38
XULOSA
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy
islohotlarni hayotga tadbiq
etishda, aholinig ijtimoiy turmush tarzini yanada ko’tarishda, qolaversa xalqning
farovon hayoti uchun bevosita o’z ta’sirini ma’lum bir ma’noda o’tkazishda,
siyosiy-ijtimoiy nuqtai nazardan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi omil
sifatida xayotiy siklda bevosita ishtirok etuvchi korxona-tashkilotlarning o’rni
bozor munosabatlari davrida muhim ahamiyatni kasb etadi. Bu omillarning
rivojlantirishda va hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirib, sog’lom raqobat
muhitida o’z mavqega ega bo’lishda, davr talabiga monand ilmiy tixnik va
ma’naviy yangiliklarning o’z vaqtida amaliyotda tadbiq etish maqsadga molikdir.
Zamonaviy texnologiyalar asosida korxonalarda yangicha ishlab chiqarishni tashkil
qilish, qo’shimcha xizmat turlarini taklif etish va
mavjud mahsulot va xizmat
turlarining sifatini oshirish asosida korxonalarni boshqarishni innovatsion jihatdan
rivojlantirish jamiyat zaruriyatidir.
Innovatsiyani ilmiy izlanishlarda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarda
xalqaro standartlarga asosan qo’llanilishi, bu bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkiliy
strukturaning to’g’ri tashkil etilganligidan dalolat beradi. Xalqaro strandartlarga
asosan innovatsiya orqali, umumun inovatsion faoliyat orqali qo’lga kiritilgan
yangi
bir turdagi mahsulotni, xizmatni yoki ularni takomillashtirilgan ko’rinishda
bozorga kiritilishi, shu bilan birgalikda yangi yoki mukammallashtirilgan
texnologik jarayonlarni amaliyotga tadbiq etilishi bu ijtimoyi xizmatlarga bo’lgan
yangicha yondashuvni shakillantirib beradi.
Tashkilotlarga kirishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda xom – ashyolarga,
materiallarga, ma’lumotlar va mashina uskunalarga bulgan tanlovda o’zgarishlarni
tushunish mumkin. Tashkilotlardan chiqishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda to’lov
berilgan
buyumlar, xizmatlar, texnologiyalar va
hokazolar tushuniladi.
Tashkilotning tizimli strukturasidagi innovatsiyalar, ya’ni boshqaruv, ishlab
chiqarish va texnologik strukturadagi innovatsiyalar.
O’zbekistonning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi
jahon bozorida
milliy mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning erkin savdosini tashkil etish va keskin
raqobat sharoitida mamlakatlararo tovar ayriboshlash sohasida o’z o’rnini topishga
zamin yaratadi. Buning uchun mamlakatning ilmiy va texnologik salohiyatini
ko’tarish, birinchi navbatda, iqtisodiyotining barcha tarmoqlari, jumladan, ishlab
chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohalarida
texnik darajani tiklash, ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish, ilmiy texnika taraqqiyoti mahsulotlarini
amaliyotga joriy etishni jadallashtirishga katta e’tibor qaratish lozim.
39
Shu maqsadda «Sirg’ali dehqon bozori» Ochiq aktsiyadorlik jamiyatining
faoliyatida
innovatsion
texnologiyalarining
kiritilishi
o’rganib chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo
komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo’shimcha
chora-tadbirlar
to’g’risida”gi qarori chiqqan.
Mamlakat miqyosida innovatsion faoliyat bozor talablarini e’tiborga olgan
holda iqgisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olishi zarur. Aks holda soha va
tarmoqlarni samarali rivojlantirish uchun zarur bo’lgan miqdorda foydani olishga
erishish qiyin muammo bo’lishi bilan birga ishlab chiqarish jarayonini
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shaklida olib borishga salbiy ta’sir etadi.
Tadqiqotlar natijasida iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarning innovatsion rivojlanish
xiliga o’tishning tashkiliy boshqaruv jarayonining ta’minlanishi
uchun quyidagi
tadbirlar taklif qilinmoqda:
-
koroxonaning ishlab chiqarish va sotish operatsiyalarini markazlashtirish;
-
mahsulotlarni oddiy maqsadlar va operatsiyalar orqali ishlab chiqarishga
yordam beruvchi egiluvchan tashkiliy texnologik tizimini yaratish. Buning asosida
ilmiy ishlab chiqarish tizimini yangi avlodni qabul qilish yoki mukammallashtirish
yotadi;
-
istiqbolli sohalarni egallashga qaratilgan innovatsion tadbirkorlik
firmalarni, ilmiy laboratoriyalarni yaratish;
-
o’zida istiqbolli ilmiy izlanishlarni va ishlab chiqarish, moliyalashtirishni,
ularning natijalaridan foydalanish huququni egallash, mutaxassislarni o’qitish va
qayta o’qitishni moliyaviy jihatdan ta’minlash, maslahat
berish xizmatlarini olgan
ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni shakllantirish;
-
ilmiy izlanish ishlarini olib boish uchun boshqa firmalar bilan aloqani
tashkil etish, yangilik firmalarni tashkil etish. Yirik innovatsion loyihalarni amalga
qo’llash;
-
yetakchi mutaxassislardan keng integratsiyalashuvga o’tish asosida
boshqaruvni demokratik va koodinatsion usullarini rivojlantirish.
Innovatsiyalarni yaratish uchun ajratilgan mablag’lardan foydalanishni
nazorat qilish, undan samarali foydalanish uslublarini takomillashtirish,
innovatsiya ishlarini olib boruvchi sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni
takomillashtirish ularning manfaatdorligi va javobgarligi bilan bog’liq.
Dostları ilə paylaş: