30
Ilmiy tadqiqotlar ko’rsatishi bo’yicha bu chiqindilar tarkibida 30-35 foiz
temir, 11,5 foiz mis, 30-35 foiz kremniy dioksidi va 0,4-0,6 g/t oltin borligi
aniqlangan. OTMKning mis zavodida chiqindilardan ferrosilitsiy, rangli va
qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasi ishga tushirildi. Natijada 1 tonna
chiqindidan 286
kg temir, 359, kg kremniy dioksidi va 30 kg mis ajratib olindi.
Og’ir metallurgiya sanoati uchun zarur bo’lgan oyiga 5 tonna 20 rusumli
ferrositsiliy qorishmasi ishlab chiqarish texnologiyasi o’zlashtirildi. Iqsodiy
samaradorlik 5 tonna olingan mahsulotdan 12 mln. so’mni tashkil etdi. Energetika
sanoati respublika iqtisodiyotining asosiy tarmoqdaridan biri hisoblanadi. Bu
sanoat korxonalari atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalardan hisoblanadi.
Jumladan, Angren GRESi 42 yildan ortiq faoliyat olib borishi davrida 15 mln.
tonnadan ortiq kul chiqindilarini chiqarishi atrof-muhitning ifloslanishiga olib
kelmoqda. O’tkazilgan innovatsion tadqiqotlar asosida kulning tarkibida 35
foizgacha temir va alyuminiy qotishmalari, 20 foizdan ortiq kaltsiy oksidi borligi
aniqlangan va chiqindilarni qayta ishlash va ulardan metall
qorishmalarini ajratib
olish quvvati 100 kg/soat bo’lgan qurilma texnologiyasi yaratildi va ishlab
chiqarishga joriy etildi. Natijada 100 kg chiqindi-kul tarkibida 90,9 foiz temir
elementi bo’lgan, GOST 1412-85, 1415-83, 1583-93 talabiga mos keladigan 55 kg
qorishmalar olingan va yillik iqtisodiy samaradorlik 15,4 mln. so’mni tashkil
qildi.
16
Andijon viloyatida to’qimachilik korxonalarida yiliga hosil bo’layotgan 500
tonna chiqindini qayta ishlash maqsadida quvvati yiliga 700 ming kv.metr
noto’qima mato ishlab chiqaradigan texnologik tizim ishga tushirildi.
Qishloq xo’jaligi sohasida olib borilayotgan innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlari
asosan qurg’oqchilikka chidamli va yuqori hosilli paxta navlarini ishlab
chiqarishga yo’naltirilgan. Natijada g’o’zaning yangi «Denov» navi yaratilib,
Surxondaryo viloyatining sho’rlanish darajasi yuqori bo’lgan erlarida davlat
sinovidan o’tkazildi. Sinovlar natijalariga ko’ra, bu navning suv iste’mol
qilishi
boshqa navlarga nisbatan 30-35 foiz kamdir.
Innovatsion investitsiyalashtirish faoliyatini rivojlantirish tibbiyot va
farmakologiya sohasida alohida ahamiyatga ega. Andijon tibbiyot institutida
anemiya kasalligini davolashda qo’llaniladigan mahalliy «Gemalin» preparatini
ishlab chiqarish texnologiyasi yo’lga qo’yildi. Ishlab chiqarilgan 10,5 ming flakon
«Gemalin» preparati yordamida 3500 nafar anemiya bilan kasal bo’lgan bemorlar
16
J. Moliya. Toshkent.2012 yil. № 5-6. 125 bet
31
davolandilar. Natijada davolash uchun ketadigan xarajatlar o’rtacha 35-40 foizga
kamayishi xisobiga 52 mln. so’mdan ortiq moddiy mablag’ tejab qolindi.
Mamlakat miqyosida innovatsion faoliyat bozor talablarini e’tiborga
olgan
holda iqgisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olishi zarur. Aks hodda soha va
tarmoqlarni samarali rivojlantirish uchun zarur bo’lgan miqdorda foydani olishga
erishish qiyin muammo bo’lishi bilan birga ishlab chiqarish jarayonini
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shaklida olib borishga salbiy ta’sir etadi.
Hozirgi iqgisodiy sharoitda innovatsiya faoliyatini rivojlantirishda ma’lum
darajada tashkiliy iqtisodiy qiyinchiliklar mavjud, bular quyidagilardan iborat:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq
foydalanmasliklari oqibatida innovatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun zarur
bo’lgan xususiy mablag’larning etishmasligi;
- korxonalarda innovatsion faoliyat bilan shug’ullanuvchi maxsus
bo’limlarning yo’qligi;
- innovatsiya faoliyatini olib borish uchun zarur bo’lgan nazariy va amaliy
jihatdan boy tajribalarga ega bo’lgan malakali kadrlarning etishmasligi;
- innovatsiya faoliyatini olib borish uchun maxsus laboratoriya, ishlab
chiqarish bilan bog’liq bo’lgan jihozlarning etishmasligi;
- xorijiy mamlakatlardan innovatsion mahsulotlarning
kirib kelishi
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishga salbiy
ta’sir ko’rsatishi.
Innovatsiyalarni yaratish uchun ajratilgan mablag’lardan foydalanishni
nazorat qilish, undan samarali foydalanish uslublarini takomillashtirish,
innovatsiya ishlarini olib boruvchi sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni
takomillashtirish ularning manfaatdorligi va javobgarligi bilan bog’liq.
Yuqorida qayd etib o’tganimizdagidek, innovatsion faoliyat ytarli darajada
investitsiya mablag’lari bilan ta’minlanish darajasiga bog’liq.
Bu muammoni hal
etish, respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun imtiyozli
innovatsion kredit mablag’larini beruvchi innovatsion bank tizimini tashkil etish
hozirgi davr talabiga javob beradi, deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: