10
Tashkilotlarga kirishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda xom – ashyolarga,
materiallarga,
ma’lumotlar va mashina uskunalarga bo’lgan tanlovda
o’zgarishlarni tushunish mumkin. Tashkilotlardan chiqishdagi innovatsiyalar,
ya’ni bunda to’lov berilgan buyumlar, xizmatlar, texnologiyalar va hokazolar
tushuniladi. Tashkilotning tizimli strukturasidagi innovatsiyalar, ya’ni boshqaruv,
ishlab chiqarish va texnologik strukturadagi innovatsiyalar.
O’zgarishlar qay darajada ekanligiga ko’ra innovatsiyalarni quydagilarga
bo’lish mumkin: radikal, modifikatsion (xususuiy), yaxshilanib boruvchi
innovatsiyalar. Tashkilotlarning faoliyat chegarasini hisobga olgan holda
innovatsiyalarnig tasniflanishi: texnologik, ishlab chiqarish, iqtisodiy, savdo
innovatsiyasi, ijtimoiy, boshqaruv sohasidagi innovatsiyalar. Ana shunday bir-biri
bilan uzviy bog’langan chora tadbirlar ayni vaqtda jahon moliyaviy inqirozidan
imkon qadar tez chiqish va uning oqibatlarini yengillashtirishga, iqtisodiyotni
modernizatsiyalash modelining samarali amalga oshirilishiga zamin yaratadi.
Dostları ilə paylaş: