1. Quyida berilgan gapda nechta ochiq bo'g'in borligini aniqlang



Yüklə 57,5 Kb.
tarix08.06.2023
ölçüsü57,5 Kb.
#127236

1.Quyida berilgan gapda nechta ochiq bo'g'in
borligini aniqlang.
Go'zallik tuyg'usini singdirmay turib,
barkamol insonni voyaga yetkazish
mumkin emas.
2.a, -ay, -illa fe'l yasovchi qo'shimchalari so'zlarga qo'shilganda, qanday tovush hodisasi ro'y beradi?
3.Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim,
bulbulimdan ayrildim; ko'nglim sindi chil-chil;
mening ozurda yuragimni bu kun so'roqlamas hech kim.
Ushbu gapda fonetik qoida asosida yozilgan so'zlar qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan.
4.Undoshlar qaysi xususiyatiga ko'ra jarangli va jarangsiz undoshlarga ajratiladi?
5.metall so'ziga qanday qo'shimcha qo'shilganda qo'sh undoshning biri yozilmaydi?
6.Atash ma’nosiga ega bo’lgan so’zlarga ishora qiluvchi so’z turkumini ko’rsating.
7.Ulugbek misoli oftob. Ushbu gapda qaysi turdagi mano kochishi mavjud?
8.Polisemiyada nima organiladi?
9.O't ishi - qovurmoq. 2. Bitta ham yovvoyi o't qolmasin. 3. Ko'chadan o'tsang, to'g'ri o't. 4. Qalbida ishq o'ti alangalandi.
Ushbu gaplarning qaysilarida o^t so'zi bir so'zning ko'p ma'nolari hisoblanadi?
10.Tilshunoslikning atash ma'nolarini o'rganuvchi
bo'limi qanday nomlanadi?
11.Abdulla xatni chiroyli bitardi.
Ushbu gaplarda qo'llangan bitmoq so'zlari ma'no munosabatiga ko'ra o'zaro qanday so'z?
12.Ayrim paytlarda ko'nglim onamni qo'msaydi-da, qanotim qayrilganini sezib, nafasim bo'gzimga tiqiladi.
Ushbu gapda fonetik yozuv qoidasi asosida
yozilgan so'zlar soni nechta?
13. Og'zaki nutqi yaxshi bo'lgani uchun davraga boshlovchilik qilish unga topshirildi.
Berilgan gapda necha so'z fonetik qoida asosida
yozilgan?
14.Bilan sozi qanday holatda boglovchi vazifasini bajarishi mumkin?
15.Bolovchilar vazifasiga kora necha guruhga bolinadi?
16.dek qoshimchasi qaysi komakchi bilan sinonim sifatida qollanadi?
17.Boglovchilarning qaysi turi uyushiq bolaklar va gaplarni boglashga xizmat qiladi?
18.Turnalar!
Kelinglar, yelkamga qo'ning!
Qo'llarimga qo'ning,
Boshim,
Ko'ksimga...
Ne tog'lardan oshgan ho'l qanotingiz
Tars-tars urilsinlar yuzim-ko'zimga.
O.Matjon she'ridan olingan ushbu parchada
nechta munosabat shakli bor?
19.Quyida berilgan gapdagi ism asoslariga qanday
shakllar qo'shilib kelgan?
Ra'noning yerga qaragan ko'zi sekin
Anvarga ko'tarilib, yana yerga
og'di. (A.Qodiriy)
20.Quyida berilgan gapda qanday qo'shimcha yo'q? Yaxshilik insonning umrini ziyoda qiladi.
21.Quyida berilgan gapdagi ism asoslariga qanday
shakllar qo'shilib kelgan?
Ra'noning yerga qaragan ko'zi sekin
Anvarga ko'tarilib, yana yerga
og'di. (A.Qodiriy)
22.Quyida berilgan gapda qanday qo'shimcha yo'q? Yaxshilik insonning umrini ziyoda qiladi.
23.Grammatik ma'no qaysi qo'shimchalarni so'z asosiga qo'shish orqali vujudga keltiriiadi?
24.Iste'dodli shoirlar: Suvon Soqiy, Israoil To'xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat Ashurova, Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi-yangi she'rlari bilan kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar.
Ushbu gapda nechta shaxs oti ishtirok etgan hamda ularni nechtasi yasama xisoblanadi?
25.Endilikda ma'lumki, o'simliklar asosiy ozuqani quyosh nuri va havodan oladi.
Ushbu gapdagi ot so'z turkumiga mansub so'zlar
sonini toping.
26.Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir.
Ushbu gapda nechta o'rinda ot turkumiga
mansub so'z qo'llangan?
27.- Xo'sh, menda qanday ishingiz bor, qulog'im
sizda.
Berilgan gapda sintaktik bolaklar tartibi
qanday?
28.Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqayapti.
Berilgan gapda qaysi turkumga oid so'zni
yozishda imloviy xatoga yo'l qo'yilgan?
29.Qaysi kelishik qo'shimchasi qo'shilishi natijasida
ba'zi so'zlar fonetik yozuv qoidasi asosida
yozilishi mumkin?
30.Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr
qo'ydiki, bu fanlarning sirli olami uning butun
borlig'ini qamrab oldi.
Ushbu gapda nechta so'z fonetik yozuv qoidasi
asosida yozilgan?
31.Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo'llanadigan
so'zlar qanday nomlanadi?
32.internet so'zining ma'nosini qaysi lug'at orqali bilib olish mumkin?
33.Bahr so'zi qaysi gapda tug'yon, to'fon so'zlariga ma'nodosh bo'lib kelgan?
34.Qishloqning husniga husn qo'shgan qaddi raso teraklar tik qomatlarini mag'rur ko'rsatib turadi.
Ushbu gapda shakl va ma'no munosabatiga ko'ra qanday so'zlar ishtirok etgan?
35.Seningsiz menga kom yo'qdir, Asal ichsam, zahar
bo'lg'ay. (E. Vohidov)
Ushbu she'riy parchada qo'llanilgan kom
so'zining ma'nodoshini toping.
36.Seningsiz menga kom yo'qdir, Asal ichsam, zahar bo'lg'ay. (E. Vohidov)
Berilgan gaplardagi kom so'zi o'zaro ma'no munosabatiga ko'ra qanday so'zlar?
37.Mahbub ul-qulub" dunyoning achchiq-chuchigini totgan, goho "komronlig"', goho "notovonlig"1 topgan buyuk shoir Navoiyning 60 yillik hayotiga yakun bo'ldi. Ushbu gapda qo'llangan komronlig' so'zining ma'nosini aniqlang.
38.Qaysi gapda yomon so'zi qattiq, juda, nihoyatda so'zlariga sinonim bo'la oladi?
39."Devonu lug'at it turk"da sayrar
sanduloch. (X.Davron)
Berilgan misradagi sanduloch so'zi qanday so'z?
40.Andalib bir savt ila bo'ldi giriftori qafas.
(Hamza)
Ajratib ko'rsatilgan so'zning ma'nodoshini
toping.
41.Zaynab lappos va o'nta so'zga arang bitta javob
qaytaradigan edi. (A.Qodiriy)
lappos so'zining ma'nodoshi qaysi javobda
keltirilgan?
42.Aqlli o'zini ayblar, Aqlsiz - do'stini.
Ushbu maqoldagi lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar miqdorini belgilang.
43.Sherikchilik - bir yilchilik, qudachilik -ming yilchilik.
Ushbu maqoldagi so'z yasovchi qo'shimchalar
miqdorini toping.
44.Men vazifani bajaray. U hovlisini ancha kengaytirdi.
Ushu gaplardagi fe'llar tarkibida kelgan -ay qo'shimchasi qaysi javobda to'g'ri izohlangan?
45.Darvoqe, pand bersang bir jonga,
U ham tinch turarmi hech zamon.
Deydilar, tuflasang osmonga,
Yuzingga tushgaydir begumon. (A.Oripov)
Ushbu misralarda qo'llangan so'z yasovchi
qo'shimchalar miqdorini aniqlang.
46.-ay qo'shimchasi qaysi so'z turkumlaridan fe'l
yasaydi?
47.Dunyoviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlarni tarbiyalash shu kunning bosh vazifasidir.
Ushbu gapda yasama so'zlar soni nechta?
48.Mehmon jiddiylashdi, bir narsani isbotlamoqchiday bir keskin gapirdi.
Ushbu gapdagi yasama so'zlaming qaysi so'z turkumidan yasalganligini aniqlang.
49.Odobli va adolatli inson qo'lidagi qalam
baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan
odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga
yaqinlashtirib, do'stlikni mustahkamlaydi.
Berilgan gapdagi sodda fe'llar qaysi turkumdan
yasalgan?
50.Odobli va adolatli inson qo'lidagi qalam
baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan
odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga
yaqinlashtirib, do'stlikni mustahkamlaydi.
Berilgan gapdagi sodda fe'llar qaysi turkumdan
yasalgan?
51.Pasta esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqyapti.
Berilgan gapdagi yasama so'z qanday sintaktik vazifani bajargan?
52.Gapirganda ovozi xuddi ichidan chiqqanday guldurab, jaranglab eshitiladi. Ushbu gapda nechta yasama fe'l bor va ular qaysi so'z turkumlaridan hosil bo'lgan?
53.Azizlar! Bir kuni kelib afsus-nadomatning
zahar-zaqqum sharobini ichmaslik uchun qo'lning
kiri bo'lgan mol-mulkni insoniy qadr-qiymatdan
yuqori qo'ymaylik.
Ushbu gapda juft so'zlar qanday gap bo'lagi
vazifasida kelgan?
54.Ota-bobolarimiz hamisha astoydil olg'a
intilganlar.
Ushbu gapda qo'llangan ravishning ma'no turini
aniqlang.
55.Chin do'st uldirkim, do'stidan hech qachon
ranjimaydi, agar xafa bo'lsa ham, uzrini qabul
qiladi.
Ushbu gapda nechta yasama fe'l bor?
56.Bilimdon, madaniyatli odam bilan johil, nodon,
savodsiz o'rtasida katta farq bor. Bu dunyoning
go'zalligi, boyligi, betakror saxovati ilm-hunar,
san'at tufayUdir.
Ushbu gaplarda so'z yasovchi qo'shimchalar soni
nechta?
57.Qanday so'zlar vazifadosh bog'lovchilar bo'lishi
mumkin?
58.Yashil bo'yoq bilan bo'yalgan, ust tomoni qayrilgan o'ymakor panjarali, katta va og'ir darvozaga yetganda, yigitning yuragi bir oz o'ynab ketdi.
Ushbu gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan yasama so'zlar soni nechta?
59.Quyidagi gapda nechta yasama so'z qo'llangan? Atirgul ushlagan og'iroyoq ayolga boqib, to'g'risi, bolalarcha sodda xayollar olamiga sho'ng'ib, uning sevinch to'la nigohidan ertakdagi baxt malikalarining porloq orzularini his etdim.
60.gina qo'shimchasi qaysi turkumga oid so'zlarga qo'shilib, ma'noni kuchaytirish, erkalash, ta'kidlash uchun ishlatiladi?
61.Turlanish nima?
62.Jo'nalish kelishigi qo'shimchasini olgan so'zlar gapda qanday bo'lak vazifasini bajaradi?
63.Qaysi qo'shimchaiar so'zlarning munosabat shakllarini hosil qiladi?
64.Bola boshini qo'llan orasiga qo'yib, Boysun tog'i uzra charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi. Ushbu gapda nechta o'rinda fe'lning vazifa shakllari qo'llangan?
65.Bosh kelishikdagi so'z yoki otli birikma bilan
ifodalanadigan bir tarkibli gap qanday
nomlanadi?
66.Borish-kelish qilmaysiz, kimdan qoldi ko'nglingiz.
Ushbu gapdagi juft so'z qaysi so'z turkumiga xos va uning sintaktik vazifasini aniqlang.
67.Shu sevinch, ikkovlariga ham kuch-g'ayrat, dadillik baxsh etgandek bo'ldi.
Ushbu gapda mavhum otlar sonini aniqlang.
68.Ismlarning munosabat shakllaridan qaysi biri faqat tobe qism tartibida qo'llanadi?
69.Yaxshi tarbiya ko'rgan odam ... xislatlari ... biri shuki, bunday odam o'z faoliyati ... boshqalar ... bir qadam oldin ... o'tsa, sheriklari ... yordam qo'li... uzatadi, safi ... kengaytirib, yangi g'alaba ... ko'zlaydi.
Ushbu gapda nuqtalar o'rnida ishlatilishi kerak bo'lgan qo'shimchalarni qo'ying.
70.Yomon bilan yo'ldosh bo'lsang, yomondan burun o'lasan,
Yaxshi bilan sirdosh bo'lsang, yaxshilik bilan
unasan.
Ushbu maqolda nechta sifat otlashib kelgan?
71.O'rin-payt kelishigi qo'shimchasi qo'shilgan otlar gapda qanday vazifada kelishi mumkin?
72.To'g'rilik bilan xiyonat, yolg'on bilan diyonat chiqisha olmaydi.
Ushbu gapdagi mavhum otlar sonini va gapdagi vazifasini toping.
73.Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir.
Ushbu gapda nechta o'rinda ot turkumiga
mansub so'z qo'llangan?
74.Tilshunoslikning qaysi bo'limlarida so'z o'rganiladi?
75.Qanday sifatlar asliy sifatlar bo'lishi mumkin?
76.-lik qo'shimchasi yordamida qaysi so'z turkumlaridan otlar yasab bo'lmaydi?
77.Mashina uchun ehtiyot qismlar birikmasidagi hokim so'zni aniqlang.
78.Ayniqsa, Nasriddin Afandining quvnoq sarguzashtlari bilan tanishish. uning tabiatiga xos hajviy mayllarga turtki beradi.Yasama sifatlar miqdorini toping.
79.Kunduzi o'ralashib yurganlardan qittay ham qolmagan.
Ushbu gapdagi ravishlar sonini aniqlang.
80.Qizil qalpoq, jigarrang kurtka kiygan bu bolaginaning tim qora ko'zlari, dum-dumaloq lo'ppi yuzi negadir g'amli, ma'yus edi. Ushbu gapda sifat turkumiga mansub nechta so'z bor, ularning nechtasi orttirma darajada?
81.Kampir Tolibjonni bag'ridan bo'shatib hovli tomonga qichqirdi:
- Nima qilib turibsanlar, ayangni chaqirmaysanlarmi? Dadalaringga xabar qilmaysanlarmi? Yugur, pochchangga chop, tog'am keldi, deb ayt. Berilgan matnda nechta shaxs oti bor va ular qanday sintaktik vazifani bajargan?
82. Grafika haqida yozing.
83.Tobe+hokim bo'lakka misollar yozing. Gap bo'laklarini tagiga chizing.
84. Fe'l+ot+sifat+ot+ravish+fe'l=gap tuzing murakkab bo'lsin. Gap bo'laklari tagiga chizing.
85.Tarkibi kesimdan iborat 5 ta gap tuzin. Gap bo'laklarini tagiga chizing.
86.Qaysi harflar birikmasi bitta til orqa undoshini
ifodalaydi?
87.Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. Ushbu gapda mano kochishining qaysi turi mavjud?
88.Polisemiyada nima organiladi?
89.Hoy, otginang nima edi; qulunim, sho'rvang sovib
qoldi? (O. Yoqubov)
90.Visoli lazzatidin zavq topmoqlig' erur
dushvor,
Firoqi shiddatinda yo'qsa jon bermaklik
osondur.
Bobur qalamiga mansub ushbu baytda
so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra
qaysi turi qo'llangan?
91.Qani qo'lni bering, bir tabriklab qo'yay
gapidagi fe'llar kesimga xos qaysi
qo'shimchalarni olgan?
92.Qaysi kelishik shaklidagi so'z doim bir xil
sintaktik vazifada keladi?
93.Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor?
Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan,
ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam
uchraydigan samimiyat va bolalarcha
beg'uborlik bilan opaning gaplarini
tasdiqladi.
94.Aqlli, es-hushli, tadbirli inson so'z boshlar,
suhbatdosh jim bo'lgan zamon. (S.Sheroziy)
Ushbu gapda nechta so'z yasovchi qo'shimcha
mavjud?
95.Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlashtiradi.
Ushbu gapda nechta so'z yasovchi qo'shimcha
ishtirok etgan?
96.Endilikda ma'lumki, o'simliklar asosiy ozuqani quyosh nuri va havodan oladi.
Ushbu gapdagi ot so'z turkumiga mansub so'zlar
sonini toping.
97.Ayniqsa, Nasriddin Afandining quvnoq sarguzashtlari bilan tanishish. uning tabiatiga xos hajviy mayllarga turtki beradi.
Yasama sifatlar miqdorini toping.
98.Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho'kiz uni to'xtovsiz chaqirib kelyapti.
Ushbu gaplardagi uzoqdan so'zini izohlang.
99.Qizil qalpoq, jigarrang kurtka kiygan bu bolaginaning tim qora ko'zlari, dum-dumaloq lo'ppi yuzi negadir g'amli, ma'yus edi. Ushbu gapda sifat turkumiga mansub nechta so'z bor, ularning nechtasi orttirma darajada?
100.Quyida berilgan matnda ismlar guruhiga kiruvchi nechta so'z bor? Savobdir jilg'aga soysan, deb aytsang, Yo xunuk ayolga oysan deb aytsang. (
Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin