Gi qonun: kecha va bugun



Yüklə 39,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü39,66 Kb.
#190377
  1   2   3
vijdon-erkinligi-va-diniy-tashkilotlar-to-g-risida-gi-qonun-kecha-va-bugun (1)



ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2022. № 1-2 (124) 
__________________________________________________________________________________ 
 
51 
S.A. Jalilova, S.S. Kattabayeva


 
“VIJDON ERKINLIGI VA DINIY
TASHKILOTLAR TO`G`RISIDA”GI QONUN: KECHA VA BUGUN 
 
 
 
“Vijdon erkinligi” va “din erkinligi” atamalari o’zaro farqlidir. “In-
son huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 18-moddasida ham ushbu 
huquqlar alohida tartibda ta’kidlab o’tiladi. Chunki, vijdonning mavjudligi – 
bu mavhum masaladir. Aksincha, ushbu qonunni “Diniy e’tiqod erkinligi va 
diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun tarzida qabul qilish masadga muvofiq 
bo’ladi va bu nom qonunda nazarda tutilgan barcha shaxslarning din va 
e’tiqodni tanlashdagi erkinligini o’zida ifoda etadi. Bularning barchasi amalga 
oshirilayotgan ishlar ko’lami qanchalar sayoz ekanligini va bu sohada qilinishi 
kerak bo’lgan ishlarning ahamiyatini ko’rsatib turibdi. 
 
Kalit so`zlar: 
Vijdon erkinligi, din erkinligi, “Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasi”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to’g’risida”gi qonun, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Pentikostal-
chilar, 
Evangelistbaptistlar, 
YettinchikunadventistlarivaYahovaning-
Shohidlari, diniy ekstremizm, qonunda Diniy ta’lim, konfessiya, missionerlik, 
prozelitizm, mahalliy diniy tashkilot, diniy ta’lim muassasasi. 
 
Tarixga nazar. 
Boshqa millat va xalqlar singari bizning diyorimizda yashab kelgan aholining ham kundalik turmushini 
dinsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Afsuski, mamlakatimizning Sobiq ittifoqqa qaramlik davrida yuqoridagi masalaga 
yetarlicha e’tibor va baho bermaslik, asrlar davomida shakllangan an’analarni ta’qiqlash, o’lka xaqlarining din va 
e’tiqod borasidagi fikrlarini qat’iy qoralash ortidan xalqimizning mafkurasini o’zgartirishga urinishlar bo’lganligi, 
turli din vakillari orasiga nifoq solish ko’zlangan chora-tadbirlar ketidan mustaqillikning dastlabki yillarida 
xalqimiz boshidan kechirgan va hozirgacha ayrim muammolarga sabab bo’layotgan holatlarni inkor etib 
bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bularninig hammasi 
yangi mustaqil davlatlarga meros bo’lib qoldi. Shu tufayli millatlar va elatlar ichidagi o’zaro aloqalar muammolari 
strategik ahamiyatga ega bo’lib bormoqda va mintaqada davlatlararo munosabatlarni yo’lga qo’yishda alohida 
e’tibor berishni talab qilmoqda”. Shu nuqtai nazardan ushbu siyosat kechiktirib bo’lmaydigan masala sifatida 
1991-yil 14-iyunda (yangi tahriri 1998-yil 1-may)“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunni 
qabul qilish orqali tartibga solina boshlangan. Ushbu qonun bilan diniy marosimlarni yakka holda yoki jamoa bilan 
o’tkazish erkinligi, diniy tashkilotlarning faoliyat erkinligi va ularning vakolatlari (diniy adabiyotlarni nashr qilish, 
diniy buyumlar ishlab chiqarish, diniy ta’limni tashkil etish kabilar) belgilab berildi va qonun bilan himoya qilin-
ishi hamda ushbu faoliyatlar faqatgina konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan, fuqarolarning huquq va 
manfaatlariga zid yohud davlat suvereniteti va xavsizligiga tahdid solish holatlarini yuzaga keltirsagina ta’qiqlan-
ishi yoki cheklanishi nazarda tutilgan. 
Hozirgi vaziyat. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga ko’ra: “Har kim o’z istagan dinga e’tiqod qi-
lish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga egadir. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yil-
maydi” va 61-moddasiga ko’ra: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan. Davlat diniy birlashmalar 
faoliyatiga aralashmaydi ”. Lekin, ushbu huquqlarning qonunlar bilan belgilanishiga qaramasdan, ularni amaliy 
ifodasida ko’plab kamchiliklar ko’zga tashlandi. Xususan, 2017-yilgi 
diniy erkinlik indeksi bo’yicha quyidagilar 
ma’lum qilindi
: “Hukumat tomonidan rad etilgan ro’yxatga olish arizalari bo’lgan diniy jamoalarning a’zolari, shu 
jumladan, «ekstremistik» deb nomlangan 22 tashkilot diniy e’tiqodlarini jinoiy javobgarlikka tortilishlari mum-
kinligi xatari borligi uchun amalga oshira olmaganlar. Vakolatli organlar ruxsat berilgan joylardan tashqarida ibo-
dat qilayotgan shaxslarga nisbatan qattiq jazo choralarini qo’llashni davom ettirdilar va hukumat sunniy bo’lmagan 
musulmonlarni va boshqa diniy guruhlarni va ularning ibodat joylarini ro’yxatdan o’tkazmadi.Oxirgi sakkiz yil 
ichida hukumat yangi, sunniy bo’lmagan musulmon ibodatxonasini ro’yxatdan o’tkazgan emas. Yoz davomida va 
kuzda, ommaviy axborot vositalari va diniy guruhlar ma’muriyatlarni 16 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlarga 
o’zlarining ota-onalari bilan birga masjidlarda diniy mashg’ulotlarni o’tkazishga ilk bor ruxsat berganlarini 

© S.A. Jalilova, S.S. Kattabayeva, 2022. 


ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2022. № 1-2 (124) 

Yüklə 39,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin