakllar
tizimiga ega bo‘lgan har qanday eng kichik sintaktik birlik gap hisoblanadi.
Sintaktik qurilmaning o‘zgaruvchan unsurlari
orqali ifodalanadigan, modusga kiruvchi
ma’no sintaktik qurilmaning grammatik ma’nosi, ana shu ma’nolar va uni ifodalovchi shakllar
tizimi gapning grammatik kategoriyalari sanaladi. Gapning grammatik kategoriyalari ham
grammatik ma’no (so‘roq, buyruq, darak, inkor va boshqa) va grammatik shakl birligidan iborat.
Predikativlik bir butunlik sifatida bir necha uzvlardan tashkil topadi va bu uzvlarning har
qaysisi, o‘z navbatida, kichik kategoriyalarni hosil qiladi.
1. Gapning grammatik shaxs kategoriyasi.
2. Gapning grammatik zamon kategoriyasi.
3. Gapning grammatik tasdiq-inkor kategoriyasi.
4. Gapning modal kategoriyasi.
Modallik gapning asosiy belgisi, gap mazmunining eng muhim qismidir.
Modallik ostida gapning sub’ekt bilan bog‘lik bo‘lgan turli ma’nolari tushuniladi. Shunga
ko‘ra, bu ma’nolarni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) ob’ektiv va 2) sub’ektiv modallik.
Ob’ektiv modallik bilish akti yo‘naltirilgan ma’lum bir vaziyatdagi mavjud ob’ektiv
aloqalar xarakterini aks ettiradi (mumkinlik, haqiqiylik, zaruriylik). Sub’ektiv
modallik gapda
ifodalangan ob’ektiv mazmunga so‘zlovchining munosabaptini ifodalaydi va modusga kiradi.
Sub’ektiv modallik kirish so‘z vazifasida kelgan maxsus modal so‘z yoki modal vazifasidagi
boshqa so‘zlar yordamida ifodalanadi. Sub’ektiv modallik orqali, o‘z navbatida, so‘zlovchining
o‘z fikriga turli munosabatlari namoyon bo‘ladi: ishonch, tasdiq, gumon, achinish va boshqalar.
Obe’ktiv modallik gapni shakllantiruvchi zaruriy belgilardan biri hisoblansa, sub’ektiv modallik
ob’ektiv modallik ustiga qo‘yiluvchi qo‘shimcha modallikdir.
Dostları ilə paylaş: