Biologiya fakulteti



Yüklə 4,01 Mb.
səhifə1/7
tarix24.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#160053
  1   2   3   4   5   6   7
Turlarning paydo bo\'lishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI

SIRTQI BO’LIM BIOLOGIYA YO’NALISHI 20-06 GURUH
EVOLYUTSIYA NAZARIYASI fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: TURLARNING PAYDO BO‘LISHI VA UNING YO‘NALISHLARI

Bajardi:Raxmatova Kumush


Tekshirdi:

Toshkent-2023
REJA


Kirish


1.Turlarning paydo bo’lishi haqida tushuncha


2.Turlar va turlanish


3.Biologik va genetik xilma-xillik va tabiiy tanlanish
4.Turlarni bir-biridan nima ajratib turadi

Kirish
Tur tushunchasi juda intuitivdir. Katta panda yoki kungaboqar kabi organizmlarni ularning belgilariga asosan turli guruhlarga boʻla olishingiz uchun zoolog boʻlishingiz shart emas. Ushbu usul tekshirilayotgan turlar bir-biridan katta farq qilganda juda qoʻl keladi. Katta ehtimol bilan siz hech qachon panda bilan kungaboqarni adashtirib yubormasangiz kerak (agar juda kuchli koʻzoynaklarga ehtiyojingiz boʻlmasa, albatta!)Ammo chuqur oʻylab koʻrilsa, turni aynan nima turga aylantiradi? Oʻxshash organizmlar odatda bir turga mansub boʻladi, lekin doim ham emas. Masalan, men quyida keltirilgan Afrika baliqxoʻr burgutini Shimoliy Amerika oqbosh suvburgutdan ajrata olmayman. Ammo ular boshqa-boshqa turlardir.Tur hosil boʻlishi - ajdod turning bir necha yangi gurux,par (liniyalar)ga ajralishi orqali yangi turlar hosil boʻlishi jarayoni. Tur hosil boʻlishib. muammosini Ch. Darvin (1859) oʻzining divergensiya konsepsiyasida uzilkesil hal qilib bergan. Uning koʻrsatishicha, divergensiya tur ichida boradigan kurash sharoitida tabiiy tanlanish tufayli dastlabki formadan eng koʻp farq qiladigan belgiga ega boʻlgan individlarning saqlanib qolishi orqali sodir boʻladi. Zamonaviy tasavvurlarga qaraganda, Tur hosil boʻlishib. dizruptiv tanlanish nazorati ostida boradi; buning uchun tur ichida keskin raqobat boʻlishi shart emas. Tur hosil boʻlishib.ning allopatrik va simpatrik yoʻllari bor. Allopatrik Tur hosil boʻlishib. muayyan tur populyatsiyalarining hududiy alohidalanishi bilan bogʻliq. Tur arealining har xil qismida tarqalgan populyatsiyalar turli yoʻnalishlardagi tabiiy tanlanish taʼsiriga uchraydi; geografik izolyatsiya esa bunday alohidalangan populyatsiyalar oʻrtasidagi genetik informatsiya almashinuviga toʻsqinlik qiladi. Astasekin bunday populyatsiyalarda mikroevolyutsiya jarayoniga olib keluvchi genetik divergensiya sodir boʻladi va populyatsiya individlari dastlabki tur individlaridan aniq farq qiladigan belgilarga ega boʻlib qoladi. Agar bu belgilar ajdod turning boshqa populyatsiyalari bilan chatishmasligiga olib keladigan boʻlsa, u holda hosil boʻlgan forma yangi turga aylanadi. Tur oʻz arealidan tashqarida tarqaladigan boʻlsa, yangi hududda hali tabiiy tanlanish taʼsirida muvozanat holatiga kelmagan populyatsiyaning yashab krlishiga olib kelishi mumkin. Bunday populyatsiya tasodifan tanlangan individlar yigʻindisidan iborat boʻladigan yangi sharoitga moslanishga imkon beradigan tabiiy tanlanish taʼsirida genotipik jihatdan juda tez qayta qurilish ("genetik revolyutsiya")ga sabab boʻlishi mumkin. Kam sonli populyatsiyalarning hududiy alohidalanishida mikroevolyutsion jarayonlarda genlar dreyfi asosiy ahamiyatga ega.Simpatrik Tur hosil boʻlishib. populyatsiyada birbiridan farq qiladigan bir necha formalarning boʻlishi va ularning bitta umumiy hududda tarqalishi (polimorfizm) asosida sodir boʻladi. Poliploidizatsiya orqali oʻsimliklarda (baʼzan hayvonlarda) yangi turlar paydo boʻlishi simpatrik Tur hosil boʻlishib. ning oʻziga xos usuli hisoblanadi. Bunda vujudga kelgan yangi turlar avval boshdan otaona populyatsiyadan genetik alohidalangan boʻladi. Agar ular jinssiz koʻpayish yoki partenogenez xususiyatiga ega boʻlib, ajdod forma bilan chatishmaydigan boʻlsa, yangi tur sifatida saqlanib qoladi.Baʼzan "Tur hosil boʻlishib." terminidan keng maʼnoda bir turning astasekin ikkinchi turga aylanishi (turlar sonining oshmasdan filetik Tur hosil boʻlishib.), shuningdek, duragaylash orkali yangi tur hosil boʻlishi (toʻrsimon evolyutsiya) jarayonlarini tushuntirishda ham foydalaniladi. Tur hosil boʻlishib. ning bir qancha muammolari uzilkesil hal etilmagan.

  • agar organizmlar bir-biri bilan erkin chatishib, yashovchan va nasl beradigan zurriyot qoldirsa, ular bir turga mansub hisoblanadi.

  • Boshqa turlar bir-biridan prezigot va postzigot toʻsiqlar bilan ajralib turadi hamda bu ularning juftlashib, yashovchan, nasl beruvchi zurriyot qoldirishiga yoʻl qoʻymaydi.


  • Yüklə 4,01 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin