7 – Laboratoriya ishi
PROTEOLITIK FAOLLIKNI ANIQLASH.
Ishdan maqsad:
Berilgan
maxsulotlarda
fermentlarni
proteolitik
aktivligini aniqlashni o‘rganish
Kerakli asboblar
Suv xammomi, termostat, 100 ml li kolba,
probirkalar, pipetka.
Reaktivlar:
0,1 m universal bufer eritmasi pH=2,3
0,5 M Na
2
CO
3
(Na karbonat)
Ishlatiladigan Folin eritmasi
1% albumin eritmasi 0,1 m buferni ichida pH=2,3
Ferment eritmasi 2 mg/ml (mikrob achitqi proteaza).
Fermentlar – bu tabiiy biologik oqsil katalizatorlar. Ular bioximik reaksiyalarni
tezlashtirish xususiyatiga ega. Fermentlar juda katta axamiyatga ega, xar xil
fermentativ protsesslarga asoslangan bo‘lib – sharobsozlik, spirt ishlab chiqarish
sanoatida, organik kislotalar ishlab chiqarishda, vitamin, aminokislotalarda va
boshqalarda qo‘llaniladi.
Oqsilni gidroliz qiladigan fermentlar yoki polipeptidlar boshqa so‘z bilan
ifodalaganimizda proteolitik fermentlar deyiladi.
Aniqlash usuli:
2 ta probirka olamiz, ikkalasiga 1 ml 1% albumin eritmasidan 0,1 m bufer
ichida pH=2 dan solib chiqamiz, xaroratni 30 °C
atrofida ushlab turish uchun
probirkalarni ultratermostatga joylashtiramiz, 5 daqiqadan so‘ng 1 probirkaga 1 ml
ferment eritmasidan qo‘shamiz, aralashtiramiz va 10 daqiqa ichida shu xaroratda
saqlaymiz, oqsil moddalarini va yuqori molekulyar gidroliz moddalarni cho‘ktirish
12
uchun 2 ml 0,3M TXK (trixlor uksusnaya kislota) kislotadan solamiz va ferment
reaksiyasini to‘xtatamiz.
Aralashmani shu xaroratda yana 20 daqiqa saqlaymiz, qog‘oz filtrdan
o‘tkazamiz, filtratdan 1 ml olib 5 ml dan 0,5 M natriy karbonat eritmasidan qo‘shib
aralashtiramiz va aralashtirishni to‘xtatmay 1 ml ishlatiladigan Folin reaktividan
ertimaga qo‘shamiz. 20 daqiqadan keyin eritmalar och ko‘k rangga kiradi, optik
zichlik intensivligini FEK da to‘lqin uzunligi 630 nm da kyuvetada (eni 10 mm)
o‘lchaymiz (kontrol namunaga qaraganda). Ikkinchi kontrol probirkasiga oldin 2 ml
0,3M TXK kislotani solib keyin 1 ml ferment eritmasidan qo‘shib termostatda 20
daqiqa ushlab turamiz. So‘ng filtrlab, 1 ml filtratdan olib 5 ml 0,5M natriy karbonat
eritmasidan va 1 ml Folin reaktividan qo‘shamiz.
Xisobot:
Proteolitik aktivlikni formula bo‘yicha aniqlaymiz, ed/mg da.
D – FEK da ulangan optik zichligi
4–reaksion aralashmaning xajmi TXK kislotasi qo‘shilgandan keyin.
1,72 – tirozin koeffitsienti, grafik bo‘yicha aniqlanadi.
10 – gidroliz vaqti, min.
- ferment preparat miqdori proteoliz ichida olingan (1 ml ferment eritmaga mg da
olinadi.)
- fruktofuranozidaza (invertaza) kataliz reaksiya orqali uzumdan saxarozani
glyukoza va fruktozaga ajratadigan ferment bo‘lib achitqilarda o‘z aktivligini
ko‘rsatadi.
Uzum pishayotgan vaqtda - fruktoza aktivligi ko‘payadi va uning maksimumi
pishgan uzum xosilida bo‘ladi.
- fruktoza aktivligi uzumning xar xil navlarida xar xil bo‘ladi. Uzumda invertaza
izofermentlari borligi aniqlangan. Agarda uzumning navlarida ferment kam miqdorda
bo‘lsa, saxarozaning xam kam miqdorda borligi aniqlanadi.
Suslani sulfitatsiyasi - fruktoza aktivligiga salbiy ta’sir etmaydi. Suslani
bijg‘ish paytida achitqilardan sharobga o‘zining invertazasini chiqarishadi. Amalietda
bu narsa shampan sharoblar ishlab chiqarishda ishlatiladi. SHarobga qo‘shilgan
saxarozani inversiyalash uchun, ma’lumki saxarozani inversiyalash shampan
sharoblarida - fruktoza orqali amalga oshiriladi .
Boshqa xil sharoblarda fermentlarning aktivligi aniqlandi, lekin juda kam
miqdorda shampan sharoblarga qaraganda sharoblarni ushlab turishda ferment o‘z
aktivini yo‘qotadi. Bentonit, kizelgur, jelatin va SQT (sariq qon tuzi) bilan sharob
tindirilinganda ferment xam o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Boshqa fermentlarga qaraganda
- fruktoza eng saqlanib qoluvchi ferment deb xisoblanadi. Bir xillarida 1-2 yillik
turgan sharoblarda uni o‘z aktivligini yo‘qotmaganligi aniqlanishi mumkin.
13
Nazorat savolari:
Fermentlarni proteolitik aktivligi deganda nimani tushunasiz?
Fermentlar qaerda bo‘ladi va ular nima vazifani bajaradi?
Dostları ilə paylaş: |