Lrahimning "Allomaning yoshligi", jjabborovning "Al- farg‘oniy", Y. Sulaymonning "Osmonga sig'magan muhabbat", Nurulloxon hojining "Bashar alloma" dramalaridir. Yana bir alloma, Imom al-Buxoriy haqida J



Yüklə 6,3 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,3 Kb.
#206294
Screenshot 20231214 215821


LRahimning “Allomaning yoshligi”, JJabborovning “Al- Farg‘oniy”, Y.Sulaymonning “Osmonga sig'magan muhabbat”, Nurulloxon hojining “Bashar alloma” dramalaridir. Yana bir alloma, Imom al-Buxoriy haqida J.Rasultoyevning “Muqaddas ziyo”, S.Ehsonning “Muhaddis”, M.Ergashevning “Saodat yo'li”, U.Qo‘chqoming “Rasululloh kotibi”, R.Ma’diyevning “Bir kechalik tush”, TJumatovning “Imomal - Buxoriy”, M.Hamidovaning “Buxoriy muhabbati” kabi sahna asarlari dunyoga keldi. Bulardan tashqari Y.Muqimovning “Mangu mash'al” (Avesto haqida), Y.Muqimov va H.Rasulovning “Muqaddas Taxtizar” (Spitamen haqida), RBobojonning “Yusuf va Zulayho”, U.Azimning “Alpomishning qaytishi”, E.Samandaming “Jaloliddin Manguberdi”, “Ajdodlar qilichi”, Z.Muhiddinov va M.Hamidovalaming “Zahiriddin Muhammad Bobur”, E.Xushvaqtovning “Mashrab”, N.Qobilning “Na malakman, na farishta” (Mashrab haqida), A.Suyunning “Sarbadorlar” dramalari ham tarixiy mavzudadir. Lekin ulaming barchasini ham etuk badiiy darajada va kutilgan niyatga erisha olgan deb bo'lmaydi.
Bu davrda zamonaviy mavzularda ham ko'plab dramalar dunyoga keldi. Bu borada Erkin Xushvaqtov, Salohiddin Sirojiddinov, Usmon Azim, Sanjarali Imomov, Xoliq Xursandov, Nasrullo Qobil, Komil Avaz, Toir Yunusovlar samarali ijod qildilar. Ulardan ba'zilarining asarlari teatrlaming doimiy repertuariga aylandi va tomoshabinlaming tashnaligini qondirib, teatrlarga qiziqishini orttirdi. Zero, teatraing xalqni ma’naviy- ma'rifiy rahda tarbiyalashning eng samarali va jonli vositasi ekanligi azaldan ma'lurn. Sahna real hayotning badiiy ko'zgusidir Shu ma'noda yuqorida nomlari tilga olingan dramaturglardan E.Xushvaqtov ayniqsa, uloqda sovrinni olib ketdi. U ko'proq xalq og‘zaki ijodi materiallariga, folklor-etnografik mavzularga, milliy urf-odatlarimizda o'lib borayotgan udumlarga murojaat qildi.
E.Xushvaqtovning O‘zbekiston Milliy teatrida birin-ketin sahnalashtirilgan “Chimildiq”, “Qalliq o‘yin”, “Qirmizi olma”, “Andishali kelinchak” kabi pesalariga iloji boricha o'zbek
xalqining azaldan yashab kelgan udumlari ruhini, mohiyatini singdirishga, ulami yangicha an'analar bilan boyitishga, yosh avlodning munosabatini ochishga urinadi. Ko‘p o'rinlarda bunga erishadi ham. Ammo dramaturg har doim ham o‘z niyatini ifodalash uchun tanlagan usul va shakllarda yutuqqa crishavermaydi. Masalan, “Chimildiq”, “Qalliq o‘yin” dramalari avvalo, yengil-yelpi voqealar asosiga qurilgani, personajlar o'rtasidagi munosabatlaming o‘ta sun'iyligi, urf-odatlarimizning qadrini ko'tarish o'miga o'ziga nafrat uyg'otadi. Bu dramalarda echim ham tamoshabinni qoniqtirmaydi.
Nazorat savollari
I .Dramaturgiyaning o'ziga xosligi nimada?
Yüklə 6,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin