Rasm 2. - Innovatsiyani tashkil qilish shakllari
10
Konsentratsiya ma'lum bir yo'nalishdagi innovatsiyalarning tobora kattaroq
miqyosda yirik firma IKlarga jamlanish jarayonini bildiradi. Innovatsion
faoliyatning konsentratsiyalanishga intilishi xuddi kichik innovatsion biznesning
kengayish jarayoni kabi biznesning eng ilg'or sohalariga mablag'larni innovatsiya
qilishdek tabiiy bozor omillaridan biridir. Ixtisoslashganlik innovatsiyalarni
tashkil qilish shakli sifatida lKlarni tashkiliy tuzilmalarini barpo qilishda va uning
innovatsion ko'rinishini chegaralash yo'llari, hamda kichik bo'limlarga ma'lum
turdagi ishlar va mahsulotlarni biriktirishda qo'llaniladi. Bunda innovatsion
ko'rinish
kengligi
IK
ixtisoslashganligi
doirasida
innovatsion
jarayon
mustahkamligi va rivojlanish sur'atlari asosida turlicha bo'lishi mumkin.
Kooperatsiyalash zamonaviy shartlar asosida tashkil etishning muhim shakli
sifatida dunyo tajribasida innovatsion loyihalar o'tkazilishida tan olingan.
Kooperatsiyalash
IK
ixtisoslashganligi
va
loyihalarni
amalga
oshirish
qiyinchiliklari, tashkilotlararo hamkorlikni chuqurlashuvi, innovatsion sohada
xalqaro koordinatsiyaning rivojlanishi, miqyosli ilmiy ishlab chiqarish dasturlarini
amalga oshirish natijasi sifatidadir. Kombinatsiyalanish innovatsiyalarni tashkil
10
Райзберг Б.А. Государственное управление инновационними процессами. Економист. -М, 2008. 35 стр.
konsentratsiyalashgan
k ooperatsiyalashgan
kombinatsiyalashgan
In novatsion jarayonlarni tashkil qilish
shakllari
tashkil qilish
vazifalari
t ashkil etish shakllari
t ashkil etish usullari
m akonda
vaq tda
ixtisoslashgan
formal
noformal
15
qilishda lKlardagi allaqachon olingan natijalar yoki xomashyo, encrgiya va
materiallardan ikkilamchi foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish va
innovatsion jarayonlarni tashkil etishda va amalga oshirishda namoyon bo'ladi.
Qo'shimcha samarali effekt olish uchun firmalar bazaviy bilimlar doirasida
qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazib, ularni yangi sohalarga joriy etadi. Yuqorida sanab
o'tilgan innovatsion jarayonlar tashkil etishning shakllari tashkiliy qarorlarni
tayyorlashda asosiy qurol bo'lib xizmat qiladi. Ular rasmiy hamda norasmiy
ko'rinishga ega boiishi mumkin. Korxonalarda innovatsion faoliyatning
rivojlanishi
nafaqat
yaratilayotgan
innovatsion
mahsulotning
texnik
ko’rsatkichlariga, balki ushbu innovatsion loyiha xarajatlarini to’g’ri boshqarishga
ham bog’liq. Hozirgi kunda yangi mahsulotlarni o’zgaruvchan tashqi va ichki
bozorlarga moslashtirishda xamda korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda
innovatsion loyihalar xarajatlari hisobi uchun usulni to’g’ri va mos qilib tanlash
alohida ahamiyat kasb etadi. Innovatsion loyihalar haqiqatan innovatsiyani amalga
oshirishga olib keladigan yoki maqsad bilan ko’zlab qilingan barcha ilmiy,
texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat, marketing harakatlaridir. Innovatsion
loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoni korxonining butun xo’jalik
faoliyatini qamrab oladigan bir nechta birbiriga bog’liq bosqichlarda amalga
oshiriladi. Ushbu jarayonning har bir bosqichini ma’lum bir mablag’larsiz va
xarajatlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Ushbu xarajatlar hisobi yetarli darajada
murakkab va ko’pqirrali, chunki xarajatlar turli hisobot davrlariga to’g’ri kelishi,
shakllanish joyi va shakli har xil hamda moliyalashtirish manbalari turlicha
bo’lishi mumkin.
Innovatsion loyihalarning boshqaruv hisobi — bu korxona faoliyatida qisqa
va uzoq muddatli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun innovatsion loyiha
xarajatlarini rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish hamda innovatsion faoliyat
natijalari bo’yicha ma’lumotlarni tahlil qilishning kompleks tizimidir. Bugungi
kunda innovatsion loyihalarni amalga oshirmoqchi bo’lgan xo’jalik yurituvchi
subyektlarda, bizningcha, «target-kosting» (maqsadli tannarx) tizimini qo’llagan
ma’qul. Chunki bu tizimda oldindan belgilangan qiymatda iste’molchilar talabini
hisobga olib yangi — foydali funksiyalar qo’shilgan mahsulotlar yaratiladi.
«Target-kosting» tizimi — bu shunday boshqarish tizimiki, uning yordamida
bozor munosabatlariga mos holda xarajatlarni kamaytirish va yangi innovatsion
mahsulotlarni rejalashtirish, xarajatlarni nazorat qilish va maqsadli tannarxni
kalkulyatsiya qilish amalga oshiriladi. «Targetkosting» tizimining asosiy
ko’rsatkichlari bo’lib maqsadli narx, maqsadli tannarx va maqsadli foyda
hisoblanadi. «Target-kosting» — bu xarajatlarni kamaytirishga asoslangan
16
shunday tizimki, odatda bozordagi talabga mos maqsadli mahsulot tannarxi
kalkulyatsiya qilinadi. Ko’p yillardan buyon rivojlangan mamlakatlarda «target-
kosting» tizimi ishlab chiqarish korxonalarida, asosan mahsulotning yangi turi va
modeli ishlab chiqarilayotgan innovatsion loyihalarda qo’llanilib kelinyapti.
Bundan tashqari, «target-kosting» tizimi xizmat ko’rsatish sohalarida, shuningdek,
zararga ishlayotgan korxonalar faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yishda ham
qo’llaniladi.
Oddiy an’anaviy tizimlarda narx quyidagicha aniqlanadi:
Tannarx + Foyda = Narx
«Target-kosting» tizimida esa, teskari yo’nalishda quyidagiga aylanadi:
Maqsadli Narx — Maqsadli Foyda = Maqsadli Tannarx
«Target-kosting» tizimida boshqa tizimlardan farqli o’laroq, tannarxni
aniqlash sotish narxini belgilashdan boshlanadi. Bu sotish narxi kuchli marketing
tadqiqotlari orqali aniqlanadi. Maqsadli tannarxni aniqlash uchun kutilayotgan
foyda sotuv narxidan ayriladi. Keyin esa ishlab chiqarish jarayonining barcha
ishtirokchilari — menejerdan tortib oddiy ishchigacha — maqsadli tannarxga
erishilishi ko’zlanayotgan mahsulotni loyihalashtirish bilan shug’ullanadi. Demak,
«target-kosting» tizimining boshqa tizimlardan farqi va ijobiy tomonlari
quyidagicha:
-
loyihalashtirilayotgan mahsulot tannarxi har bir elementining
ikirchikirigacha inobatta oladi;
-
loyihachi, menejerlar maqsadli tannarxga erishish uchun harakat qilish
mobaynida turli nostandart yechimlar topiladi, bu esa innovatsiyaga sabab bo’ladi;
-
doimiy maqsadli tannarxga erishish fikri bilan ishlash ortiqcha xarajatlar
qilish va ishga nisbatan mas’uliyatsizlikning oldini oladi.
Shuning bilan birga «target-kosting» tizimining salbiy tomonlari ham
mavjud:
-
yangi
mahsulotni yaratish
jarayoni
ko’p va qayta-qayta
loyihalashtirish natijasida cho’zilib ketishi mumkin;
-
«target-kosting» tizimini qo’llashda xatoliklarga yo’l qo’yish, ya’ni
haddan ortiq ishchilarga bosim o’tkazish salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin;
-
loyihalashtiruvchilar va marketing xizmati xodimlari o’rtasida maqsadli
tannarxga erishish uchun narx belgilashda turlicha kelishmovchiklar kelib chiqishi
mumkin.
17
Yangi mahsulotning
maqsadli
sotish
narxini
belgilashda
quyidagilarni amalga oshirish lozim:
-
sotish mo’ljallanayotgan bozor segmentlarini tahlil qilish;
-
yangi mahsulotga bo’lgan bozor talabini tahlil qilish; - yangi
mahsulotning hayotiylik davrini tahlil qilish.
Innovatsion mahsulotning maqsadli tannarxini asoslashda, fikrimizcha,
quyidagilarni amalga oshirish lozim:
-
xarajatlarni shakllantirish bo’yicha qarorlar asosliligini tahlil qilish;
-
innovatsion mahsulotning maqsadli tannarx kalkulyatsiyasini tahlil
qilish;
-
tadbirkorlik tavakkalchiligini tahlil qilish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni xulosa qilish mumkinki, yangi
mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar asosida narx belgilamasdan,
innovatsion loyihalarning boshqaruv hisobini to’g’ri tashkil qilish hamda «target
kosting» tizimini tanlash orqali maqsadli narx va maqsadli foyda sharoitda xo’jalik
yurituvchi subyektlar raqobatbardoshligining oshishiga hamda
eksportbop mahsulotlarning ko’payishiga turtki bo’ladi. Baholashning ballik usuli
quyidagicha. Loyiha natijalariga ta’sir etuvchi eng muhim omillar tanlab olinadi.
Me’zonlar ahamiyatlilik
darajasi
bo’yicha terib chiqiladi. Buni
boshqaruvchilardan aniqlash mumkin, ya’ni ularga 100 banddan iborat
ko’rsatgichlarni me’zonlar guruhiga ajratish taklif etiladi. Har bir aytib o’tilgan
me’zonlar bo’yicha sifatli. Baholar miqdoriy ifodalanadi. Buni mutaxassislar
mezonlarini miqdoriy ifodalsh yo’li bilan aniqlay oladilar (1-jadval).
Innovatsion loyihani baholash va moliyalashtirish uchun ularni tanlash
bo’yicha uslubiy tavsiyanomalar O’zR davlat mulki qo’mitasi, Moliya vazirligi,
Maqroiqtisodiyot vazirligi va TIF agentligi tomonidan tasdiqlangan quyidagi
asosiy innovatsion loyiha samaradorlik ko’rsatgichlari belgilangan:
-
tijorat (moliyaviy samaradorligi) uni bevosita ishtirokchilariga loyihani
amalga oshirishiga moliyaviy oqibatlarni ko’zda tutadi.
-
budjet samaradorligi loyihani amalga oshirishini davlat hududiy va
mahalliy budjetlari uchun oqibatlarni aks ettiradi;
-
xalq
xo’jaligi
iqtisodiy
samaradorligi
innovatsion
loyiha
ishtirokchilarining to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy qiziqishlari va mumkin bo’lgan
baho o’lchovlari doirasida loyihani amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar va
natijalar ko’zda tutadi.
|