Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа`lim vаzirligi



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix01.05.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#105613
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O zbekiston respublikаsi oliy vа o rtа mаxsus tаlim vаzirligi

  
6-jadval  
Xorij mamlakatlarida ilmiy tadqiqotfarga moliyalashtirishning asosiy 
ko'rsatkichlari 
Ko'rsatkichlar
Rossiya AQSH
Yaponiya Germaniya
YAIMdagi 
ilmga 
xarajatlar, %
0,94
2,5
2,6
2,4
ITTKIni 
moliyalashtirish, %
100
100
100
100
Davlat budjeti, %
48
35,8
19,5
34,1
Turli 
xil 
nobudjet 
fondlari, %
6
5,1
7, 1

Boshqa manbalar, %
46
59
73,4
65,9
  
Yaponlar doim o'zlarini jamoaning bir bo'lagi sifatida biladilar. Va ular, E. 
Mayo aytganidek, ish — bu jamoa faoliyatidir, degan shiorga doim amal qilishadi. 
Yaponiyadagi boshqaruv usullarini o'zgarishi optimal tizim yaratish uchun 
konsepsiya tanlashda erkinlik va hurfikrlikni o'sishidir. Ammo bu o'zgarishlar 
Yaponiyaning milliy urf-odatlariga zid bo'lmasligi kerak. Bu haqda yirik tadbirkor 
S.Xonda shunday fikr bildiradi:


34 
«Kimki korxona boshqaruvchisi bo'lsa, u avvalo, boshqaruv usulini hamma 
tomonlama isbotlangan holda ko'rsatmog'i darkor, U korxonaning aniq 
maqsadlarini ko'ra biladigan va korxonaning siyosatini va rejalarini shunday 
tuzishi kerakki, ishchilar faoliyati davomida o'z mas'uliyatini sezib, ishdan 
qoniqish hosil qilsinlar. Buning uchun lider nazariy jihatdan kuchli va amaliy 
jihatdan hayotiy konsepsiyaga ega bo'lishi kerak.»
18
Yapon boshqaruvining yana bir xislati uning uzluksiz o'qish va o'qitish 
konsepsiyasidir. Yaponlar o'qishni o'z ishlari va hokimyat pog'onasi bo'yicha 
ko'tarilish uchun kerak bo'lgan omil deb biladilar.
Yaponlar birovlaming xatolarida o'iganishni xush ko'radilar. Ular doim tashqi 
olamdagi o'zgarisarni qiziqish ila kuzatib turadilar.
1947-yili «Panasonik» kompaniyasining asoschilaridan biri 1. Matsusita 
boshqanjv savollari bo'yicha «Donnay» nomli laboratoriya tashkil qiladi va uning 
birinchi xulosalaridan biri quyidagicha bo'ladi: «Har qanday tashkilot uning 
kattakichikligiga qaramay, daromad olishdan farqli bo'lgan boshqa maqsadga ega 
bo'lishi kerak. Bu maqsad uning faoliyatini tu-shuntirib turishi lozim. Agarda 
boshqaruvchi ushbu missiyani to'liq tu-shunib yetsa, uni xodimlarga to'g'ri 
tushuntirishi lozimdir.
«Inson potensiali» konsepsiyasini tushunishda Ringning jamoa bo'lib qaror 
qabul qilish sistemasini olishimiz mumkin. Unga ko'ra qaror qabul qilish uchun 
javobgarlikni butun guruh o'z bo'yniga olishi lozim. Bu sistemada masala o'rtaga 
tashlangandan so'ng oldin noformal guruhlarda muhokamadan o'tadi, agar kimdir 
bu masalaga qarshi chiqsa, savol yana ushbu masalani o'rtaga tashlagan insonga 
boradi.
Yapon usullari ko'pchilikni ustun kelishi emas, balki hammaning fikri 
birdamligi asosida qurilgan. Albatta, hammaning fikri bir xil bo'lmaydi, shuning 
uchun ma'qul bo'lgan kompromiss topiladi. Yaponlar uchun o'zidan yoshi va 
lavozimi jihatidan katta bo'lgan insonga gap qaytirish yoki uning fikriga 
qo'shilmsalik tarbiyasizlik alomati deb qarala-di. Shuning uchun norozilikni o'ta 
diplomatik holda bildirish lozimdir. An'anaviy bo'lgan «X» va «U» modeliga 
qarama-qarshi bo'lgan holda, yaponlar «inson potensiali» modelini muvaffaqiyatini 
qo'llab kelishyapti. Unga ko'ra odamlar o'z qobiliyatlarini rivojlantirgan va 
qoilagan holda bu ishdan qoniqish hosil qilsin.
O'rta pog'ona boshqaruvchilariga Isikava Kaoru ushbu maslahatlarni beradi:
18
Санто Б. “Инновации как средство економического развития”. М.: Прогресс. 2000 г. 355 стр. 


35 

Xodimning foydaliligi uning fizik jihatdan doim mavjudligi bilan emas, 
balki bu xodimga firmaning ehtiyoji bilan belgilanadi.

Kimki xodimlarning boshqaruvi bilan shug'ullansa, bu faqat yarmga 
boshqaruvchidir. Haqiqiy boshqaruvchi deb shunday boshqaruvchi olinadiki 
o'zidan yuqori turganlarni ham boshqara olsin.

Qo'l ostidagi ishchilarga ba'zi huquqlar berilishi ularning qobiliyatlarini 
hartomonlama rivojlanishi va faollashishiga olib keladi.

Yuqori pog'onadagi boshqaruvchilarning sizning ishingiz natijalariga 
bo'lganmunosabatini doim kuzatavermang.

O'rta pog'ona boshqaruvchilari va ularning qo'l ostidagilari o'zlarining ish 
natijalari haqidagi axborot haqiqiyligigajavobgardirlar.

O'rta pog'ona boshqaruvchilari sifat to'garaklari faoliyatiga javobgardirlar.

Funksiyalar bo'yicha boshqaruv deb hisoblangan boshqa bo'limlar bilan 
hamkorlik va aloqa.

Kelajakka yo'nalish firmaning samarali faoliyati uchun asosiy omildir. 
Firma boshqaruvchisi o'z ishida 10 yil oldinga yo'nalib faoliyat ko'rsatmog'i, 
yuqori pog'ona boshqaruvchisi 5 yil oldinga yo'nalib faoliyat ko'rsatmog'i, bo'lim 
boshlig'i 3 yilga va bo'lim boshlig'i kamida 1 yil oldinga o'z faoliyatini 
yo'naltirmog'i kerak.
Hozirgi paytda jahon hamjamiyatining rivojlangan mamlakatlarida an'anaviy 
ilmiy texnika taraqqiyotida innovatsion, ilmiy texnologik tartibga jadal o'tish 
jarayoni ro'y bermoqda. Innovatsion tartibning awalgisidan farqi shundaki, fanning 
shakllanishi va davlat tomonidan moliy'alashtirish tizimidan texnologik va ilmiy 
innovatsiyalar barcha turlarini davlat tomonidan rag'batlantirishga o'tish 
kuzatilmoqda.
Hozirda AQSHda va xususan, g'arbiy Yevropada, eng awalo Fransiya, 
Germaniyada fan-texnika siyosatining innovatsion siyosatga aylanishi ro'y 
bermoqda. Uning asosiy vazifasi — ilmiy va texnologik innovatsiyalar, eng awalo, 
kichik va o'rta korxonalar uchun, shuningdek, o'rta va qisqa muddatli dasturlar 
sohasida tezkor dversifikatsiya uchun eng qulay sharoitlar yaratishdir. Fanni 
moliyalash bo'yicha AQSH jahonda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Ko'plab 
rivojlangan mamlakatlarda ITlMTni moliyalashdagi davlatning roli ancha faol 
bo'lib, faqat davlat tashkilotlari tomonidangina amalga oshirilmaydi. Hozirgi 
vaqtda AQSHda federal hukumat ulushi (moliyalash manbayi sifatida) barcha 
xarajatlar salmog'ining 50 foizini tashkil eradi. Bu ko'rsatkich Buyiik Britaniya
Shvetsiya va Gerrrianiyada 40 foiz atro-fida, Fransiyad 57 foiz, Yaponiyada 28 


36 
foiz. IT1MT sohasining davlat to-monidan bunday e'tibor bilan ko'plab 
quwatlanishi qonuniy bo'lib, bir qator dalillar bilan izohlanadi.
Ilmiy tadqiqot konstruktorlik ishlari davlat tomonidan turli shakllarda 
qo'llabquvvatlanishi mumkin, jumladan:

ilmiy tadqiqotlar uchun bevosita budjet mablag'lafini ajratish (davlat 
tashkilotlari orqali moliyalash, shartnomalar tuzish, subsidiyalar ajratish). Ayni 
holatda davlat yirik xarajatlar talab qilinadigan va ko'plab ta-vakkalchilikka ega 
bo'lgan fanning yetakchi yo'nalishlaridagi ko'p kapi-talli tadqiqotlarni moliyalashni 
o'z bo'yniga oladi;

ilmiy tadqiqotlarni (IT1MT) bilvosita moliyalashning turli usullari:
xususiy kompaniyalar, innovatsiya jarayonini rag'batlantirish, shuningdek, 
ular investitsiyasini yangi asbob-uskunalar olish uchun kengaytirish maqsadlarida 
soliq va amortizatsiya imtiyozlaridan foydalanish.
AQSH davlat innovatsiya siyosatining obyekti — bu asosan xususiy 
biznesdir. Davlatning bu boradagi siyosati mavjud ilmiy-texnik yutuqlardan 
xo'jalikda 
foydalanishga, 
ilmiy-texnik 
majmuada 
ichki 
aloqalarni 
mustahkamlashga qaratilgan. Davlat innovatsiya siyosatining usul va vositalari 
ancha keng. Bunga u yoki bu ma'noda biznesning innovatsion faolligini 
rag'batlantiruvchi turli xil davlat tadbirlari kiradi. Amerikalik mutaxassislarning 
ta'kidlashicha, eng samarali tashkiliy shakllardan biri universitet — sanoat, 
tadqiqot markazlari sanaladi. Davlat ishtirokida tashkil etiladigan bunday 
markazlar doirasida juda keng ko'lamdagi ilmiy-texnik masala-larni hal etish 
imkoni mavjud. Sanoat korxonalari va universitetlarning hamkorlikdagi 
tadqiqotlariga oid yirik dasturlar davlatning maqsadli ilmiy jihatdan ishtirokchilar 
faoliyatining boshqa korporatsiya mexanizmini nazarda tutadi.
O'zbekistonda AQSH davlat innovatsiya siyosatining ma'lum bir tomonini 
qo'llash mumkinki, bunda davlat moliyaviy mablag'larining umumlashishini va 
sanoat moddiy texnika bazasini malakali oliy o'quv yurtlari kadrlari bilan 
ta'minlashi rag'batlantirilishi lozim. Uzoq istiqbolga moijallangan tavakkal ilmiy 
texnika loyihalariga mablag' ajratishga sanoat korxonalarini qiziqtirish uchun 
davlat dastlabki xarajatlarni o'z bo'yniga olib qolmasdan, ishtirokchi firmalarga 
kashfiyot va ixtirolardan foydala-nishda bepul litsenziyalar ham berishi kerak 
bo'ladi.
AQSHdagi eng yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish hajmi ko'pincha eng 
maqbul me'yordan oshadi, aynan shu narsa ilmiy texnika soha rivojlanishida 
monopoliyani to'xtatadi, kichik firmalar faoliyatining muvaffaqiyati ham shunda. 


37 
O'zbekistonda yirik firmalar sateliti (ko'makchisi) sifatida ishlaydigan kichik 
firmalarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish zarur.
Yaponiya tajribasi shuni ko'rsatadiki, demak, O'zbekistonda shakllanayotgan 
innovatsiya sohasi jiddiy texnologiyalarni amalga oshirish assotsiativ shaklda ilmiy 
tekshirish tashkilotlari va korxonalari imkoniyatlarini vaqtinchalik yoki doimiy 
tarzda birlashtirishni talab etadi. Albatta, bunda bosh loyihani amalga oshirish 
uchun davlat buyurtma berish orqali ko'maklashmog'i kerak.
MDH mamlakatlafidagi iqtisodiy islohotlarga texnik jihatdan ko'maklashish 
bo'yicha TAS1S dasturi birinchi galda o'z oldiga xususiylashtirishning bozor 
shakllari, moliya, tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik infratuzilmasini yaratish 
sohalaridan Yevropa Nou-Xau tajribalarini o'zlashtirishga qaratilgan. Ko'rinib 
turibdiki, u asosan boshqaruv, axborot va moliya sohasidagi loyihalarni 
moliyalashga qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda, innovatsiya jarayonlarini boshqarish bo'yicha 
rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish xorij texnologiyasini keltirish
raqobatbardoshlik yo'nalishlarini aniqlash va boshqa masalalarni hal etishga 
qaratilgan.  

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin