11
- tashkilotlarning yangiliklarga nisbatan moyilligini rag’batlantirish;
- ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarning shaxsiy va jamoaviy
manfaatlarini kafolatlash bilan bir qatorda ularning javobgarligini oshirish va
boshqalar kiradi.
Korxonalar boshqaruv faoliyatida innovatsion
jarayonlarni tadqiqini
innovatsion so’zining ma’nosi ingliz tilidagi innovatsion so’zidan olingan bo’lib
yangilik va yangilik kiritish degan ma’noni bildirishini eslatib o’tamiz.
G’oyalarni vujudga kelish, ularni shakllanish va amaliyotda tadbiq
etilishigacha bo’lgan davrini innovatsiyaning hayoti sikl deb atash mumkin.
Innovatsiyaning hayotiy siklini innovatsion jarayonlar tashkil etadi. “Innovatsiya”
va “innovatsion jarayon” atamalari bir biriga juda yaqin lekin bir xil tushunchalar
emas. Innovatsion jarayon deganda yangiliklarni shakllantirish, o’zlashtirish va
targ’ib etishni tushunish mumkin. Innovatsiya tashkilotchilari (novatorlar)
asoslangan kriteriyalarga
binoan ish yuritishadilarki, ijobiy natijalar sifatida
iqtisodiy samaradorlik yaqqol namoyon bo’ladi. Innovatsion jarayonning asosiy
bosqichlari quyidagilardan iborat:
- kelib tushayotgan fikrlarni tizimlashtirish; g’oyani
aniqlanishi va yangi
mahsulotni g’oyasini ishlab chiqish;
- yangi mahsulotni iqtisodiy samaradorligini taxlili, marketing
dasturini ishlab chiqish;
- yangi mahsulotni yaratilishi; bozorda yangi mahsulot sotilish
ehtimolligi haqida davriy test o’tkazish;
- marketing dasturiga asoslangan yangi mahsulotni ishlab chiqarishga
kiritish haqida qaror qobul qilish.
Innovatsiya jarayonini boshqarish ob’ekti texnik siyosatni ishlab chiqish
uchun yuqori darajada maxsuslashtirilgan bo’limlar, ya’ni
uyushmalarni,
qo’mitalarni yoki ishchi gurhini tuzishni taxmin qiladi:
- innovatsion faoliyatni nazorat qilish uchun yangi mahsulotni
bo’limlarini va markazlashgan xizmat ko’rsatishni tashkil etish;
- yangi mahsulot yaratish uchun maqsadli loyiha gurhlarini yoki
markazlarini belgilash;
- ishlab chiqarish bo’limlarida mavjud bo’lgan II, KI laboratoriyalar, ilmiy
markalar bo’limlarini rolini oshirish;
- innovatsion faoliyatni rag’batlantiruvchi maxsus fondlarni va
12
venchur bo’limlarni tashkil etish;
- yangilik kiritish sohasida maslahat berish xizmatlarini tashkil etish;
- yangi texnologiyalarni o’zlashtirish muammosi bilan shug’ullanuvchi
maxsus tarmoqli laboratoriyalarni yaratishdir.
Dostları ilə paylaş: