6
I BOB. KORXONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISHDA
INNOVATSION JARAYONLARNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Innovatsiyaning mohiyati va uning asosiy tushunchalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishning bosqichma-bosqich o’tish
davrida davlatning ilmiy texnika
siyosati mohiyati shuki, u respublika ichki
talabini tez qondiradigan, jahon bozorida raqobatbardosh bo’la oladigan,
iqtisodiyot tarmog’larini tubdan yangilanishiga imkon beradigan ilmiy va
texnologik tadqiqotlarga ko’maklashishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida “O’zbekiston
innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o’tish
uchun hamma
zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan
keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini,
chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori
malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko’paytirishga asoslanadi. Bu
mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga
kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo’lib xizmat qiladi”
4
deb
ta’kidlagan edi. Darhaqiqat XXI asr boshida shu narsa ma’lum bo’ldiki,
ilmiytexnik rivojlanish darajasi va innovatsion muhit (ilm-fan, ta’lim, yangi
texnologiyalarning mahalliy va jahon bozorlari) barqaror iqtisodiy o’sishga asos
bo’lishi
mumkin
ekan.
Yurtboshimiz
mamlakatimizdagi
innovatsion
o’zgarishlarga e’tibor qilib, “...ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik
yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish –
O’zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga
chiqishning ishonchli yo’lidir
”
5
deb, respublikamizda bugungi kunda amalga
oshirilishi zarur bo’lgan masalalar, jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va
salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llari haqida to’xtalib,
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarini samarali faoliyat yuritilishi
zarurligini ta’kidladi.
Innovatsiya bu umuman olganda O’zbekiston
Respublikasining ilmiy
jamiyati, hamda ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi sektori uchun
4
I.A.Karimov. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari “– T.: O’zbekiston, 1997 y..260-b..
5
Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari”. –T.: O’zbekiston, 2009. -14-b.
7
bosqichma-bosqich o’rganib kelinayotgan tushunchadir. Ma’lumki mustamlaka
davrlarda bizning davlat mustaqqil ravishda amaliyotda yangiliklarni tadbiq
etishga to’laqonli haqli emas edi. Mustaqillik O’zbek
xalqi uchun dunyoni ochish
bilan birgalikda bir qancha imkoniyatlarni berdi. Endilikda qa’tiyan iqtisodiy
asoslangan innovatsion strategiyalarni
ishlab
chiqarishlarda,
xizmat
ko’rsatishlarda yohud ho’jalikning boshqa bir jabxasiga tadbiq etishimiz mumkin.
Avvalambor innovatsion faoliyat xususida so’z boshlashdan oldin
innovatsiya to’g’risida tushuncha berib o’tamiz. “Innovatsiya”, «Innovatsion
faoliyat”, «Innovatsion yechim” kabi terminlar O’zbekiston iqtisodiy o’tish
davrining birinchi bosqichlaridayoq aktiv qo’llanila boshlandi. Umuman
“Innovatsiya” tushunchasiga aniqlik kiritish maqsadida, uning mohiyati borasida
keltirib o’tilgan fikrlar va nuqtai nazarlar bilan tanishib o’tamiz. Adabiyotlarda bu
borada turli xil qarashlar mavjud.
Mazmuni, mohiyati yoki ma’lum bir mavjud ichki-tashqi strukturaga ta’sir
etish alomatlariga ko’ra innovatsiyani quyidagicha turkumlash mumkin:
-
Texnik innovatsiya
- Iqtisodiy innovatsiya
- Tashkiliy innovatsiya
- Boshqaruv innovatsiyasi va hokazo.
Innovatsiyani
ilmiy
izlanishlarda, texnologik
va ishlab chiqarish
jarayonlarda xalqaro standartlarga asosan qo’llanilishi, bu bozor iqtisodiyoti
sharoitida tashkiliy strukturaning to’g’ri tashkil etilganligidan dalolat beradi.
Xalqaro strandartlarga asosan innovatsiya orqali,
umumun inovatsion faoliyat
orqali qo’lga kiritilgan yangi bir turdagi mahsulotni, xizmatni yoki ularni
takomillashtirilgan ko’rinishda bozorga kiritilishi, shu bilan birgalikda yangi yoki
mukammallashtirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga tadbiq etilishi bu
ijtimoyi xizmatlarga bo’lgan yangicha yondashuvni shakillantirib beradi. Shu
asosida innovatsiya, innovatsion faoliyatning yorqin natijasi sifatida e’tirof etiladi.
Agar o’z o’rnida turli xil mulohozalar asosida fikr bildiradigan bo’lsak,
“Innovatsiya”ning spetsifik xususiyati sifatida uning “o’zgaruvchanligini” ya’ni
davr talabiga monand o’zgaruvchan qobiliyatga egaligini, innovatsion faoliyatning
bosh vazifasi sifatida “o’zgaruvachanlik” funksiyasini qayd etish mumkin. Bu
borada Avstriyalik mashhur olim I.Shumpeter o’zgaruvchanlikni 5 turga bo’lib
o’rgangan:
6
6
Сантойлайнен Т.,Боулайнен Е. Управление по резултатам.М.: Прогресс. 2004 г. 123 стр.
8
- Ishlab chiqarishga yangi texnologik jarayonlar hamda yangi texnika va
texnologiyalar asosida o’zgartirish kiritish;
- Mahsulotlarni takomillashgan ko’rinishda amaliyotga tadbiq etish;
- Xom-ashyo bazasiga o’zgartirish kiritish;
- Tashkilotning ishlab chiqarish taktikasiga va moddiy-texnik ta’minotiga
o’zgartirish kiritish.
- Bozor ko’lamini kengaytirish.
Bir qator manbalarda innovatsiya bir jarayon sifatida ko’rib chiqilgan va tan
olinganki, “yangiliklar” vaqt o’tgan sari rivojlanib boradi. Va bu rivojlanishni
innovatsiyaning dinamik
va
statik aspektlarga monand
xususiyatlanishi sifatida ko’rib o’tilgan. Ma’lumki
innovatsion jarayonning bir
bosqichdan keyingi bir bosqichiga o’tishda vaqt resursi, energiya resursi, pul
resursi va boshqa zaruriy resurslarga bo’lgan harajatlar talab etiladi. Bozor
sharoitining iqtisodiy munosabatlar tizimida talab va taklif omili, tovar oldi-sotti
jarayoni va ularga bo’lgan narxning proportsional yoki noproportsional tarzida
mavjudlilik omili innovatsion faoliyatning kompanentlari sifatida qayd etiladi. Shu
o’rinda innovatsion faoliyat tarkibini ko’rib chiqadigan bo’lsak,
umuman bu
faoliyatning strukturaviy asosini yangiliklar bozori, kapital bozori va sof raqobat
bozori tashkil etadi (1-rasm).
Dostları ilə paylaş: