Spirt ishlab chiqarish texnologiyasi



Yüklə 363,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix16.05.2023
ölçüsü363,65 Kb.
#113650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SPIRT LABORATORIYA qo\'llanma 2022 yil. (2)

8-Laboratoriya ishi.
SPIRT OKSIDLANISHINI ANIQLASH 
Spirtning oksidlanish darajasi uning vaqt o‘tishi bilan KMnO
4
li spirtli aralashma 
rangi qizil rangdan sarg‘ish pushti ranga o‘tishi bilan izohlanadi. Rang o‘zgarishi 
KMnO
4
va spirtning ba’zi moddalari orasidagi o‘zaro reaksiya natijasida sodir 
bo‘ladi. Bu reaksiya quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
2KMnO
4
= K
2
O + 2MnO
4
+ 3O
REAKTIVLAR VA JIHOZLAR 
1. KMnO
4
eritmasi
2. 50 ml li probkali silindr
3. Shishali suv xammomi
ISHNING BORISHI 
50 ml li belgisi bo‘lgan probkali silindrni tekshirilayotgan spirt bilan chayiladi va shu 
spirt bilan silindr belgisigacha to‘ldiriladi, so‘ngra 20°C li shishali suv xammomiga 
silindrdagi spirtni ko‘mgan holda joylashtiriladi va 10 daqiqa davomida ushlab 
turiladi. Bunda spirt harorati 20°C ga etadi. Vaqt o‘tishi bilan spirtga 1 ml 0,02 % li 
KMnO
4
eritmasi solinadi. Silindr og‘zi yopilib, yaxshilab aralashtirilib qaytadan suv 
xammomiga solinib 20°C da ushlab turiladi. KMnO
4
qo‘shilgan vaqt eslab qolinadi. 
Tekshirilayotgan spirt qizil – binafsha rangdan tipovoy eritma rangiga o‘tguncha suv 
xammomida ushlab turiladi, so‘ngsilindr olinib tipovoy eritma bilan ko‘z bilan 
chamalab solishtiriladi. Ranglar o‘zaro bir hil bo‘lgan vaqtni reaksiyalar tugagan vaqt 
deb qabul qilinadi. Reaksiya davom etgan vaqtni minutlarda ifodalab uni 
tekshirilayotgan spirtning oksidlanish darajasi deb ifodalaniladi.
Spirtlarni tozalik darajasini aniqlash 
Toza rektifikatlangan spirt bilan kimyoviy toza sulfat kislota (solishtirma 
zichligi 1,835) aralashtirib, qaynaguncha qizdirib sovitilganda ham aralashma 
rangsizligicha qoladi. Organik aralashmalari bor spirt bilan aralashtirilsa, aralashma 
qisman yoki ko‘prok bo‘yalib qoladi. Rangning to‘q-ochligi (och-sariqdan to‘q 


14 
qizilgacha) spirtda qancha qo‘shimcha borligiga bog‘lik. Bu tekshirish spirtda qancha 
miqdorda va qanday qo‘shimcha borligini va uning ko‘p yoki kamligini ko‘rsatishi 
mumkin. 
Ishning bajarilishi 
70 ml xajmli, og‘zi ingichka kolbaga (Savallya kolbasi) 10ml tekshirilayotgan 
spirtdan solinadi va tezlik bilan 3-4 urinishda 10 ml kimyoviy toza sulfat kislota (sol. 
Zichligi 1,835) solinadi.
Solish paytida doim aralashtirib turiladi. Xosil bo‘lgan aralashmani zudlik bilan 
alanga uzunligi 4-5 sm bo‘lgan spirtli gorelkada qizdiriladi. Qizdirilayotganda 
kolbani doim aralashtirib turish kerak. Qizdirishni, suyuqlik tepasida ko‘pikka 
aylanuvchi mayda pufakchalar xosil bo‘lguncha (3040 sek) davom ettiriladi. So‘ngra 
aralashma tindiriladi va probkali maxsus silindrlar shtativ-kameraga qo‘yiladi. 
Shtativ-kameraga ustki qismi kiydiriladi va yuqori kismiga qarab suyuqliklar rangi 
solishtiriladi.
Agar aralashma spirt singari tiniq bo‘lsa, tekshirish ijobiy xisoblanadi.

Yüklə 363,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin